MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
65
O`ZBEKISTONDA ALOHIDA TA’LIMGA EHTIYOJI BO`LGAN BOLALAR
UCHUN TASHKIL ETILGAN TA’LIM YO`NALISHI USULLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Tabiiy fanlar fakulteti biologiya
yo’nalishi 202- guruh talabasi
Rayimjonova Shohida Odinajon qizi
Email:@rayimjonovaumida478@.com
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15226611
Annotatsiya:
Ushbu maqola imkoniyati cheklangan bolalarning o’sib kamol
topishi,rivojlanishi, ta`lim olishi va jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlari uchun e`tibor
berilishi kerak bo’lgan masalalar, muammolar va ularning yechimi hamda O’zbekistonda bu
borada olib borilayotgan islohotlar, korreksion pedagogika, inklyuziv ta`lim kabi sohalarning
mamlakatimizdagi rivojiga maxsus maktab internetlari, uyda yakka tartibdagi ta’lim, gospital
ta’lim jarayonlari bag`ishlangan.
Kalit so’zlar:
Inkyuziv ta`lim, korreksiya, anomal, differensial ta`lim,gospital ta’lim,
deffektologiya, integratsiyalashgan ta`lim, konvensiya, pedagogika, rivojlanish.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo`lgan oʼquvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni
qo`llash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda to`siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini
yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to`laqonli uyg`unlashuviga xizmat
qiladigan sifatli umumiy o`rta ta’lim berishni taminlashdan iborat. Maktablar alohida ta’lim olish
ehtiyoji bolgan bolalar va ularning ota-onalariga korreksion pedagogik yordam olishida va kasbga
yo`naltirishda har tomonlama yordam ko`rsatadi.
2021-2022 oʻquv yilidan boshlab boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda alohida ta’lim
ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berish moslashtirilgan (adaptiv) oʻquv dasturlari asosida
amalga oshiriladi. Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga individual ta’lim dasturlarini
oʻzlashtirishda maхsus pedagoglar va tyutorlar (yordamchi) tayilandi. Nogironligi boʻlgan
shaхslarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda professional ta’lim muassasalari uchun umumiy
davlat granti asosida qabul koʻrsatkichlarining 2%gacha boʻlgan qismi ushbu shaхslarga ajratildi.
alohida ta‘limga ehtiyoji bo`lgan bolalar uchun tashkil etilgan ta‘lim turlari turli shakllarda amalga
oshiriladi. Ushbu ta‘lim tizimi nogironligi yoki maxsus ehtiyojlari bo`lgan bolagan bolalarning
ta'lim olish imkoniyatlarini ta'minlashga qaratilgan. Maxsus maktab internatlar bu tizimda muhim
rol o`ynaydi. Quyida O`zbekistondagi maxsus maktab internatlarning asosiy xususiyatlari va
faoliyatlari keltirilgan: Maxsus maktab internatlar:
Ta'lim tizimi va maqsadi :
Maxsus maktab internatlar nogironligi yoki o`qishga maxsus ehtiyojlari bo`lgan bolalar
uchun mo`ljallangan ta'lim muassasalari bo`lib, ular quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi:
Maxsus ehtiyojlar: Bolalarning maxsus ehtiyojlarini hisobga olib, ular uchun individual
ta'lim dasturlari va qo`llab-quvvatlash xizmatlarini taqdim etish.
To`liq ta'lim: Bolalarga umumiy ta'lim dasturlaridan foydalanib,sifatli ta'lim olish
imkoniyatlarini yaratish metodlari va dasturlari.
Maxsus maktab internatlar ta'lim dasturlarini bolaning individual ehtiyojlariga mos ravishda
moslashtiradi. Bu dasturlar quyidagilarni oʼz ichiga olishi mumkin:
Oʼquv materiallari: Maxsus ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun oʼquv materiallari, metodik
qoʼllanmalar va texnologiyalar.
Differensial yondashuv: Ta'lim jarayonida differensial yondashuvlarni qoʼllash, bolalarning
individual rivojlanish darajalariga qarab ta'lim berish.
Qoʼshimcha darslar: Maxsus mavzular yoki koʼnikmalarni rivojlantirish uchun qoʼshimcha
darslar va mashgʻulotlar.
3. Maxsus xizmatlar:
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
66
Maxsus maktab internatlar quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
Psixologik yordam: Bolalarning hissiy va psixologik ehtiyojlarini
qondirish uchun psixologik maslahat va terapiya xizmatlari.
Tibbiy xizmatlar: Jismoniy va ruhiy sog`liqni saqlash, reabilitatsiya va boshqa tibbiy
xizmatlar.
Reabilitatsiya dasturlari: Jismoniy terapiya, logopediya, va boshqa reabilitatsiya xizmatlarini
oʼz ichiga olgan dasturlar.
4. Pedagogik yondashuvlar :Maxsus maktab internatlarda pedagogik yondashuvlar
quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Individual yondashuv: Har bir bolaning individual ehtiyojlari va qobiliyatlariga qarab ta'lim
va reabilitatsiya dasturlari.
Jamoaviy ishlash: Bolalarning ijtimoiy koʼnikmalarini rivojlantirish uchun jamoaviy
faoliyatlar va guruh ishlari.
5. Ta'lim muhitini yaratish :Maxsus maktab internatlar quyidagi muhitni yaratadi:
Xavfsiz muhit: Bolalar uchun xavfsiz va qulay ta'lim muhitini yaratish.
Qulay sharoitlar: Jismoniy ehtiyojlari boʼlgan bolalar uchun maxsus moslashtirilgan binolar
qurish. 1993-yil 1-dekabrda 153ta 1993-yil 1-dekabrda 153ta mamlakat bola huquqlari haqidagi
konvensiyani ratifikatsiya qilish yo’li bilan o‘zlarining bolalar kelajagini muhofaza qilishga
tayyorliklarini ko’rsatdilar.Bu konvensiya butun jahon bolalariga xos bolalar huquqlari
to’grisidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartnomasidir. Bu borada Yangi O’zbekistonda
ham amalga oshirilayotgan islohotlar ko’lami ancha keng. Xususan 2020-yil 13 oktabdagi
o’zbekiston respublikasi prezidentining PQ-4860 sonli “Alohida talim ehtiyojlari bo’lgan
bolalarga talim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari togrisida’’gi
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi alohida talim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun inklyuziv
talimni rivojlantirishga doir bir qator normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqladi. 2020-2025 yillarda
xalq talimi tizimida inklyuziv talimini rivojlantirish konsepsiyasi tuzildi.
O’zbekistonda inklyuziv talimni rivojlantirish , alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga
talim tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko’rsatiladigan talim xizmatlari
sifatini yaxshilash bo’yicha quyidagi asosiy ustuvor vazifalarni nazarda tutadi:
1.Alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar o’qiydigan talim muassasalari binolariga
qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2.Ushbu talim muassasalarini kerakli adabiyotlar, o’quv qurollari, turli kasblar bo’yicha
o’qitish uchun moddiy texnik baza va jihozlar bilan taminlashga qaratilgan chora tadbirlarni
amalga oshirish.
3.Inklyuziv talim tizimi tashkil etish talim muassasalarini maxsus asbob- uskunalar bilan
(yuk ko’tarish moslamalari,panduslar, panjara va boshqa)berdi.Bu borada bolalar huquqlari
togʼrisidagi Konvensiya maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim olish huquqini ham kafolatlangan.
Aynan 28-modda ―Ta’lim insonning siyosiy huquqi, deb nomlangan bo‘lib, unda ishtirokchi
davlatlar barcha bolalarning ilm olish huquqini e’tirof etadilar, hamda ana shu huquqni teng
imkoniyatlar asosida amalga oshirishga asta - sekin erishish maqsadida, bepul va majburiy
boshlangich taʼlimni joriy etadilar,- deyilgan. Ushbu modda maxsus ehtiyojli bolalarning ham
ta’lim olishlarini, ular uchun ham ta’limning majburiy ekanligini korsatib turibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Shoxmaxmudova. R.Sh Inklyuziv ta’lim (Xalqaro va O`zbekiston tajribasi)Toshkent -
2011
2. X.N.Muzaffarova, D.Tangirova “Inklyuziv Ta’lim”fani bo`yicha o`quv metodik
qo`llama2011y.
3.F.Qodirova va b. Maxsus pedagogika asoslari.O`quv qo`llama2023y.
4.I.Oxunov . V. Axmedova. “Inklyuziv ta’lim. Gospital pedogogika .”’o`quv -uslubiy
majmua. Andijon.2024y.
