MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
550
AQLI ZAIF BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA AQLI ZAIFLIKNING TURLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Maxsus pedagogika (logopediya) 2-kurs talabasi
Abdullaeva Nodira Yulchievna
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15237225
Annastatsiya.
Ushbu maqola aqli zaif bolalarning kelib chiqish sabablari, psixologik
xususiyatlari, rivojlanishi, darajalari, bilish faoliyati, ta’lim tizimi, yordamchi maktablarda o’qitish
tizimi haqidagi bayoni.
Kalit so’zlar:
oligofrenopedagogika, aqli zaif, intelektual, stereotip, etiologiya, patalogik,
fonema, serebral, infantilizm, ontogenez.
Sog’lom avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalash g’oyatta mas’ulyatli vazifa va
insonparvar siyosat darajasidir. Jamiyatimizda ro’y berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy o’zgarishlar
jismoniy va ruhiy nuqsonga ega bo’lgan bolalarning ko’payishiga sabab bo’ladi. Bu sayyoramiz
aholisini birdan o’n qismini tashkil etadi. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti malumotlari
dunyoda bunday kishilar soni 13% ga yaqinligini ko’rsatadi. Shundan 3% intelektida kamchiligi
bo’lgan bolalar, 10% turli ruhiy va jismoniy nuqsonga ega bo’lgan bolalardir. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017- yil 1- dekabrdagi PF- 5270- sonli qaroriga muvofiq
“Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash tizimini tubdan
takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risidagi” farmoni ishlab chiqildi. Jamiyatimizning bir
bo’lagi bo’lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo’llab- quvvatlash, ularga ta’lim-
tarbiya berish va sog’lom bolalar qatoridan o’rin egallab o’z qobilyati, imkoniyatlarini ko’rsata
olishiga, ma’naviy kamol topishiga keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Ular uchun barcha
qulayliklarga ega bo’lagan maxsus maktablar mavjud. Yordamchi maktablarda pedagogik
jarayonlarning
nazariy
asosini
maxsus
fan
-oligofrenopedagogika
tashkil
etadi
Oligofrenopedagogika -aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o’qitish haqidagi fan bo’lib, maxsus
pedagogikaning bir bo’lagi hisoblanadi. Aqli zaif bolalar tarbiyasida pedagogikaning
umumpedagogik va didaktik tamoyillarini qo’llash o’ziga xos xususiyatlar kasb etadi. Ta’limiy
materiallarni tanlash va mehnat tayyorgarligini aniqlash, aqli zaif bolalarning jismoniy
rivojlantirish ishlari tuzatish mazmunini kasb etishi kerak. Tuzatish deganda aqli zaif bolalarning
jismoniy va ruhiy nuqsonlarini to’g’rilash, yumshatish, hayotga moslashtirish tushuniladi. Aqli
zaif bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida psixik, intelektual rivojlanishning turg’un
pasayishidir.
F.Platter ruhiy kasalliklardan aqli zaiflikni ajratdi. J.Eskirol birinchi marta «Aqli zaiflik»
anatomiyasini fanga kiritdi. Aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalash nazariyasini yuzaga
kelishida E.Segenning (1812-1880) pedagogik faoliyati katta ahamiyatga ega. 1846-yilda yozgan
«Aqliy normal bo’lmagan bolalarning tarbiyasi, gigienasi va axloqiy davosi» asari
oligofrenopedagogika fanida katta yutuq bo’ldi. Aqli zaif bolalarni o’rganish masalasi alohida
o’rganishni talab etadigan mavzulardan biridir. Aqli zaiflik deganda me’yoriy- ruhiy
rivojlanishdan chetlanib, haqiqiy, real aqliy nuqsonlikka olib keluvchi holat tushuniladi. Bunday
bolalar yordamchi maktablarda ta’lim tarbiya oladilar. Ta’lim jarayonida aqli zaif bolaning
tafakkuri, nutqi, qiziqishlari va bilish qobiliyatlari rivojlanishi bilan birga ahloqi ham rivojlanib
boradi. Ularda jamoada o’zini tutish, mehnatga to’g’ri munosabatda bo’lish kabi fazilatlar vujudga
keladi.
Aqli zaif bolalar umumta’lim maktablari dasturlarini o’zlashtira olmaydi. Aqli zaiflikning
klinik- psixologik ko’rinishida yetakchi nuqson bilish faoliyatining rivojlanmay qolganligidir.
Bilish
jarayonining
pasayishi
fikrlash
operatsiyalari,
psixik
jarayolarning
sur’ati,
harakatchanligining buzilishi, diqqat, xotira va bir qator po’stloq funksiyalarning rivojlanmay
qolganligida namoyon bo’ladi.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
551
Aqli zaiflikning etiologiyasi homilaning ona qornidaligida, tug’ilishida yoki
rivojlanish
davrida
markaziy
nerv
tizimining
genetik
buzilishlari,
jarohatlar,
infeksiyalar,intoksikatsiyalar oqibatida kelib chiqadi. Aqli zaiflikning asosiy formalarini klinik
tavsifi jarohatning patogenezi, salbiy ta’sirning vaqti bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ontogenezning ilk bosqichlarida markaziy nerv tizimining jarohatlanishida (1,5-2 yoshgacha)
birinchi navbatda po’stloq tizimining shakllanishiga zarar yetadi. Jarohatlanishning morfologik
ko‘rinishida va psixik nuqsonning klinik namoyon bo‘lishida rivojlanmay qolish ustun bo’ladi.
Kattaroq yoshda, ya’ni bosh miyaning po‘stloq tizimining nisbatan yetilganroq davrida yuz bergan
salbiy ta’sir natijasidagi nerv tizimining morfologik va klinik ko'rinishda demensiyaning turli
ko'rinishlari ustunlik qiladi.
«Oligofreniya» terminining klinik ko‘rinishi quyidagilar bilan harakterlanadigan holatlarni
nazarda tutadi:
1. Psixik rivojlanmay qolganlikning turg'un harakterdaligi;
2. Intellektual nuqson tuzilishda mavhum tafakkuming zaifligini ustunligi;
3. Progrediyentlikning yo‘qligi.
Oligofreniyaning sabablari turlichadir. Etiologik belgilar bo‘yicha oligofreniya ikkita asosiy
guruhga ajratiladi:
1. Endogen (genetik) ta’sirlar oqibatida kelib chiqqan, irsiy patologiya bilan bog’langan yoki
oilada mavjud bo'lgan yoki ushbu individda birinchi marta paydo bo'lgan oligofreniya;
2. Ekzogen ta’sirlar natijasida (homilalik yoki postnatalontogenezning dastlabki
bosqichlaridagi infeksiyalar, intoksikatsiyalar, bosh miya travmalari) kelib chiqqan oligofreniya.
Tekshirish metodlarining takomillashib borishi munosabati bilan nerv
sistemasining genetik jarohatlanishi sabablariga katta ahamiyat berib kelinmoqda va aqli
zaiflikning
kelib
chiqishidagi
ko‘p
hollar
ana
shu
sabablarga
bog’liq
deb
ko'rsatilmoqda.Oligofreniya intellektual yetishmovchilikning namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra
to‘rt darajaga ajratiladi: yengil, o‘rta, og’ir va chuqur.
F70. Yengil darajadagi aqli zaiflik
Diqqatiini jamlay oladigan va yaxshi mexanik xotiraga ega bo’lgan yengil darajadagi aqli zaif
bolalar maxsus (korreksion) dastur bo’yicha ta’lim olishlari mumkin. Bu dastur aniq-ko’rgazmali
metodlarga asoslangan bo’lib, matematika, yozuv, o‘qish va boshqa fanlarni o‘zlashtirishni ancha
yengillashtiradi, shuning uchun bola uni 9 yil davomida egallay oladi. Keyinchalik bola kasbiy
bilimlami egallab, o‘zi mustaqil ravishda mehnat qila oladi. Yengil darajadagi aqli zaif bolalarda
nutq malakalarini biroz kechikib o‘zlashtiradilar, ulaming ko'pchiligi nutqdan kundalik
maqsadlarda foydalinish, suhbatni qo’llab turish va unda ishtirok etish kunikmalarini egallashga
qodir bo'ladilar. Biroq ulaming nutqiga fonetik buzilishlar, so‘z boyligining cheklanganligi,
so'zlami yaxshi tushunmaslik,qo’llaniladigan so'zlaming ma’nosi aniq bo‘lmasligi kuzatiladi.
So‘zlar muloqot vositasi sifatida to’liq qo‘llaniImaydi.
Faol lug’at passiv lug‘atdan ortda qolishi kuzatiladi. Aqli zaif odam o’zi gapirgandan ko'ra
ko‘proq tushunadi. Faol so‘z boyligi nafaqat cheklangan, balki bir xildagi so’z birikmalarilar bilan
to'lgan bo’ladi. Iboralar sodda, bir xil. Nutqining grammatik qurilishidagi buzilishlar (so'zlaming
gaplarda bog‘lanishi) bog‘lovchilar, ko‘makchilaming kamligida namoyon bo’ladi. Fikrini
ifodalashda, o‘qigan va eshitganini aytib berishda kiyinchiliklar uchraydi. Ba’zi xollarda nutqning
rivojlanmaganligi belgilari kuzatiiadi.
F71. O’rta darajadagi aqli zaiflik
O‘rta darajadagi aqli zaiflik bilish jarayonlarining shakllanmaganligi bilan tavsiflanadi.
Tafakkur konkret, ketma-ketlik yo‘q. Bu kategoriyadagi shaxslarda nutqni tushunish va undan
foydalanish orqada qolib (3-5 yilga kechikib) rivojlanadi, bu sohada to‘lik rivojlanish esa
cheklangan. Ko'pincha nutqi qo'pol nuqsonlar bilan kechadi. So‘z boyligi kam, u ko‘prokq
kundalik hayotda qo'llaniladigan so‘z va iboralardan iborat. O’ziga-o‘zi xizmat ko'rsatish
ko‘nikmaIari yaxshi rivojlanmagan. Motorika rivojlanishning qo‘pol nuqsonlarida bu ko‘nikmalar
shakllana olmaydi. Ko'pincha barmoqlarning differensiyalangan nafis harakatlarini talab qiluvchi
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
552
ko'nikmalar: oyoq kiyim ipini bog’lash, tugmalarni qadash, kiyimdagi bog‘ichlami
bolashni o'zlaslitirish qiyinchiliklar tug‘diradi. Ba’zi bolalar butun umri davomida maishiy
ishlarda nazorat va yordamga muhtoj buladilar.
F72. Og’ir darajadagi aqli zaiflik
Og‘ir darajadagi aqli zaiflikda tafakkur nafaqat o’ta konkret,o’zgarmas ,balki
umulashtirishdan qobiliyatidan umuman shakllanmaydi. Ulaming ko‘pchiligida motor
funksiyalarining rivojlanmaganligi, koordinatsiya buzilishi va boshqa birgalikda kechuvchi
patologiyalar yaqqol namoyon bo‘lishi kuzatiiadi.
Bu shaxslar o‘ziga-olzi xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini katta qiyinchiliklar bilan
o‘zlashtiradilar. Ulaming bir qismi xatto tugma qadash va bog‘ichlami bog’lashni ham o‘rgana
olmaydilar.
Og‘ir darajadagi aqli zaif bolalaming ta’limi o’ziga -o’zi xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini
mashq qilish va atrof-muhitda mo‘ljal olishni o‘rganish, muloqotni rivojlantirish bilan cheklanib
qoladi.
Odatda intellektual buzilishlar yaqqol nevrologik patologiyalar: falajlik, parezlar bilan birga
kechadi. Ularda skelet, bosh suyagi, qo‘l-oyoq, teri va ichki a’zolaming rivojlanishini buzilishi,
displastik tana tuzilishi kuzatiladi.Bu patologiyaga ega odamlarga doimiy yordam va qo’llab-
quwatlash talab qilinadi.
F73
.
Chuqur darajadagi aqli zaiflik
Bu bolalarda qo'yiladigan talablar yoki ko‘rsatmalarni tushunish yoki bajarish qobiliyati
cheklangan. Ularda diqqat, idrok, xotira rivojlanmagan. Tafakkuming elementar
jarayonlari mavjud emas. Ko‘pincha nutq o‘miga alohida tushunarsiz tovushlar yoki o‘zlari
ma’nosini tushunmaydigan so‘zlami qo’llaydilar.Bunday bolalaming ko‘pchiligida motorikaning
og‘ir buzilishlari kuzatiiadi, ular butkul harakatsiz yoki harakatlari keskin chegaralangan bo'ladi,
siydik va axlatni ushlab tura olmaydilar, ular bilan fakat rudimentar shaklda muloqot qilish
mumkin. Ular o‘zlarining asosiy extiyojlari haqida qayg‘ura olmaydilar yoki bu xususiyat juda
sust, va doimiy yordam va qo‘llab-quvvatIashga muhtojlar.
Extiyoj va harakatlar juda sodda, harakat reaksiyalari - tartibsiz, maqsadga yo‘naltirilmagan,
stereotip u yoqdan bu yoqqa qimirlash, tashqi sababsiz qo‘zg‘alish kuzatiladi. Ma’lum
analizatorlar buzilishi natijasidagi oligofreniyada miyaning umumiy rivojlanmaganligi bilan bir
qatorda ma’lum bir zonalar buzilishi ham kuzatiladi. Bunda aqli zaiflik ko'rish, eshitish, nutq,
tayanch-harakat a’zolardagi buzilishi birgalikda keladi.Nutq sistemasining og'ir buzilishi
natijasidagi oligofreniyada nutqdagi kamchiliklar ko'pincha psixikaning birlamchi rivojlanmay
qolishiga olib keladi. Ko’rgazmali qurollarsiz o'tkazilgan nutq yo'nalishidagi topshiriqlar bolalarda
katta qiyinchiliklar uyg'otadi, sodda so'zlarni to’g’ri yozishda, bu so'zlarni buzib talaffuz qilinishi,
tovush-harf taxlili jarayonidagi qiyinchiliklar fonematik idrokning rivojlanmaganligi eshitilishi
bo'yicha o’xshash tovushlami ajrata olmaslikda namoyon bo'ladi.Oligofreniyada bosh miya motor
zonasidagi kamchiliklar, intellektual kamchiliklari ko'pincha serebral falajlik ko'rinishlari bilan
birgalikda keladi. Harakat analizatorlarida bo'lgan kamchiliklar intellektual nuqsonlardagi o'ziga
xoslikni keltirib chiqarib, fazoni idrok etishda, sodda hisoblashga doir topshiriqlami bajarishda
qiyinchiliklami yuzaga keltiradi.Psixik jaryonlaming buzilishlari ba’zi analizatorlardagi o’zgarish
va kamchiliklar bilan uyg'unlashgan holdagi oligofreniyaning etiologiyasi turlichadir.Bunga
moddalar almashinuvi jarayonini buzilishlari bilan bog’liq genetik shakllari, xomilalik davridagi
buzilishlar, masalan (rezus omillar), tug'ilishdagi va ilk rivojlanish davridagi jarohatlar kiradi.
Xulosa:
Mavzu bo'yicha adabiyot manbalarining tahlili shuni ko'rsatdiki, aqli zaif bolalardagi nuqson
xoxish istakning yetishmasligidir. Bu bolalar tez charchaydi uzoq muddat diqqatini biror nuqtaga
ta’limga qaratmaydi. Shuning uchun bu bolalarda dars vaqtida chalg’ib turishlar o’z xoxish
istaklari bilan emas balki bosh miyalarida yuz bergan kasallikning natijasidir. Aqliy zaifligi
bo'lgan deyarli barcha bolalarda oddiy bolalarga nisbatan atrof-muhitga qiziqish yo'qligi yoki
sezilarli darajada pasayishi, umumiy patologik inertsiya mavjud bo'lib, ular baland ovozda,
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
553
asabiylashishni istisno qilmaydi. Bolada tadqiqotchilar idrok etish jarayonining yetarli
darajada rivojlanmaganligini qayd etadilar.Qoidaga ko'ra, aqli zaif bolalar asosiy nutqni faqat 4-5
yoshda o'zlashtiradilar. Nutqning grammatik tomoni kam rivojlangan. Aqli zaif bolalarning
xususiyatlarini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ularning rivojlanishi biologik kamolotning
kechikishi, aqliy infantilizm fenomeni va moslashuv qobiliyatlarning pasayishi bilan tavsiflanadi.
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy takidlaganidek “Odamlarda ta’lim-tarbiyaga qobiliyat
turlichadir. Birovlar bu qobilyatga ega boshqalar esa mahrum. Mahrumlar mashaqqatli mehnat,
intilish, tirishqoqlik orqali tushunishlari mumkin” deb aytgani bejiz emas. Nuqsonlilar ta’lim-
tarbiyasida shaxsni o’rganib muomila qilish muhim ahamiyatga egadir.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1.Logopediya - M. Ayupova Toshkent 2007.
2.Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diognostikasi - D.A.Nurkeldiyeva,
M.U.Hamidova Toshkent 2016
3.Maxsus pedagogika - P.M. Po’latova Toshkent 2005
