Mualliflar

  • Roʻzixon Qoʻldasheva
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86321

Kalit so‘zlar:

education innovation educational technology

Annotasiya

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim didaktikasi, maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va oʻqitish, bolalarga obyektiv dunyoni chuqurroq anglashga koʻmaklashish haqida soʻz yuritiladi. Hozirgi sharoida maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatida pedagogik texnalogiyalar,interfaol usllar keng foydalanilmoqda. Turliy xil mashgʻulot jarayonida materialardan samaraliy foydalanish yoʻllarini tarbiyachi va oʻqtuvchilarga yetkazib berish pedagogik fani oldida turgan dolzab muammolardan biridir.   


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

270

MAKTABGACHA TA’LIM DIDAKTIKASINING AHAMIYATI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

Qoʻldasheva Roʻzixon Tojiboy qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15230668

Anotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim didaktikasi, maktabgacha yoshdagi bolalar

ta’limi va oʻqitish, bolalarga obyektiv dunyoni chuqurroq anglashga koʻmaklashish haqida soʻz
yuritiladi. Hozirgi sharoida maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatida pedagogik texnalogiyalar,interfaol
usllar keng foydalanilmoqda. Turliy xil mashgʻulot jarayonida materialardan samaraliy foydalanish
yoʻllarini tarbiyachi va oʻqtuvchilarga yetkazib berish pedagogik fani oldida turgan dolzab
muammolardan biridir.

Kalit soʻzlar:

ta’lim, innovatsiya, ta’lim texnalogiyasi, pedagogik oʻyin usllari, ijodiy fikirlash,

badiiy tasavvur, dunyoqarash, oʻquv materiali, didaktik oʻyinlar. Ta’lim va tarbiya, munosabat,
ijtimoyilashish.

Maktabgacha ta’lim didaktikasi - maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va oʻqitish nazariyasi

hisoblanib uningmaqsadini belgilaydi, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish
va ularni maktabdagi oʻqishga tayyorlashni ta’minlovchi ta’limning mazmuni, metodlar va tashkiliy
shakllarni ishlab chiqaradi. Maktabgacha ta’lim didaktikasining asoschilari Y.A.Komenskiy va
K.D.Ushinskiy tadqiqotlarida yoritilgan. Y.A.Komenskiyning “Onalar maktabi” nomli asarida
maktabgacha ta’limning maqsadi - atrof atrof-muhit haqidagi oddiy bilimlarni oʻzlashtirish axloqiy
odatlarni rivojlantirish va bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash ekanligi ta’kidlab bolalarga
beriladigan bilimlarning ilk dasturini belgilab beradi. Oldin rejani tarbiya va ta’limning boshlanishi
maktabgacha yoshdadir, degan gʻoyani ilgari surgan edi. K.D.Ushinskiy maktabgacha ta’limning
vazifasi aqliy salohiyat va nutq qobiliyatlarini rivojlantirishdan, ularning maktabga tayyorlashdan
iboratdir deb ta’kidlaydi. Bunda u koʻrgazmalilikka mashgʻulotlarning qiziqarligiga tayanish
zarurligini uqtiradi. Shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlari dasturiga kiritish zarur boʻlgan
bilimlar doirasini belgilab beradilar. Bular tabiat jamiyat kishilar mehnati buyumlar va materiallar
haqidagi bilimlardir. Ularning taʼkidlashicha bilimlar dasturlarini barcha bolalar oʻzlashtira olishi
lozim va buning uchun bolalar imkoniyatlarini ularni oʻqitish metodlarini oʻrganish oʻyin va
mashgʻulotlarni ular bilan aloqadorlikda qoʻllash lozimdir. Bu gʻoyalar maktabgacha ta’lim
didaktikasidagi tadqiqotlar yoʻnalishini belgilab berdi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini oʻstirish nazariyasini E.I.Tixeeva ilmiy jihatdan

asoslab berdi. U buyumlar kishilar mehnati tabiat hodisalari haqidagi bilimlarni mazmunini kichik va
katta maktabgacha yoshdagi bolalar yoshini hisobga olgan holda belgilab atrof-muhit haqidagi
bilimlar bolalar lugʻatini boyligini oʻstiridagi oʻrnini bolalar tasavvurlarni shakllantirishga va
qiziqarli mashgʻulotlar turlarini ularni oʻtkazish metodlarini ishlab chiqdi. Y.I.Tixeeva ta’limning
koʻrgazmali boʻlishini bolalar faoliyatiga tayanish zaruriyatlarini uning oʻyin bilan bog`liqligini
isbotladi oʻqitish muayyan bilimlar davorasi va nutq koʻnikmalarining tarbiyachi tomonidan berilishi
va uni bolalar tomonidan oʻzlashtirilishidan iborat faoliyat sifatida ifodalab berdi. L.S.Vigodskiy
psixolog olim maktabgacha ta’limning dasturiligi haqidagi masalani koʻtarib chiqdi. U maktabgacha
yoshdagi bolalarga moʻljallangan bilimlarning muntazamlilik prinsipiga asoslab, maktabgacha
yoshdagi oʻqish dasturlarini maktabdagi ta’lim dasturlaridagi farqli yoritib berdi. u ta`limning
maktabgacha yoshdagi bolalar kamoloti va uning maktabdagi ta’lim ishlarning mazmuni shundagina
koʻchirib qoʻymaslikka chaqirdi.

Maktabgacha ta’lim didaktikasining rivojlanishida maktabgacha pedagogika sohasi boʻyicha

olima A.P.Usova tadqiqotlari ta’lim prinsiplarining ahamiyati katta boʻldi. U maktabgacha yoshdagi
bolalarni oʻyin ta’lim senzor tarbiya pedagogika jarayonlarini va xalq amaliy ijodiyoti masalalarni
ilmiy jihatdan asoslab berdi. U maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o`quv jarayonlarning tashkiliy
shakllari va metodlarni bolalar har tomonlama tarbiyalash va rivojlantirishdagi ularning maktabga


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

271

tayyorlashdagi ahamiyatini koʻrsatib berdi. Uning rahbarligida bolalar bogʻchasi

dasturlari ishlab chiqilgan. Oʻqitish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda shu yoshdagi
bolalarga xos boʻlgan va katta yoshli kishilar faoliya tiga kirgan bilish hissiy obrazli tafakkur kabi
qobiliyatlarni rivojlantirish gʻoyalarini A.V.Zaporojes va N.N.Podyakovlar ilmiy jihatdan tadqiqot
qildilar. Bu esa maktabgacha ta’lim tashkilotsidagi talimiy jarayonlarni rivojlantiruvchilardan biri
hisoblandi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama shakllantirish ularni bilan koʻnikma
gʻoyalarni yanada mustahkamlab borishda ularni oʻsha muhitga moslashishi kerakligi haqida ham z
fikrlarimizni bildirib oʻtak boʻladi ya'ni maktabgacha yoshdagi bolalar dastlabki gʻoyalarni
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan olib boshlaydi va u tashkilotlaridagi tarbiyachilar ularga
beratirgan bilimlar orqali bu bilimkonik va malakalarni sekin astalik bilan mustahkamlab boradi.
Maktabgacha ta’lim didaktikasi muammolarni nazariy va amaliy tarzda ishlab chiqish maktabgacha
ta’lim-tarbiya dasturida “Mashgʻulotlarda ta’ lim berish” degan boʻlim ochish imkoniyatini yaratdi.

Didaktika pedagogik fan sohasi sifatida oʻqitishning mohiyatini yorituvchi kategoriyalar va

tushunchalar bilan ifodalanadi. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari: ta’lim, bilan,
koʻnikma, malaka, ma'lumot, tarbiya, rivojlanish va shakllanishdir.

Kategoriya - fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim asosiy tushuncha.
Ta’lim - bu ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va

ulardagi koʻnikma hamda marakalarni shakllantirish jarayoni boʻlib bu bolalarning shaxs sifatida
hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasidir. Ta’limning asosiy vazifasi ta’lim
oluvchini oʻqitishdan iborat. Shuningdek u oila ishlab chiqarish va va ma'lumot berish vazifalarini
bajaradi.

Ta’lim berish- ta’lim beruvchining intellektual salohiyatlarini yuksaltirishga qaratilgan

pedagogik faoliyat boʻlib, u shaxsning aqliy faoliyatini rivojlantirish, oʻqish oʻqitish jarayonlarini
mazmunan mohiyatini ongli ravishda anglab yetishlari orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim - oʻqitish jarayonida tarbiyalanuvchilar tomonidan egallangan bilim, koʻnikma,

malakalarni, oʻzida ifoda etadi.

Bilim - bu ijtimoiy tarixiy, insoniyat hayoti davomida toʻp, amalda sinovdan oʻtgan va obyektiv

dunyoni chuqurroq anglashga, hamda oʻzgartirishga yoʻnaltirilgan tabiat, jamiyat, tafakkur va
faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlashtirilgan majmadir.
Bilan oʻz navbatida kundalik, ilmiy, nazariy, bilimlarga boʻlinadi. Insonning jamiyatda muomala va
oʻzining tushkunliklarida oʻz aktini topadi koʻnikmalar bilimlar asosida tarkib topadi va oʻz ichki
avval tirgan malakalarini oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

1.

Atayeva N. Salayeva M, Hasanov S. Umumiy pedagogika. T., 2013y.

2.

Avliyoqulov N., Musaeva N., Pedagogik texnalogiyalar. T., 2008y.

3.

Zunnunov A., Maxkamov U., Didaktika ta’lim nazariyasi. T., Sharq, 2006y.

4.

Mavlonova R., Vohidova N., Rahmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Fan

– texnologiyalar T., 2010 y.

5.

Mahmudov A.X. Uzliksiz ta’lim jarayonida kompetenlik yondashuvini joriy

qilishning didaktik asoslari. 2012 y.












Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

Atayeva N. Salayeva M, Hasanov S. Umumiy pedagogika. T., 2013y.

Avliyoqulov N., Musaeva N., Pedagogik texnalogiyalar. T., 2008y.

Zunnunov A., Maxkamov U., Didaktika ta’lim nazariyasi. T., Sharq, 2006y.

Mavlonova R., Vohidova N., Rahmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Fan – texnologiyalar T., 2010 y.

Mahmudov A.X. Uzliksiz ta’lim jarayonida kompetenlik yondashuvini joriy qilishning didaktik asoslari. 2012 y.