MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
248
MAKTABGACHA TA’LIMDA BADIIY ASARLARNI SAHNALASHTIRISHDA
ERTAKTERAPIYANING AHAMIYATI
Andijon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Qosimova Muattarxon Shokirjon qizi
Muattarsodiqova200@gmail.com
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15230334
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ertak terapiyasi usulidan foydalangan holda
maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarga badiiy asarlarni sahnalashtirish foydalanish va
mashg’ulotlarda amalda tatbiq etish yoritilgan. Bolalarda badiiy asarlarga bo’lgan muhabbat kabi
sifatlarni shakllantirish. Tarbiyalanuvchilarga teatrga bo’lgan muhabbat tushunchalarini
rivojlantirish o’rgatiladi.
Kalit so‘zlar:
Badiiy asar, teatr, soya teatri, stol teatri, barmoq teatri, diafilmlar,
televideniya.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar faqat tinglovchi bo‘libgina qolmay, balki
tomoshabinlardir. Bolalar bog‘chasida badiiy asarlarni sahnalashtirishning bir necha turi mavjud.
Bularga qo‘g‘irchoq teatri, soya (ko‘lanka) teatri, stol teatri, barmoq teatri, diafilmlar, radio va
televideniya orqali sahnalashtirilgan asarlar bilan tanishish kiradi. Bolalar qo‘g‘irchoq yoki soya
teatrining spektakllarini tomosha qilishni yaxshi ko‘radilar. Bu tomoshalar bolalar uchun katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Sahnalashtirilgan asarlar bolalarning estetik tasavvurini boyitadi,
chunki spektaklda san’atning bir qancha turlari: badiiy so‘z, tasviriy san’at (bezak, qo‘g‘irchoqlar
yoki siluetlar), sahna san’ati, musiqa va hokazolar birlashgan bo‘ladi. Spektaklning bolalarni
o‘ziga jalb qila olishining sababi shuki, unda ishtirok etuvchi qo‘g‘irchoqlar jonlanadi, to‘siq
orqasida yoki ekranda sodir bo‘layotgan voqealarni haqiqiy deb biladitar. Sevimli qahramonlari
bilan qanday voqealar sodir bo‘lishi haqida qayg‘uradilar, qahramon og‘ir ahvolga tushib qolganda
yordam berishga harakat qiladilar. Ko‘rgan spektakllarini bir-birlariga gapirib beradilar, buning
natijasida ularning nutqi rivojlanib boradi. Respublikamizning barcha viloyatlarida qo‘g‘irchoq
teatri bo‘lib, bu qo‘g‘irchoq teatrlarining repertuaridan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar
uchun spektakllar o‘rin olgan. Qo‘g‘irchoq teatr jamoasi bolalar bog‘chasida tez-tez spektakl
namoyish etib turishadi. Qo‘g‘irchoq teatrini bolalar bog‘chasiga taklif etishdan avval bog‘cha
mudirasi yoki tarbiyachi oldindan spektaklni qaysi guruh uchun namoyish etish mumkinligini
aniqlashi kerak. Bolalar bog‘chasida qo‘g‘irchoq yoki ko‘lanka teatrini o‘z kuchlari bilan tashkil
etish ham mumkin. Qo‘g‘irchoq teatrini kimning ikkinchi yarmida ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
Qo‘g‘irchoq teatri zalda, agar zal bo‘lmasa, guruh xonasida ko‘rsatiladi. Oldindan spektaklga
zaruriy narsalarni tayyorlab qo‘yish kerak. Bolalarni o‘tqazish uchun qulay joy tayyorlanishi, ya’ni
namoyish etilayotgan narsalar aniq ko‘rinib turishi lozim. Qo‘g‘irchoqlarning ko‘rinishini to‘rt
joydan tekshiriladi: o‘rtadan, birinchi qatorning ikki chekkasidan va orqa qatorning chekka
joylaridan. Stullarni qo‘yish uchun 5-6 yoshli bolalarni jalb qilish kerak.
O‘yinchoqlar spektaklini kichik guruhlarda quyidagi ertaklar asosida tayyorlash mumkin:
o‘zbek xalq ertaklaridan “Qizg‘anchiq it”, “Fil bilan xo‘roz”, “Bo‘ri bilan Echki”, rus xalq
ertaklaridan “Sholg‘om”; o‘rta guruh uchun L.N.Tolstoyning “Ikki o‘rtoq”, “Uch ayiq”, o‘zbek
xalq dostonlaridan “Alpo- mish”, “Go‘ro‘g‘li” katta guruhlar uchun o‘zbek xalq ertaklaridan “Egri
va To‘g‘ri”, “Saxiy bilan Baxil”, A. Avloniyning “Xo‘roz ila Bo‘ri”, Sh. Pyeroning “Qizil
Shapkacha” va hokazolar.
O‘yinchoqlar teatri uchun oddiy bolalar stoli sahna bo‘lib xizmat qiladi. Unga voqealar
rivojiga ko‘ra zarur bo‘lgan bezaklar qo‘yiladi, spektakl uchun yaxshi holatdagi (hatto, yangi)
o‘yinchoqlar tanlanadi.
Tarbiyachi o‘yinchoqlar spektaklini boshlashdan oldin o‘z stulining ikki yoniga stulcha
qo‘yadi. Bitta stulchaga hali spektaklga qatnashmagan o‘yinchoqlarni, ikkinchisiga esa
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
249
qatnashgan o‘yinchoqlarni qo‘yadi. Tarbiyachi stulga o‘tirgan holda, ertakni hikoya
qiladi va ertakdagi hikoyaning borishiga qarab, o‘yinchoqni stol bo‘ylab harakatlantiradi.
