Mualliflar

  • Dildora Abdullajonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Dildora Abdullajonova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika institutining "Maktabgacha ta'lim metodikasi"  kafedrasi dotsenti, Pedagogika fanlari bo’yicha   falsafa doktori (PhD).

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86350

Kalit so‘zlar:

klaster ideal glaballashuv

Annotasiya

Mazkur maqolada oliy  ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish orqali ularning kelajakda zamon talablariga javob beradigan pedagog kadrlar bo‘lishini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan isloxotlar hamda o’quv jarayonidagi tub o’zgarishlar haqida so’z boradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

213

TALABALARNING KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA

INNOVATSION YONDASHUVLAR

Abdullajonova Dildora Rustamjonovna

Andijon davlat pedagogika

institutining "Maktabgacha ta'lim metodikasi"

kafedrasi dotsenti, Pedagogika fanlari bo’yicha

falsafa doktori (PhD).

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15228232

Annotatsiya:

Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni

joriy etish, talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish orqali ularning kelajakda zamon
talablariga javob beradigan pedagog kadrlar bo‘lishini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan
isloxotlar hamda o’quv jarayonidagi tub o’zgarishlar haqida so’z boradi.

Kalit so‘zlar:

klaster, ideal, glaballashuv, fiziologiya, psixologiya, kasbiy

kompetensiyalarni shakllantirish.

Keyingi yillarda jamiyatimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, islohotlar, shubhasiz, jahon

hamjamiyatida kuzatilayotgan globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq ravishda kechmoqda.
Globallashuv, ta’bir joiz bo‘lsa, bugungi kunda mamlakatlarni rivojlantirishning mohiyati va
mazmuniga, strategiyasi hamda tamoyillariga, yondashuv va uslublariga birday ta’sirini
o‘tkazayotgan jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda. Milliy pedagogikamiz yaqin yillargacha
o‘quvchilarga insoniyat tomonidan shu paytga qadar egallangan mavjud bilimlarni o‘rgatishni eng
maqbul yo‘l sifatida qarab keldi. Ta’lim uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, ta’lim turlari
o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, integratsiyalashuv jarayonlarini takomillashtirishga nisbatan
yangicha mexanizmlarni joriy etishni taqozo qilmoqda. Hamkorlikning yangi mexanizmlarini
ishlab chiqish har qachongidan ham dolzarb masalaga aylanmoqda. Bizningcha, ayni shu jihat
pedagogik oliy ta’lim muassasalarining strategik ilmiy tadqiqot yo‘nalishi sifatida belgilanishi
lozim. Individual ta’lim ijtimoiy yo‘naltirilgan ta’limning tarkibiy qismi bo‘lib, shaxsga
yo‘naltirilgan texnologik omillarga muvofiq tashkil etiladigan, maqsad va mazmun uyg‘unligini
ta’minlaydigan pedