Mualliflar

  • Umida Yakubova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Umida Yakubova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Maxsus pedagogika:Logopediya yo’nalishi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86242

Kalit so‘zlar:

korrektsiya kompesatsiya psixoterapiya

Annotasiya

Ushbu maqolada bolalarning psixik rivojlanishida korrektsiya (tuzatish) va kompensatsiya (o’rnini qoplash)muhim o’rin tutishi haqida so’z boradi. Har bir bola o’ziga xos rivojlanish jarayoniga ega va ba’zan bu jarayon turli sabablar tufayli buzilishi yoki sekinlashishi mumkin. Ushbu paytda korrektsiya va kompetensiyaning o’rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligi haqida ushbu maqolada so’z boradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

490

BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISHIDA KORREKTSIYA VA

KOMPENSATSIYANING AHAMIYATI

Maxsus pedagogika:Logopediya yo’nalishi

1-kurs talabasi Yakubova Umida O’tkirbek qizi

Ilmiy raxbar; Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233870

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bolalarning psixik rivojlanishida korrektsiya (tuzatish) va

kompensatsiya (o’rnini qoplash)muhim o’rin tutishi haqida so’z boradi. Har bir bola o’ziga xos
rivojlanish jarayoniga ega va ba’zan bu jarayon turli sabablar tufayli buzilishi yoki sekinlashishi
mumkin. Ushbu paytda korrektsiya va kompetensiyaning o’rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligi
haqida ushbu maqolada so’z boradi.

Kalit so’zlar

:korrektsiya,kompesatsiya,psixoterapiya, pedagogik faoliyat, muvozanatlash,

integratsialash

2020-yil 22-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha

ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to’g’risida”gi VMQ802-sonli Qarori qabul
qilindi.Ushbu qarorga binoan bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari belgilab berildi.Mana
shu jarayonda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishga e’tiborini qaratish
davr talabi sifatida dolzarbligini hech qachon yoqotmaydi. Chunki barkamol avlod tarbiyasi har
qanday davlatning eng asosiy ustuvor vazifasi hisoblanadi. Shu sababdan davlatimizda bir qator
bolalar uchun korrektsion va kompentsatsion ishlar olib borilmoqda.

Korrektsiya va Kompetsatsiya o’zi nima?
Korrektsiya so’zi lotincha “correctio”( tuzatish) so’zidan kelib chiqqan bo’lib, biror narsa

yoki jarayondagi kamchiliklarni aniqlash va uarni to’g’rilash degan ma’noni anglatadi.Korrektsiya
har qanday sohada mavjud kamchiliklarni yaxshilash yoki ularni bartaraf etish uchun
qo’llaniladi.Masalan:

Nutq korrektsiyasi-nutqiy kamchiliklarni tuzatish

Ko’rish yoki eshitish qobiliyatidagi muammolarni maxsus usullar yordamida

tuzatish

Xulq-atvor korrektsiyasi – ijtimoiy xatti harakatlarni moslashtirish

Kompensatsiya so’zi lotincha “compensation”(o’rnini qoplash ) so’zidan kelib

chiqqan bo’lib,yo’qotilgan yoki cheklangan qobiliyat, imkoniyatlarning boshqa vositalar
yordamida qoplanishini aytiladi.Bu tushuncha defektalogiyada bolaning rivojlanishida
yuzaga kelgan psixiologik cheklovlarini (masalan,eshitish, ko’rish yoki aqliy
rivojlanishdagi kamchiliklarni ) boshqa qobiliyatlar, jarayonlar yoki tashqi yordam orqali
qoplanishini aytiladi.

Eshitish qobiliyati cheklangan bolalarda kompensatsiya ko’rish va teginish

hissiyotlarini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. (M:imo-ishora tili yoki maxsus audio
visual vositalardan foydalanaish)

Ko’rish qoboliyati past bo’lgan bolalar esa eshitish va teginish orqali atrof-muhitini

tushunishni o’rganadilar.

Aqliy rivojlanishida orqada qolgan bolalarda kuchliroq rivojlangan xotira, ijodiy

qobiliyat bilan yoki ijtimoiy moslashuv qobiliyatlari rivijlantiriladi.

Ushbu jarayon turli metodlar orqali amalga oshiriladi m: o’yin terapiyasi, maxsus pedagogik

mashg’ulotlar.

Kompensatsiya jarayononi maqsadi bola jismoniy yoki psixologik imkomniyartlari

cheklangan bo’lsada ,jamiyatda muvoffaqiyatli moslashuvini va mustaqil hayot kechirishini
ta’minlash.

Uning kuchliroq rivojlangan qobiliyatlari yordamida hayot sifatini yaxshilash.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

491

Kompensatsiya defektalogiyada bolaning nuqsonlarini imkon qadar qoplab uni

jamiyatga integratsiyalashuvini va hayotiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun asosiy
tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Korrektsiya va kompensatsiya jarayonlari asosan birga qo’llaniladi,masalan:nutq

buzilishlari bo’lgan bolalarda logopedic mashg’ulotlar bilan birga qo’shimcha metodlar ham
qo’llaniladi.

Korrektsiya va kompetensiyaning bolalarning ijtimoiy moslashuvi hamda shaxsiy o’sishiga

qanday ta’sir qilishi muhim ahamiyatga ega. Har ikki usulning birlashishi, bolalarning jamiyatdagi
moslashuvini, jumladan, psixologik holatini yaxshilashda samarali bo’ladi. Bolalarning jamiyatda
muvaffaqiyatli moslashish uchun ijtimoiy ko’nikmalarni rivojlantirish kerak. Psixologik va
pedagogik yondashuvlar bu jarayonni osonlashtiradi,bolalar ongli ravishda o’zlarini jamiyatdagi
o’rnini qnday anglashni o’rganadilar. Albatta bu jarayonda ota-ona va mutaxassislarning o’rni
yuqori bo’lishi talab etiladi. Negaki, ota-onalar bolaning uyda qanday rivojlanayotganini tushunib,
ularning ehtiyojlarini aniqlashlari lozim. Mutaxasislar esa bolalarning psixologik va ijtimoiy
rivojlanioshiga yordam berish uchun zarur metodlarni qo’llaydilar buni ya’ni bolaning rivojlanish
sohalari kompetensiyalarini shakllanishda birinchi navbatda oilaning , ota-onaning hamda uni
o’rab turgan muhitning o’rni va ahamiyati katta ekanligini muhtaram Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevningyil 29-dekabrda O’zbekiston respublikasi Oliy majlisiga va xalqiga qilgan
murojaatnomasida yangi O’zbekistonda uchunchi Renessansni barpo etishda beshta xalqa ichida
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini va oilani, beshta ustun ichida esa maktabgacha ta’lim
tashkilotlari tarbiyachilari va ota-onalarning hamkorlikdagi muhim ma’suliyatli vazifalariga
to’xtalib

o’tganligidan

ham

bevosita

bilishimiz

mumkin.

Shu

bilan

birga

I.V.Grosheva,L.G.Evstafeva D.T.Maxmudova,SH.B.Nabixonova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova,
M.R.Isxakovalar ham bu mavzu yuzasidan “ILK QADAM” maktabgacha ta’lim muassasasining
Davlat o’quv dasturini ishlab chiqishgan. Bu dasturda bolaning rivojlanish sohalari
kompetensiyalarining har biriga alohida ilmiy-uslubiy yondoshilgan.

Xulosa

; Bolalarning psixologik rivojlanishi va jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishini

ta’minlash uchun psixologik va pedagogik korrektsiya va kompetensiyani o’rni ahamiyatli.
Psixologik og’ishlar bolalarning o’ziga bo’lgan ishonchini, ijtimoiy munosabatlarini va hayot
sifati uchun salbiy ta’siur ko’rsatrishi mumkin, shuning uchun psixologiok korrektsiya va
kompetensiya jarayonlarini amalga oshirish zarur. Bu jarayonlar bolalarga yangi imkoniyatlar
yaratish, ularning ijtimoiy ko’nikmalarini rivojlantirish va o’zligini anglatish uchun yordam
beradi. Ushbu kompleks yondashuvlar bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi va ijtimoiy
munosabatlarini rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

M.Y. Ayupova.Logopediya,O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati

Toshkent, 2007

2.

N.Z.Abidova Maxsus Psixologiya (Tiflopsixologiya), Barkamol fayz

media,2017

3.

P.M.Pulatova

va

boshqalar.

Maxsus

pedagogika.T:Fan

va

texnologiyalari,2014 y

4.

Internet manbalari va dars majmualari









Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

M.Y. Ayupova.Logopediya,O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati Toshkent, 2007

N.Z.Abidova Maxsus Psixologiya (Tiflopsixologiya), Barkamol fayz media,2017

P.M.Pulatova va boshqalar. Maxsus pedagogika.T:Fan va

texnologiyalari,2014 y

Internet manbalari va dars majmualari