MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
224
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA ERTAKTERAPIYA
NAZARIYASI
Andijon Davlat Pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi O.Mirzayev
Maktabgacha ta‘lim yo‘nalishi talabasi
N.Eshonqulova
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15228438
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ertakterapiyasi tarixi, kelib chiqishi, olimlarning fikrlari,
ertakterapiyaning bola hayotida qanday ro‘l o‘ynashi, bolaning xulq atvorini to‘g‘ri shakillantirish,
boladagi qo‘rquvni qanday yo‘qotish, bir-birlariga bo‘lgan hurmat va mehr-muhabbatini oshirish
haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
ertakterapiya, axloq, ertak, yosh avlod, tarbiya vositasi, psixologiya, inson
tarbiyasi.
Ertak terapiyasi-bu ertaklar yordamida insonning psixologik holatini yaxshilash, hissiyotni
boshqarish va shaxsiy rivojlanishga ko‘mak beruvchi terapiya usulidir. Bu metod ayniqsa bolalar,
shuningdek, kattalar uchun ham samarali bo‘lib, ertaklar orqali turli muammolarni tushunish,
stressni kamaytirish va o‘zini anglash imkonini beradi.
Ertaklar badiiy va adabiy asar bo‘lib, bir vaqtning o'zida xalq uchun ko'plab nazariy va
amaliy sohalardagi axborotlar manbai hisoblanadi. Ular xalq pedagogikasining boyligi
hisoblanadi. Qolaversa, ularda pedagogik g‘oyalar mavjudligi uchun ertaklarni pedagogik asarlar
qatoriga qo‘shsak ham bo‘ladi. Ma'lumki, rus klassik pedagogi Ushinskiy pedagogik sohada
ideal, mukammal aqliy va axloqiy-estetik rivojlanishning uyg'un shaxsi edi. Buyuk rus
pedagogining qat'iy ishonchiga ko‘ra, xalq ertaklari materiali ta'limda keng qamrovda qo‘llanilsa,
bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Ertaklar tufayli mantiqiy fikrga ega bola qalbida
go‘zal she’riy obraz birgalikda rivojlanadi, hamda so‘z-mantiq tafakkuri, fantaziyasi, emotsional
sohasi rivojlanishi guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ushinskiy ertaklarning pedagogik mazmuni va
ularning bolaga psixologik ta'sir masalasini kengroq darajada o‘rganib chiqdi. U xalq ertaklarini,
bolalar uchun mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlarida nashr etilgan hikoyalardan afzal deb bildi,
chunki hikoyalar buyuk pedagog tomonidan: keksa inson yuzini yosh bolaning yuziga aylantirib
qo’ygandek, soxta deb tariflagan edi.
Ertaklar xalq tomonidan asrlar davomida ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tgan muhim tarbiya
vositasidir. Hayotda, inson tarbiyasi amaliyotida ertakning pedagogik ahamiyatini kattaligi dalillar
asosida isbotlandi. Bolalar va ertak bir-biridan ajralmas, ular bir-biri uchun yaratilgan, shuning
uchun ham har bir millat o‘z xalqining ertaklari bilan tanishish bolaning ta‘lim va tarbiya
jarayoniga kiritilishi shart. O‘zbek pedagogikasida ertaklar haqida nafaqat o‘quv materiali, balki
pedagogik vosita, usulligi haqida ham fikrlar mavjud. Ertakning pedagogik vosita sifatidagi
ma’nosini anglab, shuni tan olish kerakki, agar bolalarga bir xil axloqiy fazilatlarni kamida ming
marta takrorlasak ham, bu ular uchun baribir tushunarsiz ya’ni, ma’no mazmuni anglanmagan
bo‘lib qoladi; lekin ularga xuddi shu fikrga singib ketgan ertak aytib bersangiz, bola bundan
hayajonlanib, hayratga tushadi. Ertaklarning tarbiyalanuvchilarda tarbiyaviy roli katta hisoblanadi.
Ertaklarning pedagogik ahamiyati insonning aqliy tomoniga emas, balki hissiy va estetik tomoniga
ta’sir qiladi, degan fikr bor. Bu fikrga butunlay qo‘shilib bo'lmaydi. Aqliy faoliyatni his-
tuyg‘ularga qarama-qarshi qo‘yish tubdan noto‘g‘ri: hissiy soha va aqliy faoliyat ajralmasdir, his-
tuyg‘ularsiz, haqiqatni bilish mumkin emas. Ertaklar mavzu va mazmuniga ko‘ra tinglovchilarni
ko‘pincha o‘ylantiradi, fikr yuritishga undaydi. Ko‘pincha bola ertaklarni eshitishi natijasida
“Hayotda bunday bo‘lmaydi” degan xulosaga keladi. Beixtiyor savol tug‘iladi: “Hayotda nima
bo‘ladi?” Bu savolga javobni o‘z ichiga olgan ertak aytuvchining bola bilan suhbati ongli holatda
amalga oshiriladi. Ammo ertaklar bevosita ongli axborotlarni o‘z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
225
kerakki, ertaklarning ongli mazmuni, xalq urf odatlari va an‘analarining individual
tafsilotlariga, xususan, hatto kundalik maishiy sohaga ham taalluqlidir.
