MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
687
NUTQ NUQSONLARINI KELTIRIB CHIQARUVCHI SABABLAR VA
DISLALIYA NUTQ NUQSONINI KELIB CHIQISH SABABLARINI TAHLIL QILISH
Andijon davlat pedagogika
instituti 2-kurs talabasi
Ro‘ziyeva Nozimaxon
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15258392
Annotatsiya.
Ushbu maqolada dislaliya nutq nuqsonining kelib chiqish sabablari va bu
kamchilikni rivojlanishi uchun sharoit yaratib beruvchi bir qancha omillar shu bilan birgalikda
keltirib chiqaruvchi sabablarning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Etiologiya , ontogenez, prenatal, postnatal, natal davrlar, mexanik
(organik) , funksional sabablar, travma, ochiq prikus, progeniya, prognatiya, fonematik eshitish.
Har bir kasallikning keltirib chiqaruvchi sababchisi bo‘ladi. Aynan o‘sha sabab malum
bir kasallikning rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Hozirgi kunda bir qancha chet el va o‘zbek
olimlari aynan mana shu kasalliklarning sabablarini o‘rganib kelmoqda. U har qanday a’zo
tuzilishidagi kasallik bo‘lishi mumkin. Misol uchun yurak muskullarining yaxshi qisqara
olmasligining sababi unga kerakli miqdorda ozuqa moddalarining yetishmasligi yoki eshitishning
buzilishi homila paytidagi travma va tug‘ilgandan keyingi jarohatlar natijasida bo‘ishi mumkin.
Bularning barchasi malum bir kamchilikning rivojlanishgi uchun sabab bo‘lmoqda.
Shunday ekan nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari ham turlichadir. Shunday ekan
nutq sistemasi kasalliklarining etiologiyasi bilan tanishib chiqsak:
-
Onaning homiladorlik davrida infeksion kasalliklar (qizamiq, sitomegaliya,
taksoplazmoz, gripp va h.k.)
-
Onaning yurak qon tomir va endokrin tizimdaggi buzilishlar, homiladorlikning
taksikozlari, homla va ona qonining immunologik to‘g‘ri kelnmasligi, homiladorlik davrida
jismoniy va ruhiy jarohatlar, asfiksiyalar, ona qornidagi travmalar.
-
Meningit; ensefalit; meningoensefalit; bosh miya travmalari.
-
Ona qornidagi tug‘ilish va tug‘ilgandan keying zararli omillarning ta’siri miya suyuqligi
va qobig‘ida turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, bu esa kelgusida ularning normal rivojlanishini
izdan chiqaradi [1.155-b]
Yuqorida keltirilggan sabablarning barchasi nutq nuqsonlarini keltirib chiqaradi.
Homiladorlik payida sodir bo‘uvchi travmalar ham ma’lum nutq nuqsonini keltirib chiqarishi
mumkin. Nafaqat homila paytida balki bolaning tug‘ilish paytida ham bir qancha olgan jarohatlari
nutq nkasalligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bola tugg‘ilgandan so‘ng ham tashqi
ta’sirlar natijasida nutq rivolanishining izdan chiqishi hech gap emas.
Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1.
Organik harakterdagi nutq buzilishlari.
2.
Funksional harakterdagi nutq buzilishlari.
Organik nutq buzilishlari o‘z navbatida ma’lum joyning zararlanishigga ko‘ra markaziy va
periferik harakterda bo‘ladi.
Markaziy buzilishlar: markaziy nerv sistemasini u yoki bu qismlarining buzilishi,
zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy harakterdagi nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya,
dizartriya nutq kamchiliklari kiradi.
Periferik buzilishlar: arttikulatsion apparatning noto‘g‘ri tuzilishi yoki buzilishi va periferik
nerv artikulatsion organlar innervatsiyasini buzilishidan kelib chiqadi. Periferik harakterdagi
organik nutq buzilishlariga: rinolalaiya, prognatiya, progeniya kiradi.
Funksional buzilishlar – bunda nutq jarayonida ishtirok etadigon a’zolar tuzilishida hech
qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Funksional harakterdaggi nutq buzilishlariga: dislaliya,
duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi [2.22-b]
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
688
Quyida barcha nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablarini ko‘rib chiqdik.
Barcha nuqsonlarni o‘rganish davomida har bittasining o‘ziga xos etiologiyasi bo‘ladi. Yani
yuqoridagi sababni barcha nutq nuqsoni uchun umumiy deb oladigon bo‘lsak, endi har bir
kamchilikni o‘rganish davomida umumiy sababni o‘rganilayotgan bitta kasallikga moslagan
holatda tahlil qilamiz. Huddi shunday dislaliya nutq nuqsoni uchun sabab bo‘lib xizmat qiluvchi
bir qancha omillarni ko‘rib chiqamiz.
Etiologik belgilariga ko‘ra dislaliya ikki shaklga bo‘linadi:
1.Mexanik (organik) dislaliya
2.Funksional dislaliya [3.88-b]
Dislaliyaning mana shu ikki shaklining kelib chiqish sababini ko‘rib chiqamiz.
Mexanik dislaliya periferik nutq aparatining (til, jag‘, tanglay, tish) orgganik buzilishi
natijasidir.
Til tagidagi etning (yugancha) kattaligi mexanik dislaliyaga sabab bo‘ladi. Bu kamchilik til
harakatini qiyinlashtiradi, til tagidagi etning haddan tashqari kalta bo‘lishi tilning yuqori tomon
ko‘tarilishiga imkon bermaydi. Bundan tashqari , tilning haddan tashqari katta bo‘lishi yoki
haddan tashqari kichik va tor bo‘lishi ham dislaliyaga olib keladi.
Jag‘ tuzilishidagi kamchiliklar prikus nonormaliklarga olib keladi. Nonormal prikuslar bir
necha xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
1.
Prognatiya – yuqori jag‘ oldinga tomon chiqqan bo‘ladi.
2.
Progeniya – pastki jag‘ oldinga chiqqan bo‘ladi.
3.
Ochiq prikus – yuqori va pastki jag‘lar birlashganda ular orasida oraliq masofa qoladi
[3.88-89-b].
Shundan ko‘rinib turibdiki tovush va harf hosil qiluvchi har bitta artikulatsion a’zo ma’lum
bir nutqni hosil qilish uchun bir me’yorda ishlashi kerak. Tilning yog‘on yoki ingichkaligi,
tanglayning noto‘g‘ri tuzilishi hattoki tishlarning notekis joylashuvi ham dislaliyaning mexanik
sabablari bo‘lishi mumkin.
Funksional dislaliyada periferik nutq aparatining artikulatsion qismida hech qanday organik
buzilishlar, kamchiliklar kuzatilmaydi.
Funksional dislaliyaning keng tarqalgan sabablaridan biri oilada nutqning noto‘g‘ri
shakllanishidir [3.89-b].
Bundan ko‘rinib turibdiki funksional dislaliyaning asosiy sababi noto‘g‘ri nutqiy malaka
hisoblanadi. Yani unda hech qanday a’zo buzilishidan emas aksincha tashqi tasirlar natijasida
yuzaga keladi. Oiladagi noto‘g‘ri muhit bolaning nutqiga o‘zining salbiy oqibatlarini keltirib
chiqaradi: oilada bolani erkalatib tarbiyalash ya’ni nonni nanna deb ayttirish, oyoq kiyimni tatak
deb so‘zlatish va shu kabilar. Shu xususda oilada nutq nuqsoniga ega bo‘lgan shaxs bo‘lsayu , bola
uning nutqini tog‘ri nutq deb qabul qilib olsa bu ham funksional buzilishning yaqqol
namoyondasidir.
Fonematik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi bolalarda tovushlar talaffuzidagi
kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan biridir. Bu holda tovushlar differensatsiyasi
qiyinlashadi. [3.89-b].
Bu ham dislaliyaning yana bir sabablaridan hisoblanadi. Ya’ni bolada eshitishning normada
bo‘lmasligi ham tovushlarni talaffuz qilinishini qiyinlashtiradi. Aniqrog‘i bir necha olimlarning
fikriga binoan bolada dislaliya nutq nuqsoni bo‘lishi uchun bolada eshituv idroki bo‘lishi kerak.
Qachonki bolaning eshituv idroki sog‘lom bo‘lsa shundagina bola atrof muhitdagi informatsiyani
qabul qila oladi. Agarda bolada eshituv idroki bo‘lmasa u tovushlarni farqlashga qiynaladi va
dislalik bola bilan ishlayotgan logoped uchun ham qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Shuning uchun ham dislaliya bo‘lishi uchun eshituv idroki joyida bo‘lishi kerak.
Yuqoridagilarning barchasi dislaliya nutq nuqasoning kelib chiqish sabablari hisoblanadi.
Har bitta kassalikni o‘rganishdan oldin uning kelib chiqish sababini bilish lozim. Shundagina
uning oldini olish uchun chora tadbirlar qo‘llash mumkin. Shuning uchun ham har bitta
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
689
kamchilikning sababini bilibgina so‘ng unga korreksiya va kompensatsiya ishlarini
qo‘llash maqsadga muvoffiq bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
M.R.Po‘latxo‘jayeva , “Defektologiyaning klinik asoslari” o‘quv qo‘llanma , Toshkent
– 2013 .
2.
T.B.Filicheva, L.C.Volkova, G.Chirkina, L.Mo‘minova , “Logopediya” o‘quv
qo‘llanma, “O‘qituvchi” nashriyoti , Toshkent – 1993 .
3.
M.Y.Ayupova , “Logopediya” o‘quv darsligi, O‘zbekiston Faylasuflari Milliy Jamiyati
Nashriyoti , Toshkent – 2019 .
