Mualliflar

  • MUZAFFAF USMANOV
    Andijon viloyati Paxtaobod tumati 39-maktab

Muallif biografiyasi

  • MUZAFFAF USMANOV, Andijon viloyati Paxtaobod tumati 39-maktab

    Andijon viloyati Paxtaobod tumati  39-maktab Geografiya fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86315

Kalit so‘zlar:

Atrof-muhit idrok etish

Annotasiya

Ushbu maqolada zamonaviy sharoitda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat zaruriyatining nazariy asoslari yoritilgan. Shu bilan birga,  maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyat elementlarini, ya’ni tabiatga, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga doir psixologik-pedagogik asoslar o‘rganilgan. Muallif bolalarda shakllangan ko‘nikmalarning umri davomida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishini ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar: Atrof-muhit, idrok etish, mas’uliyat, ekologik bilimlar, ekologik ong, tabiat muhofazasi bo‘yicha ko‘nikmalar, ekologik mas’uliyat, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

284

BOLALARNI TEVARAK-ATROFGA BO‘LGAN QIZIQISHLARINI

SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Andijon viloyati Paxtaobod tumati

39-maktab Geografiya

fani o‘qituvchisi MUZAFFAF USMANOV

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15230878

Annotatsiya:

Ushbu maqolada zamonaviy sharoitda atrof-muhitga mas’uliyatli

munosabat zaruriyatining nazariy asoslari yoritilgan. Shu bilan birga, maktabgacha yoshdagi
bolalarda ekologik madaniyat elementlarini, ya’ni tabiatga, atrof-muhitga mas’uliyatli
munosabatni shakllantirishga doir psixologik-pedagogik asoslar o‘rganilgan. Muallif bolalarda
shakllangan ko‘nikmalarning umri davomida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishini ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar:

Atrof-muhit, idrok etish, mas’uliyat, ekologik bilimlar, ekologik ong, tabiat

muhofazasi bo‘yicha ko‘nikmalar, ekologik mas’uliyat, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat.


Ekologik ta’lim-tarbiya muammolarini uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida,

tarbiyalanuvchilarni zaruriy ekologik bilimlar bilan qurollantirib, ularni atrof muhitga ma’suliyatli
qiziqish qoidalari bilan tanishtirish eng muhim psixologo-pedagogik muammo bo‘lishi bilan bir
qatorda, ekologik muammolarni hal etishda tarbiyalanuvchilarning bevosita ishtiroki ularda
ekologik bilim, ko‘nikma va madaniyatni tarkib toptirish eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Bolalar uchun ekologik bilimlar mazmunini aniqlab ma’lum bir tizimga keltirish, o‘qitish
metodikasini ishlab chiqish, hal etilishi lozim bo‘lgan yirik ilmiy psixologo-pedagogik
muammoga aylandi.

Bizga ma’lumki, jamiyatimiz doimo taraqqiy etib boradi. Buning uchun esa yangicha

bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq, tanqidiy ijodiy faoliyat
bilan shug’ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. Demak tarbiya yosh avlodni
hayotga, mehnatga tayyorlashda, u mavjud jamiyat imkoniyatlarini shakllantirish, yanada
rivojlantirish maqsadida keksa avlod tomonidan orttirilgan tarixiy tajribani to‘ldirgan, yanada
mukammalllashtirgan holda yosh avlodga singdirishdan iborat.

Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev: “Yurtimizda ilm-fan, sog’liqni saqlash,

ma’daniyat va san’at, sport kabi muhim sohalar faol tarzda rivojlanmoqda”, - deb ta’kidlagan
edilar.

Darhaqiqat, Respublikamizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar keng doirada amalga

oshirib kelinmoqda. «Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar va ilm-fanni yanada rivojlantirish,
iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga
chiqarishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega

.

Ular orasida

mamlakatimizda yangi tahrirdagi «Talim to‘g’risidagi qonun» qabul qilindi. Unda yoshlarni eng
ilg’or ilm-fan yutuqlardan xabardor qilish, buyuk allomalar merosini chuqur va teran o‘rganish,
zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, yoshlarni ma’rifatli
qilishni barcha sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi.

Tabiatshunoslik o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish

uchun atrof- muhitga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go‘zalikni tushuntirishni
tarbiyalash kerak. Shuni unutmaslik kerakki, inson ko‘z ochib aqlini topibdiki, tabiat quchog‘ida
yashaydi, xayot kechiradi. U tabiatyaratganbitmas-tuganmas boyliklardan o‘z extiyojlarini
qondirish maqsadida foydalanadi.

