Mualliflar

  • Nargiza Qodirova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Nargiza Qodirova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86274

Kalit so‘zlar:

uy ta’limi ta’lim olish ijtimoiy moslashuv

Annotasiya

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratish, ularning ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini, o‘zini namoyon qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni mustaqil ravishda yengishini ta’minlash, o‘zo‘zini anglash va ijtimoiylashuvni rag‘batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratish, ijtimoiy moslashuvini shakllantirish uchun ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish kabilar haqida so‘z yuritiladi.  


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

396

UY TA’LIMIGA JALB ETILGAN BOLALARNING IJTIMOIY

KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Andijon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Qodirova Nargiza Rahmatillo qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233460

Annotasiya.

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim

olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari uchun zarur sharoit
yaratish, ularning ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini, o‘zini namoyon qilish, yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni mustaqil ravishda yengishini ta’minlash, o‘z-
o‘zini anglash va ijtimoiylashuvni rag‘batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratish, ijtimoiy
moslashuvini shakllantirish uchun ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish kabilar haqida so‘z
yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

uy ta’limi, ta’lim olish, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy-pedagogik yordam,

shaxsiy xususiyatlar, qo‘llab-quvvatlash.

Respublikamiz xalq ta’limi tizimida imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishning uyda

yakka tartibdagi ta’lim shakli mavjud. Uyda yakka tartibda taʼlim olish jismoniy yoki psixik
rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy xulosasiga koʻra doimiy
yoki vaqtincha maktabga qatnay olmaydigan bolalar uchun tashkil etiladi. Sog‘liqning buzilishi
bolalarning shaxsiyatida o‘z izini qoldiradi: birinchi navbatda, sog‘lig‘ining cheklanganligi kasbiy
o‘zini o‘zi belgilashga va mehnat faoliyatini amalga oshirishga ta’sir qiladi. Patologiyaning
mavjudligini bilish o‘z qobiliyatlarini, intilishlar darajasini, tashabbusning yetishmasligi va
bunday bolalarning mustaqilligini yetarli darajada baholamaslikka olib keladi. Hissiy sohaning
rivojlanishida buzilish mavjud bo‘lib, bu ijtimoiy moslashuv, ta’lim olish va kasbiy faoliyatga
qiziqishning yetishmasligida namoyon bo‘ladi.

Imkoniyati cheklangan bolalarni uyda o‘qitish ularning ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi.

Oilalar va bolalar uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari mutaxassislaridan ijtimoiy hamda
pedagogik yordam talab qiladi. Bunday qo‘llab-quvvatlash bolalar haqida bilish, ularning ijtimoiy
rivojlanish istiqbollarini, o‘zini namoyon qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy
muammolarni bashorat qilish va ularni mustaqil ravishda yengishini ta’minlash, o‘z-o‘zini anglash
va ijtimoiylashuvni rag‘batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratishning maqsadga muvofiq
jarayonidir. Uyda ta’lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirishni ijtimoiy-
pedagogik qo‘llab-quvvatlash shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvga asoslanadi. Ushbu
yondashuvning mohiyati bolalarning ijtimoiy o‘ziga xosligini, ularning sotsializatsiya
ehtiyojlarini, ta’lim va tarbiya muhitini, shuningdek, jamiyatga integratsiyalashuv istiqbollarini
to‘liq hisobga olishdan iborat.

Bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida bilish faoliyatining turg‘un rivojlanmay

qolishi aqli zaiflikning asosiy belgisi hisoblanadi. Bu buzilish birinchi o‘rinda voqelikni aks
ettirishga sezgi va idrokka taalluqli. Nerv sistemasi buzilgan bolalarda bu psixik funksiyalar, sekin
va bir qator xususiyat hamda kamchiliklar bilan shakllanadi. Bu xususiyatlar o‘qish jarayonida
aniq namoyon bo‘ladi: bilib olish suratini sekinligi, grafikasi o‘xshash harflarni, raqamlarni,
predmetlarni, talaffuzi o‘xshash tovush va so‘zlarni aralashtirib yuborish bularga misol bo‘la oladi
[10; 319-325-b].

