Mualliflar

  • Alisher Berikbayev
    GulDU

Muallif biografiyasi

  • Alisher Berikbayev, GulDU

    GulDU Amaliy san’at va dizayn kafedrasi mudiri. p.f.f.d v.b.dotsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86341

Kalit so‘zlar:

psixologiya ong oila ta’lim

Annotasiya

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning shakllanib kamol topishida izchillik, ularning mustaqil mushohoda qila olishlari va maktab davrida ularing ruhiyatidagi psixologik va pedagogik ta’sirlar davomida tarkib topadigan kasbiy sifat elementlari rivojlanishida tayyorgarligi ularning ruhiyatida kechadigan omillarni tarkib toptirish qanday qoʼllash kerakligi yoritib oʼtilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

226

KOMPETENTSIYA-FAOLIYATIMIZNI MUSTAQIL VA IJODIY AMALGA

OSHIRISHDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK

GulDU Amaliy san’at va dizayn kafedrasi

mudiri. p.f.f.d v.b.dotsent.

Berikbayev Alisher Alikulovich

berikbaevalisher@gmail.com

https://orcid.org/0009-0008-6274-4714

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15228731

Annatotsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning shakllanib kamol

topishida izchillik, ularning mustaqil mushohoda qila olishlari va maktab davrida ularing
ruhiyatidagi psixologik va pedagogik ta’sirlar davomida tarkib topadigan kasbiy sifat elementlari
rivojlanishida tayyorgarligi ularning ruhiyatida kechadigan omillarni tarkib toptirish qanday
qoʼllash kerakligi yoritib oʼtilgan.

Kalit so‘zlar

: psixologiya, ong, oila, ta’lim, fan, kompetensiya, kompetentlik, izchillik,

uzviylik, kreativlik.

Mamlakatimizdagi ijtimoiy maktabgacha tashkilotlar ta’lim-tarbiyaviy ishning keng

dasturini amalga oshirib boalalarni maktabga tayyorlashdek zarur ishni ta’minlaydi. Ya‘ni, bu
o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab ishidagi izchillik katta ahamiyat kasb etishini
ta’kidlash lozim bo‘ladi. Izchillikni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari maktabgacha
ta’limi tizimi, uning tarkibiy tuzilishi va amalda bo‘lishining asosi hisoblanadi.

Bolani maktabga aqliy tayyorlashning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar yosh

xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu
maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab o‘rtasida izchillikni ta’minlashning haqiqiy asosini
tashkil qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va makatbdagi ta’lim va aqliy tarbiya vazifa,
shakl hamda metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har tomonlama
shakllantirishni amalga oshirish maqsadlarida o‘zaro aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi
hisoblanadi. Izchillik rivojlanishning turli bosqich yoki bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘ziga xos
aloqa sifatida ta’riflanib, uning mohiyati bir butunning u yoki bu elementlarini yoki bir
butunni sistema sifatida o‘zgartirilganda uni tashkil etishning ayrim tomonlarini saqlashdan
iboratdir: yangilikda oldingi rivojlanish bosqichining elementlari doimo saqlanadi. Klassik
falsafa namoyondalari izchillik rivojlanish qonuniyat sifatida rivojlanishning uzviyligini to‘liq
inkor etish yo‘li bilan emas, balki, uning eng muhim elementlarini jamlash va ularni yanada
rivojlantirish uchun yangi bosqichga ko‘chirish orqali ta’minlaydi, deb ta’lim beradi. Yuqoridagi
fikrlardan kelib chiqib, Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab izchilligini, birinchidan,
bolalar bog‘chasidagi ta’lim - tarbiyaviy ishning bolalarga ular umumiy rivojlanishining
zarur darajasiga erishishlari uchun maktabda qo‘yiladigan talablarga yo‘llanganligi,
ikkinchidan, o‘qituvchining katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar erishgan rivojlanish
darajasi, bolalarni aqliy bilim, malaka va ko‘nikmalariga tayanish hamda bundan ta’lim-
tarbiya jarayonida faol foydalanishga yo‘llanganlikni nazarda tutuvchi mazmunli, ikki
tomonlama aloqa, deb qarash mumkin. Maktab maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning muhim
"istiqbolli" rivojlantirishni ta’minlaydi va shu bilan birga bola shaxsininig boshlang‘ich ta’lim
maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi sifat jihatidan yangi xususiyat hamda xislatlarni
shakllantirishga yordam beradi.

Izchillik bolalar bog‘chasi va maktabdagi psixologik-pedagogik jarayonda ta’lim va

tarbiyaning shaxsni uzluksiz yuksalib boruvchi shakllanishini ta’minlovchi yaxlit, dinamik va
istiqbolli tizimini amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Bolalar bog‘chasi va maktab
o‘rtasidagi izchillikning qaror topishi katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va quyi
sinflar o‘quvchilariga aqliy ta’lim - tarbiya berish sharoitlarini yaqinlashtirish imkonini beradi.
Shunga ko‘ra maktab ta’limining yangi sharoitlariga o‘tish bolalar uchun sezilarsiz bo‘lgan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

227

psixologik qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Bunda bolalarning yangi

sharoitlarga tabiiy kirib borishlari ta’minlanadi, bu o‘quvchilarga maktabga birinchi kelgan
kunlaridan boshlaboq ta’lim va tarbiya berish samaradorligini oshrishda yordam beradi. Bolalar
bog‘chasi va maktab o‘rtasidagi uzviylik murakkab tarkibiy tuzlishga ega. Unda yetakchi
yo‘nalishlar aqliy ta’lim va tarbiyadagi izchillik hamda ularning tarkibiy qismlari: ta’lim-
tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va metodlaridagi izchillik, shuningdek, bolani tarbiyalashdagi
psixologik talablar va sharoitlar izchilligini farqlash mumkin. Bolalar bog‘chasi va maktadagi
butun psixologik-pedagogik jarayonning bola shaxsini har tomonlama rivojlantirshga
yo‘llanganligi ular o‘rtasida ta’lim- tarbiya izchilligiga erishishning asosiy sharti hisoblanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolalar egallagan xulq-atvor va katta yoshlilar va hamda
tengqurlari bilan o‘zaro munosabatlar shakllari, ma‘naviy tasavvurlar va hissiyotlar
boshlang‘ich sinflarda amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning, o‘quvchilarda
rivojlantiriladigan ma‘naviy hatti-harakat, ong, hissiyot va munosabatlarning zamini hisoblanadi.

Maktab -maktabgacha yillarda shakllantiriladigan jamoatchilik xususiyatlarini sifat jihatda

yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratdi hamda o‘quvchi shaxsi jamoatchilik
yo‘llanganligini qaror toptirishni ta’minlaydi. O‘quvchilarni maktabga borishlarining
dastlabki kunlaridan boshlab, bolalar bog‘chasidan boshlangan o‘quvchilar ma‘naviy tasavvurlari
va xulq - atvorlari birligini shakllantirish, ularda o‘z faoliyat va hatti harakatlari uchun
shaxsiy mas‘uliyatni oshirish bo‘yicha ish davom ettiriladi. Maktabda o‘quvchilarda yuksak
insoniy hissiyotlar: vatanparvarlik, vatan oldida o‘z burchini his etish kabi hissoyotlar tarkib
toptiriladi. Bu murakkab ma‘naviy hissiyotlar asosini maktabgacha yillarda shakllantirilgan, ota-
onaga, oilasiga muhabbat, katta yoshlilarga hurmat, tabiatni sevish va shu hissiyot kabilar tashkil
qiladi.

Maktabda bolalarning nafosat tarbiyasiga doir ish davom ettiriladi. O‘quvchilarda

estetik tasavvurlar, voqeilikni estetik ko‘ra bilish chuqurlashtiriladi. Musiqa va ashula darslarida
bolalar musiqa janrlari bilan tanishadilar, ashula, raqs, marshni farqlashni o‘rganadilar. Tasviriy
san‘at darslarida bolalar grafika, rassomlik, manzaralari amaliy san‘at asarlari o‘rtasidagi
farqlarni, natyurmort, manzara, portretning o‘ziga xos belgilarini o‘zlashtiradilar. O‘qish
darslarida adabiyot janrlari bilan amaliy tanishiladi. O‘quvchilarning badiiy faoliyatlarining
har xil turlardagi amaliy ko‘nikmalari ham takomillashadi, ijodiy aqliy qobiliyatlari
rivojlanadi. Albatta bolalardagi ijobiy qobilyatlar shakllanib kelajakda kasbiy rivojlanishida
muhim o‘rin egallaydi. Bu esa maktab ta’limida yanada rivojlanib keyingi bosqichlarda
kompetensiyaga aylanib munosib kadr bo’lib yetishadi. Qobiliyat bu- shaxs tomonidan maʼlum
bir faoliyatni muvaffaqiyatli oʼzlashtiradi va uni amalga oshirishi bilan bogʼliq boʼlgan xususiyat
sifatida tushuniladi. Bu yerda tarbiyachi-pedagogik qobiliyatning quyidagi guruhlarga
farqlanadi:[5]

