Mualliflar

  • Zulxumor Turgʻunboyeva
    Qo’qon davlat pedogogika institute
  • Durdona Erkinova
    Qo’qon davlat pedogogika instituti

Muallif tarjimai holi

  • Zulxumor Turgʻunboyeva, Qo’qon davlat pedogogika institute

    Qo`qon davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi 

  • Durdona Erkinova, Qo’qon davlat pedogogika instituti

    Maxsus pedagogika Surdopedagogika 3 bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86270

Kalit so‘zlar:

daktil nutq tafakkur anomaliya

Annotasiya

Ushbu maqolada eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har birining eshitish funktsiyasi holatining xususiyatlarini to’g’ri tushunish va ularni barcha turdagi psixologik va ruhiy kasalliklar tizimida hisobga olishdirga doir fikr mulohazalar keltirilgan. 


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

407

INKLYUZIV TAʼLIMNI ESHITISHIDA NUQSONI BOʻLGAN BOLALAR

PSIXOLOGIYASIGA TAʼSIRI

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti

Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

Turgʻunboyeva Zulxumor Ibrohimjon qizi

Maxsus pedagogika Surdopedagogika

3

bosqich talabasi Erkinova Durdona Joʻrabek Qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233541

Annotatsiya:

Ushbu maqolada eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o’qitish,

tarbiyalash, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har
birining eshitish funktsiyasi holatining xususiyatlarini to’g’ri tushunish va ularni barcha turdagi
psixologik va ruhiy kasalliklar tizimida hisobga olishdirga doir fikr mulohazalar keltirilgan.

Kalit so’zlar

: daktil nutq, tafakkur, anomaliya, anomal bolalar, sezgi, vizual idrok, teri

sezgisi, surdapedagogika, psixologik.

Kirish.

Bugungi kunda eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlarga nisbatan

g’amxo’rlik, ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya jarayonini ularga mos ravishda
tashkil etish, sog’lom jamiyatga tenglashtirishdek o’ta mas’uliyatli vazifalar bir qator me’yoriy
hujjatlarda o’z ifodasini topgan bo’lib, asosiy maqsad o’quvchilarni mustaqil hayotga va kasb-
hunarga tayyorlash, jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga yordam berishdan iboratdir. Eshitishida
nuqsoni bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berishni erta boshlashning ahamiyati juda katta. Bu haqda
faylasuf va olimlar ko’plab fikr bildirgan. Chunki maktabgacha yosh davri inson hayotida muhim,
aytish mumkinki, hal qiluvchi palla bo’lib hisoblanadi. Bu davrda asosiy odatlar, ko’nikmalar
shakllanadi, xarakter belgilanadi, ya’ni butun keyingi hayot asoslari quriladi.

Eshitish qobiliyati pasayishining ikki turi farqlanadi, ya’ni kar-soqovlik va zaif eshitish. Zaif

eshituvchi bolalarda nutqni idrok qilish va qabul qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ammo,
eshitishdan foydalanib cheklangan miqdorda bo’lsa ham so’z zahirasini to’plash mumkin. Eshitish
holatining pasayishi karlik darajasida bo’lsa, nutqni tabiiy o’rganishning imkoniyati bo’lmaydi.h,
rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu mutaxassislarning har birining
eshitish funktsiyasi holatining xususiyatlarini to’g’ri tushunish va ularni barcha turdagi psixologik
va ruhiy kasalliklar tizimida hisobga olishdir. Eshitish holatiga ko’ra, eshitish qobiliyati
zaif(eshitadigan)va karlar farqlanadi. Eshitish qobiliyatining yo’qolishi -bu doimiy eshitish
qobiliyatining yo’qolishi, bunda hech bo’lmaganda minimal miqdorda, lekin og’zaki nutqni
mustaqil ravishda o’zlashtirish mumkin.

Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar sezgisi, idroki va xotirasi shakllanishining umumiy

qonuniyatlari bilan birga spetsifik xususiyatlarga ega bo’ladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan
bolalarda eshituv sezgisi mavjud emas degan fikr noto’g’ridir. Yangi okustik apparatlar yordamida
o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari ko’rsatishicha, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning 40 %da
eshituv sezgisi qoldiqlari mavjudligini ko’rsatdi.Hozirgi kunda bolalar tafakkurining rivojlanishini
uch bosqichi - ko’rgazmali - harakat, ko’rgazmali - obrazli, so’zli - mantiq tavsiflanadi. So’nggi
bosqichda umumlashish, tushunchaning shakllanganligi darajasi, ishlatiladigan material
xarakteriga ko’ra konkret - tushunchali va abstrakt tushunchali tafakkur o’zaro tasniflanadi.
Ko’rgazmali - harakat tafakkuri predmet bilan tashqi harakatni o’zida jamlaydi, bunda bola
maqsadga erishish vositasi sifatida turli predmetlardan foydalanadi. Amaliy vazifalarni amalga
oshirishda muammoni hal etishni bir sharoitdan ikkinchisiga o’tkazish zaruriyati yuzaga keladi.
Bu ko’rgazmali - harakat umumlashmalarini shakllanishga olib keladi. Ko’rgazmali - harakat
tafakkurining o’ziga xosligi, bir sharoitdan boshqasiga o’tishda bola harakati va predmet aloqasi,
munosabati tamoyili to’liq namoyon bo’lmasligi bilan belgilanadi.Shunday qilib, nutqiy


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

408

rivojlanishgacha tafakkurning inert, harakatchan emasligi kuzatiladi. Ma’lum nuqtai

nazardan bola narsani anglab, undan qiyinchilik bilan ajraladi. Nonutqiy muloqot imo - ishora yoki
so’zlashuv nutqini shakllantirish uchun asosiy omil sanaladi. Kar bolani nutqini rivojlantirish
uning tafakkurini rivojlantirishda muhim o’ringa ega. A.V.Zaporojes fíkricha bolani amaliy
tajribaga va sensor tarbiyaga ega bo’lishi asosidagina bu jarayon amalga oshishi mumkinligini
e’tirof etadi.

Tafakkur - haqiqatni bevosita va umumlashgan holda aks ettiruvchi bilish jarayonidir.

Bolaning amaliy tajribasi inson qo’li bilan yaratilgan predmetlar bilan topishi, harakatlarni
natijalar bilan qiyoslash, sabab - oqibat aloqalarini belgilashdir. Shunday qilib predmetlararo
munosabatlarni ham anglaydilar. Ko’rgazmali - harakat tafakkurini rivojlanishidan orqada qolish
nutqi mavjud bo’lmagan eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda ham uchraydi. Eshitishda nuqsoni
bo’lgan bolalar harakatni umumlashtirish usuliga ega bo’lmaydilar, shu sababli bu vazifani
o’rgatish uchun to’rt marotaba ko’p vaqt va uch marotaba ko’p ko’rgazma kerak bo’ladi.

A.R.Luriya va F.L.Yudovich nutqiy rivojlanishi orqada qolgan sog’lom egizak bolalarni

tafakkurining o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan. Bolalar harakatni so’zdan ajratish,
rejalashtirish, elementar tasniflash malakasiga ega bo’lmaganlar. Predmet ifodasi, belgi,
munosabatlarini anglab bola predmet obrazlari bilan tafakkur harakatlarini amalga
oshiradilar.Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalardagi ko’ruv sezgi va idroki eshituvchi bolalar
darajasida bo’lish L.V.Zankov, I.M. Solovev, K.I. Vigotskiy, tadqiqotlarida dalillangan. Shu
sababli eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar eshituvchi bola ahamiyat bermaydigan tashqi olam
xususiyatlari va nozikliklariga ahamiyat beradi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning eshituv
sezgisiga qaraganda ko’ruv sezgisining ustunligi, harakat sezgisining, teri-taktil sezgilarning
faolligi kuzatiladi.

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uzoq muddat davomida ko’rgazmali -obrazli tafakkur

