Mualliflar

  • Vazira Ahmedova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Shohistaxon Shamsiddinova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif tarjimai holi

  • Vazira Ahmedova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti  assisenti katta o‘qituvchisi

  • Shohistaxon Shamsiddinova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Maxsus pedagogika:logopediya yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86258

Kalit so‘zlar:

duduqlanish bola nutq nutq apparati

Annotasiya

Duduqlanish - bu  nutq apparati muskullarining tortishish natijasida nutqning sur’at-ohangini buzilishlari o’rganadi.Bunda ular duduqlanishni bartaraf etishga yondashish qonun-qoidalari, bolalardagi nutq tortishishlarining oldini olish va ularni tugatish usullari bilan tanishish imkoniga ega bo'ladilar.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

444

DUDUQLANISH VA KELIB CHIQISH SABABLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

assisenti katta o‘qituvchisi Ahmedova Vazira Tursunboyevna

Andijon davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogika:logopediya yo’nalishi talabasi

Shamsiddinova Shohistaxon G’ayratjon qiz.

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233653

Annotatsiya:

Duduqlanish - bu nutq apparati muskullarining tortishish natijasida nutqning

sur’at-ohangini buzilishlari o’rganadi.Bunda ular duduqlanishni bartaraf etishga yondashish
qonun-qoidalari, bolalardagi nutq tortishishlarining oldini olish va ularni tugatish usullari bilan
tanishish imkoniga ega bo'ladilar.

Kalit so’zlar

:

duduqlanish, bola, nutq, nutq apparati,duduq bolalar, talaffuz, sabalari,

logoped, muskullar.

Duduqlanish

— bu nutq apparati muskullarining tortishish natijasida

nutqning sur’at-ohangining buzilishidir.

Duduqlanish muammosini nutq buzilishlari haqidagi ta ’limotning rivojlanishi tarixida eng

qadimiylaridan biri deb hisoblash mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish fanning
rivojlanishi va mualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtayi nazardan
yondashganliklari va yondashayotganligi darajasi bilan bog‘liqdir.

XIX asr boshlarida qator fransuz tadqiqotchilari duduqlanishni ko‘rib chiqib, uni nutq

apparatining periferik (sirtqi) va markaziy boiim lari faoliyatidagi turli xil og'ishlar bilan bog'lab
tushuntirdilar. Jum ladan, shifokor Vuazen (1821) duduqlanish mexanizmini nutq organlari
muskul sistemasiga keladigan Serebral ta ’sirlarning yetishmasligi, ya’ni markaziy 321asab
sistemasi bilan bog‘laydi. Shifokor Delo (1829) duduqlanishni tovush talaffuzining buzilib
chiqishi (rotatsizm, lambdatsizm, sigmatizm), tovush apparatining organik shikastlanishi yoki
bosh miyaning to ‘liq ishlamasligi deb tushuntirdi.

Qadimgi davrlarda duduqlanishni ko‘proq bosh miyada namlikning to'planib qolishi

(Gippokrat) yoki artikulatsion apparat qismlarining o‘zaro noto ‘g‘ri munosabati (Aristolel) bilan
bog‘liq holdagi kasallik deb qarashgan. Duduqlanish paytida nutq apparatining markaziy yoki
periferik (sirtqi) bo‘limlarida buzilish bolishi mumkinligini G alen, Sels va Ibn Sino e’tirof etdilar.

Boshqa tadqiqotchilar duduqlanishni nutq a ’zolari harakatlarining buzilishi: ovoz

kovagining g‘ayriixtiyoriy yopilishi (Arnot, Shultess); haddan tashqari tez nafas chiqarish
(Bekkeral); muskullarning tilni og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab qoladigan darajada spazmatik qisqarishi
(Itar, Li, Diffenbax); tafakkur va nutq jarayonining nomuvofiqligi (Blyume); kishi irodasining
nutq harakati mexanizmi muskullari kuchiga ta ’sir etadigan darajada mukammal emasligi
(Merkel) va boshqalar bilan bog'laydilar.

Shunday qilib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida duduqlanish — bu murakkab psixofizik bu

zilish d ir, degan fikrga k elin a boshlandi. Ayrimlaming e’tirofiga ko‘ra, uning asosida fiziologik
xarakterdagi buzilish yotadi, ruhiy jihatlar esa ikkilamchi xarakterga ega (A. G utsm an, 1879; A.
Kussmaul, 1878; I .A. Sikorskiy, 1889 va boshqalar). Boshqalar ruhiy jihatlarni birlamchi,
fiziologik ko‘rinishlarni esa ruhiy noto‘kisliklarning oqibati, deb hisobladilar (Xr. Laguzen, 1838;
A. K oen, 1878; Gr. Komenka, 1900; T.D. Netkachyov, 1913 va boshqalar). Duduqlanishni hatto
kutish nevrozi, qo‘rquv nevrozi, noto‘kislik nevrozi, bog‘lanishsiz nevroz va boshqalar sifatida
ko‘rib chiqishga o‘rinishlar ham bo‘ldi.

Duduqlanishning paydo bo 'lishida bosh miya qobig'idagi nerv jarayonlarining buzilgan

(ularning kuchi va harakatchanligining ortishi) o'zaro munosabatlari m uhim rol o‘ynaydi. Katta
yarimsharlar qobig‘i faoliyatidagi nerv buzilishi, bir tomondan, nerv sistemasining holati, uning
m e’yordan chetlashishiga tayyorligi bilan bog'langan boiishi mumkin. Boshqa tom ondan, nerv
buzilishi noxush tashqi omillar bilan bog'langan bo‘lishi mumkin. V.A.Gilyarovskiy ham ularning


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

445

duduqlanishning kelib chiqishidagi ahamiyatini ko'rsatib o'tgan edi. Nerv buzilishi

bola oliy nerv faoliyatida nozik bo'limi — nutqning zaiflashuvida aks etadi, u nutq

harakatlarining, ohangining buzilishi va tortishib qolishida namoyon bo'ladi.Qobiq

faoliyatining buzilishi birlamchi hisoblanadi hamda qobiq va qobiq osti oralaridagi induksion
aloqalarning buzilishiga ham da shartli reflektorli mexanizmlaming izdan chiqishiga olib keladiki,
ular qobiq osti tuzilishi faoliyatini moslashtirib turadi. Vujudga kelgan shartlarga qarab, bunday
hollarda qobiqning normal muvofiqlashuvi izdan chiqadi, stroipallidar sistema faoliyatida salbiy
qo'zg'alishlar o 'rin tutadi. Duduqlanish mexanizmidagi uning roli m uhim ahamiyatga ega,
chunonchi bu sistema me’yorli nafas olish sur’ati va ritmi, artikular muskullar faoliyati uchun
mas’uldir. Duduqlanish striopallidumning organik o'zgarishi holatida emas, balki uning
funksiyalarining dinamik tarzda og'ishida paydo bo'ladi. Bu qarashlar nevrotik duduqlanish
mexanizmini qobiq-qobiq osti aloqadorligining o'ziga xos buzilishi haqidagi tushuncha sifatida
aks ettiradi.

Ayrim mualliflar fikriga ko‘ra, ilk yoshli bolalardagi duduqlanish mexanizmini reaktiv

nevroz va rivojlanishdagi nevroz nuqtayi nazaridan talqin qilish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlanishdagi reaktiv nevroz oliy nerv faoliyatining buzilishi sifatida tushuniladi.
Rivojlanishdagi nevroz davrida patologik stereotiplar asta-sekinlik bilan muhitning noqulay
sharoiti — haddan tashqari g‘azablanish, siqilish, zaiflashuv hollarida sodir bo‘ladi.
Rivojlanishdagi duduqlanish bolaning ilk yoshida, "fiziologik tili chuchuklik'ning ushlanib qolishi
holatida, murakkab iborali nutq formalariga o ‘tishi jarayonida paydo boiadi. Ba’zan u turlicha
genezlarning nutqiy rivojlanmay qolishi natijasi sifatida ko‘zga tashlanadi.

Duduqlanuvchilarning shaxsiy xususiyatlarini ham tibbiy kuzatishlar yordamida ham

tajriba psixologik metodikalami qo‘llanish bilan tekshirish samaralidir. Ular yordamida xavotirli
badgumonlik xususiyati, gumonsirash, ishonchsizlik, odamovilik, ruhiy tushkunlikka moyillik;
nuqsonga nisbatan sust-mudofaa va mudofaa-tajovuzkorlik bilan ta’sir ko‘rsatish hollari
aniqlangan.

Bungacha Xd. Laguzen (1838) ham besamaralik, uyat, qo‘rquv, g‘azab, dahshatga

tushish, boshning qattiq lat yeyishi, og‘ir kasallanish, ota-onaning noto‘g‘ri nutqiga taqlid qilishni
duduqlanish sabablariga qo‘shgan edi. I.A. Sikorskiy (1989) ning birinchi bo‘lib
ta ’kidlashicha,,duduqlanish bolalar yoshiga xosdir. Chunki bu davrda nutq rivojlanishi
tugallanmagan boladi. U irsiyatga muhim ahamiyat berdi, bunda nimjon bolalarda nutq
mexanizmlari muvozanatini buzadigan boshqacha ruhiy va biologik sabablarni (qo‘rquv, lat
yeyish, yuqumli kasalliklar, taqlid qilish) shartli ravishda hisobga oldi. G .D . Netkachyov (1909)
duduqlanish sabablarini bolaning oilada noto‘g‘ri uslubda tarbiyalanishidan qidirdi va
qattiqqo‘llik bilan ham da erkalatib tarbiyalash zararli deb hisobladi.

Chet ellik tadqiqotchilar duduqlanishning kelib chiqish sabablari bolalarni noto‘g‘ri

tarbiyalash, deb ko‘rsatadilar. Yuqumli kasalliklaming oqibatida a’zolarning astenizatsiyalashuvi,
tili chuchuklik, taqlid qilish, infeksiya, yiqilish, qo‘rqish, o‘qitish paytidagi chapaqaylik deb
belgilashdi.

Shunday qilib, duduqlanish etiologiyasida ekzogen va endogen omillarning jami qayd

qilinadi.

Hozirgi vaqtda duduqlanish sabablarini ikki guruhga: moyillik sababi("negiz"ga) va

keltirib chiqaruvchi sababga (”turtki"ga) ajratish mumkin.

Moyillik sabablariga quyidagilar kiradi:

-ota-onalarning nevropatik kasal lanishi

(markaziy nerv sistemasining faoliyatini

bo‘shashtiruvchi yoki izdan chiqaruvchi nerv kasalliklari,

yuqumli va jismoniy kasalliklar);

- duduqlanuvchining o‘zidagi nevropatik xususiyatlar

(tungi qo'rquv, enurez, kuchli

qo‘zg‘aluvchanlik, his-hayajonli zo'riqish);

- konstitutsionai moyillik

(vegetativ nerv sistemasining kasallanishi

va oliy nerv faoliyatining juda ham nozikligi, uning ruhiy shikastlanishga


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

446

alohida duchor bo‘lishi);

- nasliy buzilish

(duduqlanish nutq apparatining tug‘ma zaifligi asosida

rivojlanadi, u avloddan-avlodga retsessiv alomat tarzida o‘tib borishi mumkin). Agar tashqi

muhit duduqlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, ekzogen omillarning ta’sirini e’tiborga olish lozim;

- bosh miyaning turli davrlardagi rivojlanishida, ko‘plab salbiy omillar ta’sirida

shikastlanishi:

ona qornidagi va tug‘ma jarohatlanish, asfiksiya; postnatal - yuqumli kasalliklar,

turli xil bolalar kasalliklaridagi jarohatli va trofik-almashinuv buzilishlar.

Ko‘rsatilgan sabablar jismoniy va ruhiy sohalarda turli xil patologik o‘zgarishlarni

keltirib chiqaradi. Nutq rivojlanishining kechikishiga, nutqning zaiflashuviga olib keladi va
duduqlanishning rivojlanishiga imkon beradi.

Nomuvofiq shartlarga quyidagilar kiradi:

Bolalaming jismoniy zaifligi; Miya faoliyatining yoshga bog’liq xususiyatlari:

bosh

miya katta yarimshari asosan bolaning besh yoshga yetganida shakllanadi, aynan shu yoshda bosh
miya faoliyatidagi funksional assismetriya yuzaga keladi. Ontogenetik jihatdan o ‘ta
tabaqalashgan va kech yetilgan nutq funksiyasi, ayniqsa, nozik va zaif bo‘ladi. Shu bilan birga,
o‘g‘il bolalardagi nutq funksiyasining qiz bolalardagiga nisbatan kech rivojlanishi ulardagi nerv
sistemasining zaiflashuviga sabab bo'ladi;

Nutqning jadal rivojlanishi

(3—4 yoshda): bunda uning kommunikativ,

idrok etish va muvofiqlashtiruvchi faoliyatlari kattalar bilan bo‘ladigan muloqot ta’siri

ostida tez rivojlanadi. Bu davrda ko'pgina bolalarda bo‘g‘in va so‘zlarni takrorlash (integratsiya)
kuzatiladi. U fiziologik xarakterga egadir;

Bolaning yashirin, ruhiy siqilishi:

atrofdagilar bilan salbiy munosabatlar asosida tez

ta ’sirlanish; m uhim talablar va uni anglash darajasi o‘rtasidagi ziddiyat;

Bola va kattalar o ‘rtasidagi

ijobiy emotsional aloqalarning noto‘kisligi.

Hissiyotli (em

otsional) zo ‘riqish paydo bo‘ladi, u sirtdan ko'pincha duduqlanish bilan nihoyalanadi;

Harakat, ohang hissi, mimik-artikular faoliyat rivojlanishidagi yetishmovchilik:

Aytib

o'tilgan u yoki bu qulay shartlar mavjud bo‘lgani holda qandaydir miqdorda favqulodda tashqi
omil (qo‘zg‘atuvchi)ning bo‘lishi nerv buzilishi va duduqlanishni yuzaga keltirish uchun
yetarlidir. Keltirib chiqaruvchi sabablar guruhida anatomik-fiziologik, ruhiy va ijtimoiy sabablarni
ajratib ko‘rsatish mumkin.

Anatomik-fiziologik sabablar:

ensefalitik oqibatlari bo‘lgan jismoniy kasalliklar;

jarohatlar — ona qornidagi, tug‘ilish paytidagi, ko'pincha asfiksiya bilan, miyaning chayqalib lat
yeyishi; miyaning organik buzilishi, bu paytda harakatni m uvofiqlashtiruvchi qobiq osti m
exanizm lari yallig‘lanishi m um kin; zah arlan ish va m arkaziy n u tq ap p aratin i zaiflashtiruvchi
boshqa kasalliklar natijasida nerv sistemasining tamoman izdan chiqishi yoki o ‘ta charchashi:
qizamiq, terlama, gijjalar, ayniqsa, ko‘kyo‘tal, ichki sekretsiya alm ashinuv kasalliklari, burun,
halqum hiqildoq kasalliklari, dislaliya , dizartriyaning va nutq to‘liq rivojlanmaganligi hollaridagi
tovush talaffuzi apparatining mukammal

rivojlanmaganligi.

Ruhiy va ijtimoiy sabablari:

qisqa muddatli — bir lahzalik — ruhiy

shikast (qo‘rquv, vahimaga tushish); uzoq vaqt ta ’sir ko‘rsatadigan ruhiy shikast, bunda

quyidagi holda ko‘rinadigan noto‘g‘ri oila tarbiyasi tushuniladi: tantiqlik, buyruqqa asoslangan
tarbiya, bir xil b o ‘lmagan tarbiya, "namunali" bola tarbiyasi; surunkali ziddiyatli kechinmalar,
ruhiy zo‘riqish yoki hal etilmagan, umumiy g‘ov bo‘luvchi ziddiyatli vaziyatlar ko'rinishidagi
uzoq muddatli salbiy hissiyotlar; ruhan juda og‘ir ezilish; o ‘tkir samarasiz ta ’sirni keltirib
chiqaradigan kuchli, bexosdan paydo boluvchPlj^roblar; vahimali va o ‘ta shodlanish holati;
nutqning bolalikda noto‘g‘ri shakllanishi; nafas olish davomidagi nutq, tez gapirish, tovush

talaffuzining buzilishi, ota-onalarning tez, notekis nutqi, kichik yoshdagi bolalarni haddan

ortiq nutq materiallari bilan zo‘riqtirish, nutq materiali va fikr-tafakkurning (m avhum
tushunchalar, jum lalarning murakkab qurilishi) bola yoshidagi nomuvofiq tarzda murakkabligi;


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

447

poliglossiya: erta yoshda birdaniga turli xil tillarni bilish odatda qandaydir bir tildagi

duduqlanishni keltirib chiqaradi; duduqlanuvchilarga taqlid qilish.

Duduqlanadigan bolalam ing hayajonli nutqida fonetik-fonem atik va leksik-gram matik

buzilishlar ko'zga tashlanadi. M aktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanadigan bolalardagi fonetik-
fonematik buzilishlar 60,7%, kichik yoshli o'quvchilar orasida 43,1%, o'rta yoshlilarda 14,9% va
yuqori sinf o'quvchilarida 13,l% ni tashkil qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi
bolalar orasida so'z talaffuzining buzilishidan tashqari, xastalikning 34 foizi nutq rivojlanishidan,
so'zning yuzaga kelishm uddatidan, iborali nutqning shakllanishidan chetga og'ish sifatida qayd
qilinadi. Talaffuzdagi urg'u, intonatsiya, ritm buziladi. Nutq asoslanmagan pauzalar, qaytariqlar
bilan uzilib-uzilib chiqadi, jarangdorlik va talaffuz sur’ati, tovush kuchi, balandligi va shiradorligi
duduqlanuvchining nutqiy maqsadi, emotsional holati bilan bog'liq holda o'zgaradi.

Duduqlanish muammolari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar nuqsonga e’tiborni jalb

etish tushunchasi borasida turlicha qarashlarni keltiradilar: diqqat e’tiborning alohida xususiyati
(o‘jarlik boshlovchilik, xiralik, e’tiborning jamlanganligi), nuqsonni idrok etish, u haqida
tasawurga ega bo’lish, unga nisbatan turlicha hissiyotli munosabatda bo’lish (tashvishlanish,
xavotirlanish, qo‘rquvga tushish).

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bolalarda duduqlanish turli sabablarga ko‘ra bo‘lishi

mumkin, jumladan irsiy omillar, neyrofiziologiya, rivojlanish omillari, psixologik muammolar,
atrof-muhit ta’siri, nutq va til buzilishlari, nevrologik holatlar, dori-darmonlar yoki tibbiy
sharoitlar. Duduqlanishning turli xil sabablarini tushunish ota-onalarga, o‘qituvchilarga va tibbiy
xodimlarga ushbu nutq buzilishi bilan kurashayotgan bolalarga tegishli yordam va davolashni
ta’minlashga yordam beradi. Bolalar duduqlanishining asosiy omillarini bartaraf etish orqali
nutqning ravonligi va muloqot ko‘nikmalarini yaxshilaydi, bu esa hayot sifatini yaxshilishga va
ijtimoiy o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.“Maxsus pedagogika” M.U.Xamidova Toshkent-2018
2.M.Ayupova “Logopediya” 2007 yil
3.“ Logopediya”(L.S Volkova tahriri ostida)-M
4.“Logopediya”(L.Mominova,M. Ayupova)-T

















Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

“Maxsus pedagogika” M.U.Xamidova Toshkent-2018

M.Ayupova “Logopediya” 2007 yil

“ Logopediya”(L.S Volkova tahriri ostida)-M

“Logopediya”(L.Mominova,M. Ayupova)-T

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари