Mualliflar

  • Odinaxon Shavkatbekova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Odinaxon Shavkatbekova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti  Maxsus pedagogika :logopediya yo’nalishi 101-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86249

Kalit so‘zlar:

psixika nerv tizimi nutq apparati

Annotasiya

Ushbu maqolada duduqlanish,duduqlanish tarixi va  kelib chiqish sabablari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. 


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

468

DUDUQLANISHNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA TURLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogika :logopediya yo’nalishi

101-guruh talabasi Shavkatbekova

Odinaxon Mirzaakbar qizi

shavkatbekovaoydinoy@gmail.com

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233777

Annotatsiya

. Ushbu maqolada duduqlanish,duduqlanish tarixi va kelib chiqish sabablari

to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.

Kalit so‘zlar

: psixika, nerv tizimi, nutq apparati, artikulyatsiya, muskul, tafakkur,

nevropatalogiya, psixologiya.

Duduqlanish, ya'ni nutq buzilishi ta'limoti qadimiy ta'limot hisoblanadi. Duduqlanish

mohiyatini ko‘p olimlar o‘zlari yuritgan nazariyaga ko‘ra fikrini bayon qilgan. Barcha olimlar
turlicha mulohaza olib borgan. Xususan XIX-XX asrda markaziy va periferik nerv sistemasi bilan
bog‘liq buzilish deya ta'kidlangan.

Duduqlanish bu nutq apparatidagi muskul va pay tortilishi natijasida ovoz ohanggi

sur’atining buzilishi hisoblanadi.

Qadimgi davrlarda Gippokratning ta'kidlashicha, markaziy nerv tizimi, ya'ni bosh miyada

namlik to‘planishi oqibatida kelb chiqishini aytib o‘tgan. Namlik yig‘ilishi nerv sistemasining
nafaqat nutq sohasiga, balki butun organ sistemasiga ham ta'sir etmay qolmaydi. Shuningdek bosh
miyada namlik to‘planishi turli virus va boshqa havfli holatlarga olib borishi o‘rganib chiqilgan.

Rus olimi Santorimining fikriga ko‘ra, qattiq va yumshoq tanglayni yoriqligi

duduqlanishni asosiy sabablaridan ekanligini bayon etgan. Tanglayni yoriq bo‘lishi rinolaliya deb
nomlanadi. Bu holat og‘ir nutq kamchiliklariga sabab bo‘ladi. Ovoz ohanggi nutqni bayon
qilayotganda tanglay yoriqligi sababli tovushlar boshqa holatda chiqqanligi uchun
duduqlanishning asosiy sababi ekanligini aytib o‘tgan. Shuningdek tilning og‘iz boshlig‘ida
joylashgan o‘rni, uning uzun yoki kalta ekanligini, ya'ni til yuganchasiga zich joylashganligi
oqibatida kelib chiqishini Erve- de Sheguan aytib o‘tgan. Bunday holatda tilning holatini tekshirish
va ularga kerakli mashqlardan foydalanishi zarur ekanligi bizga ma'lum.

Boshqa tadqiqotchilar duduqlanishni harakat organlariga bog‘liq holatda o‘zgarishi

natijasida yuzaga keladi deya bildirishgan. Tashqi artikulyatsion organlarning to‘liq
shakllanmaganligi duduqlanishga olib keladigan sabablardan biri hisoblanadi. Masalan, Vutser
bildirgan fikrga ko‘ra, pastki va yuqori jag‘larning juda ham chuqur joylashganligi yoki aksincha
juda ham tashqi joylashganligi deb belgilagan.

Duduqlanishni XX asrlarda 3 ta nazariyaga bo‘lib o‘rganildi.
1.

Duduqlanish

bu

nutq

markazlarini

mivofiqlashtiruvchi

apparatning

qo‘zg‘aluvchanligini zaiflashivu natijasida sodir bo‘ladigan nevroz.

2.

Duduqlanish bu ruhiy xarakterini assotsiativ bog‘liqligini buzilishi hisoblanadi.

3.

Duduqlanish bu atrof muhit ziddiyati tufayli kelib chiqadigan nerv tizimining

buzilishi.

Duduqlanish alomatlari va sabablari.
Duduqlanish asosan maktab va maktabgacha bo‘lgan davrda kuzatiladi. Bola grammatik

so‘zlarni to‘gri qo‘llay olganda uning so‘zlashida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Duduqlanishning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri bolalarda hali to‘liq rivojlanib

bo‘lmagan nerv sistemasini turli mexanik shikastlanishi hisoblanadi. Turli ijtimoiy vaziyatlar,
ya'ni jamoaviy sharoitda qo‘rqitish, vahima natijasida ularda hali shakllanib ulgimagan nutqi
sustlashib qolishi natijasida yuzaga keladi. Oila vaziyatida janjallar bolaning nutq irodasini
sinishiga yana bir asosiy sabablardan hisoblanadi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

469

Duduqlanuvchi bolalar so‘zlaganda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ular og‘ir va

yengil holatda bo‘lishi mumkin. Duduqlanuvchi bolalar 1- sonida og‘zini ochiq qolishi, ya'ni
mushaklarni qattiq tortishishi duduqlanishni yengil ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Bu holat nafaqat
nutqda, balki tashqi ko‘rinishda ham ko‘zga ko‘rinadi. Og‘ir holatdagi duduqlanuvchida yuz
ko‘rinishini g‘ayriodatiy o‘zgarishlar, masalan yuzning judayam qizarib ketishi, yuz va ko‘zning
aylana muskullarining tortishishi, tez va ko‘p terlash asosiy sabablardan hisoblanadi. Bunday
bolalarda vegetativ asab sistemasini buzilganligi uchun yurak urishida, nafas olishda ham
buzilishlar kuzatiladi. Bunday bolalar o‘zlariga bo‘lgan ishonchi kuchsiz, tuzalishiga bo‘lgan
ishonchi sust bo‘ladi. Jamiyatda muloqotdan o‘zlarini uzoqlashish, yolg‘iz qolishni xohlashadi.

Hozirgi kunda duduqlanishning kelib chiqishi keltirib chiqaruvchi sabablar va moyillik

sabablari ko‘ra ajratiladi.

Moyillik sabablariga:

Duduqlanuvchining Ota-onasining nevropatik kasallanishi, markaziy nerv

sistemasini bo‘shashtiruvchi yoki izdan chiqaruvchi nerv va yuqumli kasalliklar orqali
bo‘ladi.

Duduqlanuvchining o‘zidagi nevropatik kasallanishi.

Bunday holatga bolaning ichki qo‘rquv, eneurez, qo‘zg‘aluvchanlikning juda ham

kuchliligi yoki sustligi kiradi.

Konstitutsional moyillik. Markaziy va vegetativ nerv sistemasining zaifligi

oqibatida yuzaga keladi.

Nasliy buzilish. Tug‘ma holatdagi nutq apparating kamchiligi, irsiy kasalliklar

kiradi.

Bolaning rivojlanish davrlarida turli murakkab o‘zgarishlari. Xomila davrida bosh

miya shakllanishida asfiksiya, ya'ni kislorod yetishmasligi natijasida yuzaga keladi.

Keltirib chiqaruvchi jismoniy sabablarga ko‘ra:

Bolaning yashirin, ruhiy siqilishi. Atrofdagilar bilan salbiy munosabat,

bolaga bo‘lgan e'tirozlar ruhiy siqilish, ichki sinishi kuzatiladi.

Ijobiy emotsional munosabatlarning noto‘kisligi. Hissiyotlarda zo‘riqish

kuzatiladi.

Ruhiya va ijtimoiy sabablari. Oila muhiti noto‘gri shakllantirilgani uchun

bola tantiq, beo‘xshov bo‘lib qoladi. Bolaning bunday xolatda uzoq muddat ruhiy
kechinmalarga yoki qisqa muddatli kechinmalarga beriladi.

Bolalarda duduqlanish keltirib chiqaruvchi asosiy sabablariga balog‘at davrida ikki

tillik hisoblanadi. Nutq shakllanayotgan davrda 2 dan ortiq til o‘rganish bolaning nutq
kamchiligiga olib keladi.

Duduqlanishning alomatlari 2 ga ajratiladi. Fiziologik(biologik) va psixologik(ijtimoiy)

alomatlar hisoblanadi. Fiziologik alomatlarga nutqni bayon qilishda nutq organlarining
muskullari tortishishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy alomat esa nutqni bayon qilishdagi iroda bilan
bog‘liq hisoblanadi.

R.E.Levina duduqlanadigan bolalarda nutqning kommunikativ funksiyasini

rivojlantirish g‘oyasini ilgari suradi va uning izdoshlari duduqlanuvchi bolalarga psixologik
vapedagogik ta’sirning yaxlit tizimini ishlab chiqdi.

Hozirgi kunda asosan duduqlanuvchi bolalar bilan turli qiziqarli, aqlni charxlovchi

o‘yinlar orqali logopedlar, nevropotologlar, psixologlar davolash ishlarini olib borishadi.
Ularga turli maxsus sharoitlar yaratib ijtimoiylashuv orqali irodasini mustahkamlashga harakat
qilinadi. Hozirgi kunda texnika kuchli rivojlanib bormoqda. Bolaning har tomonlama aqliy
holatda ham, psixikasida ham xatto nutqida ham o‘zgarishlar faol texnika bilan bog‘liq asosiy
muommoni shakllantirmoqda. Duduqlanuvchi bolalarda nafas tezligi kuzatilganligi sababli
duduq bolalarda nafasni rivojlantiruvchi metodikalar o‘ylab topildi va hozirgi kunda bu
o‘yinlardan foydalanilmoqda.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

470

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkin har bir narsaning boshida

aniqlangani ma'qul. Bolaga yoshlikdan e'tibor berish lozim. Duduqlanuvchi bolalar ham so‘z
shakllanayotgan vaqtda ko‘zga tashlanadi. Ota onaning befarqligi juda katta alomatlarga sabab
bo‘lishi mumkin. Bolalar bilan salbiy ohangda emas, aksincha ijobiy ohangda muloqotda
bo‘lishimiz kerak. Duduqlanuvchi bolalar bilan shug‘ullanuvchi mutahasislar bilan ota ona
ham birga harakat qilishi talab qilinadi. Hech qachon bolaning yoshligidan irodasi va o‘ziga
bo‘lgan ishonchini sindirib qoyishga yo‘l qoymasligimiz kerak bo‘ladi.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR

1.

M.Y.AAYUPOVA Logopediya (2007)

2.

Nevrapotologiya Majidov Toshkent 1986.y

3.

Avisenna.uz sayti.








































Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

M.Y.AAYUPOVA Logopediya (2007) 2. Nevrapotologiya Majidov Toshkent 1986.y 3. Avisenna.uz sayti

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари