Mualliflar

  • Dilrabo Abdurazaqova
    QDPI 70110401-Maxsus pedagogika,defektologiya

Muallif biografiyasi

  • Dilrabo Abdurazaqova, QDPI 70110401-Maxsus pedagogika,defektologiya

    QDPI 70110401-Maxsus pedagogika,defektologiya (logopediya)  2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86330

Kalit so‘zlar:

nutqning to‘liq rivojlanmaganligi faol nutq

Annotasiya

Ushbu maqolada nutqnin to‘liq rivojlanmaganligi sabablari va oqibatlari yoritilgan. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar bilan olib boriladigan lorreksion-logopedik ishlar ham keltirib o‘tilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

251

MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR

BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION ISHLAR

QDPI 70110401-Maxsus pedagogika,defektologiya (logopediya)

2-bosqich magistranti

Abdurazaqova Dilrabo Shuxratbek qizi

dilrabologoped@gmail.com

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15230364

Annotatsiya.

Ushbu maqolada nutqnin to‘liq rivojlanmaganligi sabablari va oqibatlari

yoritilgan. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar bilan olib boriladigan lorreksion-logopedik ishlar
ham keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

nutqning to‘liq rivojlanmaganligi, faol nutq, bog‘lanishli nutq,

agrammatizmlar, nutqning kech rivojlanishi, fonema, bo‘g‘in, kambag‘al nutq.

Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda tilning grammatik qurilishini o‘zlashtirilishining

turg‘un buzilishi, tovushlar talaffuzi, ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bo‘ladi,
morfemalar sistemasini o‘zlashtirish yetarlicha to‘laqonli kechmaydi, natijada so‘z yasash va so‘z
o‘zgartirish ko‘nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‘at boyligi yosh normasidan ham miqdor ham
sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha orqada qoladi, bog‘lanishli nutq yetarlicha orqada qoladi.

Ye.M.Mastyukova nutqning to‘liq rivojlanmaganlik sabablarini yoritar ekan shunday

yozadi: “Nutq bola hayotining ilk bosqichlarida jadallik bilan taraqqiy etishning eng mukammal
va nozik funksiyasi sanaladi”. Bola hayotining dastlabki yillaridagi turli xil noxush taassurotlar
ham nutq buzlishiga olib kelishi mumkin.

Nutq rivojlanishining oddiy kechikishidan farqli o‘laroq, nutqi to‘liq rivojlanmaganligining

murakkab shakllarini tavsiflar ekan, M.Kritchli bunday holatda bolalarda oral-fatsial
diskoordinatsiyalar, til va lab harakatida nuqsonning mavjudligini, so‘z ma’nolarini to‘g‘ri
anglamaslik yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishini ta’kidlab o‘tadi.

L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar tomonidan nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarni o‘qitish

jarayonida ular tomonidan tilning turli birliklarining o‘zlashtirilishiga e’tibor qaratilgan.
Mualliflar bunday bolalarda klinik alomatlarning jipsligi, ular nutqining kech rivojlana
boshlaganligi, so‘z boyligining kamligini, agrammatizmlar, talaffuz etish fonemalaridagi
nuqsonlarni qayd etadilar.

Bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, birinchi navbatda fonetik, fonematik, morfologik

va sintaksik umumlashtirishlarni shakllantirish eng muhim ish sanaladi.

Tovushlarni talaffuz etishni rivojlantirish va tovush tahliliga oid ishlarning mohiyati

tovushlarni talaffuz qilish bilan bir paytda so‘z, tovush tarkibini tahlil qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirishga doir frontal ish olib borilishi bilan belgilanadi. Tuzatish ishi fonetik xulosalarni
oydinlashtirish, kengaytirish va takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. A.Kashe bolalarning
fonemalarni ajrata bilish qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha logopedik yo‘nalishdagi ishlarni
shartli ravishda 5bosqichga ajratadi:

I bosqich – nutqqa dahli bo‘lmagan tovush kompleksini taniy bilish.
II bosqich – tovushning baland-pastligi, kuchi va tempi bo‘yicha bir xil so‘zlarni ajrata

bilish.

III bosqich – tovush jihatdan o‘xshash so‘zlarni ajrata bilish.
IV bosqich – fonemalarni ajrata bilish.
V bosqich – bo‘g‘inlarni ajrata olish.
S.N.Shaxovskayaning tadqiqotlarida nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida uchraydigan

paradigmatik xatolar tahlili beriladi. Bunday bolalar ot turkumlarini o‘zlashtirishda, so‘zdagi
o‘zgarishlarning barchasida qiynaladilar. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda logopedik ta’sir
o‘tkazish ana shu nuqson tuzilmasi bilan belgilanadi va shu asosda tadqiqotning uchta yo‘nalishi
belgilanadi:


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

252

I. Umumiy ruhiy rag‘batlantirish.

II. Ruhiy-motor funksiyalarini korreksiyalash.
III. Nutqni umumiy rivojlantirish.
Nutq to‘liq rivojlanmaganlik turlicha ya’ni, nutq umuman mavjud emasligidan tortib, nutq

buzilishining yengil shakllarigacha bo‘lgan holatlarni qamraydi. Keyinchalik, L.F.Spirova va
A.S.Yastrebovalar nutqning nutqning to‘liq rivojlanmaganligini tuzatishda quyidagi korreksion
ishlarni amalga oshirish lozimligini taklif etishadi:

1.Talaffuzni tuzatish (tovush va so‘zlar artikulyatsiyasidagi kamchiliklar tuzatiladi,

oydinlashtiriladi).

2. Tovush tahlili va so‘z sintezini birin-ketin reja asosida rivojlantirish.
3. Lug‘at va nutqni grammatik jihatdan rivojlantirish. Ana shu tizim asosida bolalar savodga

o‘rgatiladi.

Logopedik yo‘nalishda, xususan, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning nutqiy rivojlanishi,

ularga nutq normalari va qonun-qoidalarni o‘rgatish borasida juda ko‘p izlanishlar olib brogan
qator tadqiqotchilar nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar nutqiy rivojlanishining o‘ziga xosligini
tadqiq etish natijasida ularning lug‘at boyliklari normal rivojlanayotgan tengdoshlari nutqiga
qaraganda miqdor, sifat jihatidan orqada qolishini isbotlaganlar.

Nutqiy rivojlanishdagi turli nuqsonlarni o‘z vaqtida o‘rganishda erta tashxis qilish katta

ahamiyatga egadir. Nutqiy nuqson qanchalik erta aniqlansa, tibbiy va pedagogik korreksion ishlari
o‘z vaqtida olib borilsa, albatta, bolaning maktabda ta’lim olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar nutqining grammatik jihatdan rivojlanish xususiyatlarini

nutq holatini normadagi ma’lumotlar bilan solishtirish natijasida bolaning nuqsonli nutq fazasini
belgilash, til komponentlarining shakllanganlik darajasini baholash, tashxis qo‘yish hamda ular
bilan korreksion-pedagogik ishlarni to‘g‘ri tashkil etish uchun muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ayupova.M.Y. Logopediya. “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti.

Toshkent – 2007. B.- 18.

2.

Ayupova.M.YU “Korreksion ishlar metodikasi” Ma’ruza matni.T-2001.B.-115

3.

Л.Н.Блинова “Диогностика и коррекция в образавании детей с ЗПР” 2005

Москва.






















Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Ayupova.M.Y. Logopediya. “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti. Toshkent – 2007. B.- 18.

Ayupova.M.YU “Korreksion ishlar metodikasi” Ma’ruza matni.T-2001.B.-115

Л.Н.Блинова “Диогностика и коррекция в образавании детей с ЗПР” 2005 Москва.