Universal International Scientific Journal
266
Z.X.Abduraimov
1
, M.A.Mo‘minova
2
1
Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dotsent v.b., kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
2
Andijon davlat universiteti kimyo ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Uzbekistan
Annotatsiya.
Maqolada tukli erva (aerva lanata Juss) pol-pola o‘simligining o‘ziga xos
dorivorlik xususiyatlari va O‘zbekiston hududida madaniylashtirilganligi, bu o‘simlikda turli guruhga
mansub biologik faol moddalar mavjudligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘simlikning suvli ekstrakti
tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlar miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlanib
ular tahlili haqida bayon qilingan.
Kalit
so‘zlar:
аlkaloidlar,
pektinlar,
xolesterin,
fenollar,
diuretik,
arterial gipertenziya, aterogen, niatsin, vitamin PP.
Аннотация:
В статье приведены сведения об уникальных лечебных свойствах травянистого
растения Aerva lanata Juss, его возделывании в Узбекистане, наличии в этом растении биологически
активных веществ, относящихся к различным группам. Методом высокоэффективной жидкостной
хроматографии определено содержание водорастворимых витаминов в водном экстракте растения
и описан их анализ.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
TUKLI ERVA O‘SIMLIGI EKSTRAKTI TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN
VITAMINLAR MIQDORINI YUSSX USULIDA ANIQLASH
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4
Published: 30.04.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
26
7
Ключевые слова:
алкалоиды, пектины, холестерин, фенолы, диуретики, артериальная
гипертензия, атерогенные, ниацин, витамин РР.
Abstract:
The article presents information about the unique medicinal properties of the hairy erva
(Aerva lanata Juss) pol-pola plant and its cultivation in Uzbekistan, as well as the presence of biologically
active substances belonging to various groups in this plant. The content of water-soluble vitamins in the
aqueous extract of the plant was determined by high-performance liquid chromatography and their analysis
was described.
Keywords:
alkaloids, pectins, cholesterol, phenols, diuretic, arterial hypertension, atherogenic,
niacin, vitamin PP.
Language:
Uzbek
Citation:
Abduraimov, Z., & Muminova, M. (2025). DETERMINATION OF WATER-SOLUBLE
VITAMINS IN HAIRY GARDEN EXTRACT BY THE YUSSX METHOD. Universal International
Scientific
Journal,
2(4),
266–272.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1736
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15351016
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
KIRISH
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda dorivor
va ziravor o‘simliklarni rivojlantirishga,
xususan tabiiy boyliklardan samarali va
unumli
foydalanishga
katta
ahamiyat
berilmoqda. Jumladan, “Yovvoyi holda
o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muxofaza
qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta
ishlash va mavjud resurslardan oqilona
foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ
4670-sonli
qarori
sohani
tubdan
rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib
berdi. Shu bilan birga qarorda ilmiy-tadqiqot
va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga
oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy
tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar
bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish,
shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab
borilishini taminlash kabi ustuvor vazifalar
belgilab berilgan[1].
Dorivor o‘simliklar sohasi respublikada
endi rivojlanayotgan, misli ko‘rinmas katta
tabiiy zahirga ega istiqbolli sohalardan biri
bo‘lib, ushbu sohani yana-da rivojlantirish,
ta’lim,
ilm-fan
va
ishlab
chiqarish
integratsiyasini ta’minlash, sohani yagona bir
tizimga birlashishi zamon talabi hisoblanadi.
Dorivor o‘simliklar (lat. Plantae medicinalis) –
bu
xalq
tabobatida,
tibbiyotda
yoki
veterinariya amaliyotida, profilaktika va
davolash
maqsadida
ishlatiladigan
o‘simliklarga aytiladi. Xalqaro tabiatni
qo‘riqlash ittifoqi (IUCN) ma’lumotiga ko‘ra,
tibbiyotda
21
mingga
yaqin
dorivor
o‘simliklar ishlatiladi [2]. Ana shunday
dorivorlik
hususiyati
yuqori
bo‘lgan
o‘simliklardan biri “Tukli erva” dir.
Universal International Scientific Journal
26
8
Tukli erva Afrika, Hidiston, Janubiy
Osiyo, Fillipin va Yangi Gveneya kabi tropik
va subtropik mamlakatlarda tabiiy ko‘p yillik
o‘simlik holida o‘sadi. O‘zbekistonda bu
o‘simlik bir yillik dorivor o‘simlik sifatida
o‘stiriladigan o‘simlik hisoblanib quruq
yalangik tuproqlarda, cho‘l tekisliklarida,
qumli tuproqlarda uchraydi[3].
Tukli erva o‘simligi dorivor o‘simlik
bo‘lib, tarkibida flavonoidlardan (rutin), efir
moyi,
pektinlar,
taninlar,
alkaloidlar,
aminokislotalar,
vitaminlar,
mikro
va
makroelentlar uchraydi. Tukli erva ekstrakti
tarkibidagi alkaloidlarning tuzilishi turli xil
spektroskopik usullar yordamida o‘rganilib
tahlil qilingan[4].
Vitaminlar tirik organizmlarning hayot
faoliyati uchun zarur biologik moddalardir.
Shuningdek
o‘simliklar
tarkibidagi
vitaminlarning ahamiyati esa juda katta
hisoblanadi. Ular tanada muntazam davom
etadigan moddalar almashinuvi, hujayra,
to‘qimalarning o‘sishi va qayta tiklanishi
hamda kasalliklarga qarshi kurashishda faol
ishtirok
etadi.
Oziq-ovqatda
vitaminlar
yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati
pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda
tashqi muhitning noqulay ta’siriga chidami
kamayadi[5].
TAJRIBA QISM
Tukli erva o‘simligi ekstrakti tarkibidagi
suvda eruvchan vitaminlar miqdorini YuSSX
usulida aniqlash.
Tadqiqot Andijon davlat universiteti
huzuridagi “Tovarlar kimyosi va xalq tabobati
ilmiy-tadqiqotlar markazi” da olib borildi.
Vitaminlar insonning yashashi uchun oz
miqdorda zarur bo‘lgan organik birikmalardir.
barcha vitaminlarning ko‘p qismini ovqatdan
olish mumkin. Chunki inson tanasi yetarli
miqdorda vitaminlar ishlab chiqara olmaydi.
Vitaminlar yog‘da eriydigan (A, D, E,
K) va suvda eriydigan (B, C) ga bo‘linadi. Biz
tadqiqotlarimizda suvda eruvchan vitaminlarni
miqdorlarini
o‘rganishni
maqsad
qilib
olganmiz. Buning uchun biz dastlab standart
eritmalar
va
na’muna
ekstraktini
tayyorlashdan boshladik.
Foydalanilgan
reaktiv
va
jihozlar.
Vitamin B12 “Rhydburg Pharmaceuticals”
(Germaniya), C vitamin “Carl Roth GmbH”
(Germaniya), B9 “DSM Nutritional Products
GmbX” dan (Germaniya), B1, B2, B3, B6, PP
vitaminlar “BLDPharm” (Xitoy) olingan.
HPLC darajadagi tozalikda suv, asetonitril,
kimyoviy toza markadagi sirka kislota va
natriy gidroksidi reaktivlaridan foydalanildi.
Tukli erva o‘simligi tarkibidagi suvda
eruvchan vitaminlar miqdorini Yaponiyaning
Shimadzu kompaniyasida ishlab chiqarilgan
LC-40 Nexera Lite yuqori samarali suyuqlik
xromatografida amalga oshirildi [6].
Standart eritmalarni tayyorlash.
C (CAS 50-81-7), B1 (CAS 59-43-8), B6
(CAS 58-56-0), B3 (CAS 59-67-6), B12 (CAS
68–19–9) va PP (CAS 98-92-0) vitaminlarning
eritmalari (100 mg/l) har bir vitaminning 5 mg
dan miqdori 50 ml 0,1 N li HCl eritmasida
eritib tayyorlanadi. B2 (CAS 83-88-5) va B9
(CAS 59-30-3) vitaminlarining standart
eritmalari ushbu vitaminlarning 5 mg ni 50 ml
0,025% natriy gidroksid eritmasida eritib
tayyorlandi. So‘ngra dastlabki B1, B6, B3,
B12, PP vitaminlardan 200 mkl dan olib
aralashtirildi
va
har
bir
vitaminning
konsentratsiyasi 14.286 mg/l dan bo’lgan
eritma tayyorlandi. Shu tariqa 7.143, 3.571,
1.786 mg/l dan standart eritmalar tayyorlandi.
Vitamin C ning ham 286, 143, 71.5, 57.2 mg/l
konsentratsiyali
standart
eritmalari
tayyorlandi. Kalibrlovchi grafik tuzish uchun
0 mg/l konsentratsiya uchun toza suv
ishlatildi.
Namuna ekstraktini tayyorlash.
Suvda eruvchan vitaminlarni ekstraksiya qilish
uchun tekshiriladigan namunadan 1 gr o‘lchab
Universal International Scientific Journal
26
9
olinib, 50 ml hajmli konussimon kolbaga
solindi va 25 ml 0,1 N li HCl eritmasi
qo‘shildi. Aralashma GT SONIC-D3 (Xitoy)
markali ultratovushli vannada 60 oC haroratda
20 daqiqa davomida ekstraksiya qilindi.
So‘ngra aralashma sovitilib, filtrlandi hamda
o‘lchov kolbasida suv bilan 25 ml ga
yetkazildi. Ekstraktdan 1,5 ml miqdori 0,22
mkm li shpritsli filtrda filtrlanib vialaga solindi
hamda analiz uchun foydalanildi.
Xromatografik sharoitlar.
Vitaminlarni aniqlash. Standart eritmalar
va namuna ekstrakti LC-40D nasosi, SIL-40
avtosampleri, SPD-M40 foto-diod matritsali
detektoridan (PDA) iborat LC-40 Nexera Lite
yuqori samarali suyuqlik xromatografi va
LabSolutions ver. 6.92 dasturiy ta’minoti
yordamida tahlil qilindi. Shim pack GIST C18
(150 × 4,6 mm; 5 mkm, Shimadzu, Yaponiya)
teskari fazali kolonkasi hamda asetonitril (A)
va sirka kislotaning suvdagi 0,25 % li eritmasi
(B) dan tashkil topgan gradientli harakatchan
faza (1-jadval) qo‘llanildi. In’ektsiya hajmi 10
mkl, oqim tezligi 0,6 ml/min va kolonka
termostati harorati 40 °C etib belgilandi. Har
bir vitaminning analitik signali (cho‘qqi
maydoni) uchta to‘lqin uzunliklari 265, 291,
550 nm da qayd etildi (1-3 rasmlar). Vitamin
C ni aniqlash uchun 15 daqiqali gradiyent
ishlatildi (2-jadval) va analitik signal 265 nm
to‘lqin uzunlikda o‘lchandi.
1-jadval.
Vitaminlarni aniqlashda harakatchan faza gradiyent dasturi.
Vaqt, daqiqa
Atsetonitril (A), %
0,25 % li sirka kislota (B), %
0
0
100
3
0
100
14
20
80
17
50
50
18
0
100
25
Tugatish
2-jadval.
Vitamin C miqdorini aniqlashda harakatchan faza gradiyent dasturi.
Vaqt, daqiqa
Atsetonitril (A), %
0,5 % li sirka kislota (B), %
0
0
100
2
0
100
6
50
50
6,01
0
100
15
Tugatish
1-rasm.
Vitaminlar standart eritmasining xromatogrammasi.
Universal International Scientific Journal
2
70
2-rasm.
Vitamin C standart eritmasining xromatogrammasi.
OLINGAN NATIJALAR VA
ULARNING MUHOKAMASI
Tukli erva ekstrakti tarkibidagi
vitaminlarni aniqlash. Tukli erva ekstrakti
xromatogrammasi (3-4 rasmlar) olindi
hamda natijalar asosida 100 g namuna
tarkibidagi vitaminlar miqdorlari quyidagi
formula
bilan
hisoblanib
3-jadvalda
keltirildi. 3у
3-rasm.
Tukli erva ekstrakti tarkibidagi vitaminlarni aniqlash xromatogrammasi.
Universal International Scientific Journal
2
71
4-rasm
. Tukli erva ekstrakti tarkibidagi vitamin C ni aniqlash xromatogrammasi.
3-jadval
Tukli erva ekstraktidagi vitaminlarning miqdori va ushlanish vaqtlari.
Vitamin
Ushlanish vaqti,
sek
Konsentratsiya,
mg/l
100 g
namunadagi
miqdor, mg
Vitamin B
1
2,754
0,679
1,698
Vitamin B
3
5,691
3,208
8,020
Vitamin PP
7,522
0,476
1,190
Vitamin B
9
17,03
0,55
1,375
Vitamin B
2
18,832
1,004
2,510
Vitamin B
6
6,273
0,987
2,468
Vitamin B
12
Aniqlanmadi
0
0,000
Vitamin C
4,233
0,139
0,348
Xulosa; Tukli erva ekstraktini
(YuSSX)
usulida
aniqlanib
olingan
natijalar
tahlil
qilinganda
vitaminlar
miqdorlari (100g/mg) quyidagi tartibda
ortib borishini ko‘rishimiz mumkin:
vitamin C˂PP˂B9˂B1˂B6˂B2˂B3.
Vitamin B3 - Niatsin hayotiy oksidlanish-
qaytarilish reaksiyalarida, oqsillar, yog‘lar
va
uglevodlar
almashinuvida,
purin
almashinuvida,
to‘qimalarning
nafas
olishida va glikogenning parchalanishida
ishtirok etadi. Qonda aterogen (xavfli)
lipidlar miqdorini kamaytiradi, kichik qon
tomirlarini
kengaytiradi
va
mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi. Vitamin
PP yetishmovchiligiichki a’zolarni normal
faoliyatiga ta’sir etadi. Chunki bu vitamin
juda ko‘plab jarayonlarda ishtrok etadi.
Umuman olganda tukli ervaning ko‘plab
Universal International Scientific Journal
2
7
2
foydali xususiyatlari jumladan; immun
tizimini yaxshilashda, anemiyada, zararli
xolesterin va toksinlardan tozalashda,
asosan;
buyrakdagi
kasalliklarni
davolashda ishlatilatilishini inobatga olgan
holda
dorivor
choylar,
eritmalar,
damlamalar
tayyorlash
va
tabobatda
foydalanish mumkin. undan tashqari
o‘simlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki qaynatib
iste’mol qilish mumkin. Demak,vitaminlar
tirik organizmlarning hayot faoliyati uchun
zarur biologik moddalardir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son qarori.
2. https://www.agro.uz/dorivor-osimliklar/
3. Аxmedov U., Ergaev А., Аblazov А., Yulchiev M. dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi.
Toshkent 2009 105 b.
4. Zapesochnaya GG, Pervykh LN, Kurkin VA. A study of the herb Aerva lanata III.Alkaloids. Chem
Nat Compd. 1991;27:336–40.
5. Muxiddinova S.M., Aminjonova Ch.A. Vitamin saqlaydigan dorivor o‘simliklarning inson
hayotidagi tutgan o‘rni. Uzbek Scholar Journal Volume- 11, Dec., 2022 www.uzbekscholar.com 44-
49
6. Asqarov, I. R., Abdullayev, S. S. o‘g‘li, Mamatqulova, S. A., Abdulloyev, O. S., & Abdulloyev, S.
X. (2024). Suvda eruvchan vitaminlar miqdorini YUSSX usulida aniqlash metodikasini ishlab chiqish
(chilonjiyda misolida).
7.
Retrieved
from
https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/4679
(https://wach.ru/uz/ovoschevodstvo/svoistva-travy-pol-pola-lechebnye-svoistva-travy-pol-pala.html)
