MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
31
TALABALARNING PEDAGOGIK TA’LIMDA KLASTER YO‘NALISHIDA
UZVIY TA’LIMNI OLIB BORISH TEXNIKALARI
Andijon davlat pedagogika instituti
maxsus fanlar kafedrasi dotsenti, p.f.n
Oxunov Ilhomjon Abdunabiyevich
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15225298
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada pedagogik ta’limning klaster yo’nalishida talabalarga
uzviy ta’limolib borish texnikalari haqida bahs yuritiladi. Pedagogik ta’lim klasterining ta’lim
tizimida muhimligi haqida bir nechta fikrlar yuritilib, tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar
: pedagogik ta’lim klasteri, uzviy ta’lim, zamonaviy metodlar, samaralilik,
o’qitish tizimi.
Taʼlim oʻz ildizlarini ilm-fan va ishlab chiqarish, ijtimoiy turmush, bir soʻz bilan aytganda,
hayot bilan bogʻlay olgan, ichki va turdosh tarmoqlar bilan har tomonlama integratsiyaga kirishgan
taqdirdagina oʻz oldiga qoʻygan natijalarga erisha oladi, fan, taʼlim-tarbiya va iqtisodiyotning
oʻzaro chuqur, har tomonlama uzluksiz aloqasini taʼminlay olgan va jamiyat hayotining barcha
sohalariga tatbiq eta olgan davlat esa taraqqiyotga erishadi. Bu borada mamlakatimiz taʼlim
sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi hech kimga sir emas. Taʼlim tizimini tubdan
takomillashtirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli yoʻnalishlarini aniqlash,
ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz yuksaltirish eng
dolzarb masalalardandir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil uchun moʻljallangan
eng muhim ustuvor vazifalar toʻgʻrisidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham dolzarb masalalar
qatorida ilm-fan va taʼlim, taʼlim va ijtimoiy-iqtisodiy hayot munosabatlariga alohida urgʻu
berilganligi bejiz emas. Modomiki, taʼlim tizimining markazida inson kapitali, uni toʻgʻri
taqsimlash, undan samarali foydalanish va maqsadli yoʻnaltirish turar ekan, bunda maktabgacha,
umumiy oʻrta va oliy taʼlim tizimini jamiyatning barcha manfaatdor tomonlari, taʼlim jarayonining
barcha subyektlari bilan yaxlit bir butunlikda bugungi kun talablari asosida tashkil etish hamda
taʼlimning toʻliq uzluksizligiga erishish oldimizda turgan muhim vazifalardandir. Oliy ta’limda
ham talabalarga bilim berish, ularni mustaqil fikrlovchi shaxslarga aylantirishda ham pedagogik
ta’lim klasterining ahamiyati nihoyatda o’rinlidir. Bu o„rinda pedagog kadrlarning yaxshi ta’lim
olishlari va kelajakda o’z sohalarining mutaxassislari bo’lib yetishishda pedagogik ta’lim
klasterining qo’llanilishi zaruriy omildir. Mamlakatimizda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
maqsadiga qaratilgan uzluksiz ta’limga shunday ta„rif beriladi: “Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash
tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi,
shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustuvor sohadir. Taʼlim tizimini zamonaviylashtirish jarayonlarini hisobga olgan
holda uning asosiy tamoyillari, gʼoyalari, uslubiy yondashuvlari va koʼrsatmalari boʼyicha bir
qator oʼzbek olimlar, jumladan, U.Sh.Begimqulov, O.Musurmonova, M.S.Mustafaeva,
B.R.Аdizov, R.Sh.Аxliddinov, Yu.N.Аbdullaev, M.X.Mahmudov, R.Ishmuhammedov,
L.V.Golish kabi tadqiqotchilar oʼz ilmiy izlanishlarida biz koʼtarib chiqayotgan taʼlim sifatini
takomillashtirishdagi muammolar, usul va vositalarni ilmiy va amaliy jihatdan asoslab, taʼlimni
ijodiy tashkil etish, umumiy oʼrta taʼlimni takomillashtirish, taʼlimni demokratlashtirish va boshqa
xususiyatlar boʼyicha izlanishlar olib borgan. Oʼzbekiston taʼlim tizimida klasterlashtirish
modelini tatbiq qilish esa soʼnggi yillarda koʼzga tashlanmoqda, ayniqsa, G.I.Muxamedov,
Sh.Q.Mardonov, U.N.Xodjamqulov, R.Eshchanov, B.Eshchanov, J.Usarov, A.Shafqorov,
S.А.Toshtemirova kabi oʼzbek tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida pedagogik taʼlim
innovatsion klasteri asosida mintaqaviy taʼlim turlari oʼrtasidagi uzviylikni taʼminlash, sifat
samaradorligini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash boʼyicha innovatsion gʼoyalar joriy
qilishning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish va ularning amaliy tatbigʼi borasida samarali tajriba
tahlillari bayon qilingan. “Uzluksizlik” – to’xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
32
tushunchasini anglatadi. “Uzluksiz ta’lim”, tushunchasi yuqoridagi fikrga monand –
komil shaxs ta„lim – tarbiyasini uzluksiz yo’lga qo‟yishni anglatadi. Faqat uzluksiz davom etuvchi
pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni shakllantirmasdan,
rivojlantirmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish mumkin emas. Uzluksiz ta’lim
shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omildir. So’rovlar shuni
ko’rsatdiki, o’quvchilar “klaster” atamasi haqida ta’limda faoliyat yuritadigan tizimning bir turi
sifatida tasavvurga ega bo’lishdi, shu bilan birga o’qituvchilar klaster tushunchasini vakolatlarni
bosqichma-bosqich rivojlantirish bilan cheklashadi yoki ularning paydo bo’lishi haqida umuman
bilishmaydi. Ta’lim bilan bog„liq mazkur atama ayni paytda, klaster yondashuv Petrozavodsk
davlat universitetining to„rtta yo„nalish bo„yicha o„quv klasterlarini yaratishni o’z ichiga olgan
strategik rivojlanish dasturida ko’rsatilgan. Joriy yilning mart oyida Kareliya Respublikasida
Kareliya hukumatining Xalqaro Evroosiyo ilmiy-ma’rifiy markazi vakillari bilan ishchi
uchrashuvi bo’lib o’tdi. Loyihaning maqsadi Kareliya Respublikasi hududida Kareliya va Rossiya
muammolari va vazifalarini har tomonlama hal qilishga, shuningdek, Evroosiyo integratsiyasiga
qaratilgan innovatsion ilmiy va o’quv klasterini yaratishdir. Klaster Xalqaro Evroosiyo ilmiyta’lim
markaziga asoslangan. Loyiha Kareliya va Rossiya uchun na Rossiyada, na MDHda, na Evropa
Ittifoqida o„xshashlari bo„lmagan yangi ilmiy, ta’limiy va amaliy yo’nalishni yaratishni anglatadi.
Mazkur “Klaster” so„zi faqat manbaning vakolati tufayli saqlanib qoladi (assotsiatsiyalarga
qaraganda klasterlar tuzish nufuzliroq) va ehtimol tillarda uzoq vaqt saqlanib qolmaydi. Ko’rinib
turibdiki, “innovatsion ta’lim klasteri” atamasi “qator,” “guruh,” “assotsiatsiya,” “sektor” va
hokazo so’zlardan ma‟nosi jihatidan sezilarli farq qiladi. Bunday klaster bir qator ilmiy va ta’lim
tashkilotlarning ma’lum bir qismga mexanik birikmasini anglatmaydi, lekin ularning yaqin o’zaro
ta’siri va o’zaro bog’liqligini faoliyatda ko’rsatadi. Ta’lim klasteri modeli doirasida bir-biriga
aloqador ta’lim turlari yagona majmuani hosil qiladi. Chunki kadrlar tayyorlash masalasi bir-
biriga aloqador bir nechta sub’yektlarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlari ijrosining to’laqonli
ta‟minlanishi natijasida o’z ijrosini topadi. Bu esa davlat ta’lim standartlari asosida sifatli ta’lim
berish, yoshlarni ma’nan barkamol, jismonan baquvvat, milliy an’ana va qadriyatlarga sodiq qilib
tarbiyalash, ularda zamonaviy va nostandart fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish kabi mushtarak
jihatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlarning xususiyligi – bu tamoyil iqtisodiyotning ishlab
chiqarish tarmoqlarida o’ta tabiiy ravishda sodir bo’ladigan jarayonni anglatadi. Taklif
qilinayotgan ta’lim klasteri modeli manfaatlar xususiylashgandagina qaror topadi. Sodda qilib
aytganda, klaster subyektlari manfaat ko’rsagina ushbu harakatlar o’zini oqlaydi va davomiylik
kasb etadi. Ta’lim klasteri modelida har bir ta’lim sub’yektining manfaati nazarda tutilishi lozim.
Barcha ta’lim sub‟yektlarining xususiy manfaatlari oqibatda umumiy manfaat uchun xizmat
qiladi. Pedagogik ta’lim klasteri faoliyatining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: - Pedagogika
sohasida samarali vorisiylikni ta’minlash va eng yaxshi o’quvchilarni pedagog kasbiga targ’ib
qilish; - Pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini amaliyotga tayangan holda va manfaatdor
sub‟yektlar teskari aloqasini operativ ta’minlangan holda olib borish; - Bo’lajak ta’lim
mutaxassislarini innovatsion tajribaga ega bo’lgan amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini
yaratish; - Yosh mutaxassislarning kasbiy ko’nikmalarni egallash davrini qisqartirish; - Pedagogik
ta’limda yangi avlod o„quv, o„quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar, vositalar va didaktik materiallar
majmuasini yaratish; - Pedagog kadrlarni tayyorlashda maktabgacha, o’rta professional, ta’lim va
OTM hamda boshqa talabgorlar bilan o’zaro tezkor qayta bog’lanish imkoniyatini yaratish; -
Pedagogik ta’lim bo’ginlari ortasidagi aloqadorlik, bog’liqlik va hamkorlik zaruriyatini ilmiy
asoslash. Barcha sohalarga nisbatan yangicha innovatsion yondashuvlar tatbiq qilinayotgan,
mavjud qarashlar, tushunchalar va munosabatlar taraqqiyot ko’zgusi va samaradorlik mezonlari
bilan qaytadan taftish qilinayotgan ayni paytda ta’lim klasteri modelining taqdim qilinishi
muammoga dolzarblik va zamonaviylik nuqtai nazaridan qaralganda asoslar yetarli ekanligini
ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, pedagogik ta’limda klaster yo’nalishida talabalarga uzviy ta’limolib
boorish texnikalari, uslub va metodlari hozirgi davr ta’lim tizimining eng dolzarb masalalaridan
biriga aylangan. Bunda pedagog shaxsidan innovatsion metod va zamonaviy texnologiyalar
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
33
yordamida bilim bera olish va samarali natijalarga erishish talab etiladi. Har bir talaba
bilan pedagogik ta’lim klasteri doirasida individual tarzda shug’ullanish, ularning kelgusida yetuk
shaxslarga aylanishlari uchun shart-sharoit yaratish, fikrlash va dunyoqarashlarini kengaytirish
kabi xususiyatlarni aks ettira olish lozimdir. Talabalarga klaster usuli yordamida ma‟lumotni
yetkaza olish va uni mustaqil tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantirishda tajribali o’qituvchilarning
ro’li nihoyatda ahamiyatlidir. Bu jarayonda shu bilan birga uzviylikni ham yo’qotmaslik eng
yaxshi sifatlardan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. https://xs.uz/uz/post/pedagogik-talim-innovatsion-klasteri-ehtiyozh-zarurati
2. M.M. Xalilova, KLASTER TA'LIM TIZIMINING UZLUKSIZLIGI UZVIYLIGI VA
IZCHILLIGINI TA'MINLOVCHI MODEL SIFATIDA, ACADEMIC RESEARCH IN
EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal
Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
3. A.R. Raxmonov, O.B. Sultonova, TA’LIM KLASTERI VA UNING PEDAGOGIK
FAOLIYATDAGI YUKSAK IMKONIYATLARI, Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va
yechimlar xalqaro konferensiya.
4. M.L. Umedjanova, Oliy ta’lim tizimida pedagogik ta’lim klasteri, “Pedagogik ta’lim:
xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi an‟anaviy ilmiyamaliy anjuman
materiallari, 2022-yil
