MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
344
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI
RIVOJLANTIRISH ORQALI MAKTABGA TAYYORALASH
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha talim fakulteti 1-bosqich talabasi
...
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233181
Annotatsiya;
Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollikni
rivojlantirish orqali maktabga tayyoralashning shakl va usullari va texnologiyalarini tahlil qilishga
bag‘ishlangan. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish orqali
maktabga tayyoralashning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar
:
maktabgacha yosh, ijtimoiy faollik, rivojlantirish,
maktabga tayyoralash, shakl, usul, texnologiyalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining muhim jihatlaridan biri – ularning
ijtimoiy faolligini shakllantirishdir. Ijtimoiy faollik bolaning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini
o‘rnatishi, o‘z fikrini ifodalashi, muammolarni hal qila olishi va jamoaviy faoliyatda ishtirok etishi
kabi qator xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu
maqolada bolalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning ahamiyati va metodlarini o‘rganishga
bag‘ishlanadi.
Ijtimoiy faollik bolaning atrof muhit bilan faol muloqotga kirishishi o‘z fikrini erkin bayon etishi,
jamoada o‘z o‘rnini topishi va ijtimoiy hayotga moslashish jarayonini anglatadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy faollik muhim omillardan biridir. Ijtimoiy faollik ularning
muloqot qobilyatini rivojlantirish o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va jamoa bilan ishlash
ko‘nikmalarini shakillantirishga yordam beradi. Ushbu fazilatlar bolalarning kelajakdagi bilim
olish jarayoni va jamiyatga integratsiyalashuviga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa maktabga tayyorgarlik
davrida ijtimoiy faollik bolaning o‘qituvchilar va tengdoshlar bilan samarali muloqot o‘rnatishga
yordam beradi. Bola uch yoshga to‘lganda uning atrofdagilarga munosabati hamda
qiziquvchanligi kuchayadi. Shuningdek bolalarning o‘rtoqlari bilan birgalikda faoliyatga kirishish
moyilligi oshadi. Bu jarayonda ular hamma ham aynan ular kabi o‘ylamasligini tushinishadi.
Maktabgacha bolalik davrida bolaning nutqi, tafakkuri faol rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi
bolaning ijtimoiy rivojlanishini umumiy tushunchasiz tasavur etib bo‘lmaydi. Ijtimoiylashuv – bu
butun hayot davomida davom etadigan doimiy jarayondir. Bolaning ijtimoiy rivojlanishida
yetakchi o‘rinni o‘z xalqining axloqiy qadriyatlarini o‘zlashtirish va keyinchalik umuminsoniy
axloqiy qadriyatlarni bilish va egallash egallaydi. Shaxsiyatning axloqiy va ijtimoiy rivojlanishi
bolalarda axloqiy munosabatlarga kirishish jarayonida sodir bo‘ladi. Maktabgacha yoshda
allaqachon ushbu munosabatlar kattalarning ma’lum qoidalari, ko‘rsatmalari va yordamlari
asosida qurilgan bo‘ladi.
Bolalarni ijtimoiylashuvi haqida Vygotskiy L.S quyidagicha fikrlarni aytb o‘tgan.
Bolalar o‘zining fikrlash va o‘rganish jarayonlarini ijtimoiy muhitda amalga oshiradilar. Ular
kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlar orqali bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar.
Vygotiskiyning ijtimoiy o‘zaro ta’sirining bilim o‘zlashtirishda ahamiyatini ta’kidlagan. Uning
fikriga ko‘ra bolalar faqat ijtimoiy va madaniy konteksda rivojlanadilar.
Ijtimoiy faollikni rivojlantirish usullari.
O‘yin faoliyati – Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy faollikni rivojlantirishning
eng samarali usuli ro‘li o‘yinlar va didaktiv o‘yinlar orqali amalga oshiriladi .
Muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish - Bolalar suhbatlashish, ularni guruhli
mashg‘ulotlarga jalb qilish orqali muloqot qobilyatlari oshiriladi.
Mustaqil fikirlarini qo‘llab quvvatlash – Bolalarni mustaqil ravshda qaror qabul
qilishlari va o‘z fikirlarini ifodalashlari uchun imkoniyat yaratish muhimdir.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
345
Ota-onalar bilan hamkorlik - Ijtimoiy faollikni rivojlantirishda ota-
onalarning ro‘li katta ahamiyatga ega.Uy sharoitida ham bolalar bilan do‘stona muhit yaratish va
ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash lozim.
Jamoaviy mashg‘ulotlar – Guruh bilan ishlash, sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va she’r
aytish mashg‘ulotlari orqali bolalarda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari shakllantiriladi .Bu usullar
bolalarda ijyimoiy faollikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladi.
Maktabga tayyorgarlik jarayonida ijtimoiy faollikning ahamiyati. Maktabga borish
bolalar uchun yangi bosqich bo‘lib , bunda ularning ijtimoiy jihatdan faol bo‘lishi muhim faoliyat
kasb etadi. Ijtimoiy faolikka ega bo‘lgan bola:
-
O‘qituvchi va tengdoshlari bilan bemalol muloqot qila oladi.
-
O‘quv jarayonida faol ishtirok etadi.
-
O‘z fikrlarini erkin ifoda qila oladi.
-
Mustaqil qaror qabul qilish qobilyatiga ega bo‘ladi.
Bolalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish bilan birgalikda ularga psixologik yani
emotsional jihatdan ham rivojlantirishimiz kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun
maktabga tayyorlash jarayoni, psixologik jihatdan juda muhim aha miyatga ega. Bu davrda
bolalar o‘zlarining hissiy, ijtimoiy va intellektual rivojlanishlarini boshlaydilar, va ularning
maktabga tayyorligi aynan shu psixologik jihatlarning shakllanishiga bog‘liq.
Psixologik tayyorgarlikning mohiyati. Psixologik tayyorgarlik, bolalarning maktabda
o‘qish va o‘rganish jarayoniga moslashish uchun zarur bo‘lgan ichki tayyorgarlikni anglatadai.
Bu tayyorgarlik bolalarning o‘z - o‘zini boshqarish, o‘z hissiyotlarini tushunish va boshqa bilan
samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Maktabga borish bolalar uchun yangi
tajriba bo‘lib, ular yangi tartib-qoidalar, o‘qituvchilar, tengdoshlari bilan ishlashni o‘rganish
kerak. Psixologik tayyorgarlik bolalarga bu jarayonni oson va muvaffaqiyatli o‘tkazishga
yordam beradi. O‘z-o‘zini boshqarish va hissiy barqarorlikda maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘z
hissiyotlarini boshqarishlari kerak. Bolalar o ‘zlarining hissiy holatlarini tanib, ular bilan
ishlashni o‘rganishlari zarur.Psixologik tayyorgarlik maktab ta’limi nuqtai-nazardan 1-sinfga
borayotgan bolaning psixik rivojlanishdagi muhim sifat ko‘rsatkichlarini muvoffaqiyatli
jamlaydi. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o‘qishga intilishi, o‘quvchi bo‘lish
ishtiyoqi,bilish faoliyati va tafakkur qobilyatlarini yetarli va yuqori bo‘lishi bolaning aqliy,
jismoniy, ijtimoiy rivojlanishining muayyan darajasida namoyon bo‘ladi. Bolani maktabga
psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish va keng
darajadagi bilimlarni egallashga yordam beradi. Maktabga psixologik tayyorlanishda bolani
o‘ziga bo‘lgan ishonchi juda muhim ahamiyatga ega. Bulardan tashqari psixologik
tayyorgarlikda ota-onalar va tarbiyachilarning qo‘llab quvvatlashi juda muhim hisoblanad.
Xulosa sifatida quyidagilarga to‘xtalib o‘tishni joiz deb bildim. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish ularning kelgusidagi o‘quv jarayoniga tayyorgarlik
ko‘rishini yengillashtiradi. Ushbu jarayonda pedagoglar, ota-onalar va psixologlarning hamkorligi
muhim ro‘l o‘ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Vygotskiy, L.S. "Bolalar psixologiyasi va rivojlanishi." Moskva, 1984.
2.
Jalolov, J. "Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi." Toshkent,
2019.
3.
Rubinshteyn, S.L. "Umumiy psixologiya asoslari." Moskva, 1976.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’limni
rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi" qarori. Toshkent, 2017.
5.
Piaget, J. "Bolalar tafakkuri va aql-idroki." Parij, 1969
