Mualliflar

  • Xurshidaxon Satimboyeva
    NOTM

Muallif biografiyasi

  • Xurshidaxon Satimboyeva, NOTM

    “University of economics and pedagogy” NOTM,katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86176

Kalit so‘zlar:

Epistemologiya uzluksiz ta’lim tarbiya tarbiyachi innovatsiya muammoli tahlil metod.

Annotasiya

Ushbu maqolada bo’lajak tarbiyachilarga faoliyati davomida epistemologik tahlildan foydalanish haqida tavsiyalar berilgan. Hamda o’qituvchichilarga ko’plab tavsiyalar berilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

625

BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINI KASBIY

FAOLIYATGA TAYYORLASHNING EPISTEMOLOGIK TAHLILI

Satimboyeva Xurshidaxon Anvarjon qizi

“University of economics and pedagogy”

NOTM,katta o‘qituvchisi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15256092

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bo’lajak tarbiyachilarga faoliyati davomida epistemologik

tahlildan foydalanish haqida tavsiyalar berilgan. Hamda o’qituvchichilarga ko’plab tavsiyalar
berilgan.

Kalit so’zlar:

Epistemologiya, uzluksiz ta’lim, tarbiya, tarbiyachi, innovatsiya, muammoli

tahlil, metod.

Mamalakatimizda uzluksiz ta’lim sohasida olib borilayotgan keng islohotlar har bir

yo‘nalishni, ha bir mutaxassislikni chetlab o‘tmayotganligiga bugun guvoh bo‘lmoqdamizki, biz
faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga yangi innovatsiyalarni joriy etilishi
fikrimizning yorqin dalilidir. Biz bugun bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda
yangi innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq qilish usullarini aynan epistemologik yondashuvdan
foydalangan holatda o‘rgatmoqlikni maqsad qilib oldik. Yangi innovatsiyalarni talabalarga
o‘rgatishdan maqsad, mutaxassisligining fundamental asoslarini yetarli darajada o‘qitish, bu
nazariy bilimlarni pedagogik, psixologik, falsafiy jarayonlarining innovatsion faoliyat ko‘rinishida
ifodalanadigan pedagogik modellarini o‘rganish, tahlil qilishdir. Ayni vaqtda bu talabalarni
mantiqiy fikrlashga, to‘g’ri xulosa chiqarishga, pedagogik madaniyatni oshirishga xizmat qiladi.
Talabalarni mantiqiy fikrlashga, nazariy bilimlarni amaliyotga bevosita tadbiq qilish, to‘g’ri
xulosa chiqarish va qaror qabul qilishga o‘rgatish, hamda ko‘nikma va malakalarni berishdan
iborat.

Maqsadimizdan kelib chiqqan holda quyidagi muhim vazifani oldimizga qo‘ydik, yangi

innovatsiyalarning zamonaviy metodlari va asosiy prinsiplarini talabalar ongiga singdirish. Fan va
ta’limda, tarbiya jarayonida, umuman pedagogik faoliayning barcha tarmoqlarida uchraydigan
muhim amaliy muammolarni hal etishda epistemologik jihatdan tahlil qilish mexanizimini
o‘rgatishdan iborat.

Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi.

Ular quyidagilardir:
1. Muammoni tahlil asosida aniqlash.
2. Mo‘ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash.
3. O‘zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.
4. O‘zgarishlarni amalga oshirish.
Shuningdek, o‘qitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini ta’lim mazmunida, O‘qitish
metodlarida, dars shakli, O‘qitish turlari, O‘qitish vositalarida ko‘rishmiz mumkin. - ta'lim
mazmuniga innovatsiya an'anaviy, noan'anaviy va masofaviy O‘qitish turlarining kirib kelishi
bilan izohlanadi:
O‘qitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib kelishi misolida
ko‘ramiz. Aktiv metodni qo‘llash talabalarni dars jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qilsa,
passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan izoxlanadi. Interaktiv metod
esa birgalikda faol harakat qilishi (tarbiyachi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi;

·

dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual dars

shakllari misolida ko‘rishimz mumkin;

·

O‘qitish turlaridagi innovatsiyani muammoli ta’lim, evristik ta’lim, darajalangan

ta’lim, integrasiyalangan ta’lim, interfaol ta’lim, informal ta’lim, rasmiy ta’lim, norasmiy
ta'lim turlari bilan izoxlanadi;


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

626

·

O‘qitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida

multimedia, elektron doskalar va boshqa vositalar bilan izohlaymiz;

Zero, O‘qitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda ko‘rishimiz

mumkin;

1. Aktiv metod. Bu metod talaba-yoshlarni dars jarayonida faollashuviga, ma’lum bir holat

va

voqelikga

nisbatan

fikrlashga-mulohaza

yuritishga

undaydi.

2. Passiv metod. Bu metod dars jarayonida talabalarda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bir
tomonlama

tushuncha

hosil

bo‘lishiga

olib

keladi.

3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida o‘qtuvchi va talabalarni birgalikdagi faol
hatti-harakatlariga asoslanadi.