Soya (ko‘lanka) teatri bolalarda qiziqish uyg‘otadi. Soya teatri ertaklarni
inssenirovkalashning keng tarqalgan turi. Soya teatrini namoyish etish ertak yoki hikoya, masalni
o‘qish bilan bir vaqtda namoyish etiladi. Soya teatri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ega:
siluetlarning harakatsizligi, ularni ketma-ket qo‘yishning imkoniyati yo‘qligi, soya teatrida ‘Tulki
va Turna", ‘Bo‘g‘irsoq" va hokazolarni namoyish etish mumkin. Soya teatrining imkoniyatlarini
kengaytirish uchun bir personajning bir nechta siluetlari (ko‘rinishlari) tayyorlanadi.
Soya teatrini namoyish etish uchun birinchi kunlarda 3 ta tarbiyachi ishtirok etadi: 1 tasi
ekran oldida o‘tirib, matnni o‘qiydi, 2 tasi esa ekran orasida turib, siluetlarni boshqaradi.
Spektaklni ko‘rsatishning bir qancha variantlari bor. Asarning hammasini o‘qish mumkin yoki
muallif matnini o‘qish bilan chegaralanish mumkin, personajlarning so‘zini esa ekran orqasida
turgan tarbiyachilar aytib turishadi.
Tarbiyachilar siluetlarni boshqarish malakasini egallab olishgach, bitta tarbiyachining o‘zi
(bolalarni yordamchi qilib) spektaklni ko‘rsatishi mumkin.
Tarbiyachi bir nechta personaj uchun matnni o‘qishiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun har
qaysi personajning ovozini bolalarga yetkaza olishi ustida (diksiya, ovoz tonining ifodaliligi va
hokazo) mashq qilishi kerak.
Ko‘lanka teatri uchun ekran va siluetlar tayyorlanadi. Ekranning (soya teatrining sahnasi,
taxta rom) eni 1 metr, bo‘yi 60 sm, pastki taxtasi (oyog‘i 10sm) bo‘lib, unga yupqa oq mato
tortiladi. Yupqa kartondan siluetlar yasaladi va har ikkala tomoni qora rangga (tush bilan)
bo‘yaladi. Siluetlarning pastiga qo‘l bilan ishlash uchun taglik yasaladi. Soya teatrini namoyish
etishdan avval xona qorong‘i qilinadi. Ekranning orqasiga bir metr naridan yorug‘lik (stol lampasi
yordamida) beriladi. Namoyish etilgan siluetlar to‘liq ko‘rinishi, ammo taglik bilan tarbiyachining
qo‘li ko‘rinmasligi kerak.
Diafilm va diapozitivlar — oynada yoki plyonkada ko‘rsatiladigan kitobiy suratlar. Diafilm
ko‘rsatish bolalarga ekranlashtirilgan asar voqeasini yaxshiroq eslab qolish imkonini beradi.
Tarbiyachi diafilm ko‘rsatishga tayyorlanish paytida undan foydalanishning maqsadini aniqiashi
lozim. Diafilmdan bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug‘atini boyitish uchun, nutqini
o‘stirishda, ko‘ngil ochish va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
Hamma diafilmlar qiziqarli va bolalarga tushunarli bo‘lishi, ularda tanish narsalar notanish
narsalar bilan birgalikda namoyish qilinishi lozim. Diafilmda yangi material qanchalik ko‘p bo‘lsa,
seans shunchalik qisqa bo‘ladi. Bir seansda mazmunan bir-biriga yaqin kichikroq ikkita diafilmni
ko‘rsatish mumkin. Agar seans uzoq davom etadigan bo‘lsa, bolalar toliqib qoladilar.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va ularning lug‘atini boyitish uchun diafilmning
matnini aytib turib namoyish qilish va takror ko‘rsatish usullaridan foydalanish mumkin.
Diafilm ko‘rsatishdan oldin bolalar ekranlashtirilgan she’rni yoki mazmunan diafilmga
yaqin she’rni yod olishlari mumkin. Bunday oldindan tanishtirish bolalarning diafilmdagi muhim
narsalarnigina emas, balki ikir-chikirlarni ham aniqroq ko‘rishlariga yordam beradi.
Tarbiyachi diafilmni bolalarga namoyish qilishdan oldin o‘zi ko‘radi, matnni ifodali o‘qishni
o‘rganadi, qaysi kadrlarni bolalarga batafsil ko‘rsatishni aniqlab oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Bolalar ensiklopediyasi. 2-nashr. –T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat
ilmiy nashriyoti. 2002. -664 b.
2.
Boymatova A.G., Djumabayeva M.B., Aliyeva K.S. “Maktabgacha yoshdagi
bolalarning psixologik xususiyatlari” moduli bo‘yicha O‘quv-uslubiy majmua. –T.: TDPU, 2018.
3.
Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi. -T.:
TDPU, 2017.
4.
Oila pedagogikasi. Prof. O.Xasanboyeva umumiy tahriri ostida. – T.: Aloqachi, 2007. –
384 b.
5.
Xusanboyeva O.U., Tojiyeva M.X. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
250
T.: “Ilm ziyo”, 2012.
6.
Ahmedova Z.T. “Ertak terapiya” Toshkent-2019.