bosqichida qoladilar. Xususan, T.V.Rozonova tadqiqotlarida eshitishda nuqsoni bo’lgan
bolalarning ko’rgazmali - obrazli tafakkurining rivojlanishidagi farq maktabgacha ta’limining
boshida kuzatilishini isbotlaydi. Ko’rgazmali - obrazli tafakkurni rivojlantirish model
tasavvurlarni umumlashtirish imkonini yuzaga keltiradi. Ko’rgazmali - obrazli tafakkurni
shakllantirish so’zlash nutqining shakllanishi bilan bog’liq bo’lib, ko’rgazmali - obrazli tafakkurni
so’zlash - mantiq tafakkuri bosqichiga o’tishi sog’lom bolalarga nisbatan eshitishda nuqsoni
bo’lgan bolalarda uzoq muddat davomida amalga oshadi. Bu fikrlash operatsiyalarini
rivojlanishida namoyon bo’ladi. Fikrlash operatsiyalari - tizimga tashkillashtirilgan umumiy
harakatlardir. Bu fikrlash operatsiyalari asta - sekinlik bilan amalga oshadi. Eshitishda nuqsoni
bo’lgan bolalarda fikrlash operatsiyalari eshituvchi bolalarga nisbatan kech shakllanadi. Analiz va
sintez jarayonini rivojlanishida ham orqada qolish kuzatiladi. Bu jarayonlar yanada uzoq muddatli
va sistematik tarzda amalga oshadi. Taqqoslash jarayonida farqlarni topish va o’xshatish
munosabatlari amalga oshadi. I.M.Salovyoov ta’kidlashicha, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda
taqqoslashning quyidagi jihatlari namoyon bo’ladi: ikki predmetni taqqoslashdan birining
analiziga o’tib ketish, vazifani soddalashtirish, predmetlarni taqqoslashdagi qiyinchiliklar
kuzatiladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning o’smirlik chog’ida taqqoslash texnikasini
egallashda yutuqlar kuzatiladi, taqqoslash sifati oshadi.

Abstraktsiyalash jarayoni syujetli - rasm o’yin va o’quv faoliyati jarayonida amalga oshadi.

Syujetli - rasm o’tishning xarakterii xususiyati o’rindosh pгedmetlaгni qo’llash hisoblanadi.
Almashtiriluvchi pгedmetlaг xususiyatini ajratish va taqqoslash abstraktsiyaga asoslanadi.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bola^ almashtiгilgan predmetlami qo’llashda qiyinchiliklaгga
uchraydilaг. Hatto almashtirish uchun funksional mumkin bo’lgan predmet^ ulaг tomonidan haг
doim qo’llanilmaydi, ulami гeal funktsional ahamiyatida ajratish eshitishda nuqsoni bo’lgan
bolalaT uchun qiyin tareda kechadi. N.I.Shif ma’lumotlariga ko’гa, maktabgachagacha yoshdagi,
maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun almashtiruvchi vosita sifatida
tanishga nisbatan, notanish predmetlarni qo’llash qulaylik tug’diradi. Abstraktsiya jaryonida
orqada qolish eshitishda nuqsoni bo’lgan bolada o’quv faoliyatida ham orqada qolishiga sabab
bo’ladi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

409

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI:

Surdopedagogika tarixiga nazar tashlasak, turli davrlarda eshitish qobiliyatidan ajralgan

bolalarni tadqiqot obyekti sifatida o’rgangan olimlardan J.Kardano, V.I.Fleri, Ya.T.Speshnevlar
ular orasida ma’lum tarzda murojaat etilgan nutqni tushuna oladigan bolalar borligi, agar nutq
ularga qarata balandlatilgan holda aytilsa eshitishi zaif bo’lgan bolalar nutqining ma’lum qismi
shakllanishi haqida qayd etishgan. V.I.Fleri bola shaxsining shakllanishi uchun atrofdagi yaqinlari,
ayniqsa, onasi g’amxo’rlik qilishi kerakligi hamda kar bolaning nutqining rivojlanishi ilk
davrlardan, hattoki boshqalar nutqiga taqlid qilgan holda rivojlanishini ta’kidlagan holda "Kar-
soqov bola qancha kichik bo’lsa, uning o’zlashtirish layoqati shuncha yuqori bo’ladi", -deb yozadi
olim, shuningdek, ba’zi so’zlarni bola ko’rish asosida taqlidan o’zlashtirishi lozimligini alohida
qayd etgan.

