Mualliflar

  • Odina Nasibova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Odina Nasibova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim yo’nalish 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86302

Kalit so‘zlar:

Bola yosh ong psixologik

Annotasiya

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshi va individual xususiyatlari inobatga olingan. Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari manaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o`zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

320

MASHG‘ULOTLARDA BOLANING YOSH VA INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARINI INOBATGA OLISH

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta`lim yo’nalish

1-bosqich talabasi Nasibova

Odina Zoxidjon qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233121

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshi va individual

xususiyatlari inobatga olingan. Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni
tarbiyalashning maqsad va vazifalari manaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni
o`zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi

.

Kalit so’zlar

: Bola, yosh, ong, psixologik, xususiyat, metod, barkamol, tarbiya

.

Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va

vazifalari manaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o`zida mujassamlashtirgan
ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Shu jihatdan olib qaralganda maktabgacha ta'lim
uzluksiz ta'lim tizimida muhim o`rin tutadi. Maktabgacha ta'lim – bola tug`ilganidan to etti
yoshgacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini, maktabgacha ta'lim muassasa sharoitida
talim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini o`z ichiga oladi.

Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim

tizimining muhim bo‘g‘ini sanalmish maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda dasturilamalga aylandi.

Ayni paytda,

Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, maktabgacha ta’lim

yo‘nalishi uchun qabul kvotasining oshirilishi, soha mutaxassislarini tayyorlash borasida oliy
ta’lim zimmasiga bir qator muhim vazifalarni yuklaydi va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqishni
taqazo etadi. Yuqorida fikrlardan va masalaning dolrbligini inobatga olib, o`sib kelayotgan yosh
avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muammolarni hal etish, bolaning yosh
va o‘ziga xos xususiyatlari, iqtidorini hisobga olib ta’lim-tarbiya berish, ta'lim va tarbiya
samaradorligini zamon talablari asosida ta'minlash, uni dunyo talablari darajagiga olib chiqishga
erishish, yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali
ta'lim-tarbiyaning mohiyati, mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, maktabgacha
ta'limning qoida va qonunlarini xalqimizning boy tajribalari asosida boyitib borish, uning yangi
qirralarini izlash muammolarini hisobga olgan holda ushbu maqolamizning mavzusini
“Mashg‘ulotlarda bolaning yosh va individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olish” deb
nomladik.

Maktabgacha ta’limning vazifasi bola taraqqiyotini tezlashtirish, uni tezroq o`quvchi qilib

qo`yish emas, balki eng avvalo har bir bola o`z imkoniyat va qobiliyatlarini namoyon qilishga
sharoit yaratishdan iborat. Shu o‘rinda maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va individual-
psixologik xususiyatlarini inobatga olib mashg‘ulotlarni rejalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Quyida ayrim kundalik mashg‘ulot rejalaridan misollar keltirib o`tamiz:

Ertalabki badantarbiya mashqlari.

Tarbiyachining ishorasiga binoan bolalar kolonnaga

bittadan bo`lib saflanadilar va boshlovchining ketidan xona bo`ylab yuradilar. Oyoq uchida
yurish, qo`llar belda, yugurish. Yurish va yugurish mashqlari navbatlashtirib turiladi. Yugurish
40-50 soniyadan kam davom etmasligi kerak. Tarbiyachining ishorasiga binoan uch guruhga
saflanish.

I. Ertalabki soat
1-mavzu: “Rostgo`ylik” mavzusida suhbat.
Bolalarni rostgo`y va kamtar bo`lishga chaqirish. Rost so`zlash kishini murod-maqsadiga

etkazishi, uning mardlik va haqgo`ylik hislarini shakllantirishda hissasi katta ekanligi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

321

Rostgo`ylikning atrofdagilar qalbida ishonch, hurmat va e'tiqodni kamol toptirishdagi

roli alohida uqtiriladi. Rostgo`ylik haqida maqol va hikoya o`qib berib, uni sharhlash.

2. Mozaika, lego o`yinlarini taklif etish.
Maqsad: Bolalarni aqlan rivojlanishini oshirish.
3. Mustaqil faoliyat (mustaqil faoliyatni bola qiziqishi, istagiga qarab guruhdagi

rivojlantiruvchi markazlar ichidan tanlaydi).

4. Tabiat burchagida mehnat uyushtirish: o`simlik barglarini artish, suv quyish, tagini

yumshatish.

5.Bolalar bilan yakka ishlash (bolalar bilan yakka ishlash daftariga qaralsin).
6.Ertalabki badantarbiya.
1-mashg`ulot
Mavzu: “Alisher Navoiy bobomiz” mavzusida suhbat.
Maqsad: bolalarga Alisher Navoiyning xalqparvar inson ekanligi haqida so`zlab berish.

Alisher Navoiyning insonni halollik, sahiylik, to`g`rilik, xalqparvarlik kabi fazilatlar egasi
bo`lishga insonlarni chorlashi haqida so`zlab berish.

Mashg`ulotning borishi. Bolalar, bugun men sizga Alisher Navoiy bobomizning

xalqparvarligi, insonparvarligi haqida so`zlab beraman. Nima uchun Alisher Navoiyni xalqparvar
deb ataymiz? Xalqparvar deb kimlarni ataymiz? Ulug` shoir Alisher Navoiy insonning baxtli,
saodatli bo`lishini, xalqning osoyishta va farovon hayot kechirishini orzu qilgan va bu yo`lda
hormay-tolmay ish olib borgan.

Alisher Navoiy obodonchilik sohasida katta xizmat qildi. Hirot va boshqa shaharlarda ko`p

imoratlar, bir qancha hovuz, hammom, ko`prik, madrasalar qurdirdi. Suvsiz erlarga suv chiqarish
ishiga ham ahamiyat berdi.

2. Yosh olim, shoirlarga samimiy yordam berdi. Masalan, musavvir Behzod, hattot Sulton

Ali kabilar Alisher Navoiy homiyligida etishdi.

3. Xalqning arz-dodiga quloq solib, ularga ko`maklashdi. U Astraobodda hokim qilib

tayinlanganda ortiqcha soliqlar undiradigan amaldorlarni ishdan bo`shatdi.

4. Podshoh Xusayn Boyqaroni insofli, ma'rifatli hukmdor bo`lishga chaqirdi. U zolim

podshohlardan qattiq nafratlanar edi. Alisher Navoiy xalq, mamlakat taqdirini podshohga bog`lar
edi. Odil, adolali podsho mamlakatni obod, xalqni shod-hurram bo`lishiga olib kelsa, zolim podsho
mamlakatni xarob va xalqni xonavayron bo`lishiga sabab bo`ladi. Alisher Navoiy vazirlikdan
bo`shagandan keyin qizg`in ijodiy ishga berildi. U katta badiiy asarlar yaratdi. Ularda mamlakat
va xalq manfaatlariga, haq-xuquqlariga qaratilgan masalalar yoritilgan. Alisher Navoiyning
fikricha, inson o`z hayotini jamiyat uchun foydali bo`lgan xizmatga bag`ishlashi lozim: kasb
o`rganishi, ma'rifatli, fazilatli, xushxulq, bo`lgandagina u o`z insoniy burchini ado etgan komil
inson bo`ladi. Alisher Navoiy orzu qilgan kishi bu o`zini va boshqa insonlarni hurmat qila oladigan
kishilardir. Mana ko`rdingizmi bolalar, biz nima uchun Alisher Navoiy adolat uchun kurashgan,
xalqparvar inson deymiz. Men hozir sizga Alisher Navoiyning xalqparvarligi haqida bir rivoyat
o`qib beraman.

Tarbiyachi “Odamiy ersang” rivoyatini bolalarga o`qib beradi va rivoyat bo`yicha savol-

javob o`tkazib, suhbatni tugatadi.

Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va

vazifalari manaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o`zida mujassamlashtirgan
ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Shu jihatdan olib qaralganda maktabgacha ta'lim
uzluksiz ta'lim tizimida muhim o`rin tutadi. Maktabgacha ta'lim – bola tug`ilganidan to etti
yoshgacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini, maktabgacha ta'lim muassasa sharoitida
talim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini o`z ichiga oladi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti bolalarning hayoti, jismoniy va ruxiy sog`lomligi uchun, har

bir bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlariga mos keluvchi emotsional va to`laqonli rivojlanishi,
bolalarni tarbiyalash va ta'lim berishning tanlangan tizimi samaradorligi uchun mas'uldir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyaviy jarayoni psixologik ta'minlash ruxshunos yoki
psixologik xizmat tomonidan amalga oshiriladi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

322

Maktabgacha ta’limning vazifasi bola taraqqiyotini tezlashtirish, uni tezroq

o`quvchi qilib qo`yish emas, balki eng avvalo har bir bola o`z imkoniyat va qobiliyatlarini
namoyon qilishga sharoit yaratishdan iborat. SHu o‘rinda maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh
va individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olib mashg‘ulotlarni rejalashtirish muhim
ahamiyat kasb etadi. Iqtidorli bolalar ko`p hollarda turli hisob-kitoblarga qiziqadilar, she'r yoki
ertaklar to`qiydilar, musiqa asboblarini chaladilar, shaxmat o`ynaydilar, rasm chizadilar, qo`shiq
aytadilar va raqsga tushadilar.

Oila – bu o‘ziga xos xo‘jalik bo‘lib, uning turmush kechirish, muammolari mavjud. Ota-

onalar oila a’zolarining amaliy faoliyatlarini uyushtiradi, ularning ovqatlanish, ta’lim olish,
ishlash, dam olish, kiyim-bosh bilan ta’minlash kabi kundalik rejimini tashkil qiladi, farzandni
bolaligidan boshlab mehnatga, mustaqillikka, shaxslararo ibratli munosabatga o‘rgata boradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1.

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-sonli

“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

2.

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-sonli

“O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi Qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston

O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1450-sonli
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarini
tasdiqlash haqida”gi Buyrug‘i / Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018 y.,
10/18/3032/1450-son.

4.

O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “Ilk qadam” davlat

o‘quv dasturi. –T.: 2018.

5.

O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 may №391-sonli

“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qarori / onun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019 y.,
09/19/391/3120-son.

6.

Jo‘raeva B.D. Maktabgacha ta’limni modernizatsiyalash muammolari va

rivojlantirish istiqbollari. Xalq ta’limi j., 2008. 5-son. -114-119 b.

7.

Inomova M. Oilada bolalarni mahnaviy va axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar.

- T.: Fan, 1995.

8.

G‘oziev E. Psixologiya. Yosh davlari psixologiyasi. – Toshkent, O‘qituvchi, 1994.

– 224 b.

9.

Hasanboeva O. U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. Kasb-hunar

kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma.–T.: Ilm ziyo. 2006. -182 b.

10.

www.ziyonet.uz. Aleuova R. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Ma'ruza

matni. Nukus, 2005.














Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-sonli “O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1450-sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida”gi Buyrug‘i / Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018 y., 10/18/3032/1450-son.

O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi. –T.: 2018.

O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 may №391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori / onun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019 y., 09/19/391/3120-son.

Jo‘raeva B.D. Maktabgacha ta’limni modernizatsiyalash muammolari va rivojlantirish istiqbollari. Xalq ta’limi j., 2008. 5-son. -114-119 b.

Inomova M. Oilada bolalarni mahnaviy va axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar. - T.: Fan, 1995.

G‘oziev E. Psixologiya. Yosh davlari psixologiyasi. – Toshkent, O‘qituvchi, 1994. – 224 b.

Hasanboeva O. U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma.–T.: Ilm ziyo. 2006. -182 b.

www.ziyonet.uz. Aleuova R. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Ma'ruza matni. Nukus, 2005.