Mualliflar

  • Xusnida Israilova
    Qo‘qon universtiteti Andijon filiali

Muallif biografiyasi

  • Xusnida Israilova, Qo‘qon universtiteti Andijon filiali

    Qo‘qon universtiteti Andijon filiali tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86334

Kalit so‘zlar:

konsentratsiya diqqat

Annotasiya

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini rivojlantirish pedagogik zaruriyat ekanligi, muammo doirasida olib borilgan izlanishlarning pedagogik tadqiqi, shuningdek bolalarda intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda konsentratsiyaning o‘rni xususida fikr yuritilgan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

238

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KONSENTRATSIYA

QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH: TAJRIBA VA TADQIQOTLAR SHARHI

Qo‘qon universtiteti Andijon filiali tadqiqotchisi

Israilova Xusnida Adilovna

E-mail: israilovaxusnida@gmail.com

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15229297

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini

rivojlantirish pedagogik zaruriyat ekanligi, muammo doirasida olib borilgan izlanishlarning
pedagogik tadqiqi, shuningdek bolalarda intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda
konsentratsiyaning o‘rni xususida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

konsentratsiya, diqqat, maktabgacha yosh davri, intellekt, qobiliyat, kognitiv

rivojlanish, o‘yin, tadqiqot, kamolot.

Bugungi kunda respublika ta’lim-tarbiya tizimining boshlang‘ich poydevori bo‘lgan

maktabgacha ta’limni sifatli va zamon talabi darajasida tashkil etilishini ta’minlash borasida keng
qamrovli islohotlar, qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “...maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim
tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab
ta’limiga sifatli tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy
ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy,
estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish” vazifalari maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorida belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, “... bola dunyoga kelganidan boshlab,

unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar
shakllanadi. ... Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi
strategik maqsadimiz – maktabgacha ta’lim muassasasi yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim
yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat”.

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” va

“Ilk qadam” Davlat dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’limni
samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Albatta maktabgacha ta’limni ham
shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi islohotlar ota-onalardan tortib barcha
pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta’lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan
holda yondashuvini talab etadi.

Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

go‘daklik (tug‘ulgandan 1 yoshgacha);

erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);

kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);

o‘rta maktabgacha yosh (4 yoshdan 5 yoshgacha);

katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);

maktabgacha tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).

Mazkur tadqiqot doirasida maktabgacha tayyorlov yoshidagi (6 yoshdan 7 yoshgacha)

bolalar tadqiqot obyekti sifatida tanlab olindi.

Ko‘plab izlanishlarda maktabgacha yoshdagi bolalardagi kontsentratsiya qobiliyati ulardagi

bir qator qobiliyatlarning rivojlanishi uchun asos bo‘lishi ta’kidlab o‘tilgan. Shunday
tadqiqotlardan birida maktabgacha ta’limda bolalarning ijtimoiy intellektini rivojlantirish jarayoni
ularning aqliy rivojlanishi, turli ruhiy jarayonlar – diqqati, axborotni tushunishi, mulohaza yurita
bilishi, idrok etish, ma’lumotlarni esda saqlash, fikrlash va muammoni hal qila olishi bilan
tavsiflanishi keltirib o’tilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyati ularning kognitiv rivojlanishi


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

239

uchun muhim shart-sharoit vazifasini o‘taydi. Sh.Xo‘jamberdieva o‘z tadqiqotida

bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish orqali kattalar bilan muloqot qilishdan zavq olish, o‘qib
berilayotgan asarni qiziqish bilan, diqqat bilan tinglash; asardan chalg‘imaslik, takroriy
tinglanayotgan tanish asarlar (ertak, hikoya va sheʼrlar)ni o‘rganishda qahramonlarni illyustratsiya
va oʻyinchoqlar orqali nomlarini ayta bilish; badiiy asarlar mazmunini soʻz, harakat, imo-ishorlar
orqali koʻrsatib bera olishi; tanish sheʼrlardagi soʻzlar va qatorlarni eslab qolish asosida o‘z
nutqida ifoda eta olishga intilish; kichkintoylarga moʻljallangan kitoblardagi illyustratsiyalarni
koʻzdan kechirishga qiziqish bildirish kabilarda namoyon bo‘lishini keltirib o’tgan. Ta’kidlash
lozimki, bolalardagi hikoya va ertaklarni tushunishi, anglashi, so‘zlab berishi ularning
kontsentratsiya qobiliyati bilan uzviy bog‘liq.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik

zarurati maktabgacha ta’lim pedagogik amaliyotida yangi yondashuvlar, texnologiyalarning keng
va izchil joriy etilishi bilan izohlanadi. Z.M.Ashurovaning tadqiqoti maktabgacha ta’limda
STEAM texnologiyasini tadbiq etishga doir bo‘lib, bundan asosiy maqsad bolalarda tadqiqotchilik
qobiliyatini rivojlantirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tadi. STEAM texnologiyasi markazida
muammoli vaziyat turadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida: diqqatni faoliyatga qaratish;
tanqidiy fikrlash; o‘z fikrini mustaqil va aniq bayon eta olish; hamkorlikda ishlay olish; fazoda
fikrlash; konstruktorlik faoliyatiga oid ko‘nikmalar; tabiatni sevish va undagi hodisalarnning
o‘zaro bog‘liqligini tushunib anglash; estetik didning shakllanganligi; texnik faoliyatga qizish;
mantiqiy amallarni tushunish ko‘nikmalari vujudga keladi.

B.X.Isaqulova o‘zining didaktik o‘yinlar vositasida maktabgasha yoshdagi bolalarga ingliz

tilini o‘rgatish metodikasini takomillashtirish borasidagi tadqiqotida didaktik o‘yinlarning
xususiyatlarini tahlil qilib, maktabgasha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatish jarayonida
ahamiyatli bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni aniqlashtiradi. Jumladan, didaktik o‘yinlar bolalar
faoliyatining ruhiy jarayonlarini (sezgi, idrok, fikrlash, tasavvur, xotira, ye’tibor, nutq, harakat)
faollashtiishini keltirib o’tadi. Demak, didaktik o‘yinlarning pedagogik samaradorligi bolalar
faoliyatining ruhiy jarayonlari, jumladan kontsentratsiya qobiliyati bilan uzviy bog‘liq.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda loyihalash kompetentsiyasining rivojlanishi ham ulardagi

kontsentratsiya qobiliyati bilan bog‘liqlikda rivojlanadi. Loyihalash (lat. projectus – oldinga
tashlangan) – amalga oshirish natijasida yangi mahsulot namunasi va uni olish usul, metod va
texnologik ketma-ketligi yaratiladigan intellektual harakatlar majmui. D.D.Zuparova o‘z
tadqiqotlari natijasida, maktabgacha katta yoshdagi bolalar loyihalash kompetensiyasini
rivojlantirish bolalarni loyiha faoliyati orqali tahliliy

fikrlashga

o‘rgatib borish ularning kelajakda

barkamol inson bo‘lib shakllanishi uchun sharoit yaratishini ta’kidlab o’tgan.

Bolalarda kontsentartsiya qobiliyatining rivojlanishi ularda ijtimoiy me’yorlarni

o‘zlashtirishga ham ta’siri kuchli. G.A.Ruzieva o‘z tadqiqotida maktabgacha yoshdagi bolalarda
ijtimoiy intellektni rivojlantirish masalalarini tadqiq qilgan. Bolalarning “ijtimoiy intellekti – bu
atrofdagi olamni, dunyoni samarali idrok etish va anglash uchun imkoniyat yaratadigan individual
bilim tajribasini tashkil etishning o‘ziga xos shakli. Ijtimoiy intellektual tarbiya atrofdagi dunyo
haqidagi mavjud bilimlarning o‘zaro ta’sirini anglatishni, ularni tizimlashtirishni, qiziqishlarni,
ko‘nikmalarni, xotirani, idrokni, fikrlashni, ya’ni barcha aqliy qobiliyatlarni shakllantirishni va
rivojlantirishni o‘z ichiga oladi”. Pedagogik kuzatishlar, ijtimoiy odob-axloq me’yorlaridan og‘ish
kuzatilgan bolalarda diqqat yetishmovchiligi, diqqatini bir joyga to‘play olmasligi kabi holatlar
mavjudligini ko‘rsatadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyati kundalik-hayotiy faoliyatda

ularning kuzatuvchanligida ham namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqotiga
doir tadqiqotda A.Isaboeva bolalar “atrofdagilarga taqlid qilgan holda nafaqat to‘g‘ri talaffuzni,
so‘zni qo‘llash, iboralar tuzish sirlarini, balki kattalarda uchraydigan nutq nomukammalliklarini
ham o‘zlariga qabul qilib oladilar” degan xulosaviy mulohazani keltirib o‘tgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalardagi intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning

muhim pedagogik sharti, ta’lim faoliyatlari jarayonida erkin ijodiy muhitning yaratilishi,
tarbiyachilar va bolalarning birgalikdagi munosabatlari va o‘zaro hamkorlikdagi harakatiga


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

240

asoslangan o‘qitish jarayonini yo‘lga qo‘yishdan iboratligini ilmiy jihatdan asosladi.

Tadqiqotchi F.Shermonova bilvosita hozirgi globallashuv davrida bolalar avvalgiga nisbatan ko‘p
axborot iste’mol qilishiga e’tibor qaratib, “bola ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z bilim va
imkoniyatlari darajasini bilib yurishi, axborotlarni qabul qilishi, saralashi, qayta ishlashi, ulardan
keladigan ijobiy natija va oqibatlarni diqqat markazida tahlil qila olishi, boshqalarning fikr-
g‘oyalarini idrok qilishi, o‘z barqaror nuqtai nazariga ega bo‘lishi, o‘z g‘oyalarini boshqa
g‘oyalarga taqqoslashni o‘rganishga majburligi hozirgi elektron asr – XXI asr talabiga aylandi”
deya ta’kidlab o‘tadi. Bolalardagi me’yordan ortiq axborot iste’moli ularning kontsentratsiya
qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mazkur tadqiqot ishida ko‘rsatib o‘tilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini rivojlanishi diqqat

tushunchasini qamrab oladi. Bu esa diqqat tushunchasini ilmiy tadqiq qilishni taqozo etadi.
Diqqatni shakllantirish sharti, albatta, faoliyat maqsadining mavjudligidir. Bolalarda avval
noixtiyoriy e’tibor shakllanadi, undan keyin esa, bolalar rivojlanishi jarayonida ixtiyoriy,
jamlangan e’tibor paydo bo‘la boshlaydi. Ixtiyoroy diqqat genezisining to‘rt bosqichi quyidagicha
tavsiflanadi:

Birinchi bosqich boshqa bolalar, ko‘pincha kattalar, belgilangan vositalardan foydalangan

holda, bolaning xatti-harakati va ongini nazorat qilish, uning bevosita, ixtiyoriy harakatlarini, shu
jumladan noixtiyoriy e’tiborni amalga oshirishga qaratilgan vaziyat bilan bog‘liq.

Ikkinchi bosqichda bolaning o‘zi subyektivlikka ega bo‘lib, e’tiborni boshqa shaxsning

harakatlari va ongini boshqarish uchun psixologik vosita sifatida ishlatadi.

Uchinchi bosqichda bola o‘ziga nisbatan boshqa odamlar tomonidan ilgari qo‘llanilgan ong

va harakatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga harakat qiladi va ularni ularga nisbatan
takrorlaydi. Takidlash kerakki, uchunchi bosqichda diqqatni boshqarish harakatining
interiorizatsiyasi sodir bo‘ladi va u to‘rtinchi bosqichda yakuniy shaklga ega bo‘ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini rivojlanish holatini aniqlash

pedagogik qobiliyatni taqozo etadi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik mahoratga erishishning
zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur,
diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi.

Maktabgacha yosh davrining inson kamoloti keyingi rivojlanishidagi, bolani maktab

ta’limiga tayyorlashdagi alohida roli maktabgacha ta’limning maqsadini belgilash, maktabgacha
yoshdagi bolalarni o‘qitish metodlari va tashkiliy shakllarini o‘ziga xos mazmunini ishlab
chiqishni, bolalarni har tomonlama kamolga yetkazishga o‘qitishning rolini tadqiq qilish
zarurligini shart qilib qo’ydi. Bu esa maktabgacha ta’lim didaktikasi sohasining yaratilishiga olib
keldi.

Hozirda insonlarda kislorod yetishmovchiligi sezilishi kundan kunga kuchayib bormoqda.

Buning oqibatida insonlarda xotira va fikrlash qobiliyati pasayadi, inson asabiy bo‘ladi. Inson
organizmi bunga moslanmagan. Ko‘p kasalliklar kislorodga to‘yinmaslik natijasida kelib chiqadi,
immunitet pasayadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham xonalardan ko‘ra hovlida, tabiat
qo‘ynida mashg‘ulot tashkil etilishi bolalar kayfiyatini ko‘taradi hamda ularda diqqatni bir joyga
to‘plash qobiliyati rivojlanadi. Bolalar organizmi kislorodga to‘yinadi va buning natijasida ularda
miya ishlash funktsiyalari me’yorlashadi.

Ilmiy tadqiqotlar natijasida bolalarda kontsentratsiya qobiliyatiga ta’sir qiluvchi omillar

quyidagilar ekanligi ta’kidlab o‘tilgan:

hissiy holat. Agar bolalar ijobiy hissiy holatda bo‘lsa, diqqat va e’tiborni jamlash oson

kechadi. Aks holda, tushkunlik, salbiy kayfiyat paytida konsentratsiya kamayadi;

jismoniy holat;

motorik faoliyat;

atrof-muhit sharoitlari (masalan, ommaviy axborot vositalari ta’siri);

ovqatlanish;

uyqu.

Keltirib o‘tilgan omillar bir-biri bilan o‘zaro uzviy aloqaga ega bo‘lib, barcha omillar


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

241

birgalikda bolalardagi kontsentratsiya qobiliyatining me’yorda rivojlanishini

ta’minlaydi.

Bolalarning kundalik-amaliy faoliyati ko‘plab bilimlar, ko‘nikma va qobiliyatlarni egallashi

bilan tavsiflanadi. Bolalak davri o‘rganishning intensiv davri hisoblanadi. Bu davrdagi o‘rganish
kuzatish, sinab ko‘rish va tajriba orttirish bilan o‘ziga xoslikka ega. Bu jarayonlarning intensivligi
va samaradorligi ko‘p jihatdan bolalarning kontsentratsiya qobiliyati bilan chambarchas bog‘liq.

Diqqatni jamlagan inson butun aqliy qobiliyatini ayni vaqtda talab qilinadigan yoki kerakli

faoliyatga yo‘naltiradi. Kontsentratsiya ko‘plab ilmiy adabiyotlarda “kontsentratsiya qobiliyati”
shaklida qo‘llaniladi. Kontsentratsiya qobiliyati inson diqqatini jamlash orqali ma’lum bir faoliyat
yoki maqsadga qanchalik samarali va vaqt davomida e’tiborini qarata olishini ko‘rsatadi. Yuqori
darajadagi konsentratsiya qobiliyatiga ega bo‘lgan har bir inson ko‘p vaqt sarflamagan hamda
ortiqcha yuklama his qilmasdan diqqatini jamlashi mumkin.

Bolalarda kontsentartsiya qobiliyatining rivojlanishida so‘g‘lom taomlanish va harakat

muhim ahamiyatga ega. Kam harakat qiladigan bolalar, tinch o‘tirmasligi yoki biror narsaga
diqqatini jalb qila olmasligi mumkin. Jismoniy harakatlar bolalarda kontsentratsiya qobiliyatini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bolalar bilan tabiat qo‘yniga sayohatga chiqish ularga
ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kontsentratsiya qobiliyatini yaxshilaydi. Bolalarda to‘yib ovqat yemaslik
yoki yetarli koloriyadigi mahsulotlar iste’mol qilmasligi ularning kontsentratsiya qobiliyatini
yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Mevalar va sabzavotlar iste’mol qilinishi ijobiy ta’sir kuchiga ega
bo‘lsa, shakar, yog‘li mahsulotlar salbiy ta’sirga ega.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, kontsentratsiya muhim bir psixik

jarayon, u odamning barcha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham (masalan,
payafzal bog‘ichini boylashdan tortib), eng murakkab faoliyatni ham (o‘qish, yozish kabi)
kontsentratsiyaning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-sentyabrdagi “Maktabgacha

ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son
Qarori// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, https://lex.uz/docs/-3923110

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga

murojaatnomasi 29 dekabr 2020 yil// https://president.uz/oz/lists/view/4057

3.

O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil 18-iyundagi

1450-sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat
talablarini tasdiqlash haqida”gi Buyrug‘i / Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
04.07.2018 y., 10/18/3032/1450-son.

4.

O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “Ilk qadam” davlat

o‘quv dasturi. –T.: 2018.

5.

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining “O’zbekiston

Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat
talablarini tasdiqlash haqida”gi buyrug’i // 2018 yil 18 iyundagi 1-mh-son buyrug’i.

6.

Ashurova Z.M. Maktabgacha ta’limda STEAM tеxnologiyasidan foydalanishning

didaktik mеxanizmi: pedagog. fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) avtoreferati. – Buxoro,
2023. – B. 17 (52).

7.

Баскакова И.Л. Внимание дошкольника, методы его изучения и развития.

Изучение внимания школьников. – М.: Издательство “Институт практической
психологии”, Воронеж: “МОДЭК”, 2010. – 64 с.







Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son Qarori// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, https://lex.uz/docs/-3923110

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 29 dekabr 2020 yil// https://president.uz/oz/lists/view/4057

O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil 18-iyundagi 1450-sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida”gi Buyrug‘i / Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018 y., 10/18/3032/1450-son.

O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi. –T.: 2018.

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida”gi buyrug’i // 2018 yil 18 iyundagi 1-mh-son buyrug’i.

Ashurova Z.M. Maktabgacha ta’limda STEAM tеxnologiyasidan foydalanishning didaktik mеxanizmi: pedagog. fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) avtoreferati. – Buxoro, 2023. – B. 17 (52).

Баскакова И.Л. Внимание дошкольника, методы его изучения и развития. Изучение внимания школьников. – М.: Издательство “Институт практической психологии”, Воронеж: “МОДЭК”, 2010. – 64 с.