MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
268
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK
NAZARIYANI SHAKLLANTIRISH
Andijon davlat pedagogika instituti talabasi
Ibroximova Shodiyona
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15230652
Annotatsiya.
Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, fanning asosiy
kategoriyalari, boshqa fanlar bilan aloqasini bayon etilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarga ekologik tarbiya berish usulleari ham ifoda etilgan.
Kalit so‘zlar:
Bolalar psixologiyasi, predmeti, maqsadi, vazifa, kategoriya, bolalik,
taraqqiyot, yosh.
Psixika taraqqiyoti - tug‘ilgandan boshlab yosh davrlari o‘tishi bilan psixika faoliyatining
takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to‘plagan bilim va
tajribalami o‘zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat. Yosh —
individ psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo‘lgan bosqichi. Psixik taraqqiyotning
har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Odatda
psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh inson tug‘ilgandan
boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik yosh esa inson psixik rivojlanishi darajasini
aks ettirib, ko‘pincha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turii yoshdagi odamlar uchun
mo‘ljallangan maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik yoshga
nisbati bola psixik taraqqiyotining o‘ziga xos ko‘rsatkichi — intellektual rivojlanish koeffitsientini
hosil qiladi, bu koeffitsient ingliz tilidan olingan qisqartma IQ harflari orqali belgilanadi.
Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, u turli yosh davrlarida
bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichida boshqasiga o‘tish
qonuniyatlarini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ulgandan yetuklik
davrigacha inson psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin yozganidek,
bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakillanib borar ekan, bolaning psixikasi rivojlanib, olamni
aks ettirish qobilyatii go‘daklikdan yetuk davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi.
Ushbu jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq
etadi. Bola rivojlanishiniug turli tomonlarini har xil fanlar - anatomiya, fiziologiya, oliy nerv
faoliyati fiziologiyasi, gigiyena, etnografiya va boshqa fanlarni uzviy bog`lab turadi.
Tug‘ilgandan yetuklik davrigacha bola psixik taraqqiyotini o‘rganish esa psixologik bilimlaming
maxsus sohasi - bolalar psixologiyasining zimmasidadir. Chunki boialar psixologiyasi bola psixik
taraqqiyotining qonuniyatlari, rivojlanishntag turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar
haqidagi fandir. L.F. Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan
o‘zgarib borgan. Bugungi kunda bolalar pixologiyasi fanining predmeti ontogenezdagj psixik
taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini, yosh davrlarini, bir yosh davridan boshqasiga o‘tish
sabablarini aniqlashdan iborat. Agar pediatr bolalarning jismoniy salomatligi bilan shug‘ullansa,
bolalar psixologi bola psixikasining qanchalik to‘g‘ri rivojlanayotgani va faoliyat
ko‘rsatayotganini, bordiyu, bu sohada kamchilik bo‘lsa, uni nimaning hisobiga kompensasiyalash
mumkunligini o‘rganadi. Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi
kuzatilmoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishini tobora chuqurroq o‘rganish
natijasida ro‘y bermoqda.
Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo‘nalishda kechadi, psixik taraqqiyot
manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o‘rganishning yanada
samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolari nazariy hal etish
deganda, ushbu muammo bilan shug‘ulangan asosiy psixologik maktablar va yo‘nalishlar
vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o‘rganishning yanada samarali metodlarini
qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat
qiluvchi metodlarni ishlab chiqishni anglatadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarga individual
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
269
yondoshish uchim ularning individual psixologik xususiyatlarini, shaxsining o‘ziga
xosligini bilish, o‘rganish zarur. “Agar pedagogika odamni har jihatdan tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u
oldin o‘sha odamni ham har jihatdan bilib olishi kerak” , - deb yozgan edi K.D.Ushinskiy. Shuning
uchun har bir tarbiyachi bolalami o‘rganishi usullari bilan qurollanishi shart. Demak, bolalar
psixologiyasi va psixodiagnostikasi asoslarini bilish har bir tarbiyachisi, har bir metodist uchun
muhim ahamiyatga ega. Har bir fanning o‘z predmetini o‘rganish metodlari bo‘lgani kabi, bolalar
psixologiyasi ham psixologiya fanining alohida bo‘limlari mavjud tadqiqot metodlariga ega.
Bolalar psixologiyasining metodlari faqat nazariy, ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki
kundalik, amaliy vazifalarni hal qilish uchun ham zarur.
Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator prinsiplar - qoidalarga tayanishi, ularga
rioya etishi lozim bo‘ladi. Bu prinsiplari quyidagilardan iborat: Ob’ektivlik prinsipi tadqiqotchidan
ma’lumotlar bilan ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mahsg‘ulot
davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi
ma’lumot bo‘lib hisoblanadi. Lekin “bola e’tiborsiz” deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning
o‘zi bilan uning talqinini aralshtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bola
oynaga qarab turgan bo‘lsa ham, tarbiyachi so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin.
Sababiylik prinsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlari hosil bo‘lishii ta’minlovchi barcha shart-
shaioit va omillarni imkon qadar o‘rganishni talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot davomida bola tez-
tez oyna tarafga qarayotgan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha ko‘proq sabablarini aniqlashga
urinish kerak: ko‘chadagi biron narsa bola e’tiborini o‘ziga tortishi, mashg‘ulotda bola charchab
qoldimi. O‘tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va hokazo. Sinchkovlik va muntazainlik
prinsipi bola psixibasi shakllanishi jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini sinchkovlik
bilan kuzatib borishni talab qiladi. Ushbu prinsipga muvofiq oldindan: a) tadqiqot joyi va vaqti
aniqlanishi kerak; b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar pragrammasi tuzilishi lozim; c)
tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o‘tkazilishini belgilash zarur. Ushbu bandlar
belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir subyektiv sabablar bilan
shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Aks holda ob’ektivlik prinsipi buzilgan bo‘ladi.
L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, bola taraqqiyotida barqaror davrlar inqirozi davrlar bilan
almashadi. Inqirozlar ikki yosh davri tutashgan joyda, bola psixikasi va xulq atvoridagi eski
xususiyatlaming yo‘qolib, yangilari almanishi davrida ro‘y beradi. Demak, L.S.Vigotskiy
psixologiyada madaniy-tarixiy yondashuvga asos solgan. Mazkur yondashuv bolalair
psixologiyasidagi nazariy va amaliy muammolami hal qilishda ham katta ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абрамова Г.С. Возрастная психология М.: 2001
2. Davletshin M.G. va boshqalar “Yosh davrlar va pedagogik psixologiya”.T.: TDPU 2004
3. Dusrmixamedova SH.A., Nishanova Z.T., Jalilova S.X., Karimova SH.T., Alimbaeva
SH.T. Yosh davrlaii va pedagogik psixologiya.- T.; Рал vatexnologiyamarkazining bosmoxcnasi.-
2013. -344 b.
4. Кайл P. Детская психология; Тайны психики ребенка. -СПб.: прайм -
ЕВРОЗНАК.2002.-416с.
5. Лесгафт П.Ф. “Во:*растная и педагогическая психология” М.: 1991
6. Немов Р.С. Псш:ология..-М.: ВЛАДОС. Кн.2. Психология образования, 2003. -(508
с.
7. Nishonova Z.T., .\limova G.K. “Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi”. Т.:
2005
8. Соколова У.Э. “Псгосология развития человека” М.:2001
9. Шаграева О.А. Детская психология.: Теоретический и 1фактический курс. --М.:
ВЛАДОС. 2001.-368 с.
10. Goziev E.G “Ontogenez psixologiyasi”. Т.: Ноши]р. 2010 11. Юнона Н.И.
“Психологическая готовность ребенка к обучению в школе” М.:2003