-

Dars

shaklida

innovatsiya

quyidagi

shakilda

ko‘rishimiz

mumkin;

a) Standart dars -dars ichidagi struktura o‘zgarmaydi

b) Nostandart dars -dars ichidagi struktura o‘zgaradi.
v) Vertual dars - yani masofadan o‘qitish.
Biz talabalarga mutaxassisligi yuzasida o‘rganayotgan bilimlarini amaliy texnologiyalarini

epistemologik yondashuv asosiga qurishga quyidagi usulimizni na’muna sifatida keltirishimiz
mumkinki, bunda talaba, bilimlarini mustahkamlash va darslarni qiziqarli qilish uchun samarali
vosita sifatida tanlay oladi.

“Baliq ovi” o‘yini

Talabalar oldindan tayyorlab olingan dengizdagi baliqlardan birini tanlab, orqa qismiga

yozilgan savollarga javob beradi. Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa, baliq akvariumga qo‘yiladi;
noto‘g‘ri javob berilgan taqdirda, baliq dengizga qaytariladi.

Mazkur metoddan quyidagi holatlarda foydalaniladi

Savol-javob faoliyatida: talabalarga mavzu bo‘yicha savollar berilib, to‘g‘ri javoblar

akvariumga baliq sifatida qo‘yiladi. Bu usul talabalarning bilimlarini mustahkamlash va mavzuni
yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi.

Mavzularni takrorlashda: talabalarning oldingi darslarda O‘rgangan bilimlarini qayta

kO‘rib chiqish va mustahkamlash uchun “Baliq ovi” O‘yini samarali vosita.

Guruh ishlarida: talabalarni kichik guruhlarga bo‘lib, har bir guruhga o‘z savollarini

tayyorlash va boshqa guruhlar bilan almashish orqali o‘yinni tashkil etish mumkin. Bu usul
hamkorlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

“Baliq ovi” o‘yini ta’lim oluvchilarning diqqatini jamlash, bilimlarini mustahkamlash va

darslarni qiziqarli qilish uchun samarali vosita hisoblanadi.

Shuningdek, darsga samara va natija beruvchi yana bir innovatsion faoliyatimiz

Neyrogimnastika deb nomlanib, bu ta’lim oluvchilarda

— sensomotorikani rivojlantirishga,

miyaning o‘sish va rivojlanishiga ko‘maklashuvchi juda foydali metod bo‘lib, psixologik va
kognitiv funksiyalarning rivojlanishiga ham ko‘maklashadi.

Zero, neyrogimnastika

Miya funksiyalarini yaxshilaydi;

Diqqat, xotira va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;

Koordinatsiyani oshiradi;

Miya yarim sharlarining muvozanatini mustahkamlaydi;

Mazkur metodni biz darsni tashkil qilishda, ya’ni, mavzuni boshlashdan avval qo‘llashimiz

mumkin, talabalarni mavzuga to‘g’ri baholashlari uchun xizmat qiladi. Biz talabalarga quyidagi
fikrlarimizni tavsiya sifatida keltirishimiz ham ta’lim jarayoniga olib kirgan kichik bir innovatsion
faoliyatimiz desak mubolag’a bo‘lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. G‘oziev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 2011.
2. Vigotskiy L. S. Voobrajenie i tvorchestvo v detskom vozraste. –Moskva: Prosveshenie,

1991; Vo‘gotskiy L. S. Mishlenie i rech. –Moskva: Pedagogika, 2012.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

627

3. Tixomirov O. K. Psixologiya mishleniya. – Moskva: MGU, 2015.

4. ALAVUTDINOVA GANIEVNA, N. (2015). 20. Asir özbek dilbiliminde morfolojiye ait

görü

ş

lerin

ş

ekillenmesinde prof. Eyyüp gulamov’un yeri. Turkish Studies (Elektronik), 10(12), 1-

14.

5.Saydullayeva, G. (2025). INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK

PEDAGOGLARNING

INTELLEKTUAL

KOMPETENTLIGINI

RIVOJLANTIRISH

AHAMIYATI.

В

YANGI O

ʻ

ZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI (

Т

. 3,

Выпуск

1,

сс

. 57–58). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14771658

Bibliografik manbalar

G‘oziev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 2011.

Vigotskiy L. S. Voobrajenie i tvorchestvo v detskom vozraste. –Moskva: Prosveshenie,1991; Vo‘gotskiy L. S. Mishlenie i rech. –Moskva: Pedagogika, 2012.

Tixomirov O. K. Psixologiya mishleniya. – Moskva: MGU, 2015.

ALAVUTDINOVA GANIEVNA, N. (2015). 20. Asir özbek dilbiliminde morfolojiye aitgörüşlerin şekillenmesinde prof. Eyyüp gulamov’un yeri. Turkish Studies (Elektronik), 10(12), 114.

Saydullayeva, G. (2025). INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK PEDAGOGLARNING INTELLEKTUAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH AHAMIYATI. В YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI (Т. 3,

Выпуск 1, сс. 57–58). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.14771658

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари