Mualliflar

  • Guljamol Baxromova
    Xalqaro Nordik universiteti
  • Muhayyo Sodiqova
    Xalqaro Nordik universiteti

Muallif tarjimai holi

  • Guljamol Baxromova, Xalqaro Nordik universiteti

    Xalqaro Nordik universiteti assitent o‘qituvchisi 

  • Muhayyo Sodiqova, Xalqaro Nordik universiteti

    Xalqaro Nordik universiteti  Maxsus pedagogika,defektologiya(logopediya) yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86277

Kalit so‘zlar:

Alohida ehtiyojli bolalar o‘z-o‘ziga xizmat qilish mustaqillikni shakllantirish

Annotasiya

Mazkur maqolada alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayoni, uning ahamiyati va samarali yondashuvlar bayon etilgan. Shuningdek, ushbu jarayonda uchraydigan asosiy muammolar, jumladan, jismoniy, kognitiv, motivatsion va ijtimoiy to‘siqlar tahlil qilinadi. Muammolarni bartaraf etish usullari sifatida individual yondashuv, rag‘batlantirish, maxsus metodikalar va oilaviy hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. 


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

385

ALOHIDA EHTIYOJGA EGA BO`LGAN BOLALARDA O`Z-O`ZIGA XIZMAT

QILISH MALAKALARINI SHAKILLANTIRISH USULLARI

Xalqaro Nordik universiteti assitent

o‘qituvchisi Baxromova Guljamol Dilshodjon qizi,

Xalqaro Nordik universiteti Maxsus

pedagogika,defektologiya(logopediya)

yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Sodiqova Muhayyo

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233396

Annotatsiya:

Mazkur maqolada alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish

malakalarini shakllantirish jarayoni, uning ahamiyati va samarali yondashuvlar bayon etilgan.
Shuningdek, ushbu jarayonda uchraydigan asosiy muammolar, jumladan, jismoniy, kognitiv,
motivatsion va ijtimoiy to‘siqlar tahlil qilinadi. Muammolarni bartaraf etish usullari sifatida
individual yondashuv, rag‘batlantirish, maxsus metodikalar va oilaviy hamkorlikning ahamiyati
yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Alohida ehtiyojli bolalar, o‘z-o‘ziga xizmat qilish, mustaqillikni

shakllantirish, jismoniy va kognitiv rivojlanish, reabilitatsiya, motivatsiya va rag‘batlantirish,
ijtimoiy moslashuv.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning zamirida inson

shaxsini har tomonlama ulug‘lash, shaxsning erkinligi, huquqlarini ta’minlash, yuz berayotgan
o‘zgarishlarni o‘z hayotida his etishlari uchun salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa,
ta’lim tizimi, ijtimoiy-siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi insonlarni
hayot faoliyatini yaxshilashga, jamiyatda faolliklarini ta’minlashga qaratilmoqda. Davlat
rahbarimiz Sh.Mirziyoyev inson qadri tushunchasini quyidagicha izohlaydi: “Inson qadri deganda,
biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni,
malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit
yaratib berishni tushunamiz” [1]. Shu bilan birgalikda bosh qonun Konstitutsiyamizning 50-
moddasida, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-
oktyabrdagi PQ-4860- son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa bir qator
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda alohida ehtiyojli bolalar hayot faoliyati va ta’lim tizimiga oid
bajariladigan ishlar o‘z ifodasini topgan. [2]

Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish ularning

mustaqilligini oshirish, ijtimoiy hayotga moslashuvi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini rivojlantirish
uchun muhim ahamiyatga ega jarayondir. Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish
malakalarini shakllantirish jarayonida bir qator muammolar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu
muammolar bolaning jismoniy, psixologik va ijtimoiy holatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:

- Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayonida

yuzaga keladigan eng asosiy muammolardan biri jismoniy cheklovlardir. Bunda ayniqsa, motorika
muammolari (nozik yoki yirik harakatlarning qiyin bajarilishi) tufayli bolaning kiyinish,
tugmalarni qadash yoki qoshiq ushlash kabi harakatlarni bajarishda qiynalishi kuzatiladi. Ko‘rish
yoki eshitish qobiliyatining cheklanganligi sababli vizual yoki eshitish asosida o‘rganish jarayoni
qiyinlashadi.

- Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayonida

kognitiv va rivojlanish cheklovlari kabi muammolar ham uchraydi. Diqqat va xotira bilan bog‘liq
muammolar, bu esa yangi malakalarni o‘rganish va eslab qolish jarayonini sustlashtiradi.O‘z-
o‘ziga xizmat qilish tartibini tushunish va ketma-ket bajarishda qiyinchiliklar, aqliy rivojlanish
kechikishi yoki intellektual imkoniyatlarning cheklanganligi sababli murakkab topshiriqlarni
bajarishga qiynaladilar.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

386

- Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish

jarayonida motivatsiyaning pastligi ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Ba’zi bolalarda o‘z-o‘ziga
xizmat qilishga bo‘lgan qiziqish past bo‘lishi mumkin. Ichki rag‘bat yetishmovchiligi yoki
mustaqil harakat qilishga ishonchning pastligi, doimiy yordamga o‘rganib qolish natijasida
mustaqillikni rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojning sezilmasligi kuzatiladi.

- O‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish jarayonida emotsional va ijtimoiy

muammolar sirasiga esa o‘ziga ishonchsizlik, qo‘rquv yoki tashvish sababli yangi harakatlarni
sinab ko‘rishga ehtiyoj sezmaslik, jamoaviy muhitda (maktab yoki maxsus markazlarda) o‘z-
o‘ziga xizmat qilishni o‘rganishda qiynalish, boshqalar bilan muloqot qilishda muammolar
bo‘lgani uchun o‘qituvchi yoki ota-onaning tushuntirishlarini qabul qilish qiyin bo‘lishi.

- Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirishda ota-

onalar va pedagoglarning yetarlicha tayyor emasligiham asosiy muammolardandir. Ba’zi ota-
onalar yoki tarbiyachilar bolani mustaqillikka o‘rgatishdan ko‘ra, unga yordam berishni afzal
ko‘rishadi. Malakali mutaxassislarning (logoped, defektolog, terapevt) yetishmovchiligi yoki
ularning metodikasi bolaga mos kelmasligi, shu bilan birgalikda uy sharoitida o‘z-o‘ziga xizmat
qilishga mos sharoitning yetishmasligi (masalan, maxsus moslamalar yo‘qligi)muammosi ham
uchraydi.

- Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirishda atrof-

muhitga bog‘liq to‘siqlar ham uchraydi. Infratuzilmaning mos kelmasligi (nogironlar aravachasi
uchun qulay joylarning yo‘qligi, moslashtirilgan gigiyena vositalarining kamligi), maktab yoki
bog‘chalarda individual yondashuv yo‘qligi, jamiyatda nogiron bolalarga nisbatan
tushunmovchilik yoki yetarli qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligi ham o‘z-o‘ziga xizmat
malakalarining shakllanmasligiga sabab bo‘ladi.

Misol uchun autizmli bolalarda o‘z - o‘ziga xizmat qilishda yetarlicha muammolar yuzaga

keladi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini rivojlanishi autik bolalarda alohida muammo
hisoblanadi. Hattoki eng chaqqon bolalar, alohida is’tedod qobiliyatiga ega bo‘lganlari ham
hayotiy holat va maishiylikka moslashmagan bo‘ladilar. Ularda ham o‘z-o‘ziga xizmat qilish sekin
shakllanadi hamda sifatli rivojlanmaydi.[3]

Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirishda jarayonni

muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi usullarni qo‘llash yaxshi samara beradi:

- O‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini bosqichma-bosqich o‘rgatib borish usuli alohida ehtiyojli

bolalarga qulay usul hisoblanadi. Bunda har bir yangi malaka kichik bosqichlarga bo‘linib
o‘rgatilishi kerak. Masalan, kiyinishni o‘rganish jarayonida avval ko‘ylakni kiyish, keyin
tugmalarni qaday olish, so‘ngra bog‘ichlarni bog‘lash kabi ketma-ketlikda o‘rgatiladi.

- Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirishda vizual va

amaliy yordam ko‘rsatish ham juda foyda beradi. Rasmlar, piktogrammalar, video darsliklar yoki
harakatlarni bosqichma-bosqich tushuntirib beradigan jadvallar kabi ko‘rgazmali vositalardan
foydalanish jarayonni yanada samaralashtiradi. Amaliy yordam sifatida ota-ona yoki pedagog
bolaning harakatlarini dastlab qo‘llab-quvvatlab, keyin esa mustaqil bajarishga o‘rgatish lozim.

- O‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini takroriy mashqlar yordamida mustahkamlab boriladi.

Malakalarni rivojlantirish uchun muntazam takrorlash va kundalik hayotga joriy etish zarur.
Masalan, tish yuvish, qo‘l yuvish yoki poyabzal kiyish kabi odatiy kundalik harakatlarni
muntazam bajartirib borish lozim.

- Alohida ehtiyojli bolalarni ham hamma bolalar singari ta’lim-tarbiya jarayonida motivatsiya va

rag‘batlantirish juda muhim. Bolalarni qo‘llab-quvvatlash va kichik yutuqlari uchun
rag‘batlantirish borish, rag‘batlantirish maqtov, yulduzchalar berish, sevimli mashg‘ulot bilan
mukofotlash orqali amalga oshirishi mumkin.

- Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirishda albatta

bolalarning shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish lozim. Chunki har bir bola o‘ziga xos va uning
o‘rganish tezligi, qobiliyatlari farq qilishi mumkin. Yondashuv moslashuvchan bo‘lib, bolaning
ehtiyojlariga mos ravishda o‘zgartirilishi lozim.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

387

- O‘z-o‘ziga xizmat qilishni o‘yin usuli orqali o‘rgatish usuli ham juda muhimdir.

O‘yinlar orqali o‘rganish bolalar uchun qiziqarli va samarali bo‘ladi. Masalan, qo‘l yuvish
jarayonini “sehrli pufaklar” o‘yini orqali o‘rgatish mumkin.

- O‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirishni oilaviy qo‘llab-quvvatlash muhim.

Ota-onalar va yaqinlar bu jarayonda faol ishtirok etishi va bolaga doimiy yordam berishi kerak.Uy
sharoitida ham o‘z-o‘ziga xizmat qilishga sharoit yaratish lozim.

Madaniy-gigiyena malakasini shakllantirish odatlar va ko‘nikmalarning shakllanishi kattalar

va butun atrof-muhitning bevosita pedagogik ta’siri ostida amalga oshiriladi. Ko‘nikma va
odatlarning mustahkamligi, moslashuvchanligi bir qator omillarga bog‘liq: shartlar, bu ishni o‘z
vaqtida bajarish, bajarilgan harakatlarga bolaning hissiy munosabati, muayyan harakatlarda
bolalarni muntazam ravishda amalga oshirish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning
yangi mas’uliyatlari, yangi narsalar, bolalarning yangi turlarini egallashi kerak bo‘lgan yangi
mahorat, odatlarning shakllanishiga alohida e’tibor beriladi. Shu bilan birga, bolalar nafaqat o‘zlari
xohlagan narsani emas, balki zarur bo‘lgan narsalarni ham bajarishadi, turli tabiatdagi
qiyinchiliklarni yengishadi. Madaniy-gigiyena ko‘nikmalari va odatlar odatda maktabgacha
yoshda shakllanadi.[4]

Misol uchun aqli zaif bolalarda qaychi hamda taroqni ushlash qoidalari quyidagicha amalga

oshiriladi. Qaychini to‘g‘ri ushlashni bilish zarur. Katta barmoq bilan qaychining birinchi uzugini,
nomsiz barmoq bilan ikkinchi uzukni, qaychining tutashgan joyiga esa ko‘rsatgich barmoq
qo‘yiladi. Qaychini bunday usulda ushlash bir oz noqulay bo‘lib tuyuladi. Lekin ustalar qaychini
shu usulda ishlatadi. Bunda qo‘limiz uzoq vaqt charchamaydi.[5]

Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini rivojlantirish uzoq davom

etadigan jarayon bo‘lsa ham, to‘g‘ri yondashuv va doimiy mashg‘ulotlar natijasida ular mustaqil
hayotga yaxshiroq tayyorlanadi. Alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat malakalarini
shakllantirish ularning mustaqilligini oshirish, ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va hayot sifatini
oshirish uchun muhim hisoblanadi. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich yondashuv, vizual va
amaliy yordam, doimiy mashg‘ulotlar hamda rag‘batlantirish orqali amalga oshirilishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, alohida ehtiyojli bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirish nafaqat ularning mustaqil hayot kechirishiga, balki ijtimoiy integratsiyasiga ham
xizmat qiladi. Shu bois, ota-onalar, pedagoglar va mutaxassislar tomonidan uzluksiz qo‘llab-
quvvatlash va mos sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar

yo‘lini qat’iy davom ettiramiz // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2021 yil 7 noyabr, №238 (8018)

2.O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860- son “Alohida ta’lim

ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

https://lex.uz/uz/docs/-5679836?ONDATE=07.07.2022%2000
3.M.U.XAMIDOVA. MAXSUS PEDAGOGIKA. (Mutaxassislikka kirish). TOSHKENT-

2018. 101-bet.

4.MAKTABGACHA

YOSHDAGI

BOLALARNING

MADANIY-GIGIYENA

MALAKASINI

SHAKLLANTIRISH

TAMOYILLARI

N.A.

Axmedjonova1,

V.F.

Qo`ldoshova.Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)

5.SARTAROSHLIK TЕXNOLOGIYASI. (o‘quv uslubiy qo‘llanma). Tuzuvchi: 37-sonli

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar maktab texnologiya fani o‘qituvchisi
Z.Abdujabbarova.TOSHKЕNT-2023






Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2021 yil 7 noyabr, №238 (8018)

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860- son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

M.U.XAMIDOVA. MAXSUS PEDAGOGIKA. (Mutaxassislikka kirish). TOSHKENT-

-bet.

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MADANIY-GIGIYENA MALAKASINI SHAKLLANTIRISH TAMOYILLARI N.A. Axmedjonova1, V.F.

Qo`ldoshova.Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)