Mualliflar

  • S Abdullayeva
    Toshkent davlat pedagogika universiteti

Muallif biografiyasi

  • S Abdullayeva, Toshkent davlat pedagogika universiteti

    Toshkent davlat pedagogika universiteti 3 kurs-doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86268

Kalit so‘zlar:

Alaliya tasavvur idrok makon vaqt metodika

Annotasiya

Alaliyali bolalar, ya’ni fazoviy munosabatlarni to‘liq anglamaydigan bolalar, asosan jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi cheklovlar bilan yuzma-yuz kelishadi. Ularning fazoviy munosabatlarni aks ettirish va tushunishdagi qiyinchiliklari turli metod va usullarni talab qiladi. Maxsus pedagogika sohasida, bu bolalarga fazoviy tushunchalarni o‘rgatish uchun o‘zgacha yondashuvlar va texnikalar ishlab chiqilgan.Ushbu usullar orasida vizual yordamlar (rasmlar, diagrammalar, modellar), jismoniy mashqlar (gorizontal yoki vertikal harakatlar) va sensor yondashuvlar (teginish, hissiy tajribalar) alohida ahamiyatga ega. Bolalarni fazoviy tushunchalar bilan tanishtirishda, ularning hissiy rivojlanishiga e’tibor berish, o‘quv jarayonida o‘ziga xos vizual va motorik yordamlar berish zarur.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

414

ALALIYALI BOLALARDA FAZOVIY MUNOSABATLARNI IDROK ETISH

TUSHUNISH VA OG’ZAKI NUTQDA AKS ETTIRISHNI O’RGANISH USULLARI

Toshkent davlat pedagogika universiteti

3 kurs-doktoranti Abdullayeva S.N

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233561

Anotatsiya.

Alaliyali bolalar, ya’ni fazoviy munosabatlarni to‘liq anglamaydigan

bolalar, asosan jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi cheklovlar bilan yuzma-yuz kelishadi.
Ularning fazoviy munosabatlarni aks ettirish va tushunishdagi qiyinchiliklari turli metod va
usullarni talab qiladi. Maxsus pedagogika sohasida, bu bolalarga fazoviy tushunchalarni o‘rgatish
uchun o‘zgacha yondashuvlar va texnikalar ishlab chiqilgan.Ushbu usullar orasida vizual
yordamlar (rasmlar, diagrammalar, modellar), jismoniy mashqlar (gorizontal yoki vertikal
harakatlar) va sensor yondashuvlar (teginish, hissiy tajribalar) alohida ahamiyatga ega. Bolalarni
fazoviy tushunchalar bilan tanishtirishda, ularning hissiy rivojlanishiga e’tibor berish, o‘quv
jarayonida o‘ziga xos vizual va motorik yordamlar berish zarur. Ta’limda qo‘llaniladigan
innovatsion metodlar orqali, alaiyali bolalar fazoviy munosabatlarni yaxshiroq tushunishga va ular
bilan samarali muloqot qilishga erishadilar.Maxsus pedagogikada fazoviy munosabatlarni aks
ettirishning maqsadi nafaqat bolalar uchun yangi bilimlar yaratish, balki ularni jamiyatda erkin va
mustaqil harakat qilish imkoniyatiga ega qilishdir. Bu jarayon bolalarning harakatlanish
ko‘nikmalarini rivojlantirish, so‘zlashuvni yaxshilash va o‘zaro ijtimoiy munosabatlar o‘rnatishda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so’zlar :

Alaliya ,tasavvur, idrok ,makon, vaqt, metodika, buzilish, predmet

nazorat, tovushlar, markaz, natija.

Nazorat va tajriba-sinov guruhlariga tanlab olingan o‘quvchilarning og‘zaki nutqida

predmetlar o‘rtasida makon munosabatlarini anglatadigan so‘zlarning tushunilishi va ifodalanishi
masalasini batafsil o‘rganish ko‘zda tutildi. Xuddi shu o‘quvchilarning o‘zlarida oddiy figuralar
seriyasi hamda Rey-Teylorning murakkab fazoviy figuralaridan nusha ko‘chirish yordamida
ko‘rish-fazoviy tasavvurlarni o‘rganish rejalashtirildi.

O‘quvchilarning og‘zaki nutqlarida fazoviy munosabatlarning tushunilishi va ifodalanishi

I.N.Sadovnikova va L.S.Svetkova [190 ,236] tomonidan maxsus ishlab chiqilgan metodika
bo‘yicha o‘rganildi.

Metodika oltita blokdan iborat bo‘lib, har bitta blokka -1-2 tadan vazifa kiritildi. O‘quvchilar

jami 72 ta vazifani bajarishlari talab qilindi. Tadqiqot jarayonida o‘quvchilarda quyidagi jihatlar
o‘rganildi: ko‘makchilarning tushunilishi va qo‘llanishi; o‘z tanasi sxemasini tushunishi va bilishi;
qarshisida turgan kishining tanasinitushunishi va bilishi; 180° ga o‘girilgan qog‘oz varag‘i ustida
ish olib borishi.

Tekshiruv metodikasi quyidagi predmetlardan foydalanishni talab qiladi: varaqning turli

burchaklarida predmetlar tasviri tushirilgan rasmlar; qo‘l panjasi va oyoq kaftlari tasvirlangan
rasmlar; 9 ta kvadrat chizilgan va markaziy kvakdratda krest “+” tasvirlandan varaqlar; park
tasvirlangan rasmlar; turli rangdagi to‘rt burchak qog‘ozlar skameykalar tasvirlari bilan;
daraxtning va uning atrofida joylashgan hayvonlarning rasmi. Quyida o‘quvchilar uchun
tayyorlangan vazifalarni keltiramiz..

I. Ko‘makchilar (rasmlar bo‘yicha).
Ko‘rsatma: «Ko‘rsat...»
1. Daraxt ustida nimani ko‘rayapsan?
2. Daraxt yonida nima turibdi
3. Daraxt tagida nimani ko‘rayapsan?
4. Daraxt oldiga kim bordi?
5. Daraxt ustida nima o‘tiribdi ?
6. Daraxt bargida nima o‘rmalab ketayapti?


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

415

7. Daraxt oldida kim turibdi?

8. Daraxt ustidan nima tushdi?
9. Daraxt orqasida nima bor?
10. Daraxt ichidagi kovakda nima yashaydi?
11. Daraxt kavagidan nima chiqib keldi?
12. Daraxt kavagidan nima qarab turibdi?
II. Ko‘makchilarning qo‘llanishi.
Ko‘rsatma:«Ayt-chi...»
1. Chelak ichida nima bor? (Suv, baliq ...)
2. Qo‘ziqorin qayerda o‘sadi? (yer tagida)
3. Kuchuk qayerda yotadi? (inining ichida)
4. Mushuk qayerga chiqdi? (daraxt ustiga)3. Olmaxon qayerda o‘tiribdi? (daraxt ustida)
5. Sichqon qayerdan chiqib keldi? (yer tagidan)
6. Tipratikon qayerda o‘tiribdi? (tosh ustida)?
7. Barglar qayerdan to‘kilayapti? (daraxt shohidan)
8. Maktabdan kimlar kelayapti? (Baxodir bilan Dilshod)
9. Chorshanbadan oldin qanday kun keladi?
10. Kitobning ustida nima turibdi? Ruchka
11. Jumadan keyin qanday kun keladi?
III. O‘z tanasi sxemasini tushunishi.
1. Chap qo‘lingni ko‘rsat.
2. O‘ng qo‘lingni chap yelkangga qo‘y.
3. O‘ng qo‘lingni ko‘rsat.
4. Chap qo‘lingni tepaga ko‘tar, o‘ng qo‘lingni esa oldinga uzat.
5. Chap ko‘zingni ko‘rsat.
6. Ayt-chi, bu qaysm qo‘ling? (Tajriba o‘tkazuvchi bolaning chap qo‘lini ko‘rsatadi).
7. Chap qulog‘ingni ko‘rsat.
8. Bu qaysi qulog‘ing? (Tajriba o‘tkazuvchi bolaning o‘ng qulog‘ini ko‘rsatadi).
9. Chap qo‘lingni o‘ng oyog‘ingga olib bora.
10. Ayt-chi, bu qaysi oyog‘ing? (Tajriba o‘tkazuvchi bolaning o‘ng oyog‘ini ko‘rsatadi).
11. O‘ng qo‘lingni chap chap qulog‘ingga olib bor.
12. O‘rningdan tur va deraza tomonga o‘giril. Ayt-chi, sen qaysi tomonga o‘girilding?
IV. Ro‘parada turgan odamning tana sxemasini tushunish..
1. Mening chap qo‘limni ko‘rsat.
2. Qaysi qo‘limni tepaga ko‘tarib turibman?
3. Qaysi qo‘lim bilan o‘ng qulog‘imni ushlab turibman?
4. Qaysi qo‘limni yelkamga qo‘ydim?
5. Qaysi qo‘lim bilan chap tizzamni ushlab turibman?
6. O‘ng qo‘lim bilan nima qilsam, sen ham o‘ng qo‘ling bilan shunday qli, chap qo‘lim bilan

