Mualliflar

  • Humora Tohirjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Humora Tohirjonova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86295

Kalit so‘zlar:

Ta’lim tarbiya mehnat faoliyati bilim olish

Annotasiya

Mazkur maqolada bolalarning yosh guruhga ajratish ularda talim sifatini yanada oshirish, bolalarni mehnatga, bilim olishga, o‘yinga maqsadli o‘rgatish haqida gap ketadi. Talim va tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish haqida muhokama qilingan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

341

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TALIM TARBIYA SIFATINI

OSHIRISHNING MUHIM JIHATLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi

Tohirjonova Humora

Humora16042004@gmail.com

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233172

Annotatsiya

: Mazkur maqolada bolalarning yosh guruhga ajratish ularda talim sifatini

yanada oshirish, bolalarni mehnatga, bilim olishga, o‘yinga maqsadli o‘rgatish haqida gap ketadi.
Talim va tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish haqida muhokama qilingan.

Kalit so‘zlar:

Ta’lim, tarbiya, mehnat faoliyati, bilim olish, didaktika, ta’lim sifati,

tarbiyachi, bola, zamonaviy o‘quv materiallari.

Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarni intellektual salohiyatini ro’yobga

chiqarish va ularning har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish – davlatimiz
siyosatini ustivor yo’nalishga aylangan. Mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator qonunlar va qonun osti hujjatlar
qabul qilingan.

Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta odamning ishtiroki va

ta’siri ostida ro‘y bersa, 4-6 yoshli bolalar xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o‘z
xoxishlariga ko‘ra qo‘shiladilar, bunda ongning roli oshadi va ba’zan ijodiy xususiyatga ega
bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi bo‘ladigan
o‘yin faolyatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi.
Tarbiyachilar rah-barligidagi o‘yinlar chog‘ida bolalar turli harakat usullarini, buyumlar,
ularning xususiyatlari va belgilari to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtiradilar. Bolalar makon, vaqt
munosabatlarini, o‘xshashlikka va bir xillikka oid aloqalarni anglab yetadi-lar, tushunchalarni
egallaydilar. harakatli o‘yinlar harakatlarning rivojlanishiga, makonda yo‘l-yo‘riq topishga
yordam beradi. Birgalikdagi o‘yinlarda bolalar odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni,
harakatlarni muvofiqlashtirishning ahamiyatini anglab yetadilar va o‘zlashtiradilar,
atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradilar. Katta maktabgacha yoshdagi
bolalarda o‘yin faoliyatining mazmuni xilma-xil bo‘ladi va har tomonlama rivojlanish
imkoniyatlari kengayadi. O‘yin hayolni rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati
to‘g’risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, shaxsning jamoachilik xususiyatlarini
shakllantirishga ko‘maklashadi.

Muntazam mehnat topshiriqlari o‘z faoliyatini jamoat manfaatlariga Bo‘ysundirish,

ijtimoiy foyda kelishiga amal kilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish
ko‘nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Mashǵulotlardagi eng oddiy o‘quv faoliyati
atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek
aqliy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Agar 1-3 yoshda ta’lim paytida
bolalarning e`tibori tabiat, odamlar xayotidagi anik faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5-6
yoshli bolalarga ta’lim berish muhim aloqalar va munosabatlarni o‘zlashtirishga va
aloqalarni umumlashtirishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan
bo‘ladi, bu esa bolalarda tushunish tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. O‘zlashtirilgan
bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda
qo‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning
yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

342

Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar,

maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bolaga maktabdagi
muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi. Kichik maktab yoshida asosiy jarayon o‘qish bo‘lib
qoladi va uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar. Bolaning
jamiyatdagi yangi mavqei o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o‘zgacha
nuqtai nazardan maktab o‘quvchisi nuqtai nazaridan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola
faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan tobora
murakkablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.

Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy tabiati har bir yosh

avlodga obyektiv ravishda berilgan bo‘ladi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida,
bilimlarda, san`atda, ahloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari
birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta
avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi. Tarbiya
tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg’otib, yangi xulq-atvor sifatlarini
shakllantirishga yordam bergandagi-na kutilgan natijalarga erishadi.

Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik roli to‘g‘risidagi

qoidadan kelib chiqib, uning o‘quv-tarbiya muassasalaridagi va

oiladagi hayotini u faoliyatning xil-xil turlariga boy bo‘ladigan qilib uyushtirish zarur.

Bunda ularga mazmunni boyitishga, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, mustaqillikni
rivojlantirishga qaratilgan rahbarlik ta’minlanishi kerak. Tarbiya va ta’limning mazmuni,
vositalari, metodlari bolalarning rivojlanish jarayoni, ularning yoshi bilan izohlanadi.
Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borganda ularning mustaqil hayotga
butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.

Keyingi yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi va moslashishi

ancha oshib boradi, shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni,
vositalari va metodlari o‘zgaradi. Bolaning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan
rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan tarbiya-ta’lim ishini murakkablashtirish imkonini
beradi.

Tarbiya vazifalari mazmuni, metodlarini yoshga qarab tabaqalashtirish hozirgi fanda

qabul qilingan odam hayotini davrlarga bo‘lishga tayanadi. Bir tomondan, vaqtni orqaga
qaytarib bo‘lmasligi, odam umrining qancha davom etishi va ikkinchi tomondan, tarbiya va
ta’lim sitsemasi bilan izoxlanadigan ruhiy rivojlanishning olg‘a harakat qilishi yoshga qarab
tabaqalashtirishning asosi hisoblanadi. Yosh davrlari — odam rivojlanishining majburiy
bosqichlaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O’RQning 595-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni. 16.12.2019

yil.

2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va

tarbiyaning DAVLAT STANDARTI” 22.12.2020 yil.

3. F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo’latova, N.M. Qayumova, M.N.A’zamova “ Maktabgacha

pedagogika” T-2019 132-133 b

4. Asqarova.D.Q. “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi”T-2020 13-17b
5. Qurbonova. Z.I.The Importance of the use of Educational Technologies Aimed at the

Development of the Child's Personality in Preschool Education.” nomli Ilmiy maqola -
International Journal of Culture and Modernity” ISSN 2697-2131, Volume 11 47,48,49 b.
Испания 2021

6. Ш.Мирзаева З.И.Курбанова “Aрт-педагогические технологии коррекции страхов у

детей дошкольного возраста” SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021.1206-
1212b.

7. Mirzayeva D.Sh. Nasimova N.Q. and Hakimova N.S “Арт –педагогика для

дошкольников”. Scientific progress 2.7(2021) 1201-1205


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

343

8. Raxmonova G.S.Hakimova.N.S. O’quvchilarni ma’naviy axloqiy

tarbiyalashda interfaol metodlardan foydalanish// Oriental renaissance:Innovative, educational,
natural and social sciences.-2022.-T.2.- C.67-72

9. Mamedova M. M. Ta’lim sifatini oshirishda axborot texnologiyalarining o‘rni //Scientific

progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1230-1234.

10. Mominova, G. (2023). Maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyachilarining

umummadaniy kompotensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari. Science and innovation in the
education system, 2(2), 122-126.

11. Gulhayo, M. (2023). Technologies for development of general competences of

preschool teachers. Science and Innovation, 2(4), 632-634.

12. Iminova D. (2024). Innovativ loyihalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida

o‘qish motivatsiyasini rivojlantirishning mazmuni. Экономика и социум, (5-2 (120)), 266-274.

13. Iminova, D. N. (2021). Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasidagi

hamkorlikning ahamiyati. Science and Education, 2(1), 301-303.






































Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

O’RQning 595-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni. 16.12.2019 yil.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning DAVLAT STANDARTI” 22.12.2020 yil.

F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo’latova, N.M. Qayumova, M.N.A’zamova “ Maktabgacha pedagogika” T-2019 132-133 b

Asqarova.D.Q. “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi”T-2020 13-17b

Qurbonova. Z.I.The Importance of the use of Educational Technologies Aimed at the

Development of the Child's Personality in Preschool Education.” nomli Ilmiy maqola International Journal of Culture and Modernity” ISSN 2697-2131, Volume 11 47,48,49 b. Испания 2021

Ш.Мирзаева З.И.Курбанова “Aрт-педагогические технологии коррекции страхов у детей дошкольного возраста” SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021.12061212b.

Mirzayeva D.Sh. Nasimova N.Q. and Hakimova N.S “Арт –педагогика для

дошкольников”. Scientific progress 2.7(2021) 1201-1205

Raxmonova G.S.Hakimova.N.S. O’quvchilarni ma’naviy axloqiy

tarbiyalashda interfaol metodlardan foydalanish// Oriental renaissance:Innovative, educational, natural and social sciences.-2022.-T.2.- C.67-72

Mamedova M. M. Ta’lim sifatini oshirishda axborot texnologiyalarining o‘rni //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1230-1234.

Mominova, G. (2023). Maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyachilarining umummadaniy kompotensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari. Science and innovation in the education system, 2(2), 122-126.

Gulhayo, M. (2023). Technologies for development of general competences of preschool teachers. Science and Innovation, 2(4), 632-634.

Iminova D. (2024). Innovativ loyihalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish motivatsiyasini rivojlantirishning mazmuni. Экономика и социум, (5-2 (120)), 266-274.

Iminova, D. N. (2021). Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasidagi hamkorlikning ahamiyati. Science and Education, 2(1), 301-303.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари