MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
258
YAPONIYA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
1-
kurs magistranti
Mo‘ydinova Malohatxon Abduvohid qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15230444
Annotatsiya.
Mazkur tezisda Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimining boshqa mamlakatlar
maktabgacha ta’lim tizimlaridan farqli tomonlariga e’tibor qaratilgan. Bu mamlakat ta’lim
tizimida o‘qituvchi va tarbiyachilarning katta qismini erkaklar tashkil qilishiga urg‘u berilgan. Bu
yurt ta’lim-tarbiyasida o‘z-o‘ziga xizmat qilish muhim ahamiyatga egaligi ham ifodalangan.
Kalit so‘zlar:
Yapon oilasi, tarbiyachilar, xususiy kompaniyalar, amae, intizom va
muvofiqlik, jismoniy mashqlar.
Iqtisodiy qudrati jihatidan Yaponiya jahonda Amerika Qo‘shma Shtatlaridan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi. Jahonning ko‘zga ko‘ringan ruhshunoslari va iqtisodchilari Yaponiya
rivojlanishidagi bu ulkan parvozni mamlakatda ta’lim tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori
darajadagi e’tibor samarasi, deya qayd etadilar. Tabiiyki, Yaponiya ta’lim tizimlarining yuksak
parvozi o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Uning ham o‘ziga xos inqirozi va muammolari bo‘lgan. Bularni
to‘liqroq tasavvur qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va taraqqiyotining tarixiy
bosqichlariga nazar tashlash maqsadga muvofiq. Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimlarining tarkibi
quyidagicha:
-bolalar bog‘chalari;
-boshlang‘ich maktab;
-kichik o‘rta maktab;
-yuqori o‘rga maktab;
-oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlari.
Dunyoning kunchiqar mamlakatida ham maktabgacha ta’lim tizmi o‘zga xos. Mamlakatda
shakllangan odatlardan biri ta’lim tizimida erkak o‘qituvchilarning ko‘pligi va ayol
pedagoglarining kam uchrash holati hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mudiralik
lavozimlarida ham ko‘pincha erkak pedagoglarni uchratish mumkin. Ammo keyingi vaqtlarda
hukumat ayollarni tarbiyachlik kasbiga ko‘proq jalb etmoqda. Yaponiyada bolalarni maktabgacha
ta’lib tashkilotlariga berish ixtiyoriy bo‘lib, ota - onalar o‘z xohishlariga ko‘ra odatda 4 yoshdan
bolalarni MTT ga beradilar. Ota-onaning bandligini hisobga olib bolani 3 yoshdan ham qabul
qilish mumkin. Bundan tashqari 3 yoshga to‘lmagan bolalar uchun yaslilar mavjud bo‘lib, lekin
bu guruhlarga berish ota-onalarga tavsiya etilmaydi. Chunki bolani 3 yoshgacha tarbiyalash
imkonining yo‘qligi asoslar bilan bayon qilinishi lozim. Deyarli hamma MTT xususiy. Ularning
orasida eng asosiy o‘rinni elita bog‘chalari egallaydi. Agar bola bunday MTT da tarbiyalansa
uning kelajagi yetarlicha kafolatlangan deyishimiz mumkin. Chunki bu bog‘chadan keyin bola
maktabgda undan keyin esa hech qanday imtihonsiz universitetga qabul qilinadi. Yaponiyaning
“yochien” deb nomlanuvchi maktabgacha ta’lim tizimi mamlakat ta’lim tizimining muhim
qismidir. Bu bolalarning ijtimoiy, hissiy va akademik rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi,
ularni ta’limning keyingi bosqichlarida va undan keyingi bosqichlarda muvaffaqiyatga
tayyorlaydi. Yochien tizimi uch yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mavjud va majburiy
emas, lekin yapon bolalarining katta qismi qatnashadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari odatda
mahalliy hokimiyat yoki xususiy tashkilotlar tomonidan boshqariladi va aholi turar joylarida
joylashgan. Yochien tizimining asosiy maqsadlaridan biri bolalarning mustaqilligi va o‘zini o‘zi
qadrlashini tarbiyalashdir. O‘quv dasturida bolalarning ijodkorligi, tasavvuri va ijtimoiy
ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bolalar o‘yin
orqali o‘rganadilar va atrof-muhitni o‘rganishga va o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga da'vat etiladi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning savodxonlik va hisob-kitob kabi
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
259
kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beriladi. Yapon bolalari
faqat Yaponiyaga xos fonetik alifbo bo‘lgan “hiragana” deb nomlangan tizim yordamida o‘qish
va yozishga o‘rgatiladi. Shuningdek, ular hisoblash, qo‘shish va ayirish kabi asosiy matematik
ko‘nikmalarni o‘rganadilar. Yochien tizimining yana bir muhim jihati - bu jismoniy faoliyat va
salomatlikka e'tibor berishdir. Maktabgacha yoshdagi bolalar muntazam jismoniy mashqlar va
ochiq havoda mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar, sog‘lom ovqatlanish odatlari targ‘ib qilinadi.
Yochien tizimi, shuningdek, intizom va hokimiyatni hurmat qilishga kuchli e'tibor qaratganligi
bilan mashhur. Bolalar qoidalar va tartiblarga rioya qilishga o‘rgatiladi va o‘qituvchilar yaxshi
xulq-atvor muhimligini ta’kidlaydilar. Yaponiyalik ota-onalarning eng muhim jihatlaridan biri bu
“amae” tushunchasi bo‘lib, u “bo‘sh qaramlik” deb tarjima qilinadi. Amae bolalar o‘z ota-onalari
tomonidan sevilishi va qo‘llab-quvvatlanishini his qilishlari va ota - onalar o‘z farzandlarining
hissiy ehtiyojlarini qondirish uchun yumshoq va g‘amxo‘rlik qilishlari kerak degan g‘oyani
anglatadi. Bu turli yo‘llar bilan namoyon bo‘lishi mumkin, masalan, ota-onalar farzandlarini
orqalarida ko‘tarib yurishlari yoki ular bilan bir to‘shakda uxlashlari. Hozirgi kunda mamlakatda
90-95% bolalar maktabgacha ta’limning biror turini tamomlagandan keyingina maktab ta’limiga
o‘tishadi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida esa maktabgacha ta’limga qamrov darajasi nibatan
past hisoblanadi. Majburiy boshlang‘ich ta’lim barcha bolalarni qamrab oladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Yaponiyada bolalar tarbiyasida onalarning roli va
ma’suliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining oqil, dono, muloyim, odil va mehnatsevar bo‘lib
o‘sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o‘zlarini ma’sul deb hisoblaydilar. Yaponiyada
oilaviy tarbiya xususida ko‘plab metodik qo‘llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va
televideniya orqali ko‘plab pedagogik maslahatlar berib boriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalar uchun ota-onalar oyiga o‘rtacha 2-3 ta kitob sotib olishadi. Shu yoshdagi bolalar uchun
oyiga 40 ta jurnal nashr etiladi, ota-onalarning mutloq ko‘pchiligi bu jurnallarga obuna
bo‘lishadi. Bola maktabga borgunga qadar o‘qishni, yozishni, oddiy hisoblash ko‘nikmalarini
egallashi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Masaru Ibuka. “Uchdan keyin kech”. T.: “Akademnashr” 2020.
2. Sh.A.Amonashvili va boshqalar. Pedagogik izlanish. T.: “O‘qituvchi”1990.
3. J.G‘. Yo‘ldoshev, «Xorijiy davlatlar ta’lim tizimi. T.: “O‘qituvchi” 1995.
4. J.G‘. Yo‘ldoshev “Xorijda ta’lim” T.: “O‘qituvchi” 1992.
5. Xusanovich M. O. Formation Of Elements Of Entrepreneurial Activity In Pupils Of The
Preschool Educational Organization //JournalNX. – 2021. – Т. 1. – С. 265.
6. Xusanovich M. O. SHARQ ALLOMALARI PEDAGOGIK MEROSIDA
BOLALARNING TADBIRKORLIKKA DOIR ELEMENTAR KO ‘NIKMALARINI
SHAKLLANTIRISHNING TARIXIY-PEDAGOGIK JIHATLARI //Science and innovation. –
2023. – Т. 2. – №. Special Issue 12. – С. 299-301.
7. Mirzayev O. ЕRTАK-TЕRАPIYАSI VА TАDBIRKОRLIK MАDАNIYАTI
ЕLЕMЕNTLАRINING INTЕGRАTSIYАSINI TА’MINLАSHNING MЕTОDIK TIZIMI
//Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. – 2023. – Т. 2. – №.
25. – С. 92-94.
8. Qodirova. N. R. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI
RAQAMLASHTIRISH //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – С. 109-111.