nima qilsam, sen ham chap qo‘ling bilan shunday qil (tajriba o‘tkazuvchi kaftining orqa tomoni
bilan iyagini pastdan silaydi).

7. Qaysi qo‘lim stol ustida turibdi?
8. Tajriba o‘tkazuvchi chap qo‘lini yelkasiga qo‘yadi.
9.Ayt,qaysi oyog’im tepada ?
10. Tajriba o‘tkazuvchi chap qo‘lining barmoqlarini tikka turgan o‘ng qo‘lining kaftiga

tiraydi.

11. Qaysi yelkamga boshimni o‘girdim?
12. Mening qaysi qo‘limning barmoqlari musht bo‘lib turibdi? (Tajriba o‘tkazuvchi musht

qilib bukilgan o‘ng qo‘lini tikka turgan chap qo‘lining kaftiga tiraydi).

V. Qog‘oz varag‘ining yuzida ishlash.
1. Ustki chap burchakda nimaning rasmi tasvirlanganini aytib ber.
2. Uchburchakdan chap tomonda doirachani chiz.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

416

3. Pastki o‘ng burchakda nimaning rasmi chizilganini ko‘rsat.

4. nuqtaning o‘ng tomonida uchburchak chiz.
5. Ustki o‘ng burchakda nimaning rasmi chizilganini ko‘rsat.
6. Doiracha tagiga ilon izi chiziq chiz.
7. Olmaxonning surati qaysi burchakda chizilgan?
8. “Bog‘da sayr”. Boladan skameykalarni yo‘lning ikki tomoni bo‘ylab qator qo‘yib chiqish

so‘raladi: «Qizil skameykani o‘ng tomonga qo‘y».

9.Ko’rsat keyingi oyog’ingni.
10. Ayt-chi, men yashil skameykani yo‘lning qaysi tomoniga qo‘ydim?
11. Krestik tepasiga nuqta qo‘y. (Bolaga 9 ta kvadratga bo‘lingan va markaziy kvadratda

krestik qo‘yilgan qog‘oz beriladi).

12. Uchta archa yo‘lining qaysi tomonida o‘sayapti?
IV. 180° ga o‘girilgan qog‘oz varag‘ida ishlash.
“Bog‘da sayr” nomli rasm asosida.
1. «Rasmga qarab, hayolingda bog‘ yo‘lidan orqaga qaytayapman deb o‘yla, shunda yashil

skameyka sendan qaysi tomonda turgan bo‘ladi?»

2. Sen orqangga qaytayotgan yo‘lning o‘ng tarafadi nechta archa o‘sadi?
2. Qizil rangli skameyka sening qaysi tomoningda joylashgan?
3. Sendan chap tarafda turgan uchinchi archani ko‘rsat-chi..
4. Ayt-chi, ko‘k rangli skameyka sening qaysi tomoningda turibdi?
5. Ayt-chi, kapalak yo‘lning qaysi tomonida uchib yuribdi?
6. Apelsin rangli skameyka sening qaysi tomoningda turibdi?
7. O‘ng oyoqning izi qaysi tomondaligini top-chi.
8. Sen yo‘ldan ketib borayapsan, men easa sendan uchinchi skameykada o‘tiribman, men

qayerda o‘tirganimni ko‘rsat-chi.

11. Chap qo‘lning izini ko‘rsat.
12. O‘ng tomondagi birinchi skameykada bir buvi o‘tiribdi, shu skameyka qayerda turganini

ko‘rsat-chi.

13.O‘ng qo‘lingning ko‘rsatkich barmog‘i qaysi?
Natijalarni baholash. Vazifalarga javobni o‘quvchilar og‘zaki shaklda yoki amaliy harakatlar

vositasida berishlari kerak.

Baholar natijalari ballarda hisoblandi.
1 ball – vazifa to‘g‘ri va tez bajarildi;
0,5 ball – vazifa to‘g‘ri ammo sekin bajarildi (latent davr 6 soniyadan ortiq), yoki xatoga

yo‘l qo‘yildi, ammo bola keyin uni o‘zi to‘g‘riladi;

0,25 ball – maxsus yordam olinganidan keyin to‘g‘ri javob berildi («Bu noto‘g‘ri, yana o‘lab

ko‘r »); 0 ball – ko‘plab qo‘pol xatoolarga yo‘l qo‘yildi, taklif qilingan yordamdan foydalana
olinmadi, bola javob berishdan bosh tortti.

Maksimal ballar miqdori - 72. Absolyut qiymat foizda ifodalandi va bu ko‘rsatkich metodika

vazifalarini bajarishda muvaffaqiyatlilikning to‘rtta darajasidan biriga muvofiqlashtirildi:

IV daraja - 100-80%; II daraja - 64,9-50%;
III daraja - 79,9-65%; I daraja - 49,9% va pastroq.
Ko‘rish-fazoviy tasavvurlarning tekshirilishi neyropsixologik testlardan foydalangan holda

olib borildi: Denmann testi, Teylor testi [198,202]. Mazkur metodikadan foydalanish alaliyali
bolalar tomonidan obyektning tuzilmaviy-topologik, metrik va kordinat xususiyatlarining idrok
etilishi va ifodalanishini baholash imkonini berdi.

ADABIYOTLAR:

1. Ayupova M.Y. Logopediya. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2011. 600 b.
2. Ayupova M.Y., Aripova Sh.D. To‘g‘ri talaffuz qilamiz va yozamiz.//Metodik qo‘llanma.

– T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2015. 236 b.

3. Jukova N.S., Mastyukova YE.M. Yesli Vash rebenok otstayet v razvitii. – M.: Meditsina,

1993. 112 b.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

417

4. Mironova S.A. Razvitiye rechi doshkolnikov na logopedicheskix zanyatiyax.

– M.: Prosvesheniye, 1991. 208 b.

















































Bibliografik manbalar

Ayupova M.Y. Logopediya. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2011. 600 b.

Ayupova M.Y., Aripova Sh.D. To‘g‘ri talaffuz qilamiz va yozamiz.//Metodik qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2015. 236 b.

Jukova N.S., Mastyukova YE.M. Yesli Vash rebenok otstayet v razvitii. – M.: Meditsina, 1993. 112 b.

Mironova S.A. Razvitiye rechi doshkolnikov na logopedicheskix zanyatiyax.

– M.: Prosvesheniye, 1991. 208 b.