MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
405
KOXLEAR IMPLANT VA UNING BOLA HAYOTIDAGI TUTGAN O‘RNI VA
AHAMIYATI
Farg`ona davlat
universiteti
o‘qituvchisi Isodullayeva
Farg`ona davlat
universiteti
talabasi S. Ergashova
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233531
Annostatsiya
: Ushbu maqola eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va koxlear implant
haqida qisqacha ma’lumot va uning bola hayotidagi o‘rni, ahamiyati, afzalliklari va implantatsiya
jarayonidan keyin bunday bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ish, eshituv
idrokini, tovush talaffuzini, lug‘at boyligini oshirish haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan.
Aннотация
: В данной статье представлена краткая информация о детях с
нарушениями слуха и кохлеарном импланте, его роли, значении и преимуществах в жизни
ребенка. Также приводятся сведения о коррекционно-педагогической работе, проводимой
с такими детьми после процесса имплантации, направленной на улучшение слухового
восприятия, произношения звуков и расширение словарного запаса.
Annotation
: This article provides a brief overview of children with hearing impairments
and cochlear implants, discussing their role, significance, and advantages in a child's life. It also
touches upon the corrective and pedagogical work conducted with such children after the
implantation process, including brief information on methods to improve auditory perception,
sound pronunciation, and vocabulary enrichment.
Kalit so‘zlar:
koxlear implant, eshituv idroki, reabilitatsiya, nutq protsessori, mikrofon,
audiolog, chig’anoq, ichki quloq
Ключевые слова:
Кохлеарный имплант, слуховое восприятие, реабилитация,
речевой процессор, микрофон, аудиолог, улитка, внутреннее ухо.
Key words:
cochlear implant, auditory perception, rehabilitation, speech processor,
microphone, audiologist, cochlea, inner ear
Eshitish-inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, dunyoni anglash, muloqot qilish, jamiyatda
faol ishtirok etish imkonini beradi. Ammo tug‘ma va orttirilgan eshitish qobiliyatining buzulishi
bunga to‘sqinlik qiladi. Hozirgi kunda tibbiyotda bu muammoni hal qilishning samarali yo‘li
koxlear implant texnologiyasidir. Koxlear implant-bu jarrohlik yo‘li bilan implantatsiya
qilingan neyroprotez bo‘lib, o‘rta va chuqur sensorli eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalarga
tovushni idrok etishga yordam beradi. Bu qurilma koxlear nervini elektr bilan ta’minlaydi. 2
qismdan iborat bo‘lib, tashqi hamda ichki. Quloq orasida joylashgan tashqi qismi mikrofon va
nutq protsessorini o‘z ichiga oladi. Mikrofon tovush to‘lqinlarini qabul qilganda, nutq protsessori
ovozni tahlil qiladi, shuningdek, uni raqamli signallarga aylantiradi. Ichki qismi ya’ni haqiqiy
implant, signallarni qabul qilish uchun spiral, elektronika, chig‘anoq ichidagi elektrodlardan
iborat.
Koxlear implantning ahamiyati:
Nutq va muloqotni rivojlantiradi;
Ijtimoiy moslashuv;
O‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam beradi;
Eshituv idrokini shakllantiradi;
Koxlear implantning afzalliklari quyidagilardan iborat:
Eshitishni qayta tiklash;
Har qanday tovush va shovqinni eshitish;
Implantli bolalar atrofdagilar gaplarini aniq eshitish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
Agar implant yoshligidayoq ya’ni 3 yoshgacha o‘rnatilsa, nutq rivojlanishi
normal bolalar kabi davom ettiradi;
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
406
Ta’lim jarayonida ham faol qatnashish imkonini beradi ;
Reabilitatsiya - (lotincha, Rehabilitation-tiklash) ma’nonini anglatadi. Organizmning
buzilgan funksiyasini tiklash, nuqsonli shaxslarni davolashga qaratilgan tibbiy, pedagogik,
ijtimoiy ish majmuidir. Koxlear implantatsiyadan keyin reabilitatsiya juda muhim sanaladi. Sabab
shundaki, bemor bola yangi eshitish tizimiga moslashishini, ovozlarni tog‘ri idrok etishini
o‘rganishi kerak. Implantatsiyadan keyin bemor tahminan 2-4 hafta operatsiya jarohatini
tuzalishini kutadi. Bu vaqtda implant yoqilmaydi. Shifokor tomonidan implant operatsiyadan 3-4
hafta o‘tgach faollashadi. Maxsus audiolog dasturlash orqali implantni moslashtiradi, ovoz
signallarini mos ravishda sozlab beradi. Implant ishlashni boshlagandan keyin sudopedagog va
audiolog bilan muntazam mashg‘ulot olib boriladi. Implantli bolalar uchun psixologik moslashish
muhim bo‘lib, yangi eshitish tajribasi uning hissiy holatiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi va
mutaxassislarni yordami bu jarayonni yengillashtiradi.
Koxlear implant o‘rnatilgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ish
maxsus dastur va metodikalarni talab etadi:
1-navbatda, eshitish treninglari, turli tovushlarni ajratish va farqlash bo‘yicha mashg‘ulotlar
o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi;
2-navbatda, fonematik eshitishni rivojlantiriladi;
3-navbatda, nutq terapiyasi: Logoped yordamida tovush, so‘z, gaplarni tog‘ri talaffuz
qilishni o‘rgatish.
Koxlear implant bilan yashayotgan bolalar uchun tog‘ri va tizimli pedagogik yondashuv
ularning nutq va eshitish qobiliyatini samarali rivojlantirishga yordam beradi. Bunday bolalarning
tovush talaffuzi va lug‘at boyligini oshirishning bir qator usullari mavjud:
Artikulyatsiya mashqlari;
Og‘iz va til harakatlari:
Tilni burish, lablarni cho‘zish va siqish mashqlari.
Oyna oldida mashq qilish: Bola tovush chiqarganda lab va til harakatlarini kuzatib, to‘g‘ri
talaffuzni shakllantirish.
Tovushlarni mustahkamlash;
Qisqa so‘zlardan boshlash:
Oddiy so‘zlarni aniq va to‘g‘ri talaffuz qilishga e’tibor
qaratish.
Lug‘at boyligini rivojlantirish;
Kundalik suhbatlar:
Doimiy muloqot:
Bola bilan har kuni sodda va tushunarli gaplar orqali muloqot
qilish.
Tushuntirish usuli:
Yangi so‘zlarni ishlatganda ularning ma’nosini tasvirlash
yoki real buyumlar bilan bog‘lash.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirib oʻtilgan ma‘lumotlarga, ota-onalar farzandlari
yoshligida, hattoki, tug‘ilishdan avval, homiladorlik davridayoq befarq bo‘lmasligi kerak.
Bolaning rivojlanish bosqichida gentomitsin, kanomitsin, merkatsin va boshqa antibiotiklarni
qo‘llashda ehtiyot bo‘lishilari darkor. Yanglish qilingan bir dona harakat yoki hodisa ham bolaning
asosiy eshitish sezgisiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Koxlear implantli bolalar bilan kompleks
holda mashg‘ulotlar olib borish joiz. Bundan tashqari, yuqori malakali surdapedagog kadrlarni
ko‘paytirish hamda ularga chet el malakalarini o‘rgatish muhim. O‘quv jarayonida inklyuziv
ta‘limni rivojlantirish kerak va bu dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Haqberdiyev Jamoliddin»KOXLEAR IMPLANTATSIYADAN KEYIN
BOLA QANDAY REABILITATSIYAGA MUHTOJ?»
2. M .Ayupova ,,Logopediya’’
3. Samaradorlik ^ Manbalar 1. ↑ „NCD – Cochlear Implantation (50.3)”.
www.cms.gov.
4. Koxlear i… wikipedia.org 12. “Cochlear implants and electronic hearing”.
5. Haqberdiyev J.,,Koxlear implantatsiyadan keyin bolani reabilitatsiya qilish
masalalari’’v
