Mualliflar

  • Odilbek Asqaraliyev
    TATU
  • Ravshan Xushmanov
    RIOvaBSIAMTMDM TSHF
  • Hilola Xushmanova
    TATU

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.80730

Kalit so‘zlar:

Ekspert tizim (ET) bilimlar ombori produksion model pediatriya

Annotasiya

Ushbu maqolada tibbiyotning eng nozik sohalaridan biri bo’lgan pediatriya sohasida dori dozalash masalasini ekspert tizimi yordamida avtomatlashtirish masalasi muhokama qilingan. Sohada mavjud formulalar, dori dozalash turlari o’rganilib, produksion model asosida qurilgan algoritmlar orqali turli hisoblash usullari bo’yicha yechimlar taklif etadigan ekspert tizimi yaratilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

167

Universaljurnal.uz

1

Asqaraliyev Odilbek Ulug’bek o’g’li.,

2

Xushmanov Ravshan Aktam o'g'li.,

3

Xushmanova Hilola

Aktam qizi

1

TATU Sun’iy intellekt kafedrasi dotsenti,

1

"RIOvaBSIAMTMDM TSHF" pediatr-neonatolog.,

3

TATU 2-

kurs magistranti

Uzbekistan

oasqaraliyev77@gmail.com

.,

rxushmanov@gmail.com

.,

hilolaxushmanova@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tibbiyotning eng nozik sohalaridan biri bo’lgan pediatriya sohasida

dori dozalash masalasini ekspert tizimi yordamida avtomatlashtirish masalasi muhokama qilingan. Sohada

mavjud formulalar, dori dozalash turlari o’rganilib, produksion model asosida qurilgan algoritmlar orqali

turli hisoblash usullari bo’yicha yechimlar taklif etadigan ekspert tizimi yaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Ekspert tizim (ET), bilimlar ombori, produksion model, pediatriya.

Аннотация:

В статье рассматривается вопрос автоматизации дозирования лекарственных

препаратов в педиатрии — одной из самых чувствительных областей медицины — с

использованием экспертной системы. Была создана экспертная система, предлагающая решения для

различных методов расчета с помощью алгоритмов, построенных на основе производственной

модели, изучающей существующие в данной области формулы и типы дозировок лекарственных

препаратов.

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

PEDIATRIYA SOHASIDA DORILARNI DOZALASH JARAYONLARI UCHUN EKSPERT

TIZIMI ISHLAB CHIQISH

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4

Published: 25.04.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

16

8

Ключевые слова:

Экспертная система (ЭС), хранилище знаний, производственная модель,

педиатрия.

Abstract:

The article examines the issue of automating drug dosing in pediatrics, one of the most

sensitive areas of medicine, using an expert system. An expert system was created that offers solutions for

various calculation methods using algorithms built on the basis of a production model that studies existing

formulas and types of drug dosages in this area.

Keywords:

Expert system (ES), knowledge repository, production model, pediatrics.

Language:

Uzbek

Citation:

Askaraliyev , O., Khushmanov , R., & Khushmanova , H. (2025). DEVELOPMENT OF

AN EXPERT SYSTEM FOR DRUG DOSING PROCESSES IN PEDIATRIC. Universal International

Scientific

Journal,

2(4),

167–175.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1513

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15280845

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Kirish.

Hozirgi paytda tibbiy ekspert tizimlari

yaratish, katta hajmdagi tibbiy maʼlumotlarga
raqamli ishlov berish masalalarini yechishning
samarali usullarini topish, ularni tadqiq qilish va
amaliy natijalarni olishda qo’llash, maʼlumotlarni
qayta ishlash tezliginini oshirish masalalarini hal
etish,

shuningdek,

bilimlar

bazasi

qurish

texnologiyalaridan foydalanib foydalanuvchiga
qulay ekspert tizimi ishlab chiqish va kompyuter
resurslarni tejash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekspert tizimlari sun’iy intellektning ajralmas
qismi bo’lib, o’tgan asrdayoq ommalashib
ulgurgan. Ekspert tizimlar turli

sohalarda

insonlarga yaqindan yordam berib, kasblarga doir
malakani avtomatlashtiradi.

Dunyo hamjamiyati sog’lom ona va bola,

sog’lom kelajak haqida qayg’urayotgan bir paytda,
pediatriya sohasida dorilarni dozalarini hisoblash
masalasi

ahamiyatini

e’tiborsiz

qoldirib

bo’lmaydi. Dorilarni dozalashga doir turli
hsioblash tizimlari mavjud bo’lib, ularning

aksariyati pullik yoki istalgan foydalanuvchilar
foydalanishi uchun qulay emas. Bundan tashqari
sohada qo’llaniladigan to’rt xil dozalash turini
birlashtirgan manbaa mavjud emas, maqolada
yoritilgan tibbiy ekspert tizimimiz orqali ushbu
yangilikni olib kirganmiz.

Ekspert tizimlari qurishda foydalaniladigan bir

nechta modellar orasidan (produksion, freym,
semantik tarmoq, mantiqiy modellar) bizning
masalaga va biz taklif etadigan yechimga mos
keluvchi qoidalardan iborat produksion modelni
tanlab olamiz.

Produksion model asosida pediatriyada

dozalash uchun ET qurish

Har

bir

dastur

qurilishidan

oldin

modellashtirilib, reja tuzib olinganidek, biz ham
quyida

pediatriyada

dozalash

muammosini

yechishga mo’ljallangan ET qurish uchun
produksion modelni tanlab olamiz.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

16

9

Produksion so’zi inglizcha “production” –

ishlab chiqarishs so’zidan kelib chiqqan bo’lib,
asosan forward chaining – oldinga zanjirlash
orqali qurilgan Rule-Based Expert System –
qoidalarga asoslangan ekspert tizimlarga nisbatan
qo’llaniladi. Produksion model produksion
qoidalarga asoslanadi va ularning umumiy
ko’rinishi “Agar … bo’lsa, u holda…”
ko’rinishida bo’ladi.

Produksion modelni dasturlashda qoidalar 2

qismdan iborat bo’ladi:

If – shart qismi (asos deb

ataluvchi bir nechta ifodalardan
iborat);

Then – qismi, xulosalar deb

ataluvchi bir nechta ifodalardan iborat
qism.

Har bir if va then qismlari bir yoki bir

nechta faktlar va maqsadlardan (goal) iborat
bo’lishi mumkin:

Sintaksis: If [A], [B], and [C], Then [D] and

[E].

Semantika: Agar A, B va C to’g’ri bo’lsa,

unda D va E ham to’g’ri.

Misol sifatida tibbiy eskpert tizim qurishda

produksion model asosida bilimlarni qurish
algoritmi o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

Quyida

produksion

model

asosida

bilimlarni qurish algoritmi uchun algoritm blok-

•Hal qilinadigan muammoni aniq belgilash;

•Tizimdan qanday qaror yoki tavsiyalar olinishi kerakligini

aniqlash.

Muammoni aniqlash

•Mutaxassislar (ekspertlar) bilan suhbat.

•Tibbiy adabiyotlar, hujjatlar, amaliyotdan olingan

ma'lumotlar.

•Avvalgi holatlar asosida misollar to'plash.

Bilimlar manbalarini tahlil

qilish

•Har bir holat uchun IF-THEN shaklida qoidalar yoziladi.

Bilimlarni ishlab chiqish

(produksion qoidalar

yozish)

•Barcha ishlab chiqilgan qoidalarni bilimlar bazasiga

joylashtirish.

•Qoidalar o'rtasida mantiqiy bog'liqliklarni belgilash.

Qoidalar to'plamini tuzish

Forward chaining

(oldinga qarab chiqarish): ma’lumotdan

boshlab, xulosa chiqariladi.

Backward chaining

(orqaga qarab chiqarish): xulosadan

boshlab, ma’lumotlarni tekshiradi.

Inferensiya mexanizmini

tanlash (qaror chiqarish)

Turli test ma’lumotlar to‘plami yordamida qoidalarni

tekshirish.

Noto‘g‘ri yoki ziddiyatli qoidalarni tuzatish.

Testlash va verifikatsiya

Yangi bilimlar qo'shish

Eskirgan yoki noto'g'ri bilimlarni olib tashlash yoki

o'zgartirish

Optimizatsiya va

kengaytirish


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

17

0

sxema ko‘rinishida beriladi. Ushbu chizma oddiy
ekspert tizimlarida bilimlarni qanday tartibda

ishlab chiqish va qoida shaklida ifodalash
jarayonini ko‘rsatadi.

Yuqoridagi

bosqichlarni

bosqichma

bosqich amalga oshirib boramiz. Aniqlangan
muammo sohasida bilim manbalarini to’plab,
tahlillash ishlarini olib borgandan so’ngra
produksion model qoidalarini ishlab chiqamiz.

Pediatriyada dozalash turlari

Kasallik

aniqlanganda

shifokor

dori

dozasini o’zi belgilab beradi, ammo bazi hollarda
shifokor

buyurgan

dorining

dorixonada

topilmasligi,

qimmatliligi

tufayli

bemor

tomonidan boshqa alternativ dori qabul qilinishi
mumkin. Dorilar dozalari esa bir biridan farq
qiladi, mana shunday holatda bizda dori dozasini
mustaqil hisoblash zarurati paydo bo’ladi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

171

Dori-darmonning kerakli dozasini hisoblash

uchun bolaning vazni, bitta tabletkada faol
moddaning miqdorini ko’rsatish kerak (odatda
tabletkalarning

qadoqlarida,

shuningdek

yo’riqnomada ko’rsatilgan). Doim ham bemorning
aniq vaznini o’lchashning iloji bo’lmagan boshqa
holatlar uchun ham hisoblash usullari yaratilgan.

Ekspert tizim avtomatik ravishda ushbu hisob-

kitoblarni bajarib, xavfsiz va samarali dori
miqdorini tavsiya qiladi.

Dozalash turlari 4 turga bo’linadi, ular

o’zlarining qo’llanish holatlari, aniqliligi darajasi
bilan ajralib turadi:

1)

Vazn bo’yicha,

eng keng tarqalgan

va aniqlik jihatidan ham yuqori bo’lgan
dozalash

turi.

Zamonaviy

meditsina

xizmatlarida eng ko’p tavsiya etiladigan
dozalash bemor vazni bo’yicha amalga
oshiriladi

𝐷𝑜𝑧𝑎(𝑚𝑔) = 𝑇𝑎𝑣𝑠𝑖𝑦𝑎_𝑒𝑡𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛_𝑑𝑜𝑧𝑎(

𝑚𝑔

𝑘𝑔

)

× 𝐵𝑒𝑚𝑜𝑟_𝑣𝑜𝑧𝑛𝑖(𝑘𝑔)

𝑇𝑎𝑣𝑠𝑖𝑦𝑎_𝑒𝑡𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛_𝑑𝑜𝑧𝑎

bu yerda

kattalar

uchun

doza,

dorilarning

yo’riqnomasida keltirilgan dori dozasi.

2)

Yosh bo’yicha,

yosh bo’yicha

dozalashning juda ko’p formulalari
mavjud bo’lib, pediatriyada asosan, bola
yoshi ikki guruhga bo’lingan holda
hisoblanadi: 1 yoshgacha bo’lgan bolalar –
oy o’lchov birligida (Fried’s rule), va 1 dan
12 yoshgacha bo’lgan bolalar – yillar
o’lchov birligida (Young’s rule).

𝐹𝑟𝑖𝑒𝑑

𝑠

𝑟𝑢𝑙𝑒

𝑑𝑜𝑠𝑖𝑛𝑔(𝑚𝑔)

= (

𝑦𝑜𝑠ℎ(𝑜𝑦)

150

)

× 𝐾𝑎𝑡𝑡𝑎𝑙𝑎𝑟

𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛

𝑑𝑜𝑧𝑎(𝑚𝑔)

,

𝑎𝑔𝑎𝑟 𝑦𝑜𝑠ℎ < 1

𝑌𝑜𝑢𝑛𝑔

𝑠

𝑟𝑢𝑙𝑒

𝑑𝑜𝑠𝑖𝑛𝑔(𝑚𝑔)

= (

𝑦𝑜𝑠ℎ(𝑦𝑖𝑙)

𝑦𝑜𝑠ℎ(𝑦𝑖𝑙) + 12

)

× 𝐾𝑎𝑡𝑡𝑎𝑙𝑎𝑟

𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛

𝑑𝑜𝑧𝑎(𝑚𝑔)

,

𝑎𝑔𝑎𝑟 𝑦𝑜𝑠ℎ𝜖[1, 12]

Shuni alohida takidlash joizki, yoshga

asoslangan formulalardan faqat aniq vazn
yoki

BSA

mavjud

bo’lmaganda

foydalanish lozim. Ko’pgina zamonaviy
qo’llanmalar ushbu yoshga asoslangan
formulalarga nisbatan vaznga asoslangan
yoki BSA asosidagi dozani afzal ko’radi.

3)

Tana yuzasi (Body Surface Area)

bo’yicha

dori dozalash jarayoni, bolalarda

tana og’irligi va bo’yi kattalarga nisbatan
boshqacha nisbatda o’zgargani sababli
ba’zida vazn asosidagi dozalash yetarli
aniqlikni

bermaydigan

holatlarda

qo’llaniladi. Pediatriyada BSA (Body
Surface Area – tana yuzasi maydoni) juda
muhim fiziologik ko’rsatkich hisoblanadi,
BSA tana hajmi va metabolik faollikni
aniqroq ifodalaydi.

𝐵𝑆𝐴(𝑚

2

) = √

𝐵𝑜

𝑦(𝑠𝑚) × 𝑉𝑎𝑧𝑛(𝑘𝑔)

3600

,

𝑃𝑒𝑑𝑖𝑎𝑡𝑟𝑖𝑘

𝑑𝑜𝑧𝑎

= (

𝐵𝑆𝐴
1.73

)

× 𝐾𝑎𝑡𝑡𝑎𝑙𝑎𝑟_𝑑𝑜𝑧𝑎𝑠𝑖

Pediatriyada

BSA

qo’llaniladigan

asosiy holatlar quyidagilarni o’z ichiga
oladi:


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

17

2

4)

ClCr (Kreatinin klirensi) bo’yicha,

Kreatinin klirensi buyraklar qondagi chiqindilarni
qanchalik

yaxshi

filtrlashini

ko’rsatadigan

o’lchovdir. Bu buyrak funktsiyasini ko’rsatadigan
glomerulyar filtratsiya tezligini (GFR) baholaydi.
Tozalash qiymati sarum kreatinin darajasi, bo’y va
yoshga qarab hisoblanadi. Bolalarda kreatinin
klirensi buyrak funktsiyasini baholash uchun juda
muhimdir, chunki ularning buyrak tizimi hali ham
rivojlanmoqda. Bu buyrak kasalligining dastlabki
belgilarini aniqlashga yordam beradi, vaqt o’tishi
bilan buyraklar faoliyatini nazorat qiladi va buyrak
klirensiga bog’liq bo’lgan dori dozalarini
moslashtiradi.

Shvarts

formulasi

odatda

pediatrik

bemorlarda kreatinin klirensini baholash uchun
ishlatiladi, bu aniq baholash va davolashni

ta’minlaydi.

Shvarts

formulasi

pediatrik

bemorlarda glomerulyar filtratsiya tezligini (GFR)
baholash uchun keng qo’llaniladigan usuldir. U
bo’y, sarum kreatinin darajasi va yoshga xos
konstanta (k) asosida kreatinin klirensini hisoblab
chiqadi. Formula buyraklar faoliyatini baholashga,
anomalliklarni aniqlashga va davolash qarorlarini
tanlashga yordam beradi.

𝐺𝐹𝑅(𝑚𝐿/𝑚𝑖𝑛/1.73𝑚

2

)

=

0.413 × 𝑏𝑜′𝑦(𝑠𝑚)

𝑠𝑒𝑟𝑢𝑚 𝑘𝑟𝑒𝑎𝑡𝑖𝑛𝑖𝑛(

𝑚𝑔

𝐷𝐿 )

0.413 −

bu universal koeffitsient pediatrik

yoshdagi bolalar uchun aniqlangan.


Kreatinin klirensi buyraklar kamolotiga va

mushak massasining o’zgarishiga qarab yoshga
qarab o’zgaradi, quyidagi jadvaldagi kreatinin
miqdori keltirib o’tilgan:

Yosh guruhi

Oddiy kreatinin klirensi (ml/min/1,73 m²)

Yangi tug’ilgan chaqaloqlar (≤ 28 kun)

20 – 50

Chaqaloqlar (28 kun - 2 yil)

30 – 80

Bolalar (2-12 yosh)

80 – 140

O’smirlar (12-21 yosh)

90 – 150

Shvarts formulasi buyrak funktsiyasining

ishonchli bahosini ta’minlasa-da, uning aniqligiga
mushak massasi, hidratsiya holati va ba’zi dorilar

kabi omillar ta’sir qilishi mumkin. Yangilangan
Shvarts formulasi aniqlikni yaxshilaydi, ammo

Pediatriyada

BSA

qo'llanilish

holatlari

Tomir ichiga

yuboriladigan dori

vositalari - Bolalar

yurak-qon tomir tizimi

o‘ziga xos bo‘lgani
uchun aniqlik zarur

Immunosupressiv

dorilar

(transplantatsiya,

autoimmun kasalliklar)

Individual metabolizm

farqlari bo‘lgan

holatlarda.

Yuqori yoki juda past

tana vazniga ega bolalar

- Juda ozg‘in yoki

semiz bolalar uchun kg

asosidagi dozalar

noto‘g‘ri chiqishi

mumkin.

Ximeoterapiya-

Onkologik holatlarda -

juda sezgir dozani talab

qiladigan dorilar uchun.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

17

3

tasdiqlash uchun qo’shimcha testlar talab qilinishi
mumkin.

Python dasturlash tili yordamida ET

qurish

Bizga kerakli dasturlash tili sifatida python

dasturlash muhitini tanlab oldik, sababi esa ushbu
dasturlash tilining ekspert tizimlari qurishda juda
keng imkoniyatlari mavjud. Python o’zining
maxsus ekspert tizimlari uchun kutubxonalariga
egaligi, tezligi va foydalanishga qulayligi bilan
ajralib turadi.

Pythonda bir nechta ekspert tizimlari

yaratish uchun kutubxonalar bilan tanishgan
holda,

pythonning

standart

kutubxonasidan

foydalanib, qulay foydalanuvchi interfeysiga ega
ekspert tizim yaratildi.

Dastur nomi “Pediatric dosing ES” deb

nomlanib, unga yuqoridagi 4 xil dozalash
imkonini beruvchi oynalar qo’shildi. Dasturga
shuningdek, foydalanuvchiga tibbiyot sohasi
murakkabligi, dastur natijalaridan shifokor bilan
maslahatlashgan holda foydalanish mumkinligi
haqida eslatma ham biriktirildi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

17

4

1-rasm. Ekspert tizimida mavjud hisoblash oynalari.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki,

pediatriyada dozalash masalasini yechish uchun har
qanday holatda ham juda ehtiyotkorlik va shifokor
nazorati zarur bo’ladi. Bunday ekspert tizimlar esa
foydalanuvchilarga yoki yosh xodimlarga ekspert
tajribasidan foydalanishga yordam beradi.

Pediatriyada dozalash bo‘yicha ET tibbiy

bilimlarga asoslanib tuzilsa, bir qator afzalliklarga
erishiladi, jumladan, klinik aniqlik yuqori bo‘ladi,
vaqt va resurslarni tejaydi, yangi shifokorlar uchun
yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi va eng
asosiysi sog‘liqni saqlash tizimida samaradorlikni
oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Expert systems: Definitions, advantages and issues in medical field applications

https://doi.org/10.1016/j.eswa.2021.114900

2.

Expert systems: Definitions, advantages and issues in medical field applications. Aurora

Saibene, Michela Assale, Marta Giltri. Expert Systems with Applications Volume 177, 1 September 2021,
114900. https://doi.org/10.1016/j.eswa.2021.114900

3.

Validity of the use of Schwartz formula against creatinine clearance in the assessment of

renal functions in children. H W Dilanthi, G A M Kularatnam, S Jayasena, E Jasinge , D B D L
Samaranayake , V P Wickramasinghe. Sri Lanka Journal of Child Health, 2017; 46(2): 155-159. DOI:
10.4038/sljch.v46i2.8273

4.

Development problems and prospects of the medıcal expert systems. Masuma G.

Mammadova, Zarifa G. Jabrayilova. Problems of information technology, 2017, №1, 73–83. DOI:
10.25045/jpit.v08.i1.09

5.

Ekspert tızımlarını yaratıshda bılımlar omborınıng ahamıyatı va vazıfaları. Tashmetov

K.Sh., Aliev R.M., Aliev M.M. «Актуальные вопросы развития инновационноинформационных
технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022 I-Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года). DOI: https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-v2-pp97-103

6.

Medical Expert Systems Survey. Bassem S. Abu-Nasser. International Journal of

Engineering and Information Systems, 2017, 1 (7), pp.218-224. ffhal-01610722

7.

Ekspert tızımlarnıng asosıy turları va ıshlatılısh sohaları. N.E.Duisenov. Oriental Art •

February 2021.

8.

Giarratano, J., & Riley, G. (2005). Expert Systems: Principles and Programming (4th ed.).

Boston, MA: Course Technology. ISBN: 978-0534384479

9.

Kulikov, A. V. (2020). Rule-Based Expert Systems in Medicine. Journal of Medical Systems,

44(5), 85. https://doi.org/10.1007/s10916-020-01575-z


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

17

5

10.

Miller, R. A. (1994). Medical diagnostic decision support systems--past, present, and future:

a threaded bibliography and brief commentary. Journal of the American Medical Informatics Association,
1(1), 8–27. https://doi.org/10.1136/jamia.1994.95236145

11.

PEDeDose. SwissPedDose Foundation. (2024). Pediatric drug dosing tool.

ttps://www.pededose.ch

12.

MDCalc Clinical Calculators. (2024). Pediatric dosing tools. https://www.mdcalc.com

13.

Lexicomp Pediatric & Neonatal Dosage Handbook. (2024). Wolters Kluwer Health. ISBN:

978-1975171311

14.

British National Formulary for Children (BNFc). (2024). BMJ Group, RCPCH

Publications, and RPS Publishing. ISBN: 978-0857114571

15.

UpToDate. (2024). Pediatric drug information and clinical decision support. Wolters

Kluwer. https://www.uptodate.com


INTERNET MANBAALARI
1.

https://www.pediatriconcall.com/calculators/creatinine-clearance-schwartz-formula-

calculator

2.

https://www.medicalalgorithms.com/

3.

https://www.medicalalgorithms.com/calculating-total-daily-dose-by-div-surface-area

4.

https://www.foreseemed.com/

Bibliografik manbalar

Expert systems: Definitions, advantages and issues in medical field applications https://doi.org/10.1016/j.eswa.2021.114900

Expert systems: Definitions, advantages and issues in medical field applications. Aurora Saibene, Michela Assale, Marta Giltri. Expert Systems with Applications Volume 177, 1 September 2021, 114900. https://doi.org/10.1016/j.eswa.2021.114900

Validity of the use of Schwartz formula against creatinine clearance in the assessment of renal functions in children. H W Dilanthi, G A M Kularatnam, S Jayasena, E Jasinge , D B D L Samaranayake , V P Wickramasinghe. Sri Lanka Journal of Child Health, 2017; 46(2): 155-159. DOI: 10.4038/sljch.v46i2.8273

Development problems and prospects of the medıcal expert systems. Masuma G. Mammadova, Zarifa G. Jabrayilova. Problems of information technology, 2017, №1, 73–83. DOI: 10.25045/jpit.v08.i1.09

Ekspert tızımlarını yaratıshda bılımlar omborınıng ahamıyatı va vazıfaları. Tashmetov K.Sh., Aliev R.M., Aliev M.M. «Актуальные вопросы развития инновационноинформационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года). DOI: https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-v2-pp97-103

Medical Expert Systems Survey. Bassem S. Abu-Nasser. International Journal of Engineering and Information Systems, 2017, 1 (7), pp.218-224. ffhal-01610722

Ekspert tızımlarnıng asosıy turları va ıshlatılısh sohaları. N.E.Duisenov. Oriental Art • February 2021.

Giarratano, J., & Riley, G. (2005). Expert Systems: Principles and Programming (4th ed.). Boston, MA: Course Technology. ISBN: 978-0534384479

Kulikov, A. V. (2020). Rule-Based Expert Systems in Medicine. Journal of Medical Systems, 44(5), 85. https://doi.org/10.1007/s10916-020-01575-z

Miller, R. A. (1994). Medical diagnostic decision support systems--past, present, and future: a threaded bibliography and brief commentary. Journal of the American Medical Informatics Association, 1(1), 8–27. https://doi.org/10.1136/jamia.1994.95236145

PEDeDose. SwissPedDose Foundation. (2024). Pediatric drug dosing tool. ttps://www.pededose.ch

MDCalc Clinical Calculators. (2024). Pediatric dosing tools. https://www.mdcalc.com

Lexicomp Pediatric & Neonatal Dosage Handbook. (2024). Wolters Kluwer Health. ISBN: 978-1975171311

British National Formulary for Children (BNFc). (2024). BMJ Group, RCPCH Publications, and RPS Publishing. ISBN: 978-0857114571

UpToDate. (2024). Pediatric drug information and clinical decision support. Wolters Kluwer. https://www.uptodate.com

INTERNET MANBAALARI