MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
636
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKADAN DARSDAN TASHQARI
MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH.
Andijon davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich metodikasi kafedrasi
o‘qituvchisi Xakimova Nargiza Bahodirovna
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15256151
Annotatsiya.
Bu maqolada zamonaviy matematikaning o
ʻ
rni va ahamiyati ochib berilgan
bo
ʻ
lib boshlang
ʻ
ich sinf o
ʻ
quvchilaring matematika fanini o
ʻ
qitishda yuzaga keladigan yutuqlarga
asoslangan. Dars jarayonini qiziqarli o
ʻ
tkazish va bolalarni darsga bo
ʻ
lgan qiziqishini oshirish
yangidan yangi natijalarga erishishga asosidir.
Kalit so‘zlar:
yangi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy ta
ʼ
lim, metodlar, innovatsiya,
integratsiya, muammoli metod
.
Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, matematika kechasi va boshqa
turlari);
o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga
qo‘yilgan talablar; xatolar ustida ishlash, o‘quvchilar bilimini tekshirish metodlari; Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining matematika darslarida
Ixtisoslashtirilgan
boshlang‘ich
sinflarda
matematika
o‘qitish.
Mantiqiy
tushunchalar.
“Shakli bir xil”, “shakli har xil” tushunchalari. “Barchasi”, “ayrimlari”, “ ...dan tashqari
barchasi”, “har qanday”, “ixtiyoriy”, “...lardan biri”, “barchasidan biri” va ularning ma’nolari.
Matematik xossalar.
Ixtisoslashtirilgan
boshlang‘ich
sinflarda
matematika
o‘qitish.
Matematikaga
ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash.
Matematikani chuqurlashtirib o‘qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika
o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonda oz komplektli maktablarning
mavjudlik holati. Mustaqil ishni to‘g‘ri tashkil etishda o‘quv topshiriqlarining mufassal
ishlanmalarini eslatmalar yordamida beradi.
Mustaqil ishlash usullari bilan bolalarni o‘qituvchi maktabdagi birinchi darslaridan boshlab
tanishtira boshlaydi. Dastlab bu topshiriqlar kichik hajmli va ergashish xarakterida bo‘ladi.
Masalan, “Sen ham shunday qil” o‘yini.
Bu fikrlash uquvini shakllantiradi, matematik nutqni rivojlantiradi, kuchsiz o‘quvchilarning
materialni yaxshiroq tushunib olish va hamma qatori o‘z muvaffaqiyatlaridan quvonishlariga
imkon yaratadi.
O`zbekistonda Respublikasida tog`li va cho`l joylarda kichik – kichik va uzoq aholi
yashaydigan punktlar mavjud bo`lib, bu joylarda bir sinfga belgilangan me'yordan ancha kam
bo`lgan 6-7 yoshli bolalar bo`lganda oz kompletli maktablar ochiladi. Oz komplektli maktab
shunday maktabki, unda bir o`qituvchi bir vaqtda bir necha sinf bilan ishlaydi. Bu sinfda
o`quvchilar soni 3 tadan 30 tagacha bo`lishi mumkin.
Bir o`qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab
bir komplektli
maktab
deyiladi.
Ikkita o`qituvchi 4 ta sinf bilan ishlaydigan maktab
ikki komplektli maktab
deyiladi.
Ikki komplektli maktabda 4 ta sinfni birlashtirishning quyidagi variantlarini amalga oshirish
mumkin:
1) I va II sinflar: III-IV sinflar.
2) I-III va II-IV sinflar.
Ikki komplektli maktabda bir o`qituvchi ikkita sinf bilan ishlaydi. Demak, o`quvchilar soni,
tayyorligi, o`quv imkoniyatlarini hisobga olib birlashtirish ham mumkin.
Hozirgi paytda respublikamizda asosan bir komplektli maktablar ko`pchilikni tashkil qiladi.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
637
Oz komplektli maktabda ishlash o`qituvchi va o`quvchilar uchun bir qator
qiyinchiliklar va to`siqlar bilan bog`liq.
1. O`qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o`tishi
kerak. Oz komplektli maktabda reja tuzish ancha murakab, har kuni 8-16 ta reja ustida ishlash
qiyin va ko`p vaqt talab qilishi bilan, pedagogik samara beradigan bir butun qilib birlashtirish
zarurligi bilan farq qiladi. Bularning hammasi o`qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari,
maksimal darajada kuch-g`ayrat, uyushqoqlik, sabr va qat'iylik talab qiladi.
2. O`qituvchining bir necha sinfga diqqat e'tiborini taqsimlashi qiyin.
3. O`qituvchi butun sinf bilan darsning yarmi yoki
qismi davomida shug`ullanishga,
qolgan vaqtda o`quvchilar bilan mustaqil ishlashni tashkil qilishga to`g`ri keladi.
4. O`quvchilar mustaqil ish bajarishayotganda, darhol o`qituvchidan yordam olish
imkoniyati yo`q, chunki bu vaqtda o`qituvchi boshqa sinf bilan band bo`ladi.
5. O`quvchilar, boshqa sinf o`quvchilariga xalaqit berishlariga qaramasdan, mustaqil
ishlaverishi kerak.
Bu qiyinchiliklar bilan bir qatorda oz komplektli maktab o`quvchilari uchun bir qator
afzalliklar ham mavjud:
1. Sinf o`quvchilari sonining kamligi (3-5).
Bu o`qituvchiga tez – tez so`rab turish, o`quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash va
tuzatish imkoniyatlarini beradi.
