Mualliflar

  • Madinaxon Maxmudova
    Qo'qon davlat pedagogika instituti
  • Nilufar Abilova
    Qo‘qon davlat pedagogika universiteti

Muallif tarjimai holi

  • Madinaxon Maxmudova, Qo'qon davlat pedagogika instituti

    Qo’qon davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika kafedrasi dotsenti, PhD

  • Nilufar Abilova, Qo‘qon davlat pedagogika universiteti

    Logopediya yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86234

Kalit so‘zlar:

duduqlanish korreksiya kompensatsiya

Annotasiya

Mazkur maqolada duduqlanishning sodir bo‘lishi, uning davom etish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar har bir aniq jarayoni uchun pedagogik-davolash yo‘li bilan ta’sir etishning asosiy shaklini tanlashga imkon beradi. Harakatlarda duduqlanish bilan birga sodir bo‘ladigan buzilishlar miqdori harakatli mashqlar, yoyinki, hatto turkum davolash badan tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazishning samaradorligi haqida so‘z boradi


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

515

DUDUQLANUVCHILARNI KO‘RIKDAN O‘TKAZISHDA KOMPLEKS

YONDASHUV

Qo’qon davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogika kafedrasi dotsenti, PhD

Maxmudova Madinaxon Sobirxonovna

Logopediya yo‘nalishi talabasi

Abilova Nilufar Bahodirjon qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15236623

Annotatsiya;

Mazkur maqolada duduqlanishning sodir bo‘lishi, uning davom etish

xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar har bir aniq jarayoni uchun pedagogik-davolash yo‘li bilan
ta’sir etishning asosiy shaklini tanlashga imkon beradi. Harakatlarda duduqlanish bilan birga sodir
bo‘ladigan buzilishlar miqdori harakatli mashqlar, yoyinki, hatto turkum davolash badan tarbiya
mashg‘ulotlari o‘tkazishning samaradorligi haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar;

duduqlanish, korreksiya, kompensatsiya, kompleks, logoped,

Duduqlanuvchini ko‘rikdan o‘tkazish kompleks ravishda (logoped, nevropatolog, psixolog),

zaruriyatga qarab boshqa mutaxassislarni: pediatr, terapevt, psixiatr, okulist, otolaringolog va
boshqalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.

Ko‘rikning mazmuni anamnestik ma’lumotlarni, pedagogik, psihologik va tibbiyot

hujjatlarni o‘rganishni, duduqlanuvchining o‘zini ham tekshirib ko‘rishni o‘z ichiga oladi.

Logoped ota-onalar bilan suhbatlashish jarayonida oilada sodir bo‘lgan eng muhim

voqealarni aniqlaydi va shu munosabat bilan bolaning umumiy, harakat va nutqiy rivojlanish
xususiyatlarini aniqlashtiradi. Bola tug‘ilishigacha bo‘lgan davrning asosiy jihatlari: bolaning
tug‘ilishi paytida onaning yoshi (35 yoshdan kuyi yoki yuqori), ruhiy-asab jihatdan salomatligi,
ota yoki onaning kasalliklari, homiladorlikning o‘tib borishiga baho beriladi. Ota va onaning bola
tug‘ilgunigacha bo‘lgan salomatligi haqidagi ma’lumot uning jismoniy va ruhiy-asab holatidagi
og‘ishlarni aniqlashga imkon yaratadi. Bolaning ona qornida rivojlanishdagi noxush omillarni
aniqlash ularning bola nutqining keyingi rivojlanishiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini aniqlashga
yordam beradi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan og‘ishlar, bolaning natal va postnantal rivojlanish davrlaridagi

salbiy ko‘rinishlar mutaxassislar tomonidan duduqlanishning kelib chiqishi va kechishini
mukammal o‘rganish maqsadida tahlil etiladi va baholanadi.

Ota-onalar bilan suhbat davomida bolaning nutqiy rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar:

dastlabki tovushlar, baland ovoz, gu-gulash, birinchi so‘zlar, iboralarning qachon paydo bo‘lgani,
qanday nutq sur’atini qo‘llanishi, atrofdagilar bilan muloqot paytida alohida xususiyatlar bo‘lgan-
bo‘lmagani (bolaning ota-onalari yoki yaqin kishilari duduqlanish-duduqlanmasligi, tez gapirish-
gapirmasligi) aniqlanadi.

Bolaning oiladagi tarbiyalanish masalasini o‘rganishga: kattalarning. unga nisbatan

munosabati (suyish, erkalash, injiqlik yoki, aksincha, haddan ortiq qaltis munosabat, jismoniy
jazolash, qo‘rqitish yo‘qmi); bola nutqining to‘g‘ri shakllanishida yordam ko‘rsatish (murakkab
matnlarni o‘rganishda me’yorning buzilishi yo‘qmi) yoki aksincha, uning tovushlarni to‘g‘ri
talaffuz etishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashishi ustidan nazoratning umuman yo‘qligi va
boshqalarga e’tibor beriladi.

Duduqlanish va uning dastlabki alomatlari qachon paydo bo‘ldi? U tashqi ko‘rinishda

qanday aks etgan? Qanday taxminiy sabablar uni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin? U qanday
rivojlandi, uning qanday muhim jihatlari ota-onalarning e’tiborini tortdi: u bilan bog‘liq bo‘lgan
harakatlar (tortishish, qo‘l-oyoqni o‘ynatish, boshni liqillatish va boshqalar) yoki nutqdagi
kamchiliklar (ortiqcha so‘zlar, tovushlar yo‘qmi, nafas olishda alohida tovush va so‘zlarni talaffuz
etmaydimi va boshqalar) yo‘qmi? U vaziyat yoki atrofdagilar, turli xil faoliyatlarga bog‘liq holda
qanday paydo bo‘ladi? Bola tanho holda (masalan, o‘zining o‘yinchoqlari bilan) qanday gapiradi?


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

516

Nutqning yomonlashuv yoki yaxshilanish bosqichi nima bilan bog‘langan? Bola

o‘zidagi nutqiy kamchilikka qanday munosabatda bo‘ladi? (e’tiborini qaratadi, ahamiyat
bermaydi, befarq kuyinadi, uyaladi, yashiradi, gapirishga qo‘rqadi va boshqalar).

Ota-ona yordam so‘rab murojaat qilishganmi: qayoqqa, qachon, qanday tavsiyalar berilgan,

natijalari qanaqa?

Duduqlanishning sodir bo‘lishi, uning davom etish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar har

bir aniq jarayoni uchun pedagogik-davolash yo‘li bilan ta’sir etishning asosiy shaklini tanlashga
imkon beradi. Harakatlarda duduqlanish bilan birga sodir bo‘ladigan buzilishlar miqdori harakatli
mashqlar, yoyinki, hatto turkum davolash badan tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazishni taqozo etadi.

Duduqlanuvchidagi ruhiy ko‘rinishlar xususiyati logopeddan unga ta’sir ko‘rsatishning

quyidagi rejasini ham ko‘rib chiqishni talab qiladi: o‘zining nuqsoniga nisbatan diqqatini
chalg‘itish, uning o‘ziga, o‘z nutqiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, uni o‘zining to‘g‘ri
nutqini eshita bilishga o‘rgatish.

Bola haqidagi, unda duduqlanishning paydo bo‘lish va o‘tib borish tarixi to‘g‘risidagi

ma’lumotlar aniqlangandan so‘ng, duduqlanuvchining nutqi va uning nutqiy faoliyatiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadigan nutqsiz jarayonlar tekshiriladi.

Uning kirishimliligi, harakatlari (motorikasi), taqlidchanligi, sust va tezkor nutqi, o‘yin,

o‘qish, ishlab chiqarishdagi faoliyati, duduqlanuvchining shaxsiy xususiyatlari tekshirib ko‘riladi.
Duduqlanuvchini unga tuzatish-tarbiyalash orqali ta’sir qilish jarayonida birlamchi (bolaning
maktabgacha tarbiya yoshida nutqni tarbiyalash muassasasiga kelgandagi dastlabki oy yoki
maktab logopediya bo‘limida, duduqlanuvchi bolalar sanatoriysiga kelgandagi dastlabki ikki hafta
davomida) yoki dinamik o‘rganish farq qilinadi.

Shunday qilib, duduqlanuvchidagi tortishishning qaytalanish tezligi logoped uchun alohida

qiziqish o‘yg‘otadi. U nutqning saqlangan qismlari haqida fikr yuritishga imkon yaratadi, bola
bilan dastlabki nutqiy mashg‘ulotning qanchalik to‘g‘ri va samarali boshlanishi bevosita unga
bog‘liq bo‘ladi. Erkin nutq darajasini o‘rganish uning nutqiy mustaqilligidagi turli darajalardan
duduqlanishning paydo bo‘lishidagi bog‘liqlikni aniqlash bilan boshlanadi. Uning ota-onalari,
do‘stlari, qiziqishlari va hokazolar haqidagi suhbatda bolaning nutqiy harakati, nutqiy
tortishishning alohida jihatlari aniqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

5.

Azizxo‘jayev

а

N.N Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat -T.: 2008

6.

Ahmedova Z.M, Ayupova M.Yu, Hamidova M.P Logopedik o‘yin “O‘zbekiston

faylasuflar milliy jamiyati” nashriyoti – T.: 2013

7.

Adilov.P Psixokorreksiya“Nukus”, 2012

8.

AyupovaM.Yu. Logopediya. - T.: “O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati”

nashriyoti, 2007

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Azizxo‘jayevа N.N Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat -T.: 2008

Ahmedova Z.M, Ayupova M.Yu, Hamidova M.P Logopedik o‘yin “O‘zbekiston

faylasuflar milliy jamiyati” nashriyoti – T.: 2013

Adilov.P Psixokorreksiya“Nukus”, 2012

AyupovaM.Yu. Logopediya. - T.: “O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati”

nashriyoti, 2007