MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
580
INKLYUZIV MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM KLASTERI
SUB’YEKTLARINING O’RNI
Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori (DSc)
Umidjon Negmatovich Xo‘jamqulov
https://doi.org/10.5281/zenodo.15255195
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ta’lim klasteri subyektlarining inklyuziv madaniyatini
shakllantirish, inklyuziv madaniyatini amalga oshirishda klaster yondashuvining asosiy
mexanizmi, inklyuziv madaniyatning rivojlanishi inklyuziv siyosat masalasi, inklyuziv madaniyat
tushunchasi mohiyati ochib berilgan.
Kalit so’z va iboralar
: inklyuziv ta’lim, inklyuziv madaniyat, inklyuziv siyosat, bola, ta’lim
jarayoni, muvaffaqiyat, samara.
Inklyuziv ta’limni joriy qilish davomida ko‘pgina ijtimoiy muammolar ham yuzaga
keladi. Asosiy muammolardan biri hamjamiyat ishtirokchilarining nogironligi bo‘lgan shaxslar,
shuningdek, rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni umumta’limga olib kirishga bo‘lgan
munosabatdir. Inklyuziya jarayoniga ta’lim tizimini tayyorlashda eng muhim bosqich ta’lim
jarayoni ishtirokchilarining tushuncha va qadriyatlarini o‘zgartirish sanaladi. A.V.Zaxarova va
M.S.Staroverova fikrlaricha, belgilangan me’yorlarni o’zgartirish davrida ta’lim muassasalarida
pedagog va ota-onalar o’rtasida inklyuzivlikning ahamiyati to’g’risida tortishuvlar davom etib
borishi sababli inklyuziv jarayon yetakchisi yoki rahbari tomonidan inklyuziya mafkurasini qabul
qilish hamda bu borada real harakatlar tadbirlarini amalga oshirish muhim. T.But va M.Eynskou
inklyuziv ta’limning samarali joriylanishi va muvaffaqiyatiga muassasada o‘rnatilgan inklyuziv
madaniyat asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlaydilar. Ularning fikriga ko’ra maktab inklyuzivligini
baholashda jamoaning inklyuziv qadriyatlari (turfalik va hamkorlikka ijobiy munosabat, yuzaga
keluvchi to’siqlar, jarayonga halal beruvchi hurofot (stereotip)larni yengish) bilan bir qatorda
inklyuziv jamoaning mavjudligini inobatga olish kerak. Shu bois inklyuziv ta’limni joriy qilish
avvalida muassasa jamoasi, ta’lim ishtirokchilari tomonidan bu masalaga turli munosabatlarning
yuzaga kelishi, bu boradagi muammolarni bartaraf etish borasida ham fikr yuritish lozim.
Inklyuziv madaniyatni shakllantirish deganda har bir bolaga nisbatan do‘stona, teng munosabat
o‘rnatilgan muhitni barpo etishni tushunish lozim. Bunday muhitda inklyuziya mafkurasi ta’lim
jarayoni ishtirokchilari tomonidan birdek qabul qilinadi. O‘qituvchilar jamoasi o‘quv-tarbiya
jarayonida yuzaga keluvchi to‘siqlarni bartaraf etishda faol ishtirok etishlari orqali o‘quvchilarning
maktab hayotining barcha jabhasida to’liq ishtiroki ta’minlanadi. Inklyuziv madaniyatning
rivojlanishi inklyuziv siyosat (barcha jarayonda turli toifaga mansub bolalarni ta’limga olib
kirishning qo‘llab-quvvatlanishi, huquqlarning tan olinishi) hamda inklyuziv amaliyot va
texnologiyalar (o‘quv jarayonida har bir bolaning imkoniyatlariga mos uslub va yondashuvlardan
foydalanish) samarasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, umumiy
inklyuziv qadriyatlar va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish boshqa jihatlardagi
o’zgarishlarga olib kelishi muqarrar. «Inklyuziv madaniyat» tushunchasining talqinini bir necha
yo’nalishlarda ko‘rish muhim: inklyuziya jarayoni ishtirokchilari tomonidan o‘zaro qabul qilingan
va taqsimlangan qadriyat, tushuncha va bilimlardan iborat alohida ta’limot (falsafa); inklyuziya
jarayonining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi inklyuziv qadriyatlarni ta’minlashga
yo’naltirilgan umumiy madaniyatning qismi; ta’lim ishtirokchilarining har birini jiddiy stress,
psixologik talofatlardan asraydigan, sub’ektlarning o‘zaro aloqadorlikdagi faoliyatlarining
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi o’ziga xos ishonch mikroiqlimi; sub’ektlar, jarayon
ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshiliklarning yuzaga
kelishining oldini olishga qaratilgan. Inklyuziv madaniyatni shakllantirishda tashkilot rahbari va
uning atrofida jipslashgan jamoa, shuningdek, ota-onalar va hamkorlar bilan o‘rnatilgan
sherikchilik munosabatlari, yaratilgan to’siqsiz muhit muhim o’rin egallaydi. S.V.Alexina,
o‘qituvchilarning inklyuziv ta’limda ishlashga kasbiy tayyorgarligi masalasini o’rganar ekan,
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
581
inklyuziv ta’limni amalga oshirish g’oyalariga zid bo’lgan me’yor va qadriyatlarni,
ya’ni ularning alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi jarayoniga munosabati va
tibbiy modelga asoslangan yondashuv (stereotip)larini o’zgartirish muhim deb hisoblaydi. A.De
Boer, S.J.Pijl, A.Minnaert olib borgan tadqiqotlarida diqqatlarini inklyuziv ta’lim jarayonida
o’qituvchilarning o’quvchilar bilan o’zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishishlarida ahamiyatli
sanalgan mazkur ta’lim turiga munosabatlarini o’rganishga qaratadilar. Olimlar aksariyat
o’qituvchilarning yetarli darajada hayrihoh emasligini aniqlab, ish avvalida samaradorlikka ta’sir
etuvchi o’zaro hamkorlik, qayta tayyorlash kurslari va mazkur toifa bolalarini o’qitish amaliy ish
tajribasi bilan tanishtirish zaruratini asoslaydilar. E.A.Gafari alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarni o‘qitishda umumta’lim maktabi o’qituvchisi rolining muhimligini ta’kidlab, inklyuziv
ta’limni amalga oshirish uchun ijobiy motivatsiya bo’lishi muhimligi, ularning e’tiqodi, inklyuziv
ta’lim falsafasidan chuqur tushunchaga ega bo‘lishi, madaniyatining shakllanganligi inklyuziv
ta’limni amalga oshirishda barcha tadbirlar muvaffaqiyatining muhim sharti hisoblanishini alohida
ta’kidlaydi. Tadqiqotchi o‘qituvchilar tomonidan maxsus ta’limiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan
o‘quvchilarning huquqlari tan olingan va ularga nisbatan mehr-muxabbatli munosabat
ko’rsatilgandagina, sinfda munosib o‘rin topa olishlarini ko’rsatib o’tadi. Inklyuziv ta’lim
amaliyotining samarasiga ta’lim sub’ektlarining madaniyati, ularning o’zaro hamkorlikdagi
munosabatlarining darajasi ta’sir ko’rsatadi. O’zini tutish madaniyati (axloqi, hulqi) quyidagi
tushunchalarni qamrab oladi: o’zining jamoa a’zosi ekanligi yuqori xis etish, beriladigan savollar
ziddiyatli tarzda emas, balki o’zaro muloqot, dialog ekanligi, o’zgalarga ochiqlik va hayrihohlik
xissini bildirishni anglatishi lozim. Ta’lim madaniyati: darsda har bir o’quvchining o’z o’rnining
mavjudligi, ularning har birlariga ijobiy yondashish, odob va hayrihohlik bilan so’zlashish
madaniyatiga har jabhada rioya qilish. Parvarishlash (hamrohlik qilish) madaniyati: hamrohlik
qiluvchi mutaxassis yoki tengdoshining mavjudligi, to’siqsiz muhitning yaratilgani. Inklyuziv
madaniyatning mohiyati quyidagilardan iborat: muassasa hamjamiyatini barpo etish; muassasada
hamma o’zining kerakligini va do’stona munosabatni xis etadi; tengdoshlar bir-birlariga yordam
ko’rsatadilar; ta’lim sub’ektlarining o’zaro iliq hamkorlik munosabatlari o’rnatilgan; barcha
mahalliy hamjamiyatlar jarayonga jalb etilgan; inklyuziv qadriyatlar tan olinadi; har bir
o’quvchining yutuqlariga umidvorlik; ta’lim jarayoni sub’ektlari inklyuziya mafkurasini tan
oladilar; barcha o’quvchilar qadrlanadilar; o’qituvchilar jamoasi ta’lim-tarbiya jarayonida yuzaga
keluvchi to’siqlarni hamkorlikda bartaraf etish va barcha o’quvchilarning jarayonda to’liq ishtirok
etishlariga intiladilar. Biz yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda inklyuziv madaniyatni
shakllantirishda jarayonning keng qamrovli ekanligi, sub’ektlar doirasining kengayishi, bu
jarayonda turli muammoli vaziyatlarning yuzaga kelishini inobatga olgan holda ta’lim sub’ektlari
tomonidan yuzaga kelgan turli-tuman strategik vaziyatlardan chiqib ketish, yengishga qaratilgan
koping-strategiyalardan foydalanish lozimligini ta’kidlaymiz. Koping-stategiyalar – stressli
vaziyatlar oqibatini yengish yoki uni minimallashtirish maqsadida qo’llanadigan o’zini tutish
me’yori bo’lib, kognitiv, xulq-atvor, hissiy faoliyatlarni jamlovchi harakatlardir. Mazkur
strategiyalar murakkab vaziyatlarda o’zini qo’lga olish, psixologik muvozanatni saqlab qolishga
yordam berib, uch turdagi «muammoni hal qilish», «ijtimoiy qo’llab-quvvatlovni izlash va topa
olish», turlariga bo’linadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Захарова
А
.
В
.,
Староверова
М
.
С
.
Технологии
повышения
профессиональной
компетентности
педагогических
кадров
в
условиях
инклюзивной
образовательной
организации
[
Электронный
ресурс
] //
Психологическая
наука
и
образование
psyedu.ru.
2016.
Том
8.
№
3.
С
. 153–165.
2.
Бут
Т
.,
Эйнскоу
М
.
Показатели
инклюзии
:
практич
.
пособие
.
М
.:
Перспектива
, 2007.
124
с
.
3.
Захарова
А
.
В
.,
Староверова
М
.
С
.
Технологии
повышения
профессиональной
компетентности
педагогических
кадров
в
условиях
инклюзивной
образовательной
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
582
организации
[
Электронный
ресурс
] //
Психологическая
наука
и
образование
psyedu.ru. 2016.
Том
8.
№
3.
С
. 153–165.
4. McMaster C. Inclusion in New Zealand: The potential and possibilities of sustainable
inclusive change through utilising a framework for whole school development // New Zealand
Journal of Educational Studies. 2015.
5.
Шеманов
А
.
Ю
.,
Екушевская
А
.
С
.
Формирование
инклюзивной
культуры
при
реализации
инклюзивного
образования
:
вызовы
и
достижения
Современная
зарубежная
психология
2018.
Том
7.
№
1.
С
. 29—37. 6.
Основы
инклюзивной
культуры
:
учебное
пособие
/
Н
.
А
.
Борисова
и
др
.
Череповецк
:
ЧГУ
, 2021. -214
с
.
