MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
602
ZAMONAVIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA DO‘STONA
MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI (HADISLAR MISOLIDA)
Andijon davlat universiteti tayanch doktaranti
Kuranova Ismigul Xolmurod qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15255952
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada
zamonaviy
maktabgacha
ta’limtashkilotlarida
tarbiyalanuvchilar o’rtasida do’stona munosabatlarni shakllantirishning dolzarb jihatlari
yoritilgan.
Kalit so’zlar:
maktabgacha ta’lim ,do’stona,munosabat ,hadislar,tarbiya,ijtimoiylashuv
Do‘stona munosabatlar tarbiyachi pedagog va bolalar hayotidagi eng muhim insoniy
qadriyatlarning tarkibiy qismidir. Har qanday jamiyat do‘stona munosabatlarga ma’naviy ehtiyoj
sezadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalar jamoasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish,
ularga insoniy fazilatlarni singdirish, ijtimoiylashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlash pedagogik
faoliyatning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunday munosabatlar jamiyatda o‘zaro tushunish,
tinchlik va hamkorlik muhitini yaratishga xizmat qiladi. Ushbu munosabatlar zamirida inson
hayotining turli bosqichlarida psixologik qo‘llab-quvvatlash vazifasini o‘tash, quvonchlariga
sherik bo‘lish, dardlarini yengillatish, jamoadoshlarini boricha qabul qilish, bir-birlarini
yutuqlaridan xursand bo‘lish va kamchiliklarini tuzatishga yordam berishga intilish, asrab-
avaylash, bir-biriga mehribon bo‘lish, ularni qadrlash, sadoqat, ishonch va samimiyatga
asoslangan eng buyuk munosabatlar o‘rnatish kabilar yotadi. Do‘stona munosabatlar nafaqat yaqin
do‘stlar o‘rtasida, balki oila, ta’lim maskanlari, kasbiy faoliyati jarayoni, qo‘ni-qo‘shnichilik,
qarindosh-urug‘,
umuman,
jamiyat
ijtimoiy
strukturasining
barcha
bosqichlarida
integratsiyalashgan holda shakllanishi lozim. Do‘stona munosabatlarni shakllantirish va
mustahkamlash uchun quyidagi tamoyillarga amal qilish muhimdir:
·
Samimiyat va sadoqat – inson boshqalar bilan ochiq va halol munosabatda bo‘lishi
kerak.
·
Hurmat va e’tibor – har kimning fikri, hissiyotlari va huquqlari, qadriyatlari
qadrlanishi lozim.
·
Yaxshilik va mehribonlik – yordam qo‘lini cho‘zish va boshqalarning farovonligiga
befarq bo‘lmaslik do‘stona muhitni mustahkamlaydi.
·
Kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish – sabr-toqat va tushunish orqali
muammolarni hal qilish lozim.
Do‘stona munosabatlar insonning baxtiyor hayot kechirishi, ruhiy xotirjamligi va
jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun muhim ahamiyatga ega. Zamonaviylik ruhi singdirilgan
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu munosabatlar tashkilotni gullab-yashnashi, yutuqlarga
erishishi va o‘zini oqlashiga sabab bo‘ladigan asosiy vositalardan biridir. Shu sababli jamoaning
har bir a’zosi o‘zida do‘stonalik sifatlariga ega bo‘lishi talab etiladi. Do‘stlik rishtalari insonlar
orasidagi eng mustahkam va uzoq davom etadigan ijtimoiy aloqalardan biri hisoblanadi. Ushbu
munosabatlarning ildizi islom dinimizga, hadis-u hikmatlarga borib taqaladi. Shuning uchun bu
masala nafaqat ijtimoiy psixologiya, balki diniy-axloqiy asoslar bilan ham chuqur bog‘liqdir.
Do‘stonalik tuyg‘ularini pedagogik va diniy-axloqiy tamoyillar asosida shakllantirish ushbu
tuyg‘ularni mustahkam bo‘lishida hizmat qiladi. Tasavvuf olamida do‘stlikning asl mohiyati —
bu bir-birining ruhiy holatini tushunish, bir-biriga yordam berish va zarar yetkazmaslikdir.
Tasavvufdagi do‘stlik, nafaqat tashqi ko‘rinish va foyda keltiradigan munosabatlar sifatida, balki
ruhiy va ma’naviy o‘sishga, bir-birini Alloh yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aloqadir. Har
bir do‘st bir-birining ruhiy holatini tushunishga, qiyinchiliklarda birga bo‘lishga va do‘stni ruhiy
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
603
poklikka chaqirishga intiladi. Qur’oni karim va hadislarida do‘stlik va insonlar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga alohida ahamiyat berilgan. Ushbu diniy-axloqiy tushunchalar
odamlar o‘rtasida salohiyatli do‘stlik rishtalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Xususan,
islomiy manbalarda insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, hurmat va do‘stlik rishtalarini
mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. Islomda do‘stona munosabatlarning tamoyillari
quyidagilarni tashkil etadi:
·
samimiylik va halollik –Alloh roziligi uchun do‘st bo‘lishi, o‘z manfaatini
ko‘zlamaslik va dunyo matohlariga berilmaslik;
·
o‘zaro yordam va qo‘llab-quvvatlash – qiyin vaziyatda do‘stga yordam berish,
g‘amxo‘rlik qilish,;
·
g‘iybat va xiyonatdan tiyilish – do‘stlikni buzadigan narsalardan uzoq turish, o‘zga
bir insonni sirini saqlash, moliga, joniga,omonatiga va so‘ziga sodiq bo‘lish;
·
kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish – o‘zaro tushunmovchilik bo‘lsa, uni
yaxshi yo‘l bilan bartaraf etish, xatolarini kechirish, xato qilishni insonga xos fazilat sifatida
qarash;
·
g‘azab qilmaslik – g‘azab qilish insonlarga ruhiy va ma’naviy zarar yatkazadi,
jamiyatdan, do‘stlar jamoasidan ajralib qolishga sabab bo‘ladi. Payg‘ambarimiz g‘azab
qilmaslikka buyurganlar;
·
odob va axloq qoidalariga amal qilish – insoniylikning eng muhim fazilati bo‘lib,
do‘stona munosabatlarni mustahkamlaydi, insonlarni yaxshilikka chaqirish boshqa bir
insonning vazifasi hisoblanadi.
Do‘stlikni mustahkamlovchi omillar:
·
Salomlashish, salom berish va salomni qabul qilish do‘tlikning muhim qismidir.
·
Hadya berish va hadyani qaytarish
·
Kechirimli bo‘lish.
Do‘stlikni buzuvchi odatlar:
·
G‘iybat qilish;
·
Yolg‘on gapirish;
·
Hasad qilish;
·
O‘zboshimchalik va g‘azab.
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-
tarbiyachilarining ijtimoiy-kasbiy rivojlanishida ular o‘rtasida dinimizda belgilab qo‘yilgan
haqiqiy musulmonlarga xos axloqiy fazilatlarning tarkib topishi ham muhim hisoblanadi. Yuksak
axloqqa erishgan tarbiyachi-pedagoglar jamoadoshlari va qo‘l ostidagagi guruh
tarbiyalanuvchilarning mavqeyi, tashqi ko‘rinishiga qarab emas ularning qalbiga, ichki olamiga
nazar soladi, ta’lim-tarbiya jarayonida har bir odamni qadrlaydi, maktabgacha ta’limning barcha
ishchi hodimlari bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatadi, ilm yo‘lida berishni kasbiga aylantiradi,
yaxshilik yo‘lida hech qanday manfaatlarni ko‘zlamay og‘ir kunida yordam beradi, jamoadoshlar
bir-birini og‘a-inidek qabul qiladi, insoniy fazilatlarni, odamgarchilik tuyg‘ularini islom dinini
ustuni deb biladi va shioriga aylantiradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari ushbu
sifatlarni o‘zida jamlashi jamoani birlashuviga asos bo‘lib hizmat qiladi. Bu kabi ham diniy ham
dunyoviy bilimlarga ega salohiyatli pedagoglar qo‘lida tarbiyalangan bolalardan bilimli, axloqiy
fazilatlarga ega, jamiyat rivoji uchun xissa qo‘sha oladigan yetuk shaxslar shakllanadi.
Do‘stonalik tuyg‘ularini asl mohiyatini tushunib anglashga hadislar yordam beradi. Hadis
ilmini chuqur o‘rgangan muhaddis olim Imom Al-Buxoriy “Al-adab al-mufrad” asarida “Abu
Dardo (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilishicha, Rasululloh(s.a.v.): “Yaxshi axloqdan ko‘ra
tarozuni bosadigan hech narsa yo‘qdir”, deb marhamat qilganlar”. Ushbu hadisdan ma’lum
bo‘ladiki, axloq insonlar mavqeyini oshiradi, odobli-axloqli insonlar bir-biriga dushmanlik
qilmaydi, boylik va manfaat yo‘lida musobaqa qilishdan hayo qiladi. Ushbu fazilatga ega
insonlarning atrofida unga faqat yaxshilik va omonlik istaguvchi kishilar ko‘p bo‘ladi. Kishilar
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
604
o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatar ekan, albatta axloqiy normalarni o‘zida
mujassam etgan bo‘lishi kerak. Axloq egalari bir-biriga ko‘mak beradi, axil-inoq hayot kechiradi,
ayb-u nuqsonlariga ko‘z yumadi, o‘zgalar qalbiga ozor yetkazishdan saqlanadi. Payg‘ambarimiz
Muhammad(s.a.v) hadislarida mo‘minlar biri-biriga oyna kabi kamchiliklarini to‘g‘rilashga
yordam berishi kerakligini ta’kidlagan. Haqiqiy mo‘minlikning belgisi esa boshqa bir mo‘minning
unga jonini, molini, ishonchini, obro‘sini ishongandan vafo qilgan kishidir. Mo‘min kishi ijtimoiy
hayotda o‘ziga omonat qilingan narsalarni xuddi o‘ziniki kabi asrab-avaylaydi, bildirilgan
ishonchga hiyonat qilmaydi, sirlarini oshkor qilmaydi, xasad qilishdan saqlanadi, insonlarda
ko‘rgan kamchiliklarini sir tutadi, boshqalarda ko‘rgan nuqsonlarni o‘sha odamning yolg‘iz o‘ziga
aytadi. Mo‘minning ushbu fazilatlari boshqalarga do‘stona munosabatda bo‘lishni anglatadi.
Mo‘minlik fazilatiga ega insonlarning do‘stlari ko‘p bo‘lib, uni sevuvchi insonlar bisyor bo‘ladi.
Mo‘min kishi go‘zal, mukammal axloq sohibi hisoblanib, islomda axloq va odob juda yuqori
qadrlanadi va bu insonning ijtimoiy hayotidagi o‘rnini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir.
Agar insonda yaxshi odob va mukammal axloq bo‘lsa, bu uning do‘stligidan, odamlarni unga
bo‘lgan hurmatida namoyon bo'ladi. Do‘stlar va sevuvchi insonlarning ko‘pligi – bu insonning
jamiyatdagi o‘rnini, uning qalbining pokligini va axloqiy yetukligini, chin dildan doim yaxshilikka
intilishini ko‘rsatadi. Odobli, axloqli odam boshqa bir insonga o‘zini do‘sti nazari bilan qaraydi,
uni ezgulikka yetaklaydi, yomon ishlardan uzoqlashishga chaqiradi. Do‘stlik munosabatlarini
zamirida odob-axloqlik sifatlari yotadi.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, maktabgacha ta’lim tashkiloti ham misoli bir katta oiladir.
Oila deganda bir ota-onadan tarqagan farzandlarning axil-inoq, manfaatlardan yiroq, a’zolar bir-
birini rivoji uchun jon kuydirish va boshqa yuksak qadriyatlar ko‘z o‘ngimizda gavdalansa,
maktabgacha ta’lim tashkilotlari qatnashuvchilarini ham xuddi shunday tasavvur qilgan holda
faoliyat yuritganda tashkilot yanada takomillashadi, jahon andozalariga javob beradigan kelajak
avlodlar yetishib chiqadi.
Foydalanilgan aadabiyotlar.
1.
“Al-adab
al-mufrad”.
Imom
Ismoil
al-Buxoriy
Online
o‘qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=588.0
Internet uchun Umarbek, Laylo va Doniyor
tayyorlagan.
www.ziyouz.com
2007 201. 46-b
2.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy Al-jomi’ as-sahih (1-jild)
Arabchadan Zokirjon Ismoil tarjimasi Qomuslar Bosh tahririyati Toshkent 1991 403 b
3.
Mirzayeva Dilfuza “Maktabgacha pedagogika” o‘quv qo‘llanma Toshkent 2022-
140 b.