Albatta, ertaklarning tarbiyaviy mazmuni ham ertak aytuvchi shaxsga ham bog‘liq.
Mahoratli ertak aytuvchilar, odatda, har doim imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilib
savollar yordamida bolada fikrlashni shakillantiradi. Masalan ertak aytib eshittirilgandan so‘ng:
“Bolalar sizlar nima deb o‘ylaysizlar, ertagimizda qanday hayvon bor edi? Xayvonlarning
nomlarini eslay olasizlarmi?” va shunga o‘xshash savollar orqali bolalardagi kontemplatsiyani
rivojlantirish mumkin boladi. Bolalar hodisalar, ishlar va harakatlar mazmunini ertaroq to‘g‘ri
anglshni, hayotdagi har qanday kulgili voqealar ostida haqiqatlar yashiringanini tushunishni
o'rganadilar. Har bir ertakda bola uchun zarur bo‘lgan axloqiy fazilatlar bor, chunki u hayotdagi
o‘z o‘rnini belgilashi, jamiyatdagi axloqiy va axloqiy xatti-harakatlar normalarini o‘rganishi kerak.
Faylasuflar ertakni o‘rganib, uning ma’nosini insoniyatning ruhiy tajribasi shakllari sifatida ochib
beradilar. Filologlar, birinchi navbatda, folklorshunoslar, “Ertak - xalqning unutilmas ruhining
kiyimi” deb fikr yuritadilar.
Ertak mavzusi psixologiyaning mustaqil fan sohasi sifatida rivojlanishining butun tarixi
davomida to‘xtovsiz bahs va munozaralar obyekti bo‘lib kelgan. Uzoq vaqtdan beri psixologlar
tomonidan ertaklar bir qarashda oddiy lekin, ajoyib hikoyalar ortida yashiringan tarbiyaviy,
rivojlanish, psixodiagnostik, psixokorreksiyaviy, psixoterapevtik xususiyati mavjudligi, tan
olingan. Biroq, bugungi kunda ham uni yuqori talabga ega deb aytish mumkin emas, bu uning
mohiyati, ko‘lami va nazariy rejalaridagi savolning yechimining noaniqligi bilan izohlanadi.
Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Ertaklarning pedagogik hamda psixologik
ahamiyati kognitiv jarayonlarga ta’luqli emas, balki hissiy va estetik jihatlarga tegishli, degan fikr
bor. Bu fikrni to‘g‘ri deb aytib bo‘lmaydi. Kognitiv faoliyatning his-tuyg‘ularga qarama-qarshi
degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri: hissiy soha va kognitiv faoliyat ajralmasdir, his-tuyg‘ularsiz, biz
bilganimizdek, haqiqatni bilish mumkin emas.
Xulosa qilib aytganimizda ertaklar bolaning ma’naviy va axloqiy o‘sishiga, ijodkorlik va
tasavvur qobiliyatlarini rivojlantirishga, dunyo haqidagi tushunchalari ortishiga, fikrlash darajasi
kengayishiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortishiga, shu bilan bir qatorda ichida kechayotgan noo‘rin
qo‘rquvlar yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘la oladi. Bolaning nutqini hamda mantiqiy fikrlash
qobiliyatini oshirishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Ertaklar bolaga o‘z tuyg‘ularini anglash va
boshqalarning his-tuyg‘ulariga empatiya bildirishni o‘rgatadi. Shunday qilib, ertaklar bolaning
butun dunyoqarashini shakillantirishda, uni kelajakda hayotga tayyorlashda muhim vosita bo‘lib
xizmat qiladi. Umuman olganda, ertaklar nafaqat bolalarga dunyoni tushunishda yordam berish,
balki ularni haqiqiy hayotga tayyorlashda ham muhim pedagogik vosita sifatida xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://orcid.org/0009-0004-8134-3925 ORCID
5.
Xusanovich, M. O. (2024, November). MAKTABGACHA TA’LIM
MUASSASALARIDA
TADBIRKORLIK
MADANIYATIGA
O
‘RGATISH.
In
INTERDISCIPLINE
INNOVATION
AND
SCIENTIFIC
RESEARCH
CONFERENCE
(Vol. 3, No. 25, pp. 16-18).
6.
Mirzayev, O. (2023). ЕRTАK-TЕRАPIYАSI VА TАDBIRKОRLIK
MАDАNIYАTI ЕLЕMЕNTLАRINING INTЕGRАTSIYАSINI TА’MINLАSHNING
MЕTОDIK TIZIMI.
Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика
,
2
(25), 92-94.
7.
Khusanovich, T. M. O. DEVELOPING STEAM COMPETENCIES IN
OLDER PRESCHOOLERS.
