Mualliflar

  • M Adhamjonova
    Andijon shahar 20-umumta’im maktabi

Muallif biografiyasi

  • M Adhamjonova, Andijon shahar 20-umumta’im maktabi

    Andijon shahar 20-umumta’im  maktabi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86164

Kalit so‘zlar:

musiqa o‘quvchi tarbiya

Annotasiya

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida musiqa fanining ahamiyati, o‘quvchi tarbiyasidagi roli, musiqaning pedagogic-psixologik ahamiyati yoritib berilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

657

O‘QUVCHI TARBIYASIDA MUSIQANING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK

AHAMIYATI

Andijon shahar 20-umumta’im

maktabi o‘qituvchisi

M.N.Adhamjonova

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15258072

Annotatsiya.

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida musiqa fanining ahamiyati,

o‘quvchi tarbiyasidagi roli, musiqaning pedagogic-psixologik ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

musiqa, o‘quvchi, tarbiya, xalq musiqasi, kasbiy musiqasi.

O‘zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmunida xalqimizning

milliy ruxiyati, oliy insoniy fazilatlari, badiiy ma’naviyati, istiqlol va mustaqillik uchun kurashi
hamda orzu-umidlari yorqin ifodasini topadi. Shuningdek o’zbek musiqasi ta’lim-tarbiyasi
uslubiyotiga doir mukammal maktablar shakllangan. Milliy an’anaviy musiqa pedagogikasida
quyidagi musiqa ta’lim-tarbiyasi uslubiyotlari mavjud:

1. Ommaviy xalq musiqa pedagogikasi. Bu xalqning kundalik hayotida, oilaviy marosim,

mexnat jarayoni va boshqalarda o’z ifodasini topib, tabiiy ravishda va beixtiyor amalga oshirilib
boriladi. To’y-hashamlarda, ta’ziyalarda musiqaning ommaviy janrlari yakka va jamoaviy tarzda
ijro etiladi. Shu jarayonda yangi kuy hamda qo’shiqlar vujudga keladi. Bu esa xalqning badiiy
musiqiy rivojida, musiqa merosimizni boyitishda, ayniqsa yosh avlodni axloqiy-badiiy
tarbiyalashda bebaho omil hisoblanadi.

2. Kasbiy musiqa ta’limi uslubiyoti mukammal maktabga ega. Uning amaliyotida ta’limning

ilmiyligi, davomiyligi va izchilligi mantiqan bog’langan. Ta’lim mazmuni kasb fazilati va nafosati
hamda sharqona axloqiy tarbiya tufayli boydir. Bunda ustoz-shogird amaliyotida ustozni tajribada
ega ekanligi ayniqsa, mohir ijrochiligi va ma’naviy boyligi muhim rol o’ynaydi. Yosh san’atkorlar
yillar davomida musiqani nazariy va amaliy mukammal o’rgangandan so’nggina xalq xizmatiga
bel bog’lashga, ustozlar oq fotihasini olganlar. Kasbiy musiqa ustozligida mohir ijrochilar-
cholg’uchilar-xalfalar, dostonxonlar va maqomchilar uetishib chiqadi. Ayni holda ularning
ko’pchiligi bastakorlik

ilmidan ham saboq olib

, musiqa merosimizni boyitib kelmoqdalar.Xalq va

kasbiy musiqa pedagogikasi amaliy o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini boyituvchidir.
3. Milliy musulmon maktablari va madrasalarida musiqa falsafa ilohiyot va adabiyot ta’limi bilan
uygun tarzda bog’lanib o’qitiladi. Bu ko’proq savod chiqarish va Qur’oni Karim suralarini qiroat
qilish jarayonida yakka, guruhli va jamoaviy talaffuz ifodaliligi va musiqiy ohangdorligi ( aniq-
burroligi, mantiqiyligi, tovush hosil qilish va ovoz maromlari, nafas tartiblari v.b.) ustida muayyan
usullarni qo’llab ish olib boriladi. Adabiyot fanini o’qitilishi ham san’at sifatida azaldan musiqa
bilan uzviy bog’langan. Bunda she’riyat va musiqa vaznlari aruz o’lchovlari asosida mushtarak
o’rganilgan. Shu bois ko’pchilik adiblar va olimlar musiqa ilmining rivojiga salmoqli ulush
qo’shganlar. Madrasalardagi o’ziga xos badiiy ta’lim musiqa merosimizning rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko’rsatgan. Bu ko’proq so’fiylar ta’limoti ta’sirida maqomlar hamda darvishlar, zikrchilar
va qalandarchilikning musiqiy-badiiy mazmunida falsafiy g’oyalarning rivojlanishi uchun muhim
rol o’ynagan. Sho’ro davrida O’zbekiston maktablarida musiqa san’ati fan sifatida o’qitilganligi,
ijobiy hol bo’lgan, albatta. Bunda muayyan tajribalarga, maxsus kadrlar tayyorlashga erishildi.
Ammo bu tadbirlar yosh avlodning musiqa madaniyatini tarkib toptirishiga uetarli darajada qodir
bo’lolmadi. Bunda quyidagi muammolar sabab bo’ldi:

·

musiqa o’qitish nazariyoti va amaliyoti mazmuni va uslubiyoti tor kommunistik

g’oyaviylik qolipidagi Rusiya maktablari dasturlari va o’qitish uslubiyotiga asoslanganligi,
milliy musiqa pedagogikasi bilan uzviy bog’lanmaganligi;

·

musiqa predmetiga ikkinchi darajali fan sifatida qaralib, unga oz o’quv soati

ajratilganligi, zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi hamda uslubiy va moddiy
ta’minotning zaifligi;


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

658

·

musiqadan iqtisodli va iqtisodiy cheklangan bolalarning bir qolip, bir

sharoitda o’qitilishi, qobiliyatli bolalar va o’quvchilar iqtidorini rivojlantirish uchun
bog’cha va maktablarda zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi, qobiliyatli bolalar uchun
turli tipdagi maxsus musiqa va san’at

maktablarining kamligi

;

·

bolalar musiqa folklori deyarli tadqiq etilmaganligi, to’planmaganligi hamda nashr

etilmaganligi, milliy bolalar cholg’u asboblari yaratilmaganligi;

·

kompozitor va bastakorlarimiz asosan bolalar qo’shiqlari yaratish bilan kifoyalanib,

kichik va syujetli cholg’u hamda musiqa sahna asarlari esa deyarli yaratilmaganligi;

·

musiqadan kam va sifatsiz o’qituvchi kadrlar tayyorlanganligi, ularning umumiy

hamda milliy musiqadan nazariy va amaliy bilim-malakalarining sayozligi kabilar sabab
bo’ldi.

Yuqoridagilarning har biri bugungi kunda dolzarb muammoga aylandi. Bu inqirozli

ahvoldan chiqishning yagona va to’g’ri yo’li musiqa ta’lim-tarbiyasini milliy-madaniy an’analar
asosida qayta qurishdan, maktablarning moddiy uslubiy ta’minotini yaxshilashdan va ixtisosli
kadrlar bilan ta’minlashdan iboratdir. Toki musiqa ta’lim-tarbiyasi “millatni oliy maqsadga
chorlovchi, uning vakillari kelajakda ishonch tuyg’usini uyg’otuvchi, yaratuvchilik va
bunyodkorlik faoliyatiga ko’maklashuvchi oliy maqsadi – ma’naviy madaniyatimizning
yuksalishiga munosib hissa qo’sha olsin”.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

2.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. 1-tom. - Toshkent.: O‘zbekiston, 2017.

3.

Sharipova G. “Musiqa va uning o’qitish metodikasi” Toshkent-2006;

4.

T.Ortiqov. Musiqa o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. T.2010 y. 3. Mannonov S.
O’zbek xalq musiqa madaniyati. Monografiya.

5.

H.Nurmatov, N.Yo‘ldosheva « O’zbek xalq musiqasi ijadiyoti» o‘quv qo‘llanma. -
«G‘ofur G‘ulom» nashriyoti, 2007 y.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-tom. - Toshkent.: O‘zbekiston, 2017.

Sharipova G. “Musiqa va uning o’qitish metodikasi” Toshkent-2006;

T.Ortiqov. Musiqa o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. T.2010 y. 3. Mannonov S. O’zbek xalq musiqa madaniyati. Monografiya.

H.Nurmatov, N.Yo‘ldosheva « O’zbek xalq musiqasi ijadiyoti» o‘quv qo‘llanma. -«G‘ofur G‘ulom» nashriyoti, 2007 y.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари