Mualliflar

  • Ruxshona Satimboyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Ruxshona Satimboyeva , Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi, 1-bosqich, 104-guruh talabasi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86235

Kalit so‘zlar:

inklyuziv ta’lim individual reja

Annotasiya

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning kelib chiqishi, ahamiyati va maqsadi haqidagi fikrlar keltirilgan. Alohida ta’lim ehtiyojiga muhtoj bo‘lgan bolalarning qo‘llab-quvvatlanishi, huquqlari, individual yondashish, ularni sifatli ta’lim bilan ta’minlash va ular uchun imkoniyatlar yaratilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

512

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INKLUZIV TA’LIMGA MUHTOJ BO‘LGAN

BOLALAR BILAN ISHLASH

Andijon davlat pedagogika instituti,

Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti,

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi, 1-bosqich, 104-guruh talabasi

Satimboyeva Ruxshona Xayrullo qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233997

Annotatsiya

: Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning kelib chiqishi,

ahamiyati va maqsadi haqidagi fikrlar keltirilgan. Alohida ta’lim ehtiyojiga muhtoj bo‘lgan
bolalarning qo‘llab-quvvatlanishi, huquqlari, individual yondashish, ularni sifatli ta’lim bilan
ta’minlash va ular uchun imkoniyatlar yaratilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

inklyuziv ta’lim, individual reja, imkoniyati cheklanganlar,

qarorlar,defektologiya, reabilitatsiya, mexanizm, pedagoglar tarkibi, toifalar, tarbiyaviy va
ijtimoiy, korreksion sinflar.

Ruhiy hamda jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ta’limiy,

tarbiyaviy, rivojlantiriuvchi ish olib borish, ijtimoiy jamiyatga adaptatsiyalash, imkoniyatlaridan
foydalanib, о‘z-о‘ziga xizmat qila oladigan va jamiyatga ma’lum darajada nafi tegadigan qilib
voyaga yetkazish har bir davlatning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Zero,
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevnig ta’biri bilan aytganda “Har qanday xalqning ma’naviyati shu
jamiyatda yashovchi nogironlarga bо‘lgan e’tibori bilan ham belgilanadi”.

“Inklyuziv ta’lim” tushunchasiga ta’rif berishdan oldin “inklyuziv” atamasiga to‘xtalib

o‘tsak. "Inklyuziv taʻlim" atamasi inglizcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “oʻz ichiga
oladi” deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni sogʻligi
cheklanmagan odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Inklyuziv ta’lim esa millati, irqi,
tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy va ma’naviy ahvoli, oilasining jamiyatda tutgan
о‘rni, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiligi bо‘lishidan qat'iy nazar barcha bolalarni teng
kо‘rish, ulardagi har qanday imkoniyatni qо‘llab-quvvatlashni nazarda tutadigan ta’lim
hisoblanadi.

Takomillashgan ilk qadam davlat o‘quv dasturining 2-bob, 4-bo‘limida:

“Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-
quvvatlash jamoaviy ish”

3

hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti

rahbari javobgar bo‘ladi va zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim
tashkiloti rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola hamda uning
rivojlanishi uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi” degan fikrlar aytib
o‘tilgan.

Ta’lim tashkilotlarimizda sog‘lom va imkoniyati cheklangan bolalarning birgalikdagi

ta’lim tizimining joriy etilishi yurtimizda xalqaro inson huquqlari me’yorlariga mos islohotlar
amalga oshirilayotgani juda ham quvonarli.

Inklyuziv ta’lim bu barcha o‘quvchilar, shu jumladan imkoniyati cheklanganlar ham

o‘z tumanlaridagi umumta’lim maktablarida oddiy sinflarda, yoshlariga muvofiq bilim olish uchun
kerak bo‘lgan yordamni olganlari va maktab hayotidagi barcha jabhalarda ishtirok etishlari hamda
o‘z hissalarini qo‘shishlarini anglatadi. Inklyuziv ta’lim barcha bolalarga – ta’limda asosiy
ehtiyojga muhtoj bo‘lgan va bo‘lmaganlarga ham ijobiy tarzda tarbiyaviy va ijtimoiy ta’sir qiladi.
Butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, O‘zbekiston
Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni kabi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha,
barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat
qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topib ketish huquqlariga egadirlar. Bola huquqlari haqidagi

3

DAVLAT O‛QUV DASTURI /TAKOMILLASHTIRILGAN IKKINCHI NASHR/ Тoshkent-2022


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

513

Konvensiyaning 19-moddasiga ko‘ra “Bola ota-ona yoki har qanday boshqa shaxs

tomonidan haqoratlanishi, qo‘pol muomalada bo‘lishdan himoyalanish huquqiga egaligini
inobatga olib, ayrim mamlakatlarda ilgarilari ishlatiladigan atamalardan “defektologiya”, “anomal
bolalar”, “aqlan zaif” kabi va boshqalardan voz kechmoqdalar.”

4

XIXasrning 20-yillaridan beri defektologiya fani – jismoniy yoki ruhiy

rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan sifatida o‘rganilib
kelinmoqda. Hozirgi kunda bu fan «Korreksion pedagogika» deb ham yuritilmoqda. “O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi”da, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda
ta’kidlanganidek, respublikamizda barcha fuqarolar teng huquqqa ega. Alohida yordamga muhtoj
bolalar jamiyatimizning teng huquqli fuqarolari hisoblanadi. Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan
bolalar uchun tashkil etilgan ta’lim tizimida birinchi navbatda bolaning talablari o‘rganiladi, ijobiy
tomonlari, qobiliyati hisobga olinadi, kamchiliklari o‘rganiladi.

Alohida yordamga muhtoj bolalar uchun o‘quv jarayonini tashkil qilishda, ularning ijtimoiy

maishiy moslashuvini amalga oshirish jarayonida, o‘ziga xos tomonlarini aniqlashda

tibbiy-

ijtimoiy reabilitatsiya ishlari amalga oshiriladi.

bola shaxsining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari

ijtimoiy reabilitatsiya

orqali esa

rivojlantiriladi. Jarayon davomida rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bola bilan vujudga keladigan
g‘oyat katta ichki va tashqi omillar bilan bog‘liq bir qator muammolar bola rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Ushbu jarayonni samarali

boshlash uchun ularning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, ijobiy va salbiy tomonlarini,

ta’sir etish natijalarini oldindan ko‘rish va korreksiyalashni o‘z vaqtida boshlash kerak. Bolaning
xoh ona qornida, xoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum shart-
sharoitlarning buzilishi

turli xil anomaliyalarga, ya’ni jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlar,

kamchiliklarga olib kelishi mumkin.

alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning turli xil toifalari ustida defektologiya

(Korreksion pedagogika) fanida ish olib boriladi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Eshitish kamchiliklariga ega bolgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar, kech kar bo‘lib

qolgan bolalar);

2. Ko‘rish qobiliyati zaif (ko‘r, zaif ko‘ruvchi bolalar);
3. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar;
4. Nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
5. Harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo‘lgan bolalar;
6. Ruhiy rivojlanishi sust bolalar;
7. Mujassam kompleks nuqsonli ko‘r, kar-soqov bolalar;
8. Rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalar;
9. Autizm sindromiga chalingan bolalar.

Alohida yordamga muhtoj bolalar me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida

inkluziv ta’limda yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya tashkilotlarida tarbiyalanishi va o‘qitilishi
maqsadga muvofiq. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan
nuqsonlargina uni alohida yordamga muhtoj bola deb hisoblashga asos bo‘lishi mumkin. Har
qanday alohida yordamga muhtoj bolada kuzatiladigan nuqson markaziy yoki periferik nerv
sistemasidagi organik yoki funksional o‘zgarishlarga aloqador bo‘lishi mumkin. Bola
rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, noto‘g‘ri tarbiya, ta’lim natijasida ham paydo
bo‘lishi mumkin.

4

Raxmanova V.S.

Defektologiya asoslari (korreksion pedagogikaF. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv

qo‘llanma.  /V.S.  Raxmanova. O‘zR Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi markazi. – T.: «Niso Poligraf». – 168  b.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

514

Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni jamiyatdan uzib qo‘ymaslik

balki, jamiyatga ijtimoiylashtirish va ijtimoiy himoya qilish hamda ularni yanada sifatli ta’lim va
tarbiya bilan ta’minlash zarur va bu masalada bolalarga yordam berish, huquqlarini ta’minlash,
ularni qo‘llab-quvvatlash bizning, ya’ni, bo‘lajak pedagoglarning ham oliy burchimizdir.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va

murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020-yil 30-sentabr.(
http://marifat.uz/marifat/ruknlar/rasmiy/4939.htm)

2.

“Ilk qadam” davlat o‛quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Тoshkent-

2022

3.

“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori 12.10.2021 yildagi 638-son

4.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni.

5.

F.U.Qodirova va b./ Maxsus pedagogika asoslari /O‘quv qo‘llanma – Chirchiq

“Nazokatxon ziyo print”, 2023. – 260 bet

6.

F.U.Qodirova va b. / Inklyuziv va korreksion taʻlimda Art texnologiyalar / O‘quv

qo‘llanma – Chirchiq “Zebo Print”, 2022.

7.

.F.U.Qodirova va b. / Inklyuziv va korreksion ta’limning filologik asoslari / O‘quv

qo‘llanma – Chirchiq “Zebo print”, 2022.

8.

Maxsus psixologiya L.R.Mo‘minova, Sh.M.Amirsaidova, Z.N.Mamarajabova,

M.U.Xamidova, D.B.Yakubjonova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova,O‘zbekiston faylasuflari
nashriyoti. Toshkent -2013

9.

X.N.Muzaffarova Maktabgacha logopediya. Jizzax. “Ruhshona servis” 2021.

10.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktabrdagi 638-son

“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2021 yil 13
dekabr, 49-son, 1195-modda.

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan

bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020
yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-son qarori//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2020
yil 10 dekabr, 49-son, 1195-modda. QNMMB: 07/20/4860/1383-son 14.10.2020 y.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020-yil 30-sentabr.( http://marifat.uz/marifat/ruknlar/rasmiy/4939.htm)

“Ilk qadam” davlat o‛quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Тoshkent-

“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Qarori 12.10.2021 yildagi 638-son

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni.

F.U.Qodirova va b./ Maxsus pedagogika asoslari /O‘quv qo‘llanma – Chirchiq

“Nazokatxon ziyo print”, 2023. – 260 bet

F.U.Qodirova va b. / Inklyuziv va korreksion taʻlimda Art texnologiyalar / O‘quv qo‘llanma – Chirchiq “Zebo Print”, 2022.

.F.U.Qodirova va b. / Inklyuziv va korreksion ta’limning filologik asoslari / O‘quv qo‘llanma – Chirchiq “Zebo print”, 2022.

Maxsus psixologiya L.R.Mo‘minova, Sh.M.Amirsaidova, Z.N.Mamarajabova, M.U.Xamidova, D.B.Yakubjonova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova,O‘zbekiston faylasuflari nashriyoti. Toshkent -2013

X.N.Muzaffarova Maktabgacha logopediya. Jizzax. “Ruhshona servis” 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktabrdagi 638-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2021 yil 13 dekabr, 49-son, 1195-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-son qarori//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2020 yil 10 dekabr, 49-son, 1195-modda. QNMMB: 07/20/4860/1383-son 14.10.2020 y.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари