Mualliflar

  • Zilola Mamatoyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • I A
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif tarjimai holi

  • Zilola Mamatoyeva, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

  • I A , Andijon davlat pedagogika instituti

    Ilmiy  rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86292

Kalit so‘zlar:

urf-odatlar qadriyatlar manaviyat

Annotasiya

Mazkur mavzuda kichik yoshdagi bolalarga milliy tarbiyani  singdirishning o’ziga xos jihatlari , pedagogik yondashuvlari va samarali usullari o’rganiladi. Jumladan,xalq og’zaki ijodi,milliy o’yinlar,an’anaviy bayramlar va marosimlar orqali bolalarda milliy o’zlikni anglash jarayoni shakillantiriladi. 


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

348

KICHIK YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY TARBIYA ASOSIDA

TARBIYALASHNING O’ZIGA HOS JIHATLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

Mamatoyeva Zilola Xayrullo qizi

Ilmiy rahbar:

I.A.Oxunov

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233200

Annotatsiya

: Mazkur mavzuda kichik yoshdagi bolalarga milliy tarbiyani singdirishning

o’ziga xos jihatlari , pedagogik yondashuvlari va samarali usullari o’rganiladi. Jumladan,xalq
og’zaki ijodi,milliy o’yinlar,an’anaviy bayramlar va marosimlar orqali bolalarda milliy o’zlikni
anglash jarayoni shakillantiriladi.

Tayanch so’zlar:

urf-odatlar, qadriyatlar, manaviyat, tarbiya, oila, oylaviy tarbiya,

umumbashariy qadriyatlar,

tamoyil, erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchlik, haqiqat, ma'rifat,

madaniyat, moddiy va ma'naviy boyliklar, obida-yodgorliklar, go'zallik, axloqiy xislat va
fazilatlar, an'ana, urf-odat, udum.

Har bir xalqning tarbiya an’analari uning madaniyati,tarixi va qadriyatlari bilan

chambarchas bog’liq. Kichik yoshdagi bolalarni milliy tarbiya asosida tarbiyalash ularning shaxs
sifatida shakllanishiga,vatanparvarlik ruhida o‘sishiga va ma’naviy jihatdan yetuk bo’lishiga
xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezident I.A.Karimov ’’Yuksak manaviyat -

yengilmas kuch’’ nomli asarida o‘sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma’naviyatni
shakillantirishning mazmun-mohiyati, uning samarali omillari va vositalari batafsil yoritilgan
.Bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash mazmuni asosini
milliy va umumbashariy qadriyatlar tashkil etib,uni amalga oshirishda xalqimizning boy
merosi,samarali vosita va usullaridan foydalanish zarurati mamlakatimizda olib borilayotgan
davlat talim – tarbiya siyosatining dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Tarbiya ijtimoiy hayotning uzluksiz tushunchasi bo‘lib,u tarixiy harakterga

egadir.Qadimgi Gretsiyada va Rimda tarbiyaning maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlodni yaxshi
fazilatlarga o‘rgatish,unda fuqarolik,vatanparvarlik,ja’sulik va sadoqat kabi sifatlarni rivojlantirish
bo’lgan.

Rеspublikаmizning hоzirgi dаvri, bundаn kеyingi tаrаqqiyoti vа istiqbоli hаmdа

mustаqilligining ijtimоiy, iqtisоdiy, siyosiy, huquqiy, mаdаniy-mа’nаviy zаmin vа qаdriyatlаrini
mustаhkаmlаsh uchun yosh аvlоdgа dunyo stаndаrtlаri dаrаjаsidа bilim bеrishimiz hаmdа milliy
ruhdа tаrbiyalаshimiz shаrtdir. Bu vаzifаlаrsiz ijtimоiy tаrаqqiyotni ta'minlаy оlmаymiz. Chunki
jаmiyat mаnfааti yo‘lidа o‘zidаgi bаrchа bilim, qоbiliyat vа istе’dоdini bаxshidа etаdigаn yеtuk
insоnlаr, uddаburоn yoshlаr, fidоyilаr bo‘lmаsа, O‘zbеkistоnni dunyodаgi eng ilg‘оr dаvlаtlаr
sаfigа qo‘shishi qiyin.

Yoshlаmi tаrbiyalаsh uchun birinchi gаldа shаrq mutafakkirning, ma‘nаviy mеrоslаri

hamda milliy qadriyatlar dаsturi аmаl bo‘lа оlаdi. Abu Nasr Fаrоbiy, Аhmаd Yassаviy,
Bаhоvuddin Nаqshbаnd, Ismоil Al Buxоriy, Abu Rayhon Bеruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-
Xоrаzmiy, Al-Fаrg‘оniy, Firdavsiy, Amir Tеmur, A.Nаvоiy vа Воbur singаri jаhоngа tаniqli va
shular singari boshqa aql egalarining ijtimoiy siyosiy, falsafiy va ta’lim-tarbiya sohasidagi
ta’limotlariga, xalqimizning bebaho qadriyatlariga tayanib ish ko‘rilsa, tarbiya ta’sirchanligi
yanada mukammallikni kasb etadi.

Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, yoshlarni tarbiyalab yetishtirish - muqaddas

burchimiz, or-nomusimiz. Lekin, ma’naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash oddiy ish emas. U kunlar, oylar va hatto o‘n yillab
oliy maqsad yo‘lida sabr-toqat, chidam va qat’iyatlilikni, irodali bo‘lishimizni talab etadi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

349

Yosh avlodni tarkib toptirish, tarbiyalash ishini yoshlikdan, oiladan boshlash

kerak. Ma’lumki, jamiyatimizning asosiy bo‘g‘inlaridan biri - bu oiladir.

Oila insoniyatning umrguzaronligi o‘tadigan, barcha shodlik-u quvonchlari, tashvishlarining

o‘zaro bog‘liqligidan iborat bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy hodisadir.

Qadim-qadimdan oilaga - Vatan qo‘rg‘oni, Vatan ichidagi - Vatan deb qarab kelingan.

Oilaviy hayot g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Bu degani oila qanday bo‘lsa, farzandlar
ham shunday bo‘ladi. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o'ziga xos kichik
uyushma bo‘lib, tarbiya ishida o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham
oilaviy tarbiyaning shakl va uslublarini umumlashtirish va unga biror bir tavsiyalar berish noqulay
va qiyindir. Ota-onalar qanchalik ma’naviy boy, e’tiqodli va yuqori ma’lumotga ega bo‘lsalar, shu
darajada takomillashgan uslub orqali o‘z farzandlarini tarbiyalaydilar. Ular shaxsiy namunalari,
bolalari bilan birgalikda ishlash, ularni mehnat faoliyatiga tortish orqali ham tarbiyalaydilar.

Xalqimiz mehnatni bosh tarbiyachi deb ataydi. Sababi inson tarbiyasi asosan mehnatga

bo‘lgan munosabatlariga qarab belgilanishi bejiz emas. Mehnat hayot demakdir. Mehnat orqali
shaxsning axloqiy sifatlari - mehnatsevarlik, yerga va tabiatga muhabbat, suvni isrof qilmaslik,
sahiylik, har bir so‘mning qadriga yetish, qahramonlik, mehnat baxt keltirishini anglash kabilar
qaror topadi.

Ko'p oilalarda bolalarni birinchi navbatda biror hunarli bo'lishiga harakat qilinadi. Kasb

tanlashdek hayotiy masalani hal etishda ham yoshlarga oila yordam berishi kerak. Bunda
oiladagilarning mehnat an’analari, ota-onalarning shaxsiy namunalari katta ahamiyatga ega.
Bunda avvalo, yoshlarning qiziqishi, uquvi, oila imkoniyatlari, jamiyat ehtiyoji nazarda tutilmog‘i
kerak.

Har bir ota-ona o‘z farzandini jismonan baquvvat, sog‘lom, psixologik jihatdan

muammolarsiz o'sishini istaydi, shu niyat yo‘lida intiladi, bor kuchini, hayotiy tajribalarini va
imkoniyatlarini safarbar etadi. Bolaga nima yaxshi-yu, nima yomon, nimalar ta’qiqlanganligini
o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi tamoyillarga amal qilishingiz kerak:

O‘z mavqeingizni qanday saqlaysiz - bosiq, tinch va samarali? Avvalo "men aytganday

bajar" tamoyilidan holi bo‘lishingiz lozim. Tarbiyalash - bu namuna ko‘rsatish demakdir. O‘zimiz
amal qilmaydigan qonun va qoidalarni o‘rnatishga urinishning foydasi yo‘q.

Ikkinchi tamoyil - bu aniqlik va doimiylik. Kuniga yuz marta ’’yo‘q’’ deyish, bir narsani

qaytaraverish - bu foydasiz mashg‘ulot.

Yana muhim tamoyillardan biri - har bir oila a'zosining mavqeini, o‘rnini saqlash. Mavqe

negizida yoshdagi farqlarni bilish lozim. Bolalar o‘zlarini (xatto katta yoshlilar) katta yoshli
hisoblamaydilar. Katta yoshlilar bolalarga tengqurdek muomala qilishganda, ularda bezovtalikni
keltirib chiqaradilar. Yoshni farqlash haqidagi tushuncha bolaning o‘zligini anglash uchun
muhimdir.

Bu tamoyillar bolaning necha yoshligiga qaramay amal qiladi, yoshdan faqat nimalar

ta’qiqlanishi talab etiladi. Bir necha vaziyatlardan asosiy yo‘nalishlarni aniqlashga harakat qilib
ko‘ramiz.

Ikki yoshgacha. Bola yurishni boshlaydi va atrof-muhitni faol o‘rganadi: birinchi qoida

va cheklashlar uning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Uning ’’ixtirolarin’’ rag‘batlantiring,
lekin xavfsizlikka yo‘naltiring.’’Yo‘q’’ deb qattiq turib oling, javob bera olmasa ham u sizni
tushunadi. Bolaning ’’chegaradan’’ o'tishi, tatib ko'rishni, ushlab ko'rishni xohlashi uning
qiziquvchanligiga bog'liq.’’Ha’’ va ’’Yo‘q’’ so‘zi o‘rtasidagi tafovutni saqlay biling. Shunda
bolaning atrof-muhitni o‘rganishi to‘g‘ri ta’minlanadi. Bolaning hayotiga xavf soluvchi narsalarni
’’harakat zonasidan’’ olib qo‘ying.

Ikki yoshdan uch yoshgacha. Bu yoshda bola kattalardan ajralishga harakat qiladi va

o‘zining yakkaligini namoyish etadi, ammo kattalarga hali ham bog‘langan. Agarda u sizning
taklifingizni rad etsa, hayron bo'lmang. Bu bilan u o'zining mustaqilligini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.
Sabr qiling, uning qaysarligini yengish uchun ’’ayyorlik’’ bilan boshqa mashg‘ulotlarga
chalg‘iting. Qattiqqo‘llik, kuch ishlatish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bolaga


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

350

chorrahadan yugurib o'tishni va rozetkani ushlashni man etayotganda, bular sizning

xohishingiz emas, uning xavfsizligi uchunligini tushuntiring.

U boshqa bolalarni uryapti, tishlayapti, ularning o‘yinchoqlarini sindiryapti. Bolaning

boshqalarga va o‘ziga ziyon yetkazishini ta’qiqlayotganda qattiqroq turing. Zo‘ravonlik qilishni
ta’qiqlash lozim. Bu bilan bolalar boshqa odamlarni va jamiyat qonunlarini hurmat qilishga
o'rganadilar. Gohida ota-onalar kuch ishlatish yo‘li bilan o'zida his qilib ko'rishi uchun uning xatta-
harakatlari nimalarga olib kelishini bolaga ko'rsatib bermoqchi bo'ladilar. Jismoniy jazo bolada
og'riqni va kamsitilishni, qo'rquv va agressiyani keltirib chiqaradi. Bola bilan gaplashing, har safar
uning xulqi xatarli ekanligini tushuntirish uchun yordam beradigan so'zlarni toping, zo'ravonliksiz
harakat qilishga o'rgating.

Uch yoshdan olti yoshgacha har bir farzand mehrga, erkalashga muhtoj. Bunday noverbal

(gap-so'zsiz) munosabatlar bolaga ota-onasining qo'llab-quvvatlashini his etishiga va hayotda
to'g'ri yo'l topishiga yordam beradi. Agar bola haddan tashqari erkalanishga muhtojligini ko'rsatsa,
unga erkalanish va muloyimlikni faqat quchoqlashish, o'pish orqali emas, balki so'zlar yordamida
ham bildirish mumkinligini tushuntiring. So'zlar yordamida biz unga chegaralanishni o'rgatamiz.

U maktabga borishni xohlamayapti. Kichik o'quvchi o'ziga begona hududga tushib qoldi.

Uning moslashishi uchun vaqt kerak. Bundan tashqari u ko'p vaqt yaqinlarisiz qoladi, bunga ham
ko'nikish kerak. Uni tinglang, uning his-hayajonlarini tushunishga harakat qiling, lekin sizni
ko'ndirishiga yo'l qo'ymang. Gohida onalar bolaning qaysarligiga qarshi bora olmaydilar, bunday
vaziyatlarda otasi, amakasi yoki tog'asi qo'shilishi mumkin. Aynan ularga katta bo'lishning vaqti
kelganligini tushuntirish oson bo'ladi. Olti yoki olti yarim yoshli bolaning maktabga psixologik
tayyor emasligi ayrim hollarda uchrab turadi. Bunday vaziyatlarda psixolog yordam bera oladi.
Ammo bola maktabga borishni xohlamasa, u o'yin faoliyatiga hali tuymaganligidan va maktabga
psixologik tayyor emasligidan dalolat beradi.

Yetti yoshdan o'n yoshgacha. U sinfdoshlaridan ko'chiryapti. Ko'chirtirish bolalar

hamjamiyatining obro'siga kiradi. Ko'chirtirishga berish do'stiga yordam, u bilan bo'lishishni
bildiradi. Siz farzandingizga o'rtoqlari bilan o'yinchog'ini va shirinliklarini bo'lishishni, yordam
berishni o'rgatganingizni eslang. Bunday mehribonlik uquvidan maktabda ko'chirtirish maqsadida
foydalaniladi. Unga sinfdoshlariga nisbatan yaxshi munosabat emasligini, ko'chirish yomonligini,
oqibatda o'z bilimlaridan mahrum bo'layotganligini tushuntiring. Sizning keyingi vazifangiz -
farzandingiz qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganligini va nega yana ko'chirishga majbur
bo'lganligini aniqlash va albatta unga yordam berishga harakat qilishdan iborat.

Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umumbashariy, umuminsoniy, ijtimoiy-

axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llanadigan falsafiy-ijtimoiy
tushuncha. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan barcha narsa, hodisa va
voqealar:erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchlik, haqiqat, ma'rifat, madaniyat, moddiy va ma'naviy
boyliklar, obida-yodgorliklar, go'zallik, axloqiy xislat va fazilatlar, an'ana, urf-odat, udum va
boshqalar qadriyat hisoblanadi.

Qadriyatlar umumbashariy, umuminsoniy, milliy, mintaqaviy, shaxsiy bo'lishi mumkin.

Qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida o'z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga
ega tushuncha bo'lib, avvalo ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyat, insonlar o'rtasidagi
munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti-harakatlar majmuasi sifatida
yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xatti-harakatini ma'lum yo'nalishga
buradigan, tegishli meyorga soladigan ma'naviy hodisaga aylandi va aylanmoqda. Inson butun
umri davomida son-sanoqsiz qadriyatlar olamida yashaydi.

Insoniyatni o'rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-muhit, tirik va notirik tabiatning

eng muhim tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday
qadriyatlar jamiyat uchun hech qachon o'z ahamiyatini yo'qotmaydigan, abadiy, mutlaq va
muqaddas qadriyatlardir.

Odamzotning yashashi, umrguzaronligi, farzandlari hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,

huquqiy, madaniy, ma'naviy va axloqiy sohalariga taalluqli bo'lgan umumjamiyat miqyosidagi
qadriyatlar butun insoniyat va jamiyatga tegishli bo'lganidan, umuminsoniy qadriyatlar deb


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

351

ataladi. Shunday qadriyatlar ham mavjudki, ular muayyan bir millat, elat va xalq

hayoti, turmush tarzi, ularning o'tmishi, kelajagi va yashayayotgan ijtimoiy muhiti bilan bog'liqdir.
Ularni milliy qadriyatlar deyiladi.

Eng oliy qadriyat - inson, uning faoliyati, turmush tarzi, xatti-harakati, ishonch-e'tiqodi,

umr ma'nosi, xulq-odobi bilan bog'liq shaxsiy qadriyatdir. Ammo umumbashariy va umuminsoniy
qadriyatlar boshqa qadriyatlar uchun umumiy mezon vazifasini o'taydi.

Tarbiyaga taʼlim toʻgʻrisidagi qonunda shunday taʼriflagan " tarbiya — aniq maqsadli

hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning
ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli
jarayon" Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi.
Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg’unlashadi. Tarbiya mazmuni deganda,
qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda insonlarning egallashi lozim bo‘lgan bilim,
malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi Tarbiyaning maqsadi - har
tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish. Tarbiyaning umumiy vazifalari: 1.jamiyat
a’zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ulaming qator ehtiyojlarini qondirish
uchun shart-sharoit yaratish; 2.jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos
yetarlicha hajmdagi «inson kapitali»ni tayyorlash; 3. madaniyatlami uzatib turish orqali ijtimoiy
hayotning barqarorligini ta’minlash; 4.ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning
qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarming harakatini
tartibga solish dan iborat Tarbiya turlari turli sohalarga ko'ra tasnif etiladi. Ko'proq umumlashgan
tasnif o'zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Tarbiyaning yoshlar ongiga singdirish
masalasiga toʻxtaladigan boʻlsak buning uchun birinchi navbatda " Tarbiya" fanining sinflarning
butun kesimida oʻtilishidir bu oʻz oʻrnida quvonarli hodisa chunki "Tarbiya " fani hozirgi kunda
11-sinflarga ham oʻqitilyapti. Shuning uchun ham tarbiyani biz yoshlarimizning ruhiy
dunyoqarashi oʻstiradi va rivojlantiradi. Xohlaymizmi yoʻqmi internet rivojlanyapti, zamon
takomillashib bormoqda bu bilan "ommaviy madaniyat" ham kirib kelyapti bu " ommaviy
madaniyat " oʻzi bilan bir qatorda bizning milliyligimizga taʼsir koʻrsatadigan turli xildagi
illatlarni ham olib keladi. Eʼtiqodi butun, ruhiy dunyoqarashi pok va eng muhimi oʻzinong milliy
qadriyatlariga sodiq inson bu illatlarga qarshi tura oladi. Milliy tarbiya esa milliy qadriyatlar
uygʻunligi shakllanadi .



Foydalanilgan adabiyotlar:


1. B.X.hodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” “Sano-standart”

nashriyoti 2017.125-126-betlar

2. Ta’lim to’g’risidagi qonun O’RQ-637-con 23.09.2020.
3. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”.T Ma’naviyat,2008 y .

4. I.A.Oxunov ”Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” darslik Andijon -

2024.

5.

I.A.Oxunov “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy ongni

rivojlantirishning pedagogik tizimi.Monografiya. Toshkent “Innovatsiya-Ziyo” – 2021.










Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

B.X.hodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” “Sano-standart” nashriyoti 2017.125-126-betlar

Ta’lim to’g’risidagi qonun O’RQ-637-con 23.09.2020.

I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”.T Ma’naviyat,2008 y .

I.A.Oxunov ”Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” darslik Andijon -2024