Ota-onalar zarur imkoniyatlarni yaratib, tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda hamkor

bo‘lib ishlarni amalga oshirish, bolaning imkoniyatlariga loyiq turli faoliyatlarga jalb etish, uning
psixologik-fiziologik, jismoniy va aqliy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish bilan
korreksiyalash ishlarini samarali amalga oshirish uchun eng muhim zaminni vujudga keltiradi. Bu
o‘rinda, shifokor-pedagog-psixolog va ota-ona hamkorligi ilmiy asosda, barcha psixologik-
fiziologik jarayonlarni to‘g‘ri hisobga olib tashkil etilsa, yuqori natijalarga erishish kafolatlanadi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

397

Uyda yakka tartibdagi ta’limda pedagogik ishlar o‘quvchi hayotining ijtimoiy,

hissiy, kognitiv sohalariga hamda o‘z-o‘zini anglashiga qaratilishi zarur. Imkoniyati cheklangan
bolalar uchun uyda ta’limning integratsiyalashgan tizimini amalga oshirishda butun ta’lim davrida
bolaning rivojlanishi uchun psixologik, tibbiy va pedagogik yordam doimiy kerak [9; 36-b].

Dars mashg‘ulotlarning davom etishi bajariladigan faoliyatlarning murakkablik darajasiga,

o‘quvchining shu darsni o‘zlashtirish vaqtidagi sog‘lig‘i va psixik holati hamda jismoniy
imkoniyatlariga bog‘liq. Ushbu jarayon o‘rganilayotgan mavzuning murakkablik darajasiga qarab
5-10 daqiqadan 20-25 daqiqagacha o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati cheklangan
uyda yakka tartibdagi ta’limga jalb etilgan o‘quvchilarning aksariyatida tez toliqish, diqqatining
tarqoqligi, turli xil salbiy xatti-harakatlar paydo bo‘ladi. Bunday holatlarni oldini olish va bartaraf
etish, shuningdek, psixonevrologik rivojlanishda kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilarning foydali ish
koiffitsyenti darajasini oshirish o‘z vaqtida dam olish daqiqasini o‘tkazish va turli faoliyat turlarini
almashtirish orqali amalga oshiriladi. Dam olish daqiqasi butunlay o‘quvchining holatiga
bog‘liqdir. Agar kerak bo‘lsa, dars davomida istalgan vaqtda dam olish daqiqasi tashkil etilishi
mumkin. Dars va mashg‘ulotlar davomida foydali ish koiffitsyentini maqbul darajasini saqlab
qolish uchun o‘quvchilar miya katta yarimsharlarining funksional holatini tezroq tiklashga
qaratilgan turli tadbirlardan foydalanishlari; ta’limga qiziqishni faollashtirish, oshirish maqsadida
tuzatuvchi o‘yinlar va mashqlar ko‘ngilochar tomoshalardan foydalanishlari maqsadga muvofiq
hisoblanadi [10; 319-325-b].

O‘qituvchilarning faoliyatida og‘zaki nutqdan tashqari boshqa aloqa vositalariga ega

bo‘lishi ham alohida ahamiyatga egadir. Bunday aloqalarga jismoniy va vizual aloqalar –
o‘quvchining boshini silash, qo‘llarini ushlash, yelkalarini quchoqlash kiradi. O‘qituvchilar
bunday harakatlarni yurakdan chiqarib bajarsa o‘quvchilar ularni juda aziz inson deb qabul
qiladilar [9; 41-b].

Muloqot va hamkorlik uyda yakka tartibdagi ta’lim jarayonida yo‘naltiruvchi hamda

rag‘batlantiruvchi omil sifatida qaraladi. Darslarni olib borishda ijobiy munosabatni shakllantirish
uchun o‘quvchining dunyosiga yo‘l topa bilish, quvonch-u qayg‘usiga sherik bo‘lish, ishonchini
oqlay bilish lozim. O.N.Maikina quyidagicha ta’kidlagan edi: “Siz har doim o‘zingizning xatti-
harakatlaringizni eslab qolishingiz kerak, chunki o‘quvchi uchun o‘qituvchi nafaqat do‘st,
maslahatchi, balki adolatning tirik timsoliˮ [9; 42-b].

Uydagi ta’lim bolalarning bilim olish huquqlarini ta’minlash va ularning ta’lim olishi uchun

kerakli shart-sharoitlarni yo‘lga qo‘yish maqsadini ko‘zda tutadi. O‘quvchilar dunyoqarashi va
tasavvurini shakllantirish, fanlar bo‘yicha bilim, hayotiy ko‘nikma hamda malakalarni singdirish,
axloqiy-ma’naviy jihatdan tarbiyalash, mehnatga tayyorlash kabi vazifalarni bajaradi. Aqliy,
jismoniy va psixik rivojlanishi muammoli bolalar ta’limning qay bir shakli, turiga jalb qilinmasin,
ularga mos yondashuvlarni tanlash o‘ziga xos murakkab, shuningdek, kompleks chora-tadbirlarni
taqazo qiluvchi jarayon hisoblanadi. Bunday chora-tadbirlarni samarali yo‘lga qo‘yish uchun
pedagog o‘zi ta’lim berayotgan o‘quvchining shaxsiy, tibbiy, psixologik hamda pedagogik o‘ziga
xosliklari borasida ma’lumotlarni bilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga

ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidaˮ 2020-yil 13-
oktyabrdagi PQ-4860 son qarori// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2021-yil
12-oktabr, 638-son.

2. Рыжова, Ольга Семеновна. Социально-педагогическое проектирование надомного

обучения детей с ограниченными возможностями здоровья: дис… кандидат педагогических
наук. – Ростов-на-дону. 2003. 241 с.

3. Попова, Людмила Григорьевна. Сойиально-педагогическое сопрования

формирования социальной адаптивности подростков, обучающихся на дому, в условиях
учреждения социального обслуживания семьи и детей: дис… кандидат педагогических
наук. Москва. 2009. 246 с.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

398

4. Кевля Ф.И. Психолого-педагогический консилиум как средство

прогнозирования личностного развития ребёнка // Вестник психо социалъной и
коррекционно-реабилитационной работы. 1996. - №3. – С. 50-58.

5. Куликова Т.А. Семейная педагогика и домашнеевоспитание. – М., 2001. – 102 с.
6. Mirzaev, O. (2022). THE ROLE OF ETHICS AND AESTHETICS IN THE

FORMATION OF ENTREPRENEURIAL RELATIONS BETWEEN INDIVIDUALS. Science
and innovation, 1(B6), 125-130.

7. Nargiza, Q. (2022). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA LOGOPED

ISHINING OLIB BORILISHI. PEDAGOGS jurnali, 22(2), 52-54.

8. Жўрахўжаев, М. Х. (2022). ИМКОНИЯТИ ЧЕКЛАНГАН БОЛАЛАР УЙДА ЯККА

ТАРТИБДАГИ ТАЪЛИМДА ЎҚУВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ. PEDAGOGS jurnali,
1(1), 295-298.

9. Jo‘raxo‘jayev M.X., Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi ta`limi

samaradorligini oshirish mexanizmlari: Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi. – Jizzax – 2023. – 36-bet.

10. Jo‘raxo‘jayev M.X. Uyda yakka tartibdagi ta’lim o‘qituvchisining portreti/ “Tilni

o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalariˮ III xalqaro anjuman materiallari. – Jizzax, 2022. –
B. 319-325.

































Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidaˮ 2020-yil 13oktyabrdagi PQ-4860 son qarori// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2021-yil 12-oktabr, 638-son.

Рыжова, Ольга Семеновна. Социально-педагогическое проектирование надомного обучения детей с ограниченными возможностями здоровья: дис… кандидат педагогических наук. – Ростов-на-дону. 2003. 241 с.

Попова, Людмила Григорьевна. Сойиально-педагогическое сопрования формирования социальной адаптивности подростков, обучающихся на дому, в условиях учреждения социального обслуживания семьи и детей: дис… кандидат педагогических наук. Москва. 2009. 246 с.

Кевля Ф.И. Психолого-педагогический консилиум как средство

прогнозирования личностного развития ребёнка // Вестник психо социалъной и коррекционно-реабилитационной работы. 1996. - №3. – С. 50-58.

Куликова Т.А. Семейная педагогика и домашнеевоспитание. – М., 2001. – 102 с.

Mirzaev, O. (2022). THE ROLE OF ETHICS AND AESTHETICS IN THE FORMATION OF ENTREPRENEURIAL RELATIONS BETWEEN INDIVIDUALS. Science and innovation, 1(B6), 125-130.

Nargiza, Q. (2022). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA LOGOPED ISHINING OLIB BORILISHI. PEDAGOGS jurnali, 22(2), 52-54.

Жўрахўжаев, М. Х. (2022). ИМКОНИЯТИ ЧЕКЛАНГАН БОЛАЛАР УЙДА ЯККА ТАРТИБДАГИ ТАЪЛИМДА ЎҚУВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ. PEDAGOGS jurnali,

(1), 295-298.

Jo‘raxo‘jayev M.X., Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi ta`limi samaradorligini oshirish mexanizmlari: Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Jizzax – 2023. – 36-bet.

Jo‘raxo‘jayev M.X. Uyda yakka tartibdagi ta’lim o‘qituvchisining portreti/ “Tilni o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalariˮ III xalqaro anjuman materiallari. – Jizzax, 2022. – B. 319-325.