MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
330
XALQ PEDAGOGIKASI ASOSIDA BARKAMOL AVLODNI
TARBIYALASHNING USTUVOR JIXATLARI
Andijon davlat pedagogika
instituti Maktabgacha ta’lim
yo’nalishi 1-bosqich talabasi
Sultonova Zilola Otamirza qizi
I.A. Oxunov
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233144
Annotatsiya:
Mazkur maqolada xalq pedagogikasining barkamol avlod tarbiyasidagi
o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi.Xalq pedagogikasi asrlar davomida shakllangan tarbiya
tamoyillarini o‘z ichiga olib, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analar orqali yosh avlodga
axloqiy, ma’naviy va jismoniy kamolotga erishishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Maqolada xalq
pedagogikasining asosiy tamoyillari, tarbiya usullari va zamonaviy ta’lim tizimi bilan
integratsiyasi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, barkamol avlodni shakllantirishda ota-onalar,
pedagoglar va jamiyatning o‘rni yoritilib, milliy tarbiya mezonlarini rivojlantirish bo‘yicha
takliflar beriladi.
Kalit so‘zlar:
qadrshunoslik, pedagogika, udumshunoslik, marosimshunoslik, xalq
pedagogikasi, avaylash, din, til, urf-odat, an’ana.
Xalq pedagogikasi asrlar davomida avlod-ajdodlarimizning axloqiy, ma’rifiy
shakllanishi va kamolotida muhim o‘rin tutgan. Chunonchi, xalq o‘zining ma’naviy-ma’rifiy,
badiiy-estetik qarashlari, falsafiy, axloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalarini
xalq pedagogikasida aks ettirgan. Xalq pedagogikasining muhim yo‘nalishi milliy tarbiyani
amalga oshirishdir, muhim xususiyatlaridan biri esa millatga xos bo‘lgan xususiyatlarning
saqlanishini ta’minlash sanaladi.
Shuni qayd etish kerakki, xalq pedagogikasidagi pedagogik qarashlar, allomalarimiz
tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘qituvchining insoniy fazilatlari va kasbiy
tayyorgarligi xaqidagi bildirilgan fikrlar hozirgi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan.
Insoniyat jamiyatining barcha bosqichlarida barkamol shaxsni voyaga еtkazish dolzarb
muammolardan biri bolib kelgan. Xalqimiz pedagogik qarashlarining tahlili bu borada juda boy
ma’naviy - ma’rifiy meros mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, bo‘lg‘usi pedagogik kadrlami
xalqimizning ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha to‘plagan boy ma’naviy-ma’rifiy
meros va pedagogik qarashlari bilan tanishtirish ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini
orttirishga zamin tayyorlaydi.
Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi
- bo‘lg‘usi pedagogik kadrlarda
pedagogik tafakkurini shakllantirish va kengaytirish, xalqimizning o‘qitish jarayonini tashkil etish
va tarbiya nazariyasi bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviy-ma’rifiy merosi va pedagogik qarashlari,
ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali ularning kasbiy-pedagogik
tayyorgarligini orttirishdir.
Fanning vazifalari
- xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid boy tajribasi, tarbiya
usullari, insoniy fazilatlar va qadriyatlar, xalq pedagogikasining sharqona va turkona an’analari,
ta’lim-tarbiya jarayonlarining xalq og‘zaki ijodida, milliy urf-odatlarda, diniy ta’limotlarda
ifodalanish masalalarini o‘rganish hamda kelajak avlodga uning mazmun-mohiyatini
tushuntirishdan iborat.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o‘z asarlarida ajdodlarimiz qoldirgan boy milliy
qadriyatlaming ahamiyati haqida ham alohida fikr bildirib: “Xalqimiz tayanchi ajdodlarimiz
qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir hazina, bu hazinadan oqilona foydalanishimiz lozim”.
Xalqimizning pedagogik madaniyati bilan juda qiziqqan rus yozuvchisi V.G.Belinskiy: “Наr bir
millatning o‘ziga xosligi, asosan faqat shu millatga xos dunyoqarash, din, til, urf-odatlar va
an’analardir”, - deydi. O‘tmishda yig‘ilgan ma’rifiy boyliklami buyuk faylasuf Gegel “o‘zidan
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
331
kuch taratuvchi ona yеr” bilan taqqoslagan. Uning ta’kidlashicha, “ilm-fan va
ta’limning har bir yangiligi uning qadimiylikka murojaatidan kelib chiqadi”. Demak,
madaniyatning, jumladan pedagogik madaniyatning an’anaviyligi xalqlarning yuqori
madaniyatining muhim belgisidir. Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy: “Xalqlamizning o‘z qadimiy
madaniyatiga e’tibori va qiziqishning uyg‘onishi ularning xaqiqiy donoligidan dalolatdir”, - deydi.
Demak, xalq pedagogikasi xalq ommasining turmush faoliyati jarayonida to‘plangan
va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlari yig‘indisidir. Xalq
pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi bo‘lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishi,
hech bir soha chekkada qolmasligi, ayni chog‘da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab
tomonlari e’tiborga olingan holda, yеtti o‘lchab bir kesishga amal qilinadi. Shuningdek, xalq
tarbiyasida kecha, bugun va ertani o‘ylab ish tutiladi, ya’ni tarbiyani o‘tmishni unutmaslik,
bugunning qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va
jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko‘rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor undan
mukammal foydalanadi. «O‘zbek xalq pedagogikasi» xalq pedagogikasining ajralmas tarkibiy
qismidir. Uning qamrovi nihoyatda keng, bag‘oyat serqirra va serjilo tushunchadir. Xalq
donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy axloqiy hayotning barcha
tomonlarini, xalq og‘zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi
yo‘nalishlarini, diniy-axloqiy ta’limotni qamrab olishi bilan harakterlanadi. Xalq
pedagogikasining yana bir ibratli jihati bor. Bu hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa,
predmet, ko‘rinish, qisqasi jonli-jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanishdir. Kezi kelganda
xalq an'anaviy pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari,
tasdiqlash ham alohida o‘rin tutishini aytib o‘tish zarur. Buni ayniqsa dov-daraxt, tog‘-tosh,
parranda-darrandaga bag‘ishlangan folklor namunalarida yaqqol ko‘rish mumkin. Xalqning
bunday qarashlari tag-zaminida to‘rt unsurni asrash, avaylash, ya’ni ekologik tarbiyani anglash
qiyin emas. Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so‘zlar - duo-olqishlar ham tarbiyaga qaratiladi.
Darvoqe, xalq an’anaviy pedagogikasida yaxshi so‘z, duo-olqishning ta’sir kuchi, tarbiyaviy
ahamiyati, inson ma’naviy ustuvorligi, iymon-e’tiqod butunligi, qisqasi kishilarning har
tomonlama mukammal kamoloti borasida tutgan o‘rni va roliga alohida ahamiyat beriladi. El-yurt
uchun har tomonlama mukammal Insonni tarbiyalashga qaratilgan O‘zbek xalq pedagogikasi ham
ayrim shaxslar yohud bir-ikki jamoa (ular qanchalik iqtidorli, iste’dodli bo‘lishmasin) tomonidan
yaratilmagan, albatta. Uni xalqimiz asru asrlar bilan o‘lchanuvchi hayotida o‘zining boy hayotiy
tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan tutimlari, sa’y-harakatlari, yo’l-yo’riqlari, aql-
zakovatlari bilan yaratgan. Ayni choqda o‘zbek xalq pedagogikasi o‘z rivojida, boyib,
mukammallashib borishida ilm-fanning boshqa sohalaridan, ya’ni mumtoz adabiyot, san’at,
og‘zaki ijod, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi sohalar
bag‘rida shakllanib, ular bilan bevosita aloqada bo‘ladi, eng yaxshi namunalarini o‘ziga qabul qilib
oladi. Hamisha safarlarda bo‘lib, o‘zga yurt kishilari bilan muloqotlarda bo‘lish, izlanishlar olib
borishdan toliqmaslik kabi xislatlar o‘zbek xalqi harakteriga xos fazilatlardandir. Insonparvarlik,
baynalmilallik, hushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlikni o‘ziga e’tiqod qilib olgan
o‘zbek xalq pedagogikasi ayni choqda Sharq odobnomasi, ibratnomasidan doimiy ravishda
bahramand bo‘lgan, sharqona xalq pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan va uning eng go‘zal
namunalarini o‘ziga qabul qilib olgan. Shunday qilib, o‘zbek xalq pedagogikasi turkiy xalqlar,
ota-bobolarimiz uzoq moziyda yaratgan va ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylab, saqlab kelgan ota
meros. Sharq xalqlarining boy va betakror odobnoma va odatnomasi, xalq pedagogikasidagi eng
yaxshi namunalar, allomalaru adabiyot va folklor ijodkorlari-ijrochilarining bu boradagi
sayharakatlari, yaratgan asarlari bilan qo’shilgan holda shakllanganligi, rivojlanganligi va boyib
borganligini e’tirof etish birdan-bir to‘g‘ri yo‘ldir. Xalq pedagogikasining bunchalik ta’sir kuchi,
ahamiyati nimada? Yashovchanligi, «umri» ning shunchalar uzoq muddatlar bilan o‘lchanishi. Uni
hech qanday kuch-qudrat bilan tenglashtirib bo‘lmasligining boisi qayerda? O‘zbek xalq an'anaviy
pedagogikasini uzoq yillar o‘rganishimiz, har bir nuqtalariga chuqur diqqat-e’tibor berganimiz
oqibat natijasida shunday xulosaga keldik. Xalq pedagogikasining asrlar davomida shakllanib,
rivojlanib, boyib borishining, fuqaro, vatan taqdirida hal qiluvchi rolining boisi, birinchidan, uning
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
332
hayotiyligi, ta’sirchanligi, serqirra, serma’noligida bo’lsa, ikkinchidan, uning bevosita
xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida jonli an’analarda yaratilishi, yashashi, hayot, inson
muammolarini qamrab olishi, tarbiyaning eng dolzarb masalalari echimini hal qilishga qaratilgani,
uchinchidan, umuminsoniy yo‘nalishga, umumbashariy g‘oya-maqsadlarga qaratilgan
bo‘lganligidir. Shu bois, boshqa dunyoqarash, mafkura, ma’naviyat omillari kabi, xalq
pedagogikasi tarix to‘fonlari-yu uryiqitlariga, to‘s-to‘polonlarga bardosh berib, tajriba-sinovlardan
muvaffaqiyat bilan o‘tib, toblanib, sayqallashib, hech bir payt, hech bir davrda - u qanchalik og‘ir,
murakkab, qiyin bo‘lmasin, baribir o‘z «faoliyatini» to‘xtatmasdan, aksincha faol xizmat qilib,
avlodlar tarbiyasi, kamoloti borasida hal qiluvchi rolni o‘ynab keldi. Kezi kelganda shuni ham
ta’kidlab o’tish kerakki, xalq pedagogikasi bamisoli jonli organizm, qaynar buloq, o‘lmas,
o‘chmas, doimo boyib, ko‘payib boruvchi ilohiy, mo‘jizaviy tarbiya sohasidir. Xalq bor ekan, el
yashar ekan, bu soha yashayveradi, o‘zining avlod-ajdodlarga beminnat «xizmati»ni o‘tayveradi.
Zero, xalq orzu-umidi, quvonch-tashvishlari, g‘am-g‘ussasi-yu armonlari, shodlik, baxtiyorlik
onlari-yu qadrqimmatlari, ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik qarashlari, dunyoqarashi, falsafiy-
axloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalari xalq pedagogikasida zuhr etiladi.
O‘zbek xalq pedagogikasi o‘zining yo‘nalishi, ibratli xulosalarga boyligi, bebaho
asarlari, ma’no-mantiq jihatdan mukammalligi, teranligi, uslubi, odobnomasi, odatnomasi,
ibratnomasi bilan har qanday millat, el havas qilsa arziydigan buyuk merosdir. Bu uning
mazmunida aks etadi. Darhaqiqat, Vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelgusi
boshqaruvchisi — yangi avlod tarbiyasi birinchi o‘ringa chiqdi. Juda qiyin, o‘ta mas’uliyatli, katta
g‘ayrat-shijoat, kuch-quvvat, mehnat talab etadigan bu vazifani uddalashimizda og‘zaki ijod,
mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik,
marosimshunoslik qatorida xalq pedagogikasining o‘rni va roli beqiyosdir. Xalq pedagogikasi
hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini
qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Uning oldiga qo‘ygan maqsad vazifasi aniq, ravshan, ayni
choqda xayrli, savobli va ilohiydir. Har qanday boylikning nihoyasi bo’ladi, oltin, zar, zarbobga
o‘ralishning umri qisqa. Osmono‘par binolar qulashi, sulolalar kelib-ketishi, avlodlar ketidan
yangilari kelishi tabiiy, ammo xalq pedagogikasi hayqirib o‘quvchi daryoday uyg‘oq, musaffo
chashmaday betinim, quyosh taftiday issiq, oy nuriday nurafshon, hayotning o‘ziday go‘zal, bedor
insonlarday uyg‘oq holda avlodlar tarbiyasida hamisha o’z vazifasi - aytilgandek, Inson odobi,
xulqi, kamoloti borasidagi xizmatini o’tayveradi, hech qachon «toliqmaydi» — «charchamaydi».
Biz xalq pedagogikasining sharqona va turkona an'analari, oilaviy-maishiy yo‘nalishlari, xalqning
o‘ziga xosligining milliy toʻylarimiz, ommaviy bayram-sayllari, marosimlar, urf-odatlar va
udumlarda ifodalanishi, xalq pedagogikasida sport, jismoniy tarbiyaning tutgan o‘rni, milliy
maktab muammolari kabi shu kunlarda juda dolzarb, zarur va kerakli masalalar haqida qisqacha
to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
M J Mutalipova ,,Xalq Pedagogikasi’’ Toshkent -2015
2.
Izbullayeva G.V. – pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Umedjanova M.L.- Oʻqituvchi ,,Xalq Pedagogokika’’ O‘quv- uslubiy majmua Buxoro -2021
3.
I.A.Oxunov ”Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” darslik Andijon -2024.
4.
I.A.Oxunov “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy ongni
rivojlantirishning pedagogik tizimi.Monografiya. Toshkent “Innovatsiya-Ziyo” – 2021.