- obʼektga (o`quvchiga) nisbatan sezgirlik;
- kommunikativlik–insonlarga yuz tutish, xayrihohlik, hushmuomalalik;
- perseptiv qobiliyatlar – kasbiy yetuklik, empotiya, pedagogik tuygʼu;
- shaxs dinamikasi–irodaga taʼsir eta olish, mantiqiy ishontira olish qobiliyati;
- xissiy barqarorlik;
- kreativlik;
Shunday ekan ushbu qobilyatlarning turlari boʼyicha shaxsda kompetentlik va

kompetentsiya tushunchalari yuzaga keladi. Kompetentsiya-faoliyatimizni mustaqil va ijodiy
amalga oshirishga psixologik tayyorgarlikni bildiradi. Shu oʼrinda qanday pedagogni kompetentli
pedagog deb atashimiz mumkin? Bizning fikrimizcha, yaʼni boʼlajak oʼqituvchini oʼzining barcha
ilmiy va ijodiy qobiliyatlarini, oʼz sohasini, oʼzi dars berayotgan fanni mukammal biladigan,
psixologik va pedagogik bilimlarga ega boʼlgan, kreativ fikrlaydigan, oʼz faoliyatida innovatsion
pedagogik texnologiyalarni, ijodkorona qoʼllay oladigan pedagogni kompetentli pedagog deb
atashimiz mumkin. Kompetentsiya va kompetentlik tushunchalariga izoh beradigan boʼlsak, bu
ikkala tushuncha bir-biriga juda yaqin kelishini, lekin ular oʼrtasida maʼlum bir farq borligini
koʼrishimiz mumkin. Umuman olganda, kompetentsiya deganda maʼlum bir soha boʼyicha


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

228

samarali faoliyatni amalga oshira oladigan mutaxassisning taʼlimiy tayyorgarligiga

qoʼyiladigan ijtimoiy talab tushuniladi.[6]

Psixologiyaning asosiy vazifalari—psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari

shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Bularni
yechimini topishda Psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan jumladan, fiziologiya
bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantik hamda ijtimoiy
fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli
boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.

Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisini individual kasbiy rivojlantirish, uning

ma'naviy, ijodiy va kreativlik salohiyatini maksimal darajada ro‘yobga chiqarish oliy ta'lim
muassasalarida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tegishli tarzda modernizatsiya qilish
zarurligini belgilab berdi. Uzluksiz ta'lim tizimini modernizatsiyalash va mazmunan
takomillashtirish orqali bo‘lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarini kasbiy va kreativ
kompetentligini rivojlantirish muammosi bugungi kunda ham zamonaviy pedagogikaning asosini
tashkil etmoqda.[2]

Psixologlar odatda organizmni ongning asosi deb hisoblashadi, shuning uchun ham hayotiy

muhim soha hisoblanadi. Psixiyatristlar va nevroopsikologlar ong va tananing interfeysida
ishlaydi. Biologiya psixologiya, shuningdek fiziologik psixologiya deb nomlanuvchi yoki
neuropsixologiyada xulq-atvor va aqliy jarayonlarning biologik substanslarini o'rganiladi. Ushbu
sohadagi asosiy tadqiqot mavzularni insonni boshqa hayvonlarga nisbatan o'rganadigan qiyosiy
psixologiya, shuningdek, hissiyotlarning fizik mexanizmini, shuningdek, neyron va ruhiy ishlov
berishni o'z ichiga oladi. Asrlar mobaynida biologik psixologiyada asosiy masala miyadagi
funktsional funktsiyalarni qanday joylashtirish mumkinligi va qanday qilib joylashtirilishi edi.
Zamonaviy nevropsixologiyani 1870-yillarda Frantsiyada Pol Broca chap frontal guruxga nutq
ishlab chiqarishni kashf etgan va bu bilan miya funktsiyasining yarim sharni lateralizatsiyasini
namoyish etgan. Ko'p o'tmay, Karl Vernicke nutqni tushunish uchun zarur bo'lgan sohani
aniqladi.[1]

Oʻzbekistonda psixologiya 1928 yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida

oʻqitila boshlandi. 1929 yil Xalq maorifi komissarligi qoshida psixologiya laboratoriyasi ochildi.
Keyinchalik pedagogika institutlarida psixologiyaning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga
bilim berila boshlandi. 20-asrning 2-yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar
yetishib chikdi. Hozirgi davrda psixologiya fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B.
Qodirov, Gʻ. Shoumarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R.
Sunnatovalar psixologiyaning umumiy psixologiya, pedagogik va yosh psixologiyasi, ijtimoiy
psixologiya sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Hozirgi kunda psixologiya tarmoqdari kuchayib unga e‘tibor berilmoqda. Yetishib chiqqan

barcha olimlarimiz O`zbekistondagi psixologiyani chet mamlakatlari psixologiyasi kabi yuqori
cho`qqiga chiqishida katta hissa qo`shib, intilmoqdalar. Xususan umumta’lim maktablarida va
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilarning soniga qarab
amaliyotchi psixologlar o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.[4] Ular o‘quvchi-maktab(bog’cha)-
oila o‘rtasidagi bo‘g‘inlar bilan ishlashmoqda. Ushbu maktabgacha ta'lim sohasi tarbiyachilari
tomonidan yo‘lga qo‘yilgan innovatsion tizimda tarbiyachi boladan yuqori emas, balki u bilan
birga, ta'lim muhiti ichida bo‘lishi kerak degan oltin qoida bilan har bir pedagog faoliyat
yuritmog’i kerak. Misol tariqasida o‘quvchi oiladagi muammolar tufayli maktabda bogchada
o‘zini tutishi mashg’ulotlarni mutassil qoldirishi va sinfdoshlaridan ortda qolishi yoki bo‘lmasam
uning ruxiyatidagi o‘zgarishlarni sinf raxbariga aytaolmagan gaplarini psixologga yakka suxbat
va treninglar orqali yo‘lga solib to‘g‘ri fikrlar berib hayot go‘zalligini o‘quvchilarga singdirib
borish bizning asl fazifamizdir. Xulosa qilib aytganda psixologiya fanini rivoji odamlar hayotiga
ya‘ni yashash tarziga o‘z ta’sirini ko’rsatmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

8.

G‘oziev E. Umumiy psixologiya (1-kitob) (darslik) Toshkent-2002


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

229

9.

N.I.

Saydullayeva

Bo‘lajak

maktabgacha

ta'lim

tashkilotlari

tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari. Toshkent 2022y

10.

Karimova V. Oila psixologiyasi (darslik) Toshkent-2007

11.

Nishanova Z. Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi (o‘quv

qo‘llanma) "O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi" nashriyoti
Toshkent-2006

12.

Alikulovich, Berikbayev Alisher. "BО‘LАJАK TАSVІRІY SАN’АT

О‘QІTUVCHІLАRІDА

KАSBІY

KОMPЕTЕNTLІKNІ

RІVОJLАNTІRІSH

YО‘LLАRІ."

Science and innovation

3.Special Issue 16 (2024): 383-385.

13.

Alikulovich, Berikbaev Alisher. "Development of Professional Competence

of the Pedagogue through Visual Means."

American Journal of Public Diplomacy and

International Studies (2993-2157)

1 (2023): 438-442.

14.

Olimjon o'g'li, Hamidov Dilshod. “MUHANJENERLIK GRAFIKASINI

O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARINI TAKMONLASH”.

INTELLEKTUAL

TA'LIM TEXNOLOGIK YECHIMLARI VA INNOVATSION DIGITAL VOSITALARI

3.33

(2025): 68-70.

15.

Rustambek o'g'li, Xudoyberdiyev Dostonbek. "IJODLIK JARAYONINI

TAHLIL

OLISH

UCHUN

NEYR

TARMOQLARDAN

FOYDALANISH".

INTELLEKTUAL TA'LIM TEXNOLOGIK YECHIMLARI VA

INNOVATSION RAQAMLI ASOBOTLAR

3.33 (2025): 63-67.






























Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

G‘oziev E. Umumiy psixologiya (1-kitob) (darslik) Toshkent-2002

N.I. Saydullayeva Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari

tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari. Toshkent 2022y

Karimova V. Oila psixologiyasi (darslik) Toshkent-2007

Nishanova Z. Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma) "O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi" nashriyoti Toshkent-2006

Alikulovich, Berikbayev Alisher. "BО‘LАJАK TАSVІRІY SАN’АT О‘QІTUVCHІLАRІDА KАSBІY KОMPЕTЕNTLІKNІ RІVОJLАNTІRІSH

YО‘LLАRІ." Science and innovation 3.Special Issue 16 (2024): 383-385.

Alikulovich, Berikbaev Alisher. "Development of Professional Competence of the Pedagogue through Visual Means." American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157) 1 (2023): 438-442.

Olimjon o'g'li, Hamidov Dilshod. “MUHANJENERLIK GRAFIKASINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARINI TAKMONLASH”. INTELLEKTUAL TA'LIM TEXNOLOGIK YECHIMLARI VA INNOVATSION DIGITAL VOSITALARI 3.33

(2025): 68-70.

Rustambek o'g'li, Xudoyberdiyev Dostonbek. "IJODLIK JARAYONINI

TAHLIL OLISH UCHUN NEYR TARMOQLARDAN FOYDALANISH". INTELLEKTUAL TA'LIM TEXNOLOGIK YECHIMLARI VA INNOVATSION RAQAMLI ASOBOTLAR 3.33 (2025): 63-67.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари