MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
475
ESHITISHDA
KAMCHILIGI
BO‘LGAN
BOLALAR
NUTQINI
RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Maxsus pedagogika (logopediya ) yo’nalishi
Xomidova Gulsora Xojiakbar qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233796
Annotasiya.
Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini rivojlantirish
jarayoni, ularning psixologik xususiyatlari va samarali pedagogik metodlar haqida so‘z yuritiladi.
Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion usullar yordamida qanday natijalarga
erishish mumkinligi ham yoritib beriladi.
Kalit so‘zlar:
Eshitish buzilishi, nutq rivojlanishi, surdopedagogika, logopediya, maxsus
ta’lim, nutqiy nuqsonlar, koxlear implant, eshitish apparati, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar,
psixologik yondashuv, imo-ishora, og‘zaki nutq, yozma nutq, fonema, artikulyatsion nafas, ovoz
apparati.
O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni rivojlantirish va imkoniyati cheklangan
bolalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash borasida qator qarorlar qabul qilingan. Xususan,
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi qonun, "2022–2026 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi", hamda "Maxsus pedagogika va logopediya
xizmatlarini takomillashtirish dasturi" bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqiy rivojlanishda muayyan qiyinchiliklarga duch
keladilar. Ularning so‘z boyligi, grammatik to‘g‘ri tuzilgan gaplardan foydalanish qobiliyati,
talaffuzi va og‘zaki muloqot ko‘nikmalari eshituvchi tengdoshlariga qaraganda ortda qolishi
mumkin. Shu sababli, ushbu bolalar bilan olib boriladigan pedagogik-psixologik ishlar alohida
metodik yondashuvni talab qiladi.
Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar nutqini shakllantirish muammolari I.M. Solovyova, F.F.
Rau, N.I. Shif, S.A. Zikov, T.V. Rozonova, N.G. Morozov, R.M. Boskislar ilmiy ishlarida tadqiq
etilgan. Og'zaki nutq inson jamiyatida ilk nutq shakli si-fatida namoyon bo'lgan. Dastlabki so'zlar
tovush komplekslar shaklida boʻlib, tarixiy rivojlanish davrida ma'lum tushuncha-lar sifatida
aniqlanib, mustahkamlanib borgan. Lekin dastlab imo-ishora nutqi mavjud bo'lgan degan fikr ham
mavjud. Bu ma'lumotga koʻra, og'zaki nutq keyinroq paydo boʻlgan. Imo-ishora va mimikalar
orqali o'z fikrini ifodalashda tovush taqlid so'zlarni ham qo'llaganlar. Psixologik nuqtayi nazardan
og'zaki nutq sodda sanaladi. Uni faoliyatga kirishish vositasi tovush fone-madir. Yozma nutqning
fonemaga kirishish vositasi grafik belgi harfidir. Og'zaki nutqni idrok etish eshituv analizatori
asosida, yozma nutqni idrok etish koʻruv analizatori asosida amalga osha-di. Ularning ifoda
vositalari ham turlichadir. Og'zaki nutqda bu mimika, imo-ishora, urg'u, yozma nutqda bu uslub,
so'zlarni alohida tanlash usullari hisoblanadi. Og'zaki nutq, yozma nutq ham monologik va
dialogik shaklda boʻladi. Dialogik nutq psi-xologik nuqtayi nazardan murakkab savol-javob
tarzida bo'ladi va auditoriyaning tayyorgarligini hisobga olishini talab qiladi. Monologik nutq
yengilroq boʻladi. Uning tuzilishiga, u davom etayotgan sharoit va muhit yordam beradi. Bolada
og'zaki nutq atrofdagilar bilan muloqotda rivojlanadi. Eshituv idroki yordami-da bola atrofdagilar
og'zaki nutqini idrok etadi, 5-6 yoshlarda eshituvchilar tovushlarning to'g'ri talaffuzini, lug'at
boyligi va gap grammatik qoidalarini amaliy egallaydi. Kar bola bu yo'l bilan nutqni egallay
olmaydi, chunki u atrofdagilar nutqini eshit-maydi. Agar eshituvchi bola bog'chaga, maktabga
shakllangan nutq bilan borsa, kar bola og'zaki nutqi mavjud bo'lmagan holda boradi. Unda nutqni
boshidan boshlab shakllantirish kerak. Bu-ning uchun kar bolaning artikulatsion nafas olish va
ovoz ap-paratini tayyorlash kerak. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, kar bolada eshituvchi bolaga
nisbatan nutqiy nafas olish bir qator xususi-yatlari bilan farq qiladi. Maxsus mashqlar davomida
eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarda nutqiy nafas olish shakllanadi. Ular-ning ovozi ustida ham
ish olib boriladi. Ko'p miqdordagi kar-larda ovoz bo'g'iq, modullashmagan bo'ladi. Maxsus
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
476
mashqlar jarayonida o'qituvchi kar o'quvchi ovozini eshituvchi bola ovozi-ga
yaqinlashtirishga harakat qiladi, lekin bu har doim ham ke-rakli natijalarga olib kelmaydi. Kar
bola nutqi, ovozi butun ha-yoti davomida oʻziga xos ottenkaga ega boʻladi. Kar o'quvchilarni
og'zaki nutqqa o'rgatishning muhim qismi ularda turli talaffuzni shakllantirishdir. O'zbek tilidagi
har bir fonema kar bolada max-sus usullar bilan qo'yiladi. Saqlangan analizatorlari koʻruv, sezgi,
harakat analizator faoliyatini qo'llab, o'qituvchi oyna oldida to-vush talaffuzini ko'rsatadi va taqlid
asosida talaffuz qilishni bo-ladan so'raydi. Avvalambor oson talaffuz etiluvchi tovushlar «p»,
<b>», «m» qo'yiladi, so'ng bo'g'in, soʻz birikmalariga o'tiladi. Shu tartibda boshqa nutqiy tovushlar
talaffuziga o'tiladi. Bu jarayonni amalga oshirishda eshituv qoldig'iga tayaniladi. Kar bolada
og'zaki nutqni shakllantirishda ko'ruv, harakat va sezgi analizatorlari yordami bilan maydonga
chiqadi. Eshituvchi bola o'z talaffuzini eshitish orqali nazorat qiladi, xato qilsa bu xatoni eshitib
so'ng to'g'rilaydi. Kar bola talaffuzini dastlab oyna oldida, so'ng ko'ruv va harakat sezgilari orqali
nazorat qiladi. Tovush artiku-latsiyasi qanchalik aniq va yaxshi bo'lsa kinestik sezgilar shuncha-
lik differensiyalashgan bo'ladi. Bu sezgi turi kar bola talaffuzini shakllantirishda muhim o'rin
hisoblanadi. Shunday qilib, kar bo-lada og'zaki nutqni shakllantirish faqat o'qituvchi rahbarligida
max-sus tashkil etilgan sharoitlarda amalga oshadi. Bu jarayon quyidagi vazifalarni ko'zda tutadi:
nutqiy nafasni shakllantirishni, modul-lashtirilgan ovoz qo'yish ustida ishlashni; talaffuzga
o'rgatishni; labdan o'qishni; lug'at ishini; grammatik tizimni shakllantirishni o'z ichiga qamrab
oladi.
Yozma nutq insonga egallangan tajribani belgilash va uni av-lodlarga berish imkonini
beradi. Yozma nutq psixologik nuqtayi nazardan og'zaki nutqqa nisbatan murakkabroq va
nutqning qi-yin shakli sanaladi. U mavhum boʻlib, bola uni sekin egallaydi. Odatda, bola bu nutq
shakli bilan maktabda tanishadi. Kar bola uchun og'zaki nutqqa nisbatan yozma nutq yengilroq
sanaladi. Uni idrok etish uchun eshitish kerak emas, koʻruv idrok esa ularda sog'lom boʻladi.
Yozma nutq shakllanishida nafaqat eshituv anali-zatorlari, balki kar bolada sog'lom bo'lgan ko'ruv,
harakat anali-zatorlari ham katta rol o'ynaydi. Bundan tashqari bu nutqning shaklini kar bola ruhiy
energiyani ishlatsa, og'zaki nutqni shakl-lantirishda koʻproq ruhiy energiya sarflanadi. Shu sababli
eshi-tishida nuqsoni bo'lgan bolalarda yozma nutqni egallash og'zaki nutqni egallash bilan parallel
yoki undan oldinroq davom etadi. Yozma nutqni qo'llash vositasi harf sanaladi. Yozma nutqni
egal-lash savodga o'rgatish, harf yozish va tovush analiz va sintezini amalga oshirishni ko'zda
tutadi. Lekin yozma nutq og'zaki nutq asosida shakllanadi va rivojlanadi. Og'zaki nutqni, tilning
tovush tarkibini egallagan bola nutqiy oqimni aniqlashi mumkin. Boshqa tomondan yozma nutqni
egallash og'zaki nutqni egallashga olib keladi. Yozuv so'zning tovush tarkibini aniqlash,
fikrlarning aniq ifodalanishiga olib keladi. Ta'lim amaliyotida yozuv va oʻqishning turli
buzilishlari uchraydi (xususan, yozma nutq va o'qish jara-yonlari buzilishlari, disgrafiya,
disleksiya, agrofiya). Disgrafiyada bola yozuvda ayrim harflarni tushirib qoldiradi yoki
almashtiradi hamda yozuvda so'zlar oʻrtasiga boshqa harflarni qo'shib yozadi. Disleksiyada
harflarni ommalashtirib, tushirib qoldirib o'qiydi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun nutqni shakllantirish juda muhim va murakkab
jarayon. Ular eshitmaydigan bo‘lgani uchun oddiy bolalar kabi so‘zlarni avtomatik o‘rganib keta
olmaydi. Shu sababli, maxsus usullar, vizual va taktil yondashuvlar kerak bo‘ladi. Masalan, oyna
qarshisida tovush chiqarishni o‘rganish yoki imo-ishoralar orqali tushuntirish katta ahamiyatga
ega. Kar bolalar og‘zaki nutqni eshituvchi bolalarga qaraganda ancha qiyin o‘zlashtiradi, shuning
uchun ularni erta yoshdan maxsus metodlar bilan o‘rgatish lozim. Shu bilan birga, ularga ovoz
chiqarish, nafas olish mashqlari qilish ham foydali bo‘ladi. Asosiysi, sabr va to‘g‘ri yondashuv
bilan ularning nutqiy rivojlanishiga yordam berish mumkin.
Zaif eshituvchilarda u yoki bu tovushning (juft tovushlarni) eshitish differensiatsiyasini
tarbiyalashning ko'pincha butunlay imkoni bo'lmaydi. Og'zaki nutqda tovush almashtirishlarni va
yozuvda mos keluvchi harf almashuvlarini bartaraf etish, bunday hollarda, konpensator usullarni
qo'llash hisobigagina erishish mumkin. Xususan og'zaki farqlanmaydigan s va sh tovushlarini
bolaning tovush talaffuzida to'g'ri tarbiyalashda tovush artikulatsiyasining ko'ruv tasavvuri va
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
477
artikulatsion organlar holatini sezish, ya'ni kinestetik sezgiga tayaniladi. Aynan shu
tovush haqidagi ko'ruv kinestetik tasavvurlar, yozuvdagi mavjud harf almashtirishlarni bartaraf
etish bo'yicha olib boriladigan ishlarga ham asos bo'lishi mumkin. Biroq, konpensatsiyaning
bunday yo'li bolaga tanish so'znigina to'g'ri yozishni ta'minlaydi, u holda notanish so'zlarni
yozishda avvalgidek xatolar uchraydi. Bola tomonidan farqlanilmaydigan tovushlar ustiga-ustak
harf belgisi bo'yicha ham o'xshash bo'lsa, yuqorida ta'riflangan kompensatsiya usullari deyarli
natijasiz bo'ladi. Shunga o'xshash hollarda yozuvdagi xatolarni to'g'rilash uchun aylanma
usullardan foydalaniladi. Nutqi rivojlanmagan zaif eshituvchi bolalar bilan barcha buzilgan nutq
komponentlari tovush talaffuzi, leksik-grammatik tizim, yozuv, ekspressiv va impressiv nutq
korreksiyasi ustida ishlash muhimdir. Kombinatsiyalashgan nuqsonlar sonining o'sishi, ularni
differensial-tashxislashni mukammallashtirish va nafaqat o'qitishning o'ziga xos usullarini, balki
logopedik ta'sirni qo'llashni talab etadi.
Xulosa qilib aytganda, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqining shakllanishi tabiiy
jarayon emas, balki maxsus pedagogik va psixologik yondashuvlarni talab qiladigan murakkab
bosqichdir. Ular eshituvchi bolalar kabi so‘zlarni bevosita idrok eta olmaydilar, shuning uchun
imo-ishora, vizual va harakat analizatorlari orqali o‘rganishlari lozim. Nutqni shakllantirishda
artikulyatsion nafas olish, tovush chiqarish mashqlari, talaffuzni to‘g‘ri shakllantirish va individual
yondashuv muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, kar bolalar bilan ishlashda sabr va to‘g‘ri
metodika asosida ularning nutqiy rivojlanishiga ko‘mak berish zarur. Chunki to‘g‘ri yondashuv
orqali ularni nafaqat og‘zaki nutqqa o‘rgatish, balki jamiyatga to‘liq moslashishiga ham sharoit
yaratish mumkin. Mening fikrimcha, bu jarayonda doimiy mashqlar, maxsus pedagoglarning
yordami va oilaning qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga ega. Agar bu omillarga e’tibor berilsa,
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ham jamiyatning faol a’zolariga aylanishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.Logopediya (M. Y. Ayupova)
2. Maxsus pedagogika M.U. Xamidova
3.Maxsus psixologiya L.R. Mo'minova
4. Maxsus pedagogic / O`quv qo'llanma. M.U.Xamidova
