Mualliflar

  • Feruza Teshaboeva
    Qo’qon davlat pedogogika institute
  • Mastura Nazirova
    Qo’qon davlat pedogogika institute

Muallif tarjimai holi

  • Feruza Teshaboeva, Qo’qon davlat pedogogika institute

    Qo’qon davlat pedogogika institute Maxsus pedagogika kafedrasi dotsenti (PhD)

  • Mastura Nazirova, Qo’qon davlat pedogogika institute

    Maxsus pedagogika (Logopediya) yo’nalishi IV bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86287

Kalit so‘zlar:

dars mashg’uloti

Annotasiya

Ushbu maqolada maxsus ta’limda ham logopedik mashg’ulotlar jarayonida olib boriladigan logopedik o’yinlarning o’ziga hosligi va mohiyati ham alohida mazmun haqida so’z boradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

361

MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQIY NUQSONLI BOLALAR TA’LIM-

TARBIYASIDA O’YINLARNING AHAMIYATI.

Qo’qon davlat pedogogika institute

Maxsus pedagogika kafedrasi dotsenti (PhD)

Teshaboeva Feruza Raximovna

Maxsus pedagogika (Logopediya) yo’nalishi

IV bosqich talabasi Nazirova Mastura A’zamjon qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15240994

Annotatsiya;

Ushbu maqolada maxsus ta’limda ham logopedik mashg’ulotlar jarayonida

olib boriladigan logopedik o’yinlarning o’ziga hosligi va mohiyati ham alohida mazmun haqida
so’z boradi.

Kalit so’zlar;

o’yin, faoliyat,logopedik mashg’ulot, ijodiy o’yinlar,

O’yin bola faoliyatining asosini tashkil etadigan ko’rinishlardan biridir. Bolalar kamolati

yo’lida ishlab chiqilayotgan turli o’yinlar nazariyasi ta’lim-tarbiya uchun ham naqadar
qimmatlidir. Juda qadim zamondan boshlab ko’plab olimlar, tadqiqotchilar, ma’daniyat
tarixchilari o’zlarining olib borgan tadqiqot ishlarida o’yinning o’ziga xosligi, uning nafaqat
alohida shaxs hayoti balki jamiyat hayotida turgan o’rni va ahamiyati haqida fikrlar bildirganlar.
Ular o’yinning qadrini uning shartliligini, uning bolalar xulqini shakllantirishdagi o’rnini,
muomala-munosabati chog’idagi bolaning hatti-harakatlarini aniqlab olishdagi ahamiyatini
alohida ta’kidlaydilar. O’yin, ayniqsa, maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar hayotining asosiy
mazmuni tashkil etadi, u mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda yetakchi faoliyati
sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ullanadigan ishlarning ko’pchiligi o’yin shaklida bo’ladi.
O’yin chog’ida bolada mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok
qiladi, o’ylaydi uning holati xotirasi ko’chli ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari namoyon
bo’ladi.

Maxsus ta’limda ham logopedik mashg’ulotlar jarayonida olib boriladigan logopedik

o’yinlarning o’ziga hosligi va mohiyati ham alohida mazmun kasb etadi. Logopedik o’yinlarning
bola tarbiyasidagi o’rni va tutgan mavqei ham o’ziga hos sifatlarga ega. Chunonchi logopedik
o’yinlar o’zining tashkil etilishi va mazmuniga ko’ra, bolalarga ta’sir etish darajasiga ko’ra
o’yinda qo’llaniladigan buyumlarning turlicha, kelib chiqishiga ko’ra turlichadir. Logopedik
mashg’ulotlar jaroyonida nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar uchun tashkil etiladigan o’yinlarni
maxsus ta’lim nazariyasiga ko’ra ikki guruhga bo’lish juda keng tarqalgan: ijodiy o’yinlar va
qoidali o’yinlar.

Ijodiy o’yinlar mazmunini bolalarning o’zlari o’ylab topadilar va o’z taasurotlarini, borliq

haqidagi tushunchalarini hamda shu o’yinga bo’lgan munosabatlarni aks ettiradilar.

Qoidali o’yinlar esa kattalar tomonidan yaratiladi va bolalar hayotiga olib kiritiladi. Qoidali

o’yinlar o’z mazmuniga qarab, bolalar yoshiga mo’ljallanganligiga qarab belgilanadi. Qoidali
o’yinlarning ko’pchiligi xalq o’yinlari asosida tashkil etiladi. Bunday qoidali o’yinlarning ko’plari
avloddan-avlodga tayyor holda o’tib bizgacha yetib kelgan.

O’yinlar o’z mazmuni va qoidalari, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishiga ko’ra shartli ravishda

didaktik va musiqiy o’yinlarga bo’linadi. Didaktik o’yinlarda bolalarning avvalo aqliy faoliyati
rivojlanib boradi, ular bilimlari chuqurlashadi va kengayadi; harakatli o’yinlarda bolalarning turli
hatti-harakatlari takomillashadi: musiqali o’yinlarda esa musiqiy qobilyatlari rivojlanadi.

Shuningdek, logopedik o’yinlarning o’ziga hos sifatlari mavjud, biroq ular bir qator umumiy

xususiyatlarga ham egallar, ya’ni har qanday logopedik o’yinlarda maqsadning mavjudligi, o’yin
sabablari, amalga oshirish vositalarning rejali harakatlar va natijaning mavjudligi kabilar xosdir.
Har qanday ko’rinishdagi logopedik o’yinlar tushunib olingan va maqsadga qaratilgan faoliyat
tarzida kechadi. Boshqa faoliyat turlarida bo’lgani kabi o’yin jarayoniga bolaning butun


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

362

shaxsiyati- psixik bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti, ta’sirchanligi, ehtiyoj va

qiziqishlari jalb etiladi; oyinda bola faol harakat qiladi, gapiradi va o’z bilimlarini o’yin davomida
qo’llaydi.

Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun o’tkazilayotgan

logopedik o’yinlarning o’ziga xos xususiyatlari bor. Ular orasida sabablarning o’ziga xosligi
asosiy hisoblanadi. Bola o’yindagi maqsadiga erishish uchun o’ziga sheriklar tanlaydi. Rollarni
tasdiqlaydi. Xullas, o’yin faoliyatini muayyan darajada rejalashtiradigan bo’ladi. Demak shunga
qarab o’yin rivojlanib boradi. O’yinda garchi mehnat bilan ko’pgina o’xshashliklar bo’lsada bola
hayotida tutgan o’rni beqiyosligi bilan belgilanadi.

K.D.Ushenskiy bolalarning o’yindagi mustaqilligiga o’ziga xos xususiyat sifatida qarab

“O’yin shuning uchun ham o’yinki u bola uchun mustaqil mashg’lotdir”, degan edi. Uning
fikricha, o’yin bolakaylar vaqelik voqeylik bo’lganda ham uni o’rab olgan narsalardan ko’ra juda
qiziqarli voqeylikdir. U bola uchun tushunarli bo’lgani uchun ham qiziqarlidir. Haqiqiy hayotda
bola bolaligicha qoladi, u hech qanaqa mustaqillikka ega bo’lmagan norasida, biroq o’yinda u
boshqacha odam, u endi kamol topayotgan, u endi o’z kuchini sinab ko’ra oladigan va o’zi
yaratgan narsasini mustaqil idora eta olasigan insonga aylanib boradi.

Ijodiy o’yin chog’ida buyumlar, rollar, harakatlarning shartli xususiyatlarni barcha

o’ynovchilar tomonidan birdek qa’bul qilishini eng umumiy qoida hisoblanadi. Busiz o’yin
bo’lishi mumkin emas, masalan, “tabiat qo’yniga sayr” qilayotgan bolalar o’z guruhlardagi
gilamni dengiz, qo’llaridagi karton trubachani durbin, stol-stullardan qurilgan inshoat - kema
ekinligiga ishonmoqlari kerak.

Qoidalarning xilma-xil bo’lishiga qaramay, o’yin o’ynovchi bolalar barcha hollarda o’yin

manfaatlariga bo’ysingan holda ixtiyoriy tarzda bajaradilar, chunki qoidalarning bu’zilishi
o’yinning tugashiga va tez tarqab ketishiga olib keladi. Bolalar esa kundalik hayot talablarini
bajarishga qaraganda o’yin qoidalarini bajarishga bir muncha toqat, diqqat, chidammlilik
ko’rsatadilar. Bunday paytida qoidalar bolalar hatti-harakatini boshqaruvchi mexanizm sifatida
asqotadi.

O’yinda bolaning tafakkuri va hayolati faol ishlaydi. Tashabbus va ijodiylik ko’rsatish turli

ko’rinishdagi o’yinlarda turlichadir. Ba’zi hollarda u o’yin syujetining ko’rilishi va mazmuning
tanlashi, rollarning taqsimlanishi o’yin vaziyatini yaratishdagi topqirlik bilan bog’liqdir. Ikkinchi
bir hollarda esa ijodiylik harakat usullarini tanlashda namoyon bo’ladi (berkinmachoq, to’p o’yini
boshqotirma kabi o’yinlar). Uchinchi bir holda bilim va ko’nikmalarini tez safarbar etishda (latto,
rolli, ijodiy o’yinlar). Ko’pchilik o’yinlar sheriklar harakatlarini oldindan ko’ra olishni va shundan
kelib chiqib, o’z hatti-harakatini yoki harakat usulini o’zgartirishni talab qiladi. (Shashka, latto,
rolli o’yin) dramalashtirilgan o’yinlarda ijodiylik, ifodalilik vositalarining tanlanishida (mimika,
pantomimo; ovoz ohang) namoyon bo’ladi. Ko’pchilik o’yinlar topqirlikni vaziyatning
o’zgarishiga qarab tezkor harakat qilishni talab etadi.

Shunday qilib o’yinlar maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq nuqsoniga ega bolalarning aqliy,

nutqiy qobilyatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida yuzaga chiqadi va o’ziga hos xususiyatlar
bilan birga o’ziga xos tarzda nomoyon bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ayupova M.Yu. Logopediya. Toshkent-2007y.
2. Ayupova M.YU. “Korreksion ishlar metodikasi” (Logopediya) Maruzalar matni.

Toshkent – 2009

3. Axmedova Z.M., Ayupova M.YU., Xamidova M.P. “Logopedik o’yin” Toshkent – 2013
4. Raximovna, Teshaboeva Feruza. "O’zbekistonda oliy ta’lim sohasini rivojlantirishda

ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish." Confrencea 12.12 (2023): 442-447.

5. Raximovna, Teshaboeva Feruza. "Ona sog’ligi bola salomatligi garovidir."

Confrencea 12.12 (2023): 430-434.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Ayupova M.Yu. Logopediya. Toshkent-2007y.

Ayupova M.YU. “Korreksion ishlar metodikasi” (Logopediya) Maruzalar matni.Toshkent – 2009

Axmedova Z.M., Ayupova M.YU., Xamidova M.P. “Logopedik o’yin” Toshkent – 2013

Raximovna, Teshaboeva Feruza. "O’zbekistonda oliy ta’lim sohasini rivojlantirishdailg’or xorijiy tajribalardan foydalanish." Confrencea 12.12 (2023): 442-447.

Raximovna, Teshaboeva Feruza. "Ona sog’ligi bola salomatligi garovidir."Confrencea 12.12 (2023): 430-434.