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning tekshiruv usullari N.A.Rau tomonidan ishlab

chiqilgan. Rau bolalalarni eshituv holatiga ko’ra ikkita toifaga bo’ladi: karsoqov va zaif eshituvchi
bolalar. Rau kar va zaif eshituvchi bolalar bilan ular nutqini saqlab qolish niyatida labdan o’qishga
o’rgatish va savodini chiqarish uchun ma’lum korreksionlar kerakligini ta’kidlaydi. Eshitish
qobiliyati pasayishining ikki turi farqlanadi, ya’ni kar-soqovlik va zaif eshitish. Zaif eshituvchi
bolalarda nutqni idrok qilish va qabul qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ammo, eshitishdan
foydalanib cheklangan miqdorda bo’lsa ham so’z zahirasini to’plash mumkin. Eshitish holatining
pasayishi karlik darajasida bo’lsa, nutqni tabiiy o’rganishning imkoniyati bo’lmaydi. Eshtishida
nuqsoni bo’lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari va imkoniyatlari, ularga ilk davrdan boshlab
korreksion-pedagogik yordam ko’rsatish zaruratidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Eshitish
qobiliyatining pasayishi bolaning umumiy va psixik rivojlanishiga, eng asosiysi nutqining
shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Eshitmaydigan va zaif eshituvchi bola maxsus o’rgatib
borilmasa, u gapira olmaydi, atrofdagilar bilan muomalada esa chegaralangan miqdordagi imo-
ishoralardan foydalanadi. Bolalar kundalik hayotida kattalarga taqlid qilgan holda oddiy amaliy
faoliyat turlarini bajara oladilar, turli buyumlarning funksional vazifalarini o’zlashtiradilar va
ulardan to’g’ri foydalanadilar, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish malakasini egallab oladilar. Bunday
bolalarga maxsus ta’lim berish shart-sharoitlari yaratilmagan holda, ular o’zgalar nutqini idrok eta
olmasligi oqibatida sensor va aqliy rivojlanishi so’zlashuv nutqning ta’sirisiz kechadi. Shunday
qilib, eshitish qobiliyatining pasayishi va nutqiy rivojlanishning buzilishi oqibatida bolaning
rivojlanishi to’xtamasa-da, ancha cheklanib qoladi.

Demak, bolalarning risoladagidek rivojlanishi uchun, me’yorda eshitadigan bolalardan-da

ko’proq maxsus ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish talab etiladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan
bolalarga ilk yoshdan boshlab maxsus ta’lim-tarbiya berilgan holda, ularning umumiy
rivojlanishidagi orqada qolishning oldini olish, mavjud nuqsonlarni korreksiyalash va ularning har
tomonlama kamol topishini ta’minlash mumkin bo’ladi. Pedagogikada tarbiya qonuniyatlari
to’g’risidagi fan sifatida hodisalarning keng doirasi qamrab olinadi va turli sharoitda ta’lim-
tarbiyani tashkil etish masalalari ishlab chiqiladi.

Fikrlash operatsiyalari - tizimga tashkillashtirilgan umumiy harakatlardir. Bu fikrlash

operatsiyalari asta - sekinlik bilan amalga oshadi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda fikrlash
operatsiyalari eshituvchi bolalarga nisbatan kech shakllanadi. Analiz va sintez jarayonini
rivojlanishida ham orqada qolish kuzatiladi. Bu jarayonlar yanada uzoq muddatli va sistematik
tarzda amalga oshadi. Taqqoslash jarayonida farqlarni topish va o’xshatish munosabatlari amalga
oshadi. I.M.Salovyoov ta’kidlashicha, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda taqqoslashning
quyidagi jihatlari namoyon bo’ladi: ikki predmetni taqqoslashdan birining analiziga o’tib ketish,
vazifani soddalashtirish, predmetlarni taqqoslashdagi qiyinchiliklar kuzatiladi. Eshitishda nuqsoni
bo’lgan bolalarning o’smirlik chog’ida taqqoslash texnikasini egallashda yutuqlar kuzatiladi,
taqqoslash sifati oshadi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaA kattaliklami taqqoslash, kattaliklar
o’zaro munosabatini tushunish, masala mazmunidan uni ko’rgazmali ifodalash, berilgan
munosabatlarda koAgazmali sharoitda ajratishni ifodalovchi bir qator masalalami hal etishda
qiyinchiliklarga uchraydi. Asosiy qiyinchiliklar matn mazmuni boyicha xulosa chiqarish,
ma’lumotlami analiz va sintez qilishda yuzaga keladi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

410

XULOSA:

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar shaxsini mahalliy va xorijiy tadqiq qilish shuni

ko’rsatdiki, xorijiy tadqiqotlarda og’zaki nutqning rivojlanish darajasi aqliy qobiliyatning ham
rivojlanishiga ta’siri va oiladagi eshitish nuqsoni bo’lgan bolaning hissiy aurasi va shaxsiyati
rivojlanishidagi ahamiyatiga ko’proq e’tibor berilgan. Mahalliy tadqiqotlarda esa ko’pincha ta’lim
tizmiga e’tibor qaratiladi. Umuman olganda, kar bolalarning oilasi bilan bo’lgan muloqatlarning
passiv ishtirokchisi bo’lishi ularning hissiy, aqliy va xulq-atvor buzilishiga olib keladi. Xususan,
hissiy jihatdan barqaror odam o’quv dasturini yaxshiroq o’zlashtiradi, atrofidagi odamlar bilan
yaxshi munosabatga kirisha oladi va jamiyatning aktiv a’zosi bo’loladi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1 Daughter, Ibragimovna, Turgʻunboyeva Zulxumor. "Causes of hearing defects and

description." Galaxy International Journal of Interdisciplinary Research 11 (2023): 653-656.

2 Nigina, Abdunazarova, and Yolchieva Dilfuza. "Technology for the development of

speech logic in native language lessons with students of special institutions." Galaxy International
Journal of Interdisciplinary Research 11 (2023): 1086-1090.

3 Ibragimovna, Turgʻunboyeva Zulxumor. "" Zaif eshituvchi oʻquvchilarni nutqiy

sifatlarining rivojlanish xususiyatlari." Science Promotion 1 (2023): 131-138.

4 Turgunbayeva, Zulkhumor Ibragimovna. "Organizing Inclusive Education for Children

with Autistic Spectrum Disorder." American Journal of Education and Evaluation Studies 1.7
(2024): 175-178.

5 Mashhura, Boltayeva Gulsevar Xoldoraliyeva Raʼno Tursunova, and Abdurahimova

Munisa Meliqoʻziyeva Shahzoda Turgʻunboyeva Zulxumor. "Jahon mamlakatlari ta’limining
tashkil etilishi va taraqqiyoti masalalarining tavsif etilishi." Confrencea 12.12 (2023): 563-571.

6 Mo’minova L.R., Sh.M.Amirsaidova va boshqalar. Maxsus psixologiya. T.: o’zbekiston

faylasuflar milliy jamiyati, 2013.

7 Mamirova Feruza Sulaymonovna (2023). Study and significance of youth dependence on

social networks. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1 (17), 205-212.

8 Сурдопедагогика. Под ред. Е.Г.Речинской Москва. Влад. 2018
9 Марсиновская Е.Н. Особенности овладения знаниями и умениями детьми с

недостатками слуха. - Л., 2019.






















Bibliografik manbalar

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Daughter, Ibragimovna, Turgʻunboyeva Zulxumor. "Causes of hearing defects and description." Galaxy International Journal of Interdisciplinary Research 11 (2023): 653-656.

Nigina, Abdunazarova, and Yolchieva Dilfuza. "Technology for the development of speech logic in native language lessons with students of special institutions." Galaxy International Journal of Interdisciplinary Research 11 (2023): 1086-1090.

Ibragimovna, Turgʻunboyeva Zulxumor. "" Zaif eshituvchi oʻquvchilarni nutqiy sifatlarining rivojlanish xususiyatlari." Science Promotion 1 (2023): 131-138.

Turgunbayeva, Zulkhumor Ibragimovna. "Organizing Inclusive Education for Children with Autistic Spectrum Disorder." American Journal of Education and Evaluation Studies 1.7 (2024): 175-178.

Mashhura, Boltayeva Gulsevar Xoldoraliyeva Raʼno Tursunova, and Abdurahimova Munisa Meliqoʻziyeva Shahzoda Turgʻunboyeva Zulxumor. "Jahon mamlakatlari ta’limining tashkil etilishi va taraqqiyoti masalalarining tavsif etilishi." Confrencea 12.12 (2023): 563-571.

Mo’minova L.R., Sh.M.Amirsaidova va boshqalar. Maxsus psixologiya. T.: o’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2013.

Mamirova Feruza Sulaymonovna (2023). Study and significance of youth dependence on social networks. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1 (17), 205-212.

Сурдопедагогика. Под ред. Е.Г.Речинской Москва. Влад. 2018

Марсиновская Е.Н. Особенности овладения знаниями и умениями детьми с недостатками слуха. - Л., 2019.