Tabiat- bitmas-tuganmas xazina. Uning jonli va jonsiz tabiati, turli-tuman o‘simliklar

dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib, shakllanishida tabiatda bo‘ladigan voqea-
hodisalarning sir-asrorlarini o‘rganib voyaga yetishishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi. Bola
qiziquvchan bo‘ladi. U atrofdagi, bog‘cha hovlisidagi rang— barang gullarni, sharqirab oqayotgan
suvlarni, guldan gulga qo‘nib uchayotgan kapalaklarni betinim sayrayotgan qushlarni ko‘rib


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

285

quvnaydi, yayraydi. Bola ongining o‘sishida, jonli va jonsiz tabiatga bo‘lgan

qiziqishini ortishida tevarak-atrofidagi tabiatning roli beqiyos kattadir. Bolalarni, tabiat bizga
in’om etgan ana shu go‘zal manzaralari bilan tanishtirib borishimiz, tabiatning har bir giyohi, har
bir hayvonotning insonlar uchun, tabiat uchun naqadar kata axamiyatga ega ekanligini aytib,
o‘rgatib borishimiz, ma’naviy oziqlantirishimiz kerak.

Bolalarni tabiat bilan tanishirishdan maqsad yosh avlodni ona-Vatanimizni sevishga, uning

o‘simliklari, hayvonot olaminiasrash, saqlash kuchaytirish ruhida tarbiyalashdaniboratdir. Buning
uchun bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog‘cha yoshidan boshlamoq kerak.

Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishda bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirishning

ahamiyati kattadir. Yoshlarga tarbiya berar ekanmiz, eng avvalo tarbiyaning shu kecha-kunduzdan
ahamiyati zarurligini ham jamiyatimiz uchun, ham insonning shakllanishidagi rolini ilmiy asoslab
tushuntirib berishimiz kerak. Umumiy tarbiyani singdirishda tabiat elementlari, uning boyliklari
jonli va jonsiz tabiatdagi materialistik nuqtai nazardan foydalanib, yoshlarni uning sir-asrorlarini
to‘liq bilib olishga, o‘rganishga va ulardan oqilona foydalanishga o‘rgatishimiz lozim.

Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarning

oldida turgan va maktablarning oldida turgan eng muhim vazifadir.

Bu g‘oyani amalga oshirishda ularni tabiat bilan tanishtirish ham asosiy vositalardan biri

hisoblanadi. Tabiatdan barcha tiriklik jarayonlar ma’lum qonuniya asosida qurilgan bo‘lib, uni
bilib, o‘rganib olishimiz, undan oqilona foydalanishimiz kerak. Haqiqatdan ham shaxsni xar
tomonlama shakllanishi bizning jamiyatimizdagina amalga oshadi. Chunki yoshlarni o‘sish,
ulg‘ayishi uchun ona tabiatning hamisha bag‘ri ochiq. Biz yilning qaysi faslida toqqa,
tog‘etaklariga, qir-adirlarga daryo, hovuz, kanallar bo‘ylariga sayrga bormaylik, hamisha u
yerlarning xushmanzara , xush havosini ko‘rib, baxridilimiz ochiladi.

Tabiat go‘zalliklaridan estetik zavq olamiz. Bu bola ongining rivojlanishiga, uning har

tomonlama kamol topishiga cheksiz imkoniyatlar ochib beradi.

Darhaqiqat tabiatning o‘z qonuniyatlari borki, biz uning sodir bo‘lish sabablarini bilmasdan,

mohiyatini tushunmasdan turib, yoshlarga tabiat haqida to‘g‘ri tushuncha bera olmaymiz. Bog‘cha
sharoitida bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish yil fasllariga bog‘lab amalga oshiriladi.
Shunday ekan tabiatning bir manzarasini yilning to‘rt faslida kuzatish jaryonida, bolalarga buning
hosil bo‘lish sabablarini, nima uchun kuz, qish, bahor va yoz bo‘lishini aytib berishi zarur.

Yoshlarni tabiatning qonuniyatlari bilan tanishtirishning ahamiyati shundaki, ularning

to‘g‘ri o‘sib ulg‘ayishiga, tevarak-atrofda bo‘ladigan voqea—xodisalarni ilmiy asosda
tushunishga olib keladi. Bu bolaning shakllanishida, tabiatda, ona-vataniga tabiat boyliklariga
bo‘lgan munosabatlarini oshiradi. Bolalarni har tomonlama tarbiyalash deganda, ularni o‘zi yashab
turgan muhitni toza saqlash, qo‘riqlash ko‘kalamzorlashtirish kabi hislatlar ham kiradi. Darhaqiqat
tabiatni muxofaza qilish ayrim kishilarning ishi deb qaramasdan bu hammaning ishi bo‘lib, uni
yoshlikdan, bolalar bog‘chalaridan boshlash yanada yaxshi samaralar berilishini esdan
chikarmasligimiz kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tabiat bilan
tanishtirishning o‘ziga xos tarbiyaviy hususiyatlari bor. Bu jarayonni turli vositalar, metodlar,
yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin.

Masalan: bolalarni ekskursiya, kuzatish, sayr qildirish orqali tevarak-atrof bilan tanishtirish

mumkin. Faqat anashu metodlarni takomillashtirishimiz, ma’lum bir maqsadga qaratishimiz, har
bir tabiat bilan tanishtirilganda bola ongida, bilimi va tushunchasida tabiat xaqida yangi bir
tushuncha, yangi bir g‘oya qolmog‘I kerak. Shuning uchun ham tarbiyachilar izlanuvchan, o‘z
ustilarida tinmay ishlaydigan unga topshirilgan vazifaning muhim ekanligini his qilgan bo‘lishi
kerak.

Tabiat rang-barang. Uning imkonnyatlari xam cheksiz. Biz tarbiyachilar ana shu rang-

barangligini, imkoniyatlarni ko‘ra bilishimiz kerak, ulardan tarbiya jarayonida oqilona
foydalanishimiz kerak.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirayotganda ularning qiziqishini hisobga olib, so‘ngra tarbiya

bermog‘imiz lozim.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

286

Eng muhimi, bolalarni tabiatda o‘zini tuta bilishni, dam olgan joyini

ifloslamaslik, gullayotgan o‘simliklarga extiyot bo‘lish, hayvonlarni asrash, chumoli uylarini
buzmaslik, qushlarni ko‘rganda ularni ehtiyot qilish, tosh otmaslik kerakligi kabi ta’lim-tarbiya
g‘oyalari tushuntirilishi zarur. Ana shularning hammasini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
e’tiborga olib, bolalarni tabiat bilan tanishtirib, ta’lim-tarbiya berishda oldimizga qo‘ygan
maqsadlarga oz bo‘lsada erishish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli

“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni.

2.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali
marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi.– T:
O‘zbekiston, 2016.

3.

Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga

quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017.

4.

Berdanova P. Xalq og’zaki ijodida ekologik madaniyat / Xalq ta’limi. – Toshkent,

2001. - № 2.

5.

Ziyomuhamedov B. Ekologiya va ma’naviyat. – T.: «Mehnat», 1997.

6.

To‘xtaev A.S. Ekologiya / O‘quvchilar uchun qo‘llanma. – T.: «O‘qituvchi», 2001.

7.

Nishonova N.O‘. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining ekologik

madaniyatini shakllantirish (adabiy ta’lim jarayonida) / Ped. fan nomz. ... dis. avtoreferati. –
T., TDPU, 2001.

8.

To‘xtaev A.S. Ekologiya / Pedagogika institutlarining talabalari uchun o‘quv

qo‘llanma. – T.: «O‘qituvchi», 2001.

9.

www.tdpu.uz, www.pedagog.uz, www.ziyonet.uz, www.i-gnom. ru.























Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi.– T: O‘zbekiston, 2016.

Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017.

Berdanova P. Xalq og’zaki ijodida ekologik madaniyat / Xalq ta’limi. – Toshkent, 2001. - № 2.

Ziyomuhamedov B. Ekologiya va ma’naviyat. – T.: «Mehnat», 1997.

To‘xtaev A.S. Ekologiya / O‘quvchilar uchun qo‘llanma. – T.: «O‘qituvchi», 2001.

Nishonova N.O‘. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish (adabiy ta’lim jarayonida) / Ped. fan nomz. ... dis. avtoreferati. – T., TDPU, 2001.

To‘xtaev A.S. Ekologiya / Pedagogika institutlarining talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: «O‘qituvchi», 2001.

www.tdpu.uz, www.pedagog.uz, www.ziyonet.uz, www.i-gnom. ru.