Mualliflar

  • Maloxat Alimova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Maloxat Alimova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va  pedagogikasi yo’nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86309

Kalit so‘zlar:

Tarbiyachi ta'lim-tarbiya jamiyat

Annotasiya

Ushbu maqolada hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallashlari kerakligi haqidagi fikrlar yoritilgan. Shu bilan birga xalqimizning buyuk mutafakkirlarini tarbiyachi haqidagi fikrlarini yoritib bergan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

300

ZAMONAVIY TARBIYACHI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O’RNI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va

pedagogikasi yo’nalishi 3-bosqich talabasi

Alimova Maloxat Rahimjon qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15231594

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid

bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha
maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallashlari
kerakligi haqidagi fikrlar yoritilgan. Shu bilan birga xalqimizning buyuk mutafakkirlarini
tarbiyachi haqidagi fikrlarini yoritib bergan.

Kalit so’zlar:

Tarbiyachi, ta'lim-tarbiya, jamiyat, milliy qadriyatlar, ta'lim nazariyasi.


Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining

muhim bo‘g‘ini sanalmish maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha
ta’lim tashkilotlarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog
kadrlar bilan ta’minlashda dasturilamalga aylandi. Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan qabul
qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat hamda
nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega.

Demak, hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik

va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan,
kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat
ko’rsatuvchi shaxsdir.

Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim,

faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni
tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o’z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya
vazifalarini ijodiy yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi
o’rtoqlarini o’sishiga yordam beradi.

Zero, tarbiyachi avvalo, bilimli bo’lishi, o’zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va

jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo’lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya
pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini
bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtayi
nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga
imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini
yuqori baholamoqda.

O’zbekiston Respublikasida tarbiyachi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati

hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’yilmoqda. Chunonchi, bu borada O’zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz
bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, mahrifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy
vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o’zi ana shunday
yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak».

1

Xalqimizning buyuk mutafakkirlari bo’lmish Imom-al-Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Abu

Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Baxouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek,
Mirzo Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Botu, Maxmudxo’ja Bexbudiy va boshqa shu kabi

1

Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa

konserni Bosh tahririyati, 1993, 27-28-bet.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

301

ko’plab buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma'naviyat sarchashmalari o’zining

tarbiyaviy jaamiyatga, ma'rifatni targ’ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega
ekanligi tufayli hozirgi kunga qadar o’z qadr-qimmatini yo’qotmay kelmoqda. Bular jumlasiga
Navoiyning mashhur “Hamsa”sini, Bexbudiyning “Turkiy Guliston yoxud ahloq”, Imom-al
Buxoriyning “As saxix” hadislar to’plami kabi ko’plab yuksak qadr-qimmatga ega asarlarni
kiritishimiz mumkin. Xalqimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlar va urf-odatlar hamda xalq
og’zaki ijodi namunalari bevosita xalqimiz ruhiyati asosida shakllangan bo’lib, ular ma'naviy
barkamol insonni tarbiyalashda eng muhim ahamiyatga egadir. Ushbu qadriyatlar o’z navbatida
yuqorida sanab o’tilgan buyuk mutafakkirlarimizni ham tarbiyalab voyaga etkazgandir. Shunday
ekan biz buyuk xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarimiz har qancha fahrlansak
arziydi. Bizning burchimiz bunday qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni izchil ravishda
takomillashtirib borishdir.

Forobiyning fikricha, insonda go’zal fazilatlar ikki yo’l – ta'lim va tarbiya orqali hosil

qilinadi: “Ta'lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug’ma fazilat – nazariy bilimlar va
amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta'lim so’z va o’rganish bilan, tarbiya esa
amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, har ikkalasi birlashsa, etuklik namoyon bo’ladi...”.
Demak, Forobiy ta'lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta'lim bergan bo’lsa ham, har
birining insonni kamolga yetkazishida o’z o’rni va xususiyati borligini alohida ta'kidlaydi.

Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Forobiy tarbiyachining ijtimoiy hayotda tutgan

o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g’risida ibratli g’oyalarni ilgari surgan. «Tarbiyachi –
deydi Forobiy, - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va bolalarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarni
to’la va aniq ifodalay olishni bilmog’i zarur. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli
bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga
erishadi», - deb ta'kidlaydi.

Shunday ekan barcha kasblar orasida tarbiyachilik kasbi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero,

tarbiyachi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir.
Bugungi kunda u yosh avlodni g’oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot,
tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rgatadi, bolalarni bolalik chog’idan mehnat faoliyatiga
tayyorlab, uning sirlarini puxta egallashlarida ko’maklashadi va jamiyat uchun muhim bo’lgan
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat tarbiyachidan o’z kasbining mohir
ustasi bo’lishni, bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi,
e’tiqodi va amaliy ko’nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo’llarini izlab topadigan kasb
egasi bo’lishni talab etadi. Buning uchun doimo tarbiyachilar kasbiy mahoratini, ko’nikma va
malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g’amho’rlik qilish, zarur shart-sharoitlar
yaratish, kerakli moddiy va ilmiy-metodik hamda texnik yordam ko’rsatish, tarbiyachilarning
ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko’maklashish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1.

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-sonli

“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

2.

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-sonli

“O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi Qarori.

3.

Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. – Toshkent, Sharq

nashriyot-matbaa kontserni Bosh tahririyati, 1993.

4.

Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz. –T.: O‘zbekiston, 2016.

5.

Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. – T.: O‘qituvchi, 1991. – 256 b.

6.

Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T.: OPI, 2003.

7-b

7.

Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. – T.: O‘qituvchi, 1993. – 264 b.

8.

www.tdpu.uz, www.pedagog.uz, www.ziyonet.uz, www.i-gnom. ru.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-sonli “O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori.

Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa kontserni Bosh tahririyati, 1993.

Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: O‘zbekiston, 2016.

Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. – T.: O‘qituvchi, 1991. – 256 b.

Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T.: OPI, 2003.

-b

Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. – T.: O‘qituvchi, 1993. – 264 b.

www.tdpu.uz, www.pedagog.uz, www.ziyonet.uz, www.i-gnom. ru.