2. Oz komplektli maktab o`qituvchisi daftar tekshirishga oz vaqt sarflaydi.
3. O`quvchilar darsning taxminan
1/4 qismida mustaqil ishlaydi. Buning o`quv
maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, uyushqoqlik,
ishchanlik, qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi, o`z – o`zini tekshirish
malakalari tarbiyalanadi.
4. Katta sinf o`quvchilari kichik sinf o`quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular
har kuni bitta sinf xonasida o`qishadi.
To`g`ri tuzilgan dars jadvali o`quv – tarbiya ishi uchun optimal sharoit yaratishda katta
ahamiyatga ega. Ilg`or o`qituvchilar tajribalari shuni ko`rsatadiki, hamma sinflarda bir vaqtda
matematika darsi bo`ladigan qilib tuzilgan dars jadvali maqsadga muvofiq bo`lar ekan; Bu
boshqacha jadval tuzishni istisno qilmaydi.
Keyingi vaqtlarda hamma boshlang`ich sinflar predmetlarini ikki guruhga bo`lish ko`p
uchramoqda. Bunda predmetlar guruhlarga kiritish uchun shu predmetlarning mustaqil ish uchun
imkoniyatlari mezoni bo`lib hisoblanadi.
1- guruhga matematika, grammatika, mehnat, tasviriy san'at kiradi, chunki bu predmetlarda
qolganlariga nisbatan mustaqil ish uchun imkoniyatlari kattadir.
Hamma sinflarda matematika darslarining kombinatsiyalari sermahsulroqdir. Bunda birinchi
sinfdan ikkinchi sinfga o`tishda o`z diqqat – e'tiborini o’tkazish oson, bir jinsli material mustaqil
ishlar vaqtida o’quvchilar e’tiborini kamroq tortadi. Bundan tashqari, hamma sinf o`quvchilari
uchun umumiy ish tashkil qilishga sharoit yaratiladi
Masalan:
og`zaki mashqlar o`tkazish vaqtida
doskada yozilgan sonlarni bir necha birlik orttirish (I sinf), bir necha marta orttirish (II sinf), 10,
100, 1000 ga ko`paytirish III sinf), 2 xonali songa ko`paytirish (IV sinf) taklif qilinadi.
O`lchashlar o`tkazishda beriladigan topshiriqlar bir xil bo`lib, har qaysi o`quvchida mavjud
bo`lgan to’g’ri to’rtburchak burchak bo`yi va enini o`lchashdan iborat bo`lishi mumkin.
to’g’ri to’rtburchak burchakning eni bo`yidan necha sm qisqa (I sinf).
II sinf o`quvchilari – uning perimetrini topadi.
III sinf – yuzasini topadi.
IV sinf – berilgan yuza va tomonlaridan biri bo`yicha to’g’ri to’rtburchak burchakning
tomonini topadilar.
Ayrim maktablarda dars jadvali tuzish quyidagicha amalga oshiriladi:
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
638
1-yarim yilda 1-2 darslar faqat 1- sinflarda bo’ladi.
Buning uchun bir kunda 6 soat dars o`tish kerak, vaqtni ham 30 minutgacha qisqartirish
kerak.
Masalan: dushanba:
Ko`rinib turibdiki, 1- ikkita dars I sinfda, 3-4 darslar tig`iz. 4- darsdan keyin 1- sinflarga
javob beriladi.
Dars nomeri
Dushanba
1
I
2
I
3
I-IV
4
I-IV
5
II-IV
6
II- IV
Darslarni rejalashtirish ham oz komplektli maktabda ish tashkil qilishni aniqlab beruvchi
omillardan biridir. Tematik – rejalar namunalari «Boshlang`ich ta'lim» oynomasi sahifalarida
berib boriladi. O`qituvchi rejani tuzishda o`z sinfining xususiyatlariga asoslangan holda ishlab
chiqadi. Reja hamma sinf uchun birga tuziladi. Bunda katta darsda kichik - kichik darslar hosil
bo`ladi.
O`qituvchi reja tuzishda bu kichik darslarning mazmunini aniqlashdan tashqarii, bu ish
darsning qaysi bosqichida, qancha vaqt, qaysi metodlardan foydalanishni ham o`ylashi kerak.
Bir vaqtda o`tkaziladigan bir predmetli darsning taxminiy sxemasini keltiraylik.
I – sinfda Ayirish (mustahkamlash).
II- sinfda Sondan yig`indini ayirish (mustahkamlash).
III – sinfda 100 ichida sonlarni og`zaki nomerlash (yangi).
IV – sinfda 2 xonali songa bo`lish mavzular bo`yicha (yangi material).
Oz komplektli maktablarda boshqa tipdagi darslar ham mavjud: a) hamma sinflarda yangi
materialni o`rganish; b) hamma sinflarda mustahkamlash, takrorlash, bilimlarni tekshirish darslari
bo`lishi mumkin.
osh xususiyatlariga mos tarixiy ma’lumotlarni o‘zlashtirishi mazmuni.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Karimov.I.A. “O`zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy
tamoyillari” T-O`zbekiston 1995 y 74 bet
2.Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligiga
bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasi. Adolat gazetasi 2011 yil 1 sentabr
№
38 son.
3.
Бикбаева
.
Н
.
И
.
Левенберг
. ,
Л
.
Ш
. “2-
синфда
математика
”
Т
-“
Укитувчи
” 1988
й
343-
бетлар
4.
Бабанский
.
Ю
.
К
“
Хозирги
замон
умумий
таълим
мактабида
укитиш
методлари
”
Т
-
Укитувчи
1990
й
227
бет
Jumayev.M. va b.q. “Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi” T-2005 y
312 b
