Mualliflar

  • Diyora Ro‘ziboyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Diyora Ro‘ziboyeva , Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maxsus pedagogika:logopediya yo‘nalishi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86159

Kalit so‘zlar:

: daktil nutq tafakkur anomaliya

Annotasiya

Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har birining eshitish funktsiyasi holatining xususiyatlarini to‘g‘ri tushunish va ularni barcha turdagi psixologik va ruhiy kasalliklar tizimida hisobga olishdir. Eshitish holatiga ko‘ra eshitish qobiliyati zaif (eshitadigan) va karlar farqlanadi. Eshitish qobiliyatining yo‘qolishi - bu doimiy eshitish qobiliyatining yo‘qolishi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

684

ESHITISHDA MUAMMOSI BOR BOLALAR

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim fakulteti

Maxsus pedagogika:logopediya yo‘nalishi

Talabasi Ro‘ziboyeva Diyora Ilyosbekqizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15258386

Annotatsiya:

Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o‘qitish, tarbiyalash,

rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har birining
eshitish funktsiyasi holatining xususiyatlarini to‘g‘ri tushunish va ularni barcha turdagi
psixologik va ruhiy kasalliklar tizimida hisobga olishdir. Eshitish holatiga ko‘ra eshitish
qobiliyati zaif (eshitadigan) va karlar farqlanadi. Eshitish qobiliyatining yo‘qolishi - bu
doimiy eshitish qobiliyatining yo‘qolishi.

Kalit so‘zlar:

daktil nutq, tafakkur, anomaliya, anomal bolalar, sezgi, vizual idrok, teri

sezgisi, surdapedagogika, psixologik.

Bola nutqining o‘sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning

kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi — o‘z nutqi va
atrofdagilar nutqidagi so‘zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan
ham harakterlanadi. So‘z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat gramatik va leksik
komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Eshitishning ahamiyati
shundan iboratki, odam hayotdagi ba'zi voqealarni ko‘rgandagiga nisbatan, ularning
mazmunini eshitganida to‘liqroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror namoyishni
televizordan ovozsiz tomosha qilganda olgan tushunchasiga nisbatan shu namoyishning
mazmunini radio orqali eshitganida to‘liqroq tushunchaga ega bo‘ladi. Binobarin, eshitish
organining faoliyati normal bo‘lishi, avvalo, har bir odamda bolaligidan boshlab nutq paydo
bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida eshitish va nutqning
birgalikda rivojlanishi uning tarbiyalanishida, bilim olishi, hunar o‘rganishi, musiqa san'atini
tushunishi va barcha ruhiy faoliyatining shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Bu kabi ishlarni
amalga oshirilishida eshitish a’zosining benuqson ishlashi katta ahamiyatga ega. Eshitish
organi bo‘lgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismdan: tashqi,
o‘rta va ichki quloqdan iborat. Kar bolalarning 25—30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma
bo‘ladi. Bunga sabab: onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan
kasallanishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning xomiladorlik davrida bilar-bilmas
dori-darmonlarni iste’mol qilishi (ayniqsa, streptomitsin, xinin, singari dorilarni), xomilaning
shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o‘zgarishlar bo‘lishi,
masalan, eshitish yo‘li atreziyasi bituvi). Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish
analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv
markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk
yoshida otit, parotit (tepki) meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari
bilan kasallanishi ba’zi hollarda karlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi
mumkin. Zaif eshituvchi bolalar o‘z navbatida eshitish qobiliyatining nechog‘lik buzilganiga
qarab yengil, o‘rta va og‘ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo‘linadi. Yengil darajadagi zaif
eshituvchi bolalar ovoz bilan gapirilgan nutqni 6—8 m masofadan ovoz chiqarmay,
shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan 3—6 m masofada eshitadi. O‘rta darajadagi
qulog‘i og‘ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4—6 m, ovozsiz pichirlab gapirilganini
1—3 m masofadan eshitadi. Og‘ir darajali qulog‘i zaif eshituvchi bola o‘rta me’yorda
ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 m, shivirlashni esa 0,5 m masofadan eshitadi,
xolos. . Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari qatorida ommaviy
bog‘cha va maktabda tarbiyalanishi mumkin. Biroq ularga aloxida munosabatda bo‘lish, ular
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish talab etiladi. Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

685

ishlashda surdopedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Ushbu toifadagi anomal

bolalar maxsus kechki maktablarda ta’lim olganlaridan keyin oliy o‘quv yurtlarini ham
muvaffaqiyatli bitirib chiqmoqdalar, mamlakatimizning turli korxonalarida hamma bilan
barabar mehnat qilmoqdalar.

ESHITUV A’ZOSI RIVOJLANISHINING BUZILISHI

Bunda eshituv a’zosining noto‘g‘ri rivojlanganligi kuzatiladi, ya’ni a’zoning shakli,

tuzilishi o‘zgaradi. Bu uch xil turda bo‘ladi

. 1. Og‘ir turida

tashqi quloqning tog‘ay qismi

pastga va ko‘proq old tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, bundan tashqari tashqi quloqning suyak
qismi, nog‘ora bo‘shlig‘i, undagi suyakchalar va eshituv nayi butunlay bo‘lmasligi mumkin.

2. O‘rtacha turida

tashqi eshituv yo‘li old tomonda joylashgan bo‘lib, uning suyak

qismi yo‘q bo‘lishi mumkin. Nog‘ora bo‘shlig‘i kichik bolg‘acha, sandoncha suyakchalar
yaxshi rivojlanmay, bir-biri bilan yopishgan holda bo‘ladi.

3. Yengil turida

tashqi eshituv yo‘lining suyak qismi juda tor, quloq parda kichik, xira

ko‘rinadi. Ichki quloqda ham turli xil tug‘ma nuqsonlar bo‘lishi mumkin. Bu to‘g‘rida turlicha
fikrlar va usullar bor. Eshitish qobiliyatini yaxshilash maqsadida jarrohlik usulidan
foydalaniladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tashqi, o‘rta va ichki quloqning tug‘ma
nuqsonlari mustaqil yoki boshqa a’zolarning tug‘ma nuqsonlari yuz nervi falaji, pastki
jag‘ning rivojlanmay qolishi, bronxoektaz va hokazolar bilan birga uchrashi mumkin.

O‘rta va ichki quloqning tug‘ma nuksonlari ham quloq suprasi hamda tashqi eshituv

yo`li nuqsonlari bilan birga uchrab turadi. Bu nuqsonlar quyidagicha bo`lishi mumkin.

Yengil turida – tashqi eshituv yo‘lining suyak qismi juda tor, quloq parda kichik, xira

ko‘rinadi. Ichki quloqda ham turli xil tug‘ma nuqsonlar bo‘lishi mumkin.

O‘rtacha turida

-tashki eshituv yo‘li old tomonda joylashgan bo`lib, uning suyak

qismi yo‘q bo‘lishi mumkin. Nog‘ora bo‘shlig‘i, kichik bolg‘acha, sandoncha suyaqlar yaxshi
rivojlanmay, bir-biri bilan yopishgan holda bo‘la

Og‘ir turida

– tashqi quloqni tog‘ay qismi pastda va ko`proq old tomonga yo`nalgan

bo`ladi, bundan tashqari quloqning suyak qismi, nog‘ora bo`shlig`i, undagi suyaqlar va
eshituv nayi butunlay bo`lmasligi mumkin.

Yengil turida

– tashqi eshituv yo‘lining suyak qismi juda tor, quloq parda kichik,

xira ko‘rinadi. Ichki quloqda ham turli xil tug‘ma nuqsonlar bo‘lishi mumkin.

Tashqi quloqning kasalliklari.

Tashqi eshituv yo‘lini kasalliklari – (yallig‘lanishi

tashqaridan har-xil infeksiyalarni tushishidan hosil bo‘ladi, quloqni xar-xil narsalar bilan
kovlash, qashish). Yallig‘lanish atreziyaga olib keladi – ya’ni tashqi eshituv yo‘lining o‘sib,
bekilib qolishiga. Atreziyaga yana (kuyish, jarohatlanish, o‘q yoyish natijasida) chandiqlar
hosil bo‘lishi natijasida yuz beradi va eshitish qobiliyati turg‘un pasayadi. Agar tashqi eshituv
yo‘lida ozgina yoriq bo‘lsa ham eshitish qobiliyati o‘zgarmaydi. O‘rta quloqda yiringli
jarayon bo‘lsa tashqi quloqni bekiq holati yomon oqibatga olib keladi, chunki yiring
tashqariga oqib chiqolmay, balki ichki quloqga va miya pardalariga o‘tadi.

Tashqi eshituv yo‘li bekilib qolganda asosan tovush o‘tkazish apparati buziladi, ya’ni

past tovushlarni qabul qilish buziladi; yuqori tovushlar qabul qilinadi; suyak o‘tkazuvchanligi
saqlanib, xatto biroz oshishi mumkin.

Nog‘ora pardani kasalliklari.

Parda nuqsonlari, jarohatlanishi alohida kam uchraydi.

Uning tug‘ma yo‘q bo‘lishi tashqi quloq atreziyasi bilan, nog‘ora bo‘shlig‘ini rivojlanmay
qolishi bilan, eshituv suyakchalarini, o‘rta quloqni mushaklarini rivojlanmay qolishi bilan
o‘tadi.

O‘rta quloq kasalliklari.

O‘rta quloq kasalliklari katta yoshdagi odamlarga qaraganda

bolalarda ko‘proq uchraydi. Bu kasalliklarni ichida eng ko‘p uchraydiganlari:

1. O‘rta quloqning katari
2. O‘rta quloqning yiringli yallig‘lanishi

O‘rta quloq katari.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

686

Sabablari:

gripp, angina, tumovda burun halqumida yallig‘lanish bo‘lib, bu

yallig‘lanish Yevstaxiy nayga o‘tadi va natijada shilliq parda yallig‘lanib burtishi tufayli bu
yo‘l berkilib qoladi. Burun xalqumida poliplar, adenoidlar o‘sishi ham Yevstaxiy yo‘lini
berkitadi. O‘rta quloqdagi havo qisman shilliq parda tomonidan suriladi, natijada nog‘ora
bo‘shlig‘idagi bosim pasayadi, tashqi bosim yuqori bo‘lishi tufayli nog‘ora parda ichki quloq
tomon tortiladi, nog‘ora pardani harakati pasayadi, quloqda shovqin paydo bo‘ladi.

E

shitish

qobiliyatini pasayishi eng asosiy qoldiq hisoblanadi. Yallig‘lanishdan keyin qolgan paylar,
chandiqlar nog‘ora pardani o‘zgartiradi, uni nog‘ora bo‘shlig‘i tomon tortib qo‘yadi va
pardani tebranishi buziladi. Paylar, chandiqlar eshituv suyakchalariga tarqalib uzangani oyokq
qismi oval teshikka bitib, birikib qoladi, ayrim xollarda doira teshik ham qattiq berkilib qoladi.
Havo orqali tovushni o‘tkazish buzilib, eshitish qobiliyati turg‘un pasayadi. Suyak orqali
eshitish saqlanganligi tufayli karlik kuzatilmaydi.

Otoskleroz.

Otoskleroz suyak qobigining o‘ziga xos kasalligi bo‘lib, yoshlarda ham

uchraydi va eshitish qobiliyatining tobora pasayib borishi bilan ajralib turadi, 80-85%
ayollarda uchraydi. 70% kasallik 20-40 yoshida boshlanadi – bu irsiy kasallik degan taxmin
bor. Homiladorlik va tug‘ish eshitish qobiliyatini keskin pasayishiga sabab bulishi mumkin.
Bunda suyak labirintida suyak to‘qimalari o‘sib rivojlanib ketadi. Ko‘proq jarayon dahliz
darchasining oldida joylashib o‘zanganing oldingi oyoqchasiga qarab o‘sib kiradi. Buning
natijasida eshitish qobiliyatining pasayishi va shovqin paydo bo‘ladi. Odatda bu jarayon bitta
quloqda boshlanib bir necha oy, yillardan so‘ng ikkinchi quloqda paydo bo‘ladi.

Ichki quloqning yallig‘lanishi. Labirintit

– ichki quloqning o‘tkir yoki surunkali

yallig‘lanishi bo‘lib u chegaralangan yoki tarqalgan xarakterga ega bo‘lishi mumkin.

Kelib

chiqishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

timponagen, meningogen, gemotogen va jaroxat

tufayli.

Timponogen labirintit

ko‘pincha surunkali, ba’zan esa, o‘rta quloqning o‘tkir

yallig‘lanishining asoratlari bo‘lib, bu kasalliklarga nisbatan labirintit 1,5-5% tashkil etadi.
Yallig‘lanish jarayoni o‘tkir hamda surinkali otitda o‘rta quloqdan ichki quloqga o‘tishi
chig‘anoq darchasining membranasimon tuzilmasi va daxliz darchasi orqali yuz beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

5. D.R.Matazizova “Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning klinik asoslari” Toshkent

“ O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti 2018.

6. M.Y.Ayupova “Logopediya” Toshkent “O‘zbekiston faylasuflari million jamiyati”

nashriyoti 2007.

7. P.M.Po‘latova, L.N.Nurmuhammedova, D.B.Yakubjonovna “Maxsus pedagogika”

Toshkent “Fan va texnologiya” nashriyoti 2014.

8. V.S.Raximova “Defektologiya asoslari” Toshkent “Niso Poligraf” nashriyoti 2014.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

D.R.Matazizova “Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning klinik asoslari” Toshkent “ O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti 2018.

M.Y.Ayupova “Logopediya” Toshkent “O‘zbekiston faylasuflari million jamiyati” nashriyoti 2007.

P.M.Po‘latova, L.N.Nurmuhammedova, D.B.Yakubjonovna “Maxsus pedagogika” Toshkent “Fan va texnologiya” nashriyoti 2014.

V.S.Raximova “Defektologiya asoslari” Toshkent “Niso Poligraf” nashriyoti 2014.