MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
338
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA O‘YIN
FAOLIYATINING TUTGAN O‘RNI VA UNING AMALIY AHAMIYATI
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim 101-guruh talabasi
Mamajanova Zulfiya Madaminovna
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233164
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha talimda tarbiyaning tutgan o‘rni, kichik
yoshdagi bolalarga talim-tarbiya berishda o‘yinning ahamiyati va uni qo‘llashdagi amaliy
ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Tarbiya, tajriba, faoliyat, axloq, o‘yin faoliyati, nutq, ijtimoiy qobiliyat,
aqliy faoliyat, rivojlanish.
Bizga ma’lumki, tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo‘lgan va bashariyat manfaatlari
uchun hizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o‘rtasidagi aloqani taminlaydi. Kattalar turmush
jarayonida ortirilgan tajribani o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatib borganlar. Kichik avlod esa, o‘z
faoliyati davomida duch kelgan muammolarning yechilishini topish barobarida bilim va
ko‘nikmalarni egallab boyitib o‘zidan keyingi avlodga qoldiradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi
xususida fikr yuritilganda, uning aniq maqsadga yo‘naltirilgan hodisa ekanligi takidlanadi. Inson
kamolotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim
va yetakchi o‘rinda turar ekan.
Tarbiyaviy ishning samaradorligi mana shu savollarga to‘g‘ri javob topishga bog‘liq. Bu
maqsad jamiyatning barkamol inson shahsini tarbiyalashdek masalalarni ko‘ndalang oyad.
O‘yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuv, etnograf, san’atshunos
olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelgan bo‘lib hisoblanadi. Tarixdan bizga ma’lumki ibtidoiy jamoa
qabilalari o‘z o‘yinlarida ovchilik, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar, shu qatorda bolalar o‘yini
ham ko‘p asrlik tarixga ega ekanligini juda ko‘p olimlar ta’kidlab o‘tishgan. Yan Amos
Komenskiy o‘yinni bola faoliyati, uning tabiati va mayllariga to‘g‘ri keladigan zarur shakli deb
hisoblaydi. Uning fikricha, o‘yin – bolaning barcha qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy
aqliy faoliyat ekanligini ta’kidlab o‘tgandir. Yana u bola o‘yin davomida tengqurlari bilan
do‘stlashishini, kattalarga bolalar o‘yinlariga e‘tiborli munosabatda bo‘lishini, ularga oqilona
rahbarlik qilishini maslahat berib o‘tgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berishda o‘yinning ahamiyati
katta o‘rin tutadi. Jumladan, o‘yin har bir yosh bosqichda asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
Bolalarga o‘yin orqali bajarilgan mashg‘ulot tushunarli va juda zavqli o‘tishi bilan bir qatorda,
bolalar yodida qolarli o‘tadi. O‘yin mustaqil faoliyat bo‘lib, bu jarayonda bolalar o‘z tengdoshlari
bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechinmalar
birlashtiradi. Shuning uchun o‘yin do‘stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti
malakalarini, tashkilotchilik qobilyatlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Demak, ijtimoiy
hayot o‘zgarishi bilan uning mazmuni ham o‘zgaradi; o‘yin ma’lum maqsadga yo‘naltirilgann
ongli faoliyat bo‘lib, uning mehnat bilan ko‘p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga
xizmat qiladi. Bu faoliyat asosida bolalardagi o‘quv faoliyati rivojlanadi , bola qanchalik yaxshi
o‘ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o‘qiydi.
Ilk yoshli bolalar o‘yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o‘yin bo‘lib, u narsa–
buyum-o‘yin faoliyati bo‘lib hisoblanadi .Uning mazmuni esa qo‘l ishidagi murakkab va nozik
harakatlardan iboratdir. Keyingi bosqichi esa, aks ettirish o‘yini hisoblanib, bu ilk yoshli bolalar
o‘yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Bu holatda kattalar
ta’lim-tarbiyaviy ishlarni ma’lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
339
buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o‘z
o‘yinlarida qo‘llay boshlaydilar. Natijada, bu yoshdagi bolalar o‘yini mazmun jihatdan predmetli
faoliyatni aks ettiradi. Ikkinchi yoshdagi bolalar o‘yinida esa, syujetni aks ettirish yuzaga keladi.
Bola qo‘lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi. Navbatdagi
bosqichda esa ro‘lli o‘yinlar bo‘lib, unda bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan kattalar mehnati va
kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar. Shunday qilib, bolalar o‘yin faoliyatining
bosqichma-bosqich rivojlanib borishi to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlar har yosh guruhlarida
bolalarning o‘yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarini ishlab chiqish imkoniyatini
yaratadi. Shunday qilib, Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik jarayonida o‘yinning tutgan
o‘rni juda katta bo‘lib, o‘yindan maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim
berishda keng qo‘llaniladi. Zero:
o‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati nomoyon
bo‘ladi;
o‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar holatini tashkil etish shaklidir;
o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyasi vositalaridan biridir;
o‘yin bolalarga ta’lim va tarbiya berishning metod va usulidir;
o‘yin bolalarni o‘quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir.
Taniqli pedagog-olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra o‘yinda rahbarlik qilish orqali bolalarga
o‘yinning mazmuni, tashkil etishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o‘yinining
mazmuni, tashkil etilishi, tuzilishi, bolalarning ahloqiy munosabatlari, bolalar o‘yinining
rivojlanish darajasiga ta’sir etish mumkinligini ko‘rsatadi. O‘yin o‘ynash davomida bolalar
mehnat tabiyasi va estetik tarbiya ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘ladilar, o‘yin uchun kerak
bo‘lgan narsalarni tayyorlaydilar, ijodiy hayol fikrlarini o‘zaro tadbiq etadilar. Maktabgacha talim
tashkilotlarida tarbiyachi o‘yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini
amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta’sir etib borishi zarurdir. Chunki o‘yinda
bolalarning mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakasi yaqqol namoyon bo‘ladi, ikkinchi tomondan
o‘yinda yuzaga kelgan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko‘chiriladi .
Bizga ma’lumki Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yin faoliyati to‘rt turga bo‘linadi. Ular
qoidali o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, didaktik o‘yinlar va harakatli o‘yinlar. O‘yin bosqichma-bosqich
olib boriladi yani, tayyorgarlik, tashkiliy, ijodkorlik, yakuniy.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida interfaol o‘yinlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib
keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to‘g‘ri bayon etishga, boshqalarni tinglashga
o‘rganadi. Interfaol o‘yinlarni samarali o‘tkazish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim:
1.
Mashg‘ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmunini qay darjada
tushunganliliklarini anglash;
2.
Bolalarning yosh hususiyatlari va bir birlariga bo‘lgan munosabatlarini hisobga
olish;
3.
Har bir bolaning qobilyati va psihologik xususiyatlarini e’tiborga olish;
4.
O‘yin jarayonida bolalarga qiziq materiallardan foydalanish;
5.
Diqqat va e’tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish;
6.
Bolalarga ro‘llarni to‘g‘ri taqsimlash;
7.
O‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish;
8.
O‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish va natijalarini prognoz
qilish.
Tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bolaning bilim olishga atrofdagi
olam sirlarini ochishga qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida o‘yin texnalogiyasidan keng foydalanish kerak.
O‘yinlar texnologiyasi degani pedagogik tehnalogiyaning yana bir turi bo‘lib, o‘yin
texnologiyasi doimiy o‘yin metodlaridan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan
jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga
erishish kafolati bilan farq qiladi.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
340
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaria rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlar o‘ziga
hos harakterga ega bo‘ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlar maxsus topshiriqlar
majmuasidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan o‘yin, faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar
,g‘ishtchalar, kvadratlar, plastilin, karton qog‘ozlar konstruktor-mehanik majmualarida turli
orlament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi .Uchinchidan, topshiriqlar
mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida uiarni osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig‘ida
sifatli bajarilishini ta’minlash darkor. Shu tariqa pedagog bolalar bilan frontal ravishda ish olib
boradi va aniq maqsadli va to‘g‘ri bajarilgan har bir faoliyat nafaqat o‘z samarasini beradi balki,
u bolalarning kelgusi faoliyatlarining tamal toshi vazifasini bajaradi. Natijada bolalar tez
harakatlanuvchi, tez fikrlovchi, irodali, zehnli va eng asosiysi sog‘lom bo‘lib kamol topadilar.
Harakatli o‘yinlar bolalarning har tomonlama mukammal voyaga etishiga juda katta yordam
beradi , bu yoshdagi bolalarda eng kerakli fiziologik rivojlanishini taminlovchi asosiy omil
hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalarni
tarbiyalashda o‘yin faoliyatining tutgan o‘rni beqiyosdir. Hozirgi davrga kelib muhtaram
yurtboshimiz maktabgacha ta’lim yo‘nalishida juda katta ishlar olib bormoqda. Yurtboshimizning
“O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida” degan so‘zlariga muvofiq o‘sib kelayotgan kelajak avlodni
jismonan va manan yetuk qilib tarbiyalashda yaratilgan imkoniyatlardan keng va oqilona
foydalangan holatda ta’lim va tarbiyaga katta e’tibor qaratmog‘imiz hamda uzliksiz ta’limning
ilk bosqichi hisoblangan ta’lim jarayonida samarali ishlar olib bormog‘imiz kerak deb o‘ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
F.R.Qodirova, SH.Q.Toshpo‘latova, .N.M.Qayumova, M.N. Azamova
“Maktabgacha pedagogika” T.:2013
2.
FAMILY connrektion RYMON LESLI 2014
3.
F.R.Qodirova. “Maktabgacha pedagogika” T.: 2013
4.
M.Yakubova “Maktabgacha yoshdagi ta’lim-tarbiya berish” A.: 2024
5.
N.Qayumova. “Maktabgacha pedagogika” T.2013.
6.
SH.Q.Toshpo‘latova .va boshqalar. “.Bolalar bog‘chasida metodik ishlar”.
T.: 2012.
7.
R.Mavlonova , N.Vohidova, N. Rahmonqulova “Pedagogika nazariyasi
va tarixi” TOSN.2010..
