Mualliflar

  • O'lmasxon Urayimjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • O'lmasxon Urayimjonova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti maxsus pedagogika: logopediya yo'nalishi 102- guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86231

Kalit so‘zlar:

tashqi nutq organik funksional

Annotasiya

Ushbu maqolada asosan, nutqida kamchiligi boʻlgan bolalarni nutqiy rivojlanishi, nutqiy kamchiliklarni kelib chiqishi sabablari, logopadlar bilan ishlashda logopedning ro'li va nutq hosil bo'lish jarayonlari keltirilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

521

MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQIDA KAMCHILIGI BOR BOLALAR

BILAN ISHLASHDA LOGOPEDNING ROLI

Andijon davlat pedagogika instituti

maxsus pedagogika: logopediya yo'nalishi

102- guruh talabasi Urayimjonova O'lmasxon

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15236948

Annotatsiya:

Ushbu maqolada asosan, nutqida kamchiligi bo

ʻ

lgan bolalarni nutqiy

rivojlanishi, nutqiy kamchiliklarni kelib chiqishi sabablari, logopadlar bilan ishlashda logopedning
ro'li va nutq hosil bo'lish jarayonlari keltirilgan.

Kalit so'zlar:

tashqi nutq, organik, funksional, tovush, fonematik idrok,

Hozirgi kunda nutq kamchiliklarining ortib ketishi sezilarli darajada ko'zga tashlanmoqda.

Nutqdagi kamchiliklar asosan, har bir davr, bog'chagacha, maktabgacha va maktab davrlarida turli
xil ko

ʻ

rinishda namoyon bo

ʻ

ladi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalik, nutqni o'zlashtirishga

sezgir bo

ʻ

ladi. Shuning uchun nutqni rivojlantirish jarayonini zamonaviy maktabgacha ta

ʼ

limda

bolalarni tarbiyalash va o'qitishning asosi sifatida ko'rib chiqish muhim sanaladi. Og'ir nutq
kamchiliklari, ko'rishda, eshitishda, hamda aqliy faoliyatida kamchiligi bo

ʻ

lgan bolalar uchun

yurtimizda ko'plab inkulyuziv ta'limlar tashkil etilgan. Bu bilan barcha bolalar ya'ni kamchiligi
bo'lgan bolalar ham ta'lim olishlari mumkin. Bu haqda Salamanka Bayonoti va ish faoliyat rejasida
" Ta'lim hamma uchun " shiori ilgari surilmoqda.[4. 6-bet] Respublika ta'lim markazi YUNESKO
tashkiloti bilan hamkorlikda 2001- yilda " Inkulyuziv ta'lim " mavzusida seminar o'tkazilib, uning
tavsiyasiga asosan, Respublika Ta'lim markazi maxsus ta

ʼ

lim bo'limi qoshida "Inkulyuziv ta'lim

resurs markazi" tashkil etildi.[4. 7-bet] L. S. Vigotskiy ham umumiy va maxsus ta

ʼ

limni

uyg'unlashtiradigan ta'lim tizimini tashkil etish, ya'ni maxsus yordamga muhtoj bolalarni
inkulyuziv ta'lim tizimida o'qitishni aytib o

ʻ

tgan.[4. 17bet]

Nutq nuqsoni logopediya fanida tilning me'yoridan chetga chiqish sababli hosil bo

ʻ

ladi.

Biz birinchi navbatda, nutqning qanday hosil bo'lishi va shu hosil bo'lish jarayonida kelib
chiqadigan nutqiy kamchiliklar haqida fikr yuritamiz. Nutq ya'ni biror bir gapni gapirish uchun
bolada avval xohish, istak ya'ni motiv bo'lishi kerak. Bola gapirishni xohladimi, unda sekin fikr
uyg'onadi. Shu tariqa bolada ichki rejalashtirish jarayoni kechadi. Bu ichki rejalashtirish jarayoni
asosan, 2 xil jarayonni o'z ichiga olib,

1) leksik kuchaytirish
2) grammatik konstruksiya jarayonlaridir.
Bola nutqni hosil qilishda avval, aytmoqchi bo

ʻ

lgan gapini tartibga soladi ya'ni qaysi

bir so

ʻ

zni birinchi qo'llash kabi holatlarda bo

ʻ

lib, bu leksik kuchaytirish bilan bog

ʻ

liq holatdir.

Grammatik konstruksiyada bola aytmoqchi bo

ʻ

lgan gapiga asos qo'shimchalar qo'shadi, ya'ni

dadamga degan so'zda, " da " qo'shimchasi ushbu jarayonda qo'shiladi. Bu barcha jarayonlar ichki
nutq sanalib, bosh miyaning markaziy bo'limi bilan bog

ʻ

liq. Asosan, nutqiy kamchiliklar shu ichki

nutqda paydo bo'ladi. Asos qo'shimchalar qo'shilgandan keyin mator ishlab chiqarish jarayoni
kechib, bunda aniq nutq hosil bo'lib, tashqariga chiqariladi. Bu jarayonlar tashqi nutq sanalib, bosh
miyaning periferik bo'limi bilan bog

ʻ

liq. Bu nutq hosil bo'lish jarayonini L. S. Vigotskiy shogirdi

Leontov quyidagicha tasniflaydi.

1) motiv; 2) fikr;
3) ichki rejalashtirish: leksik kuchaytirish va grammatik konstruksiya
4) mator; 5) tashqi nutq:[2. 54-bet]
Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablari asosan, funksional va organik bo

ʻ

ladi.

Organikasida, nutq hosil bo'lishda ishtirok etuvchi artikulyatsion a'zolar ya'ni, til, tish, yumshoq
tanglay, jag

ʻ

, uzlechka, labdagi o'zgarishlar misol bo

ʻ

ladi. Bu degani aniq ko'z bilan ko'rib

bo'ladigan nutqiy kamchiliklar. Funksional noto

ʻ

g

ʻ

ri nutqiy malaka sanalib, asosan, ota-ona,

tarbiyachi, o'qituvchilar nutqiy kamchiliklariga taqlid qilish natijasida hosil bo

ʻ

ladi.[2. 57-bet]


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

522

Bolalarda tovushlar talaffuzining buzilishi, tovushining nutqda yo'qligi ularni buzib

talaffuz etish, bir biri bilan almashtirish holatlari kuzatiladi. Tovushlar talaffuzidagi holatlarni biz
logopediyada qabul qilingan klassifikatsiya ya'ni nuqsonli tovushlarni guruhlarga taqsimlash (
sonor, shovqinlik, sirg

ʻ

aluvchi, jarangli, jarangsiz) asosida tahlil qilamiz. Bu jarayonlarda shunday

holatlar bo'ladiki, bunda tovushlarni bir so'zda to'g'ri talaffuz etsa, boshqa so'zlarda esa boshqa
tovushlarga almashtiradi. Buning natijasida bolalarning nutqida tovushlar differensiatsiyasining
buzilishi aniqlanadi.[1.62bet] Tovush eng kichik birlik sanalib, eng murakkabi gap hisoblanadi.
Bola nutqining rivojlanishi uchun uning lug

ʻ

at boyligi ham boy bo'lishi kerak. Bola nutqi

rivojlanishi asosan, bir necha davrlarda kuzatiladi. Davrlashtirishni tuzgan olim A. N. Leontov
nutq shakllanishini 4 davrga bo'lib ko'rsatadi.

1) Tayyorlov davri - 1 yoshgacha
2) Bog

ʻ

chagacha bo'lgan davr - 3 yoshgacha

3) Maktabgacha bo

ʻ

lgan davr - 7 yoshgacha

4) Maktab davri [1. 63- bet]
Har bir davrda bolaning o'ziga xos nutqiy malakalari shakllanadi. Shu rivojlanishi

paytida, bola nutqida turli kamchiliklar kelib chiqishi mumkin. Biz o'rganayotgan davr, uchinchi
ya'ni maktabgacha tarbiya davri sanalib, bu davrda bolalar artikulyatsion jihatdan oson talaffuz
etiladigan: lab-lab, lab-tish undoshlari - p, b, m, v, f va boshqalarni o

ʻ

rganadilar. Artikulyatsion

jihatdan talaffuz etilishi qiyin bo

ʻ

lgan sirg

ʻ

aluvchi (s, z, sh, ch, j), sonorlar (r, l) va til orqa (q, g)

tovushlarni talaffuz qilishda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto

ʻ

g

ʻ

ri

qo'llaydilar.[1. 72-bet] 3 - 7 yoshli bola o'z nutqini nazorat qila oladi. Chunki, bu yoshda ularning
eshitish malakalari rivojlangan bo'ladi. Bu davrda fonematik idrok va lug

ʻ

at boyligi ham o'sib,

shakllanib boradi. 4 - 6 yoshda bolaning lug

ʻ

at boyligi 3000-4000 so'zga yetadi. Bola 4 yoshida

sodda va murakkab gaplardan, 5 yoshida qo'shma gaplardan foydalana oladilar.[3. 76-bet]
Shuningdek, bola nutqi har bir davrida sekin - astalik bilan rivojlanib boradi. Bola dastlab tilga
kirgan paytida, nutq tovushlarini mukammal ayta olmaydilar, so'zlarni noto

ʻ

g

ʻ

ri talaffuz qilish

bilan tovushlarni buzib, birining o'rniga boshqasini qo'yish, tovushlarni o'rnini almashtirish
holatlari kuzatiladi. Buning uchun bolaning lug

ʻ

at boyligi boy bo'lishi va ota - onaning bolaga

nutqni to'g'ri talaffuz qilishida, boshqacha nom bilan aytadigan so'zlarni ham to'g'ri gapirib,
o'rgatish kerak. Asosan, nutqni shakllanishida ota - ona, tarboyachi va atrof muhit ta'sir etadi.
Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi, qayerda, qanday holatda kechishini aniqlashda ko'plab
metodika va tadqiqotlar qo'llaniladi. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi murakkab nutqiy
nuqsonlarga ega bolalarni yozma nutq funksional negizini xususiyatlarni aniqlash va o'rganish
maqsadida quyidagi metodlar qo'llaniladi.

- suhbat;
- hujjatlarni o'rganish;
- o'yin shaklidagi tovushlar tizimi;
- bolalarni turli faoliyat davomida kuzatish:
Tadqiqot 2016 - yil davomida Toshkent shahar Chilonzor tumani 368 - maxsus

maktabgacha ta

ʼ

lim muassasasida hamda 215 - maxsus maktabgacha ta

ʼ

lim muassasasida olib

borildi. 5 - 6 yoshdagi 20 nafar bola ishtirok etdi.[1. 73-74betlar] Nutq kamchiliklari ko'p hollarda,
biologik va ijtimoiy omillarning birgalashib ta'sir o'tkazishi natijasida paydo bo'ladi.[2. 55-bet]
Logopedik ishning samaradorligi nutq kamchiliklari kelib chiqishi sabablari, mexanizmlari,
turlarini to'g'ri aniqlashga bog'liqdir. Bu o'rinda ontogenetik, etiopatogenetik prinsiplarning
ahamiyati katta. Nutq kamchiliklarini o'rganish, aniqlash va ularni bartaraf etishda logoped barcha
didaktik prinsiplarga tayangan holda ish tutadi. Logopedik ishni tashkil etishda, har qaysi bolaga
xos xususiyatlarni hisobga olib, bilim, ko'nikma, malakalarni puxta o'zlashtirish, ta'limning
o'quvchilarga xos bo'lishi, ta'lim va tarbiyaning birligi prinsiplariga amal qilishi, onglilik, aktivlilik
va mustaqillik kabi pirinsiplarning ahamiyati katta.

Xulosa qilib aytganda, nutqida kamchiligi bo'lgan har bir yosh davridagi bolalar

bilan korreksion -pedagogik ish olib borish, nutq kamchiliklarni oldini olish, keltirib chiqaruvchi


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

523

sabablarini erta aniqlashda logopedning roli katta ekan. Logoped logopat bilan ishlash

jarayonida uning psixologik xarakterini bilishi, logopetda lug

ʻ

at boyligi kuchli bo'lishi, bilan

boladan suhbat jarayoni qiziqarli va maroqli o'tkaziladi. Bolaga qiziqarli savol javoblar orqali
murojaat qilish ular bilan yaxshi muloqot o'rnatish imkoniyatini beradi. Nutq kamchiliklarni erta
oldini olish uchun ota-onalarga yuklatiladigan asosiy vazifa bu erta logopedlarga murojaat
qilishlari so'raladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. L. R. Mo'minova " Nutq kamchiliklarni bartaraf etish texnologiyalari " Toshkent 2017 y

62-74 betlar.

2. Raxmonova.. V. S " Korreksion pedagogika va logopediya " Toshkent 2007 y. 54-57

betlar.

3." Rivojlanishida murakkab nuqsoni bo

ʻ

lgan bolalar psixologik - pedagogik tasnifi " N. S.

Musayeva, S. Po'latova. Toshkent 2016y.76 bet.

4."O'zbekiston Respublikasida inkulyuziv ta'lim tizimini joriy etilishi" 6-7, 17 betlar.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

L. R. Mo'minova " Nutq kamchiliklarni bartaraf etish texnologiyalari " Toshkent 2017 y62-74 betlar.

Raxmonova.. V. S " Korreksion pedagogika va logopediya " Toshkent 2007 y. 54-57 betlar.

" Rivojlanishida murakkab nuqsoni boʻlgan bolalar psixologik - pedagogik tasnifi " N. S. Musayeva, S. Po'latova. Toshkent 2016y.76 bet.

"O'zbekiston Respublikasida inkulyuziv ta'lim tizimini joriy etilishi" 6-7, 17 betlar

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари