Mualliflar

  • Durdona Vahobova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Shobduraximova Umriniso
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.79063

Kalit so‘zlar:

ish va shaxsiy hayot muvozanati pedagogik stress burn-out emotsional charchoq ruhiy salomatlik stressni boshqarish shaxsiy hayot muvozanati kasbiy stress o‘qituvchi salomatligi stressorlar

Annotasiya

Ushbu maqolada pedagoglar orasida eng keng tarqalgan dolzarb masalalardan biri haqida so‘z yuritilgan. Ya’ni, pedagoglarning ish va shaxsiy hayotidagi o‘zaro muvozanatni saqlab, ham ishda, ham oilada ideal obrazda  faoliyat olib borishga harakat qilishi va ba’zi bir to‘siqlar sababli stressga berilishi haqida qisqacha yortilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

107

Universaljurnal.uz

Vahobova Durdona To‘lanboy qizi., Umriniso Shobduraximova

Andijon davlat pedagogika instituti

Uzbekistan

durdona214@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada pedagoglar orasida eng keng tarqalgan dolzarb masalalardan biri

haqida so‘z yuritilgan. Ya’ni, pedagoglarning ish va shaxsiy hayotidagi o‘zaro muvozanatni saqlab, ham

ishda, ham oilada ideal obrazda faoliyat olib borishga harakat qilishi va ba’zi bir to‘siqlar sababli stressga

berilishi haqida qisqacha yortilgan.

Kalit so‘zlar:

ish va shaxsiy hayot muvozanati, pedagogik stress, burn-out, emotsional charchoq,

ruhiy salomatlik, stressni boshqarish, shaxsiy hayot muvozanati, kasbiy stress, o‘qituvchi salomatligi,

stressorlar.

Аннотация:

В данной статье рассматривается один из наиболее распространенных

актуальных вопросов среди педагогов. То есть кратко описывается, как педагоги стараются

поддерживать баланс между работой и личной жизнью, действовать в идеальном образе как на

работе, так и в семье, и поддаются стрессу из-за некоторых препятствий.

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

ISH VA SHAXSIY HAYOT MUVOZANATI - PEDAGOGLARDA STRESSNI KELTIRIB

CHIQARUVCHI OMILLARDAN BIRI SIFATIDA

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4

Published: 16.04.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

10

8

Ключевые слова:

баланс работы и личной жизни, педагогический стресс, выгорание,

эмоциональная усталость, психическое здоровье, управление стрессом, баланс личной жизни,

профессиональный стресс, здоровье учителя, стрессоры.

Abstract:

This article discusses one of the most common pressing issues among educators. That is,

it is briefly explained that educators try to maintain a balance in their work and personal life, to work in an

ideal image both at work and at home, and to succumb to stress due to some obstacles.

Keywords:

work-life balance, pedagogical stress, burnout, emotional fatigue, mental health, stress

management, personal life balance, professional stress, teacher health, stressors.

Language:

Uzbek

Citation:

Vahobova , D., & Umriniso , S. (2025). WORK-LIFE BALANCE AS ONE OF THE

FACTORS CAUSING STRESS IN EDUCATORS. Universal International Scientific Journal, 2(4), 107–

112. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1499

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15229961

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Kirish. Bugungi kunda ta’lim tizimi

o‘zgarayotgan sharoitlarda pedagoglardan
yuqori

darajadagi

professionallik,

emotsional barqarorlik va ishga to‘liq
sodiqlik talab qilinmoqda. Bu esa, ko‘plab
o‘qituvchilarni

stress

holatiga

olib

kelmoqda. Ayniqsa, ish va shaxsiy hayot
o‘rtasidagi

muvozanatni

saqlashdagi

qiyinchiliklar – pedagoglar stressining
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Mazkur
maqolada

aynan

shu

muammoning

tahlilini qilamiz. Bilamizki, pedagoglar –
ayniqsa

maktab

va

kollej,

litsey

o‘qituvchilari – ko‘plab majburiyatlar va
cheklangan resuslar sharoitida ishlaydilar.
Ular uchun ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi
muvozanatni

saqlash

tobora

murakkablashmoqda.

Bu

esa

stress

darajasini oshiradi, ishdan qoniqmaslikni
keltirib chiqaradi, ruhiy charchoq va
professional “burn-out” holatiga olib
keladi.

Hozirgi

tezkorlik

davr-talabi

bo‘lgan bir vaqtda pedagog xodimlardan
o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashish
davr-talabi ekanligini hisobga olgan holda,
pedagoglardagi stresslar va ularni keltirib
chiqaruvchi omillarni sanab o‘tishdan oldin
ish va shaxsiy hayot muvozanatining
buzilishi nima ekanligiga aniqlik kiritib
olsak. Ish va shaxsiy hayot muvozanati –
bu shaxsning ishdagi majburiyatlari va
shaxsiy

hayotidagi

ehtiyojlarini

bir

vaqtning o‘zida qondirish holatidir. Agar
ish shaxsiy vaqt va resurslarni haddan ortiq


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

10

9

egallab olsa, bu muvozanat buziladi va
stress kuchayadi.

Pedagoglardagi stresslar va ularni

keltirib hiqaruvchi omillar va ularning
tahlili.

- Ish

yuklamasining

ko‘pligi.

Bilamizki

pedagoglarning

faoliyati

murakkabdir. Negaki, ular dars soatlaridan
tashqari

hisobotlar

tayyorlaydi,

o‘quvchilardan sinov testlarni oladi,
tadbirlar o‘tkazadi, nazorat hujjatlarini
tayyorlaydi. Bundan tashqari hozirgi
texnologiyalar zamonida deyarli hamma
narsa elektron shaklda tashkil qilingan va
bu ko‘plab pedagoglarda stressni kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi.

- Emotsional yuklama. Har kuni

o‘quvchilar, ota-onalar va rahbariyat bilan
ishlash ham pedagoglarni charchatadi.

- Tashqi

bosim.

Ish

joyidagi

vazifalardan tashqari bo‘lgan topshirilar
jumladan,

reyting,

attestatsiya,

tekshiruvlar, natija talabi kabilar ham
o‘qituvchi-pedagoglarning

kasbiy

zo‘riqishiga olib keladi.

- Shaxsiy hayotga e’tibor yo‘qligi.

Ish tufayli oila, farzandlar, dam olishga
vaqt ajratilmasligi ham pedagoglarda
stressni keltirib chiqaradi.

- Surunkali

perfektsionizm.

Bu

tushuncha doimiy haddan tashqari ishlash
belgisi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘plab
kasblarda

surunkali

mukammallik

odamlarni yengib, ularni norozilik
holatlariga olib kelishi mumkin. Doktor
Elaine

Foster (salomatlik psixologi,)

perfektsionizmni “faqat yuqori standartlar

haqida emas, balki, charchashga olib
boruvchi yo‘l, vaqt va umidlarni real tarzda
boshqarishda

katta

to‘siqdir”

deya

ta’kidlagan.

- Muvaffaqiyatsizlik qo‘rquvi. Bu

to‘siq

bevosita

bo‘sh

vaqtlarda

bezovtalanish belgisi bilan bog‘liq.
Kutilgan natijani bermaslik haqidagi
doimiy tashvish, ayniqsa qattiq nazorat
ostida bo‘lgan muhitda, ish xavfsizligi
tashvishini kuchaytiradi va haqiqiy dam
olish va tiklanishga to‘sqinlik qiladi.

- Samarasiz

rejalashtirish.

Ko‘pincha, ijtimoiy vaqtni o‘tkazib
yuborish sifatida namoyon bo‘ladi,
samarasiz

rejalashtirish

belgilangan

muddatlarni

bajarish

uchun

reaktiv

shoshilishga olib keladi, natijada nuqsonli
ish va stress kuchayadi. Bu, odatda,
vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan
vaqtni

kam

baholagandan

yoki

kechiktirishdan kelib chiqadi.

- Ish joyidagi tartibsizlik. Ko‘pincha,

pedagoglarning dam olish vaqtida ham
ishlashi tartibsiz ish muhiti va stress
darajasini sezilarli darajada oshirishi
mumkin,

bu

esa

samarali

tartibni

o‘rnatishni qiyinlashtiradi.

Stressni o‘rganish bo‘yicha Amerika

institutining ma’lumotiga ko‘ra, kasbiy
faoliyat orqali orttirilgan stress hamda
yurak xuruji o‘rtasidagi bog‘liqlik shu
qadar kattaki, Nyu-York, Los-Anjeles va
boshqa bir necha shaharlarda polisiya
xodimlarining xuruji orttirilgan jarohat
bilan tenglashtirilmoqda. Hamda “kun
davomida ishlaydigan ayollar erkaklarga


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

110

nisbatan katta stressga yo‘liqadi” degan
sterotiplar ham mavjud. Sababi ular ishdan
so‘ng uy yumushlari va farzandlarga
qarash bilan mshg‘ul bo‘lishadi .
Haqiqatdan ham bugungi kun ta’lim
tizimiga

ayniqsa,

maktablarga

nazar

tashlaydigan bo‘lsak deyarli xodimlarning
80-90% ni ayollar tashkil qiladi. Ularning
ish vaqtidan tashqari uydagi qo‘shimcha
vazifalari ham yetarlicha charchatadi va
kasbiy zo‘riqishga, sog‘ligidagi bir qancha
muoammolarni orttirib olishiga olib keladi.

Hozirgi kunda jamiyatning talablari

maktablarda kun sayin o‘sib bormoqda va
bu vazifalarni hal etish pedagogning
vazifasiga bog‘liq. Endi esa pedagogning
asosiy vazifalari to‘g‘risida gaplashib
o‘tsak.

Pedagogning

eng

birinchi

vazifalari:

- kasbiga o‘zini bag‘ishlashdir. U

qanchalik o‘quvchilarni yaxshi ko‘rsa va
o‘zining o‘qitayotgan fanini yaxshi ko‘rsa
undan

haqiqiy

ilmu-toliblar

yetishib

chiqadi.

- kasbiga bo‘lgan mas’uliyat.
- bolalarga ma’rifat va ma’naviyat

tushunchalarini o‘rgatish.

- o‘zini-o‘zi nazorat qilish , sabr ,

chidamlilik va qat’iyatlik.

Bulardan tashqari hozirgi kunda

ustozlarga qo‘yiladigan talablar ham
mavjud. Bular:

- talabalarni ruhiy mustahkam va

malakali kadr sifatida yetishtira oladigan
pedagog.

- keng qamrovli bilimga ega

bo‘lish.

- yaxshi pedagogik va psixologik

bilimga ega bo‘lish.

- oxirgi yangiliklardan xabardor

bo‘lish va o‘z ustida davomli ishlash.

-

o‘z o‘qitishiga kreativ

yondoshish.

- bolalarni va ularning ichki

dunyosini tushunish.

- pedagogik texnikalarga ega

bo‘lish.

Yuqorida aytib o‘tilgan talablar

hamda pedagog ega bo‘lishi kerak bo‘lgan
ko‘nikmalar pedagogni haqiqiy ma’noda
professional

pedagoglik

darajasiga

yetkazishi bilan birgalikda undan katta
kuch talab qiladi. Ushbu ko‘nikmalarni
egallashga qiynalgan har qanday pedagog
kasbiy zo‘riqishga duch kelishi ham
mumkin. Sababi ko‘plab pedagoglar kasbiy
faoliyat

bilan

birgalikda

oilaviy

munosabatlar va oiladagi vazifalarini
muvozanatda

ushlashda

bir

qancha

to‘siqlarga uchraydilar. Bunday to‘siqlarni
bartaraf

etish

uchun

ularga

amaliy

tavsiyalarni keltirib o‘tamiz:

- Ertalabki tartib. Har qanday inson

tartibga rioya qilsagina ishida samarali
natija bo‘ladi. Kunni qisqa jismoniy
mashqlar yoki yugurish bilan boshlash
inson organizimi uchun juda foydalidir. Bu
tanani

uyg‘otish

va

kayfiyatni

yaxshilashga, stressni kamaytirishga, kun
davomida energiya bilan yurishga yordam
beradi.

- Qisqa

meditatsiya.

Kunimizni

qisqa meditatsiya bilan boshlash nafaqat
ishlovchi xodimlar balki uy bekalari uchun


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

111

ham

foydalidir.

Sababi

u

ongni

tinchlantirish va kunni samarali boshlash
uchun bizga katta kuch va motivatsiya
beradi.

- Rejalashtirish.

Ish

vazifalari,

shaxsiy qiziqishlar va dam olishni o‘z
ichiga olgan mukammal reja bizni vaqtni
noto‘g‘ri sarflash va ko‘p energiya
ketkazish orqali stressga berilishimizda
yuzaga keladigan qiyin vaziyatlarni oldini
oladi. Hamda ishdan tashqari o‘zimiz va
yaqinlarimiz uchun vaqt ajratishga imkon
yaratadi.

- Vaqt ajratish. Bo‘sh vaqtimizda ish

bilan bog‘liq vazifalardan uzoqlashish, ish
kuni va dam olish vaqti o‘rtasida aniq
chegaralarni belgilab olishimiz, ishda chala
qolgan vazifalarni uyda to‘ldirishni
rejalashtirmasligimiz

bizni

stressli

vaziyatlardan qutqaradi. Hamda bizga zavq
bag‘ishlaydigan hobbi yoki qiziqishlarimiz
uchun ham vaqt ajratishini unutmasligimiz
kerak.

- Texnologiyadan

dam

olish.

Ijtimoiy tarmoqlar va gadjetlar oldida
o‘tkaziladigan

vaqtni

imkon

qadar

cheklashimiz sog‘ligimiz uchun foydalidir.
Texnologiyalardan muntazam ravishda
tanaffus

qilish

diqqatni

to‘plashni

yaxshilaydi va to‘liq dam olishga yordam
beradi.

- Vazifalarni

delegatsiya

qilish.

Vazifalarni taqsimlashni imkon qadar odat
tusiga aylantirishimiz kerak. Vazifalarni
taqsimlash - muhim ishlar uchun vaqt
ajratish

va

hayotda

muvozanatni

ta’minlashga yordam beradigan eng to‘g‘ri
yo‘ldir.

- "Yo‘q" deyishni o‘rganish. Maqsad

va vazifalarimizga to‘g‘ri kelmaydigan
topshiriqlarni bajarishdan bosh tortishdan
uyalmaslik kerak. Chunki, chegaralarni
belgilash vaqtimizni muhim va maroqli
daqiqalar uchun ajratishga yordam beradi.

- Jismoniy

faollik.

Muntazam

ravishda jismoniy mashqlar, sport bilan
shug‘ullanish nafaqat sog‘liqni saqlashga
ko‘maklashadi,

balki

energiya

va

kayfiyatni ham oshiradi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz

joizki, bugungi kunda pedagog kasbiga
talab kuchayib bormoqda. Sababi, bolaga
ta’lim va tarbiya berishdek mas’uliyatli
kasbning vazifalarini to‘laqonli bajarish
har qaysi pedagogning ham qo‘lidan
kelavermaydi. Bunday kasbda ko‘proq sabr
toqatli,

kasbini

sevadigan,

tirishqoq

insonlargina

faoliyat

olib

borishadi.

Negaki, ular ish va shaxsiy hayot
o‘rtasidagi

muvozanatni

saqlashni

bilishadi. Ish jarayonida ham stressli
vaziyatlarga deyarli duch kelishmaydi.
Ammo, rahbariyat tomonidan beriladigan
bosim va haddan ortiq talablarining ularga
ko‘rsatadigan ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi
munosabati ularni stressga berilishiga
sabab

bo‘lyapti

desak

mubolag‘a

bo‘lmaydi. Hozirda ustozlarga rahbariyat
tomonidan

beriladigan

bosim

va

talabalarning ularga ko’rsatadigan ba’zi bir
qo’shtirnoq ichidagi munosabati ularni
kunlik stressga ega bo’lishiga sabachi
bo‘ladi desam adashmayman. Shu kabi


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

11

2

stresslarning soni oshib ketishi tufayli
pedagoglar bu kasbdan qaysidir ma’noda
ko‘ngli soviydi va bu holat esa ularni kun

kelib pedagoglik kasbni tashlab ketishiga
majbur qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.

K.B.Qodirov “Kasb tanlashga tayyorlashning psixologik jihatlari va professional loyihalar”

Toshkent, 2001-yil. – 36 b

2.

Pedagogik munosabatlarda o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish jarayonining shakllanishiga

stressning ta’siri Botirova Dilafro‘z Bozorovna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Pedagogika
va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

3.

PLAG - Plagiarism. Studies. Artificial Intelligence 5-b.

4.

Shakarboyeva S. Bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z istida ishlash faoliyatini tarbiyalashning

ijtimoiy – psixologik xususiyatlari //Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii. – 2022-
yil. – T. 2. – №. 6

5.

K.D.Ushiniskiy Tanlangan pedagogik asarlar/Inson ta’lim predmeti sifatida. Pedagogik

antropologiya tajribasi (1861). - M.: RSFSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1945. - B.475.

6.

Abdulakimovna, S. S. (2021). O‘qituvchilarning o‘zini-o‘zi rivojlanishi kasbiy

kompetentlikni oshirish. Jahon ijtimoiy fanlar xabarnomasi, 3(10), 58-60.

7.

Shakarboyeva S. Bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning

ijtimoiy-psixologik jihatlari //Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii. – 2022-yil. – T.
2. – №.

8.

PLAG - Plagiarism. Studies. Artificial Intelligence 20-b.

Bibliografik manbalar

K.B.Qodirov “Kasb tanlashga tayyorlashning psixologik jihatlari va professional loyihalar” Toshkent, 2001-yil. – 36 b

Pedagogik munosabatlarda o‘qituvchilarda kasbiy so‘nish jarayonining shakllanishiga stressning ta’siri Botirova Dilafro‘z Bozorovna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

PLAG - Plagiarism. Studies. Artificial Intelligence 5-b.

Shakarboyeva S. Bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z istida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy – psixologik xususiyatlari //Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii. – 2022-yil. – T. 2. – №. 6

K.D.Ushiniskiy Tanlangan pedagogik asarlar/Inson ta’lim predmeti sifatida. Pedagogik antropologiya tajribasi (1861). - M.: RSFSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1945. - B.475.

Abdulakimovna, S. S. (2021). O‘qituvchilarning o‘zini-o‘zi rivojlanishi kasbiy kompetentlikni oshirish. Jahon ijtimoiy fanlar xabarnomasi, 3(10), 58-60.

Shakarboyeva S. Bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik jihatlari //Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii. – 2022-yil. – T. 2. – №.

PLAG - Plagiarism. Studies. Artificial Intelligence 20-b.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари