Mualliflar

  • Shohsanam Azizova
    Andijon davlat Pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86130

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy hayot psixologiya pedagogika valeologik mehnat qonun qaror siyosiy kabi so‘zlar bor.

Annotasiya

Ushbu maqolada biz o‘zbek qizlarining huquqlari ularning katta hayotga tayyorlash umumta‘lim maktablarida qizlarga bo‘lgan e‘tiborni yanada oshirish jamiyatga kerakli insonlar qilib tarbiyalashni o‘rgandik.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

73

MAKTAB O‘QUVCHI QIZLARINING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH

Azizova Shohsanam

Andijon davlat Pedagogika instituti

Maktabgacha ta‘lim psixalogiyasi va pedagogikasi

yo‘nalishi talabasi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15226622

Annotatsiya:

Ushbu maqolada biz o‘zbek qizlarining huquqlari ularning katta hayotga tayyorlash

umumta‘lim maktablarida qizlarga bo‘lgan e‘tiborni yanada oshirish jamiyatga kerakli insonlar qilib
tarbiyalashni o‘rgandik.

Kalit so‘z:

ijtimoiy hayot, psixologiya, pedagogika, valeologik, mehnat, qonun, qaror, siyosiy kabi

so‘zlar bor.

Bugungi kunda O‘zbekistonda xotin qizlarga e‘ttibor kuchaygan. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2020- yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirish, mahalla
institutini yanada qo‘llab quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib
chiqish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 5938-sonli Farmoni ijrosini ta‘minlash to‘g‘risida respublika
miqyosida qator amaliy ishlar olib bormoqda. Umumta’lim maktablarida biz qizlarga avvalo darsda
o‘zini tuta bilishni o‘rgatishimiz zarur. Kattalarga bo‘lgan hurmatni shakllantirishimiz kerak. Qizlarni
ijtimoiy hayotga tayyorlash bo‘yicha o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqish zarur. Avvalo qizlarning
psixik ongini o‘rganishimiz vaularga pedagogik yondoshishimiz kerak. O‘qituvchi o‘quvchilarni
qobiliyatiga, qiziqishiga, oilaviy muhitiga e’tibor qaratishi zarur. Chunki o‘qituvchi shu faoliyatlarga
e’tibor bermasa o‘quvchilar bilan a‘loqani yo‘qotadi. Bu borada ayniqsa qizlarga e‘tiborni
kuchaytirishimiz kerak bo‘ladi. Maktabda qizlar ayniqsa o‘smir yoshida bo‘lsa ularga juda ehtiyotkor
munosabatda bo‘lamiz. Bu davr bolalarda juda og‘ir o‘tadi. Shu davrni inobatga olgan holda qizlarga
asosan o‘yin orqali darslarni tashkil qilishimiz maqsadga muvofiq. O‘qituvchi avvalo o‘z kasbini sevsa
darsni o‘tishi juda qiziqarli bo‘ladi. O‘z ustida ishlaydigan o‘qituvchi har darsga to‘liq tayyorlanib keladi.
Darsi ham mazmunli va qiziqarli bo‘ladi. O‘smir yoshidagi qizlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch pasayib
ketadi. Ishonchni oshiradigan metodikalarni ko‘proq qo‘llash kerak. Maktabdagi psixolog ham bolalar
bilan ishlashi kerak. Ota-onalar ham bu yoshda qizlariga alohida e’tibor qaratishi zarur. O‘qituvchi bilan
ota-ona hamkorligi bu bolaning faqat foydasiga ishlaydi. Lekin o‘qituvchi ham chegarada turishi o‘z
o‘rnida gapirishi lozim. Chunki oshiqcha bosim, tergash bolalarni bezdirib qo‘yadi. Buni oldini olish
uchun ota-ona bu bosimni kamaytirishi qizlariga ishonishlarini doim ta‘kidlab turishi, ulardagi
o‘zgarishlarni doim e’tibor bilan kuzatiahlari kerak. O‘qituvchi qizlarga asosan qiziqarli bo‘lgan
metodlarni qo‘llashi, ular nimaga qiziqishlarini doim o‘zlaridan so‘rab turishi lozim. Darsda o‘qituvchi
o‘quvchilarni doim bir mashg‘ulot bilan band qilishi ularni bo‘sh o‘z holiga tashlab qo‘ymasligi kerak.
O‘quvchilarning har bir savoliga javob bera olishi muhim. Buning uchun esa o‘qituvchi har qanday
savolga tayyor turishi vaziyatdan yumshoqlik bilan chiqishi o‘quvchilarga iloji boricha yaxshi muomala
qilishi kerak. O‘quvchilarni darsdan tashqari qariyalar uyiga, imkoniyati cheklangan bolalar bilan
tanishgani ham olib borish kerak. Shunda o‘quvchi o‘zida bor bo‘lgan narsalarga shukur qilishni
o‘rganadi. Bu ekskursiya o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam beradi. Hozirda tashkil
etilayotgan inklyuziv ta‘lim ham o‘quvchilarni imkoniyati cheklangan bolalar bilan birga o‘qishga
o‘rgatadi. Ularga bo‘lgan qarashlarini yaxshi tomonga o‘zgartirishadi. Bu bolalarga yordam berib ham
o‘zlarini yaxshi his qila boahlashadi. Qizlar ayniqsa bu borada o‘g‘il bolararganisbatan faolroq bo‘ladi.
Qizlar bu orqali ham jamiyatga moslashishi oson bo‘ladi.Ulardagi ko‘nikmalar kengayadi va shakllanadi.
Inklyuziv ta‘lim sohasi juda katta ishlarni amalga oshirmoqda.Birgina ta‘lim sohasida bolalarni
imkoniyati cheklangan bolalar bilan birga ta‘lim olishi ham bolalarga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Qizlarda
doim o‘gil bolalarga nisbatan his tuyg‘uga moyillik ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham qizlarga nisbatan
o‘ta qattiqqo‘llik qilish kerak emas. Qizlar ijtimoiy hayotga moslashishi ham tezroq bo‘ladi. Umumta‘lim
maktablarida qizlarni o‘zaro munosabati ham muhim. Chunki bu yoshda jahlga berilish, menini ustun
qo‘yish yuqori bo‘ladi. Ota-onalar bu yoshdagi qizlarni kasbga ,hunarga o‘rgatib bo‘sh vaqtini iloji


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

74

boricha bo‘sh qo‘ymasligi lozim. Hamma narsa bo‘sh vaqti ko‘p hech qanday ish bilan

shug‘ullanmaydigan yoshlardan kelib chiqadi. Qizlar bilan huddi kattalardek gaplashish ularning fikrini
ham eshitishi va inobatga olishi ularni kerakli ekanligini his qilishga yordam beradi. O‘ziga bo‘lgan
ishonchini oshiradi. O‘quvchi qizlarni ijtimoiy faolligini ularning ijtimoiy siyosiy jarayonlardagi
ishtirokini mehnat hamda madaniy ma‘rifiy faoliyatini kuchayishi qonunda belgilab qo‘yilgan huquq va
burchlarini to‘liq amalga oshirishga intilishi tushuniladi. Jamiyatda ijtimoiy faol shaxsning o‘z o‘rnini
topishi va xulq atvorini ongli ravishda boshqarishining asosiy sharti hisoblanadi. Ijtimoiy faollikning uch
turi mavjud: ijtimoiy siyosiy jarayonlar va madaniyat mehnat va turmush sohasidagi mehnat faolligi
mehnat munosabatlari sohasida namoyon bo‘ladi va subektning kasbiy ijtimoiy vazifani bajarish bilan
bog‘liq holda yuzaga keladi. Jamiyatimizda ham qizlarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan ishlar juda
ko‘p. Mamalakatimizda xotin-qizlarni huquqlarini himoya qilish ularning bandligini ta‘minlash
to‘g‘risida ham qonunlar ,qarorlar va turli xil tadbirlar tashkil etilyapti. Ulardan biri joriy yilning 23-26-
mart kunlari Samarqand shahrida ilk bor “Qizlarjon” o‘quvchi qizlar sammiti bo‘lib o‘tdi. Mazkur
sammit o‘quvchi qizlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirish kasb-hunarga o‘rgatish shuningdek milliy urf-odat va an‘analar ruhida tarbiyalash, oilaviy
hayotga tayyorlash, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlarni ko‘zlab
umumta‘lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ilm fan-kelajak poydevori” shiori ostida tashkil etiladi.

O‘quvchi-qizlar suhbat asosida ijtimoiy jarayonlardagi faolligi, Vatani tarixi va buguni haqida

ma’lumotga egaligi, xorijiy tillarni mukammal bilishi, liderlik ko‘nikmalari shakllanganligi, ta’lim,
ijtimoiy sohalardagi xorijiy tajribasi bilan tanishligi, tanqidiy va tahliliy tafakkurining rivojlanganligi,
inobatga olingan holda saralanadi. Bu turdagi tadbirlar ,sammitlar mamalakatimizda xotin-qizlar uchun
keng imkoniyatlar yaratadi. Ularni ijtimoiy hayotga jamiyatga kirishida yordam beradi. Hozirgi kunda
mamalakatimizda qizlarni erta turmushga berish odati yo‘qolyapti. Bundan o‘n yil oldin ham bu odat
mavjud edi. Bu qizlarimiz uchun juda katta ta’sir ko‘rsatardi. Qizlarni o‘qitishmasdi biror hunar o‘rgatib
o‘n sakkiz yoshida turmushga berib yuborilardi. Yosh qizlar o‘zlari hali bola bo‘la turib ona bo‘lishardi.
Farzandiga yaxshi qaray olishmasdi ham. Davlatimiz olib borgan siyosat tufayli bu odat ancha yo‘qoldi.
Jamiyatimiz qizlarga ham ta’lim berish kerakligini va bu kelajak avlod uchun ham foydali ekanligini
tushunib yetishdi. Qizlarga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Erta turmushga berish qonunan ta’qiqlandi.
Qizlarning sog‘lig‘i ham e’tiborga olindi. Chunki sog‘lom ona sog‘lom bola deb shifokorlarimiz ham
bejiz aytishmagan. Qizlarimiz erta turmush va qarindoshlar orasidagi nikoh orqali ham sog‘lig‘i ancha
zaiflashdi. Ulardan tug‘ilgan farzandlar ham sog‘lom bo‘lmasligi mumkin edi. Xalqimiz genofondini
yaxshilash uchun ham bu turdagi nikohlar ham qoralandi. Davlatimiz bu borada ham qonun chiqarishi
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Endilikda yurtimizda tashlab ketilgan bolalarning ham ota-onasini
aniqlash yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali kelajakda aka-singillar nikohini oldini olish hisoblanadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar kelajagimiz uchun ham qizlarimiz uchun ham yaxshi
natijalar bermoqda. Bugungi kunda qizlarni bilimli qilish yơ‘lida yana bir tadbir joriy qilindi. Qizlarga
foizsiz ta’lim krediti berish ham xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborning kuchli ekanligidan dalolat beradi. Bu
berilayotgan imkoniyatlardan qizlarimiz to‘g‘ri foydalansa o‘zi uchun faqat foyda bo‘ladi. Kelajakda o‘z
kasbini ustasi bo‘lishiga yordam beradi. Bilim olishning erta kechi yo‘q. O‘z vaqtida olingan bilim toshga
o‘yilgan naqsh kabi bo‘ladi. Maktab davrini bilim olish bilan o‘tkazgan o‘quvchi o‘z kelajagini hozirdan
qurib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

:

1. “Maktabgacha yoshidagi qizlar bilan ishlash” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua. 6-7

betlar.

2. Ismoyilova .R Yo‘lchiyeva. D.
3. O‘quvchi qizlarni ijtimoiy faolligoni oshirish barcha islohotlar samaradorligining kafolatidir.

Nurmatova Nargiza Ulug‘bek qizi.



Bibliografik manbalar

“Maktabgacha yoshidagi qizlar bilan ishlash” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua. 6-7 betlar.

Ismoyilova .R Yo‘lchiyeva. D.

O‘quvchi qizlarni ijtimoiy faolligoni oshirish barcha islohotlar samaradorligining kafolatidir. Nurmatova Nargiza Ulug‘bek qizi.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари