Mualliflar

  • Ruxsoraxon Kimsanboyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86134

Kalit so‘zlar:

art terapiya pedagogik va psixologik rivojlanish jarayoni jamoaviy ishlash empatiya visual obraz individual va guruh darslari

Annotasiya

Mazkur tezis maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida talabalarga art terapiya fanining ahamiyati va kelajakda kasbiy faoliyatidagi o‘rniga bag‘ishlangan. Art terapiya talabalarga darslarni o‘zlashtirishda shaxsiy rivojlanishda, hissiyotlarini barqarorlashtirishda, muammolarini yuzaga chiqarishda , kasbiy faoliyatida katta yordam beradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

63

MAKTABGACHA TA‘LIM YO‘NALISHI TALABALARIGA ART-TERAPIYA

FANINI O‘TISHNING AHAMIYATI

Andijon davlat pedagogika instituti ta’lim tarbiya

nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim yo‘nalishi) 1-

kurs magistranti Kimsanboyeva Ruxsoraxon Ziyodbek qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15226606

Annotatsiya

: Mazkur tezis maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida talabalarga art terapiya

fanining ahamiyati va kelajakda kasbiy faoliyatidagi o‘rniga bag‘ishlangan. Art terapiya
talabalarga darslarni o‘zlashtirishda shaxsiy rivojlanishda, hissiyotlarini barqarorlashtirishda,
muammolarini yuzaga chiqarishda , kasbiy faoliyatida katta yordam beradi.

Kalit so‘zlar

: art terapiya, pedagogik va psixologik rivojlanish jarayoni, jamoaviy ishlash,

empatiya, visual obraz, individual va guruh darslari

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida

2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan
tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar
qo‘yildi.

“Art terapiya” ( art – san‘at , theoraphy – davolash ), san‘at yordamida davolash degan

ma‘noni anglatadi. Bu ijodkorlik bilan birlashtirilgan muloqotning terapevtik ta‘siriga asoslangan
usul hisoblanadi. Art terapiya psixoterapiyaning nisbatan yangi usulidir.

Art terapiya insonning ichki dunyosini ifodalash va psixologik muammolarini bartaraf etish

uchun san‘at vositalaridan foydalanishga asoslangan metod. Bu yondashuv ta‘lim jarayonida
stressni kamaytirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish va o‘qitish samaradorligini oshirishda
qo‘llaniladi. Art terapiya faqat san‘at bilan shug’ullanish emas, balki pedagogik va psixologik
rivojlanish jarayoni hamdir.

Pedagogik jihatdan- talabalar murakkab fanlarni san‘at orqali o‘zlashtiradi. Masalan,

maktabgacha ta‘limda matematika, tabiatshunoslik yoki psixologiya elementlarini rasm chizish,
haykaltaroshlik yoki qo‘l mehnati orqali tushuntirish mumkin. Shuning uchun biz oliy ta’limda
talabalarga art terapiyaning barcha yo‘nalishlarini chuqur o‘rgatishimiz zarur. Ular kelajakda
maktabgacha ta‘lim muassasasida bolalar bilan amaliy mashg‘ulotlarni bemalol o‘ta olishadi.

Shuningdek, psixologik jihatdan – talabalar o‘z hissiyotlarini san’at orqali ifodalaydi va bu

ularning stress darajasini kamaytiradi. O‘qish jarayonida turli xil bosim va qiyinchiliklarga duch
kelishadi. Buni rasm chizish, musiqa tinglash, loydan narsa yasash, o‘yinlar o‘ynash orqali
o‘zlarining hissiy holatini barqarorlashtiradi. Shuning bilan birga hissiyotlarini yaxshiroq
tushunish orqali shaxsiy muammolarini ijodiy yo‘l bilan ifodalashlari mumkin. Guruhda
bajariladigan art terapiya mashg‘ulotlari talabalar orasidagi o‘zaro tushunishni oshiradi, jamoaviy
ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi va empatiyani shakllantiradi.

Bugungi kunda talabalar orasida ham darsga e‘tiborsizlik, diqqatni jamlay olmaslik, holatlari

ko‘p uchramoqda. Bunga asosiy sabab, albatta, telefondan ko‘p foydalanish deyilmoqda. Art
terapiya mashg‘ulotlari hozirgi onga jamlanishga undaydi. Bu, ayniqsa, diqqat bir joyga jamlash
qiyin bo‘lgan talabalar uchun foydalidir. Ba‘zi talabalar o‘z muammolarini so‘z bilan ifodalashga
qiynalishadi, aynan art terapiya fani ularga o‘z hissiyotlarini visual obrazlar orqali ifodalashga
yordam beradi.

Ma‘lumki, maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar kelajakda bolalar

bilan ishlashadi, shuning uchun ularning ta‘lim jarayoniga art terapiyani integratsiya qilish nafaqat
ularning shaxsiy rivojlanishi, balki kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida ham katta foyda keltiradi. Art
terapiya individual va guruh darslari shaklida olib boriladi. Bu oliy ta‘limda talabalarga,
maktabgacha ta‘lim tashkilotida bolalarga bilim berishni osonlashtiradi.

Yana bir tomondan, art terapiya – psixokorreksiya usuli. Bu allaqachon bir necha marta

yaxshi natijalar ko‘rsatgan metod. Muomala jarayonida san‘atning deyarli barcha turlari insonning


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

64

ruhiy-emotsional holatini yaxshilaydi, bemorning ichki muammolariga ijobiy ta‘sir

ko‘rsatadi, qo‘rquvlarini xohish-istaklarini va maqsadlarini anglashni hamda ularni mavjud
bo‘lgan ijodiy yo‘llar orqali ifodalashni o‘rgatadi.

Shuningdek, art-terapiya texnikasi insonning ichki "men"i mazmuni uning chizgan rasm

yoki yaratgan haykaltaroshlik asarlarida vizual tasvirlar orqali aks etadi, degan xulosaga
asoslanadi. Bu jarayonda psixikaning holati o‘zgaradi va inson o‘zining ichki dunyosini chuqurroq
anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Art-terapiyaning noyob ahamiyati shundaki, inson korreksiya jarayonida faol ishtirok etish

imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda ishtirokchidan san'at sohasida tajriba yoki maxsus mahorat talab
qilinmaydi, bu esa uni keng qamrovli va hamma uchun ochiq usulga aylantiradi.

Shunday qilib, art-terapiya talabalarga nafaqat o‘zlarining hissiy va psixologik holatini

yaxshilashga yordam beradi, balki ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, stressni
kamaytirish va o‘zini anglash jarayonini chuqurlashtirish uchun ham samarali vosita hisoblanadi.

Art terapiya usullari
Faol – bunday holda, barcha protsedura yangi ijodiy kompozitsiyani loyihalashga qaratilgan.

Bola sifat va go‘zallikni baholamasdan o‘z ijodini voqelikda aks ettirishni o‘rganadi;

Passiv – ushbu texnikaning asosiy maqsadi –oldindan tayyorlangan san‘at turlaridan

foydalanish masalan, musiqiy kompozitsiyani tinglash, hayajonli videofilmlarni tomosha qilish;

Aralash- bola o‘zining shaxsiy ijodiy mahsulotlarini loyihalash uchun mavjud bo‘lgan badiiy

asarlardan foydalanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, art terapiya fani bugungi kunda eng kerakli fanlardan

biri, bolalar va kattalar bilan ishlash faoliyatida muhim o‘rin kasb etadi. Art terapiya fanini
maktabgacha ta ‘lim tashkilotida qo‘llash bolalarni o‘yin faoliyatiga qiziqishini oshirish va diqqat-
e‘tiborli bo‘lishini ta‘minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasi yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son
Farmoni.

2.M. Artikova – ART-TERAPIYA // O’quv – uslubiy majmua, Andijon 2023. 4-5 b.
3. Orifjonova G art terapiya o‘quv qo‘llanma Toshkent-2020 8-9 b.
4. Bo‘lajak logopedlarda art terapiyani qo‘llashning nazariy asoslari maqola I Q

Sayfullayeva .




















Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni.

M. Artikova – ART-TERAPIYA // O’quv – uslubiy majmua, Andijon 2023. 4-5 b.

Orifjonova G art terapiya o‘quv qo‘llanma Toshkent-2020 8-9 b.

Bo‘lajak logopedlarda art terapiyani qo‘llashning nazariy asoslari maqola I Q Sayfullayeva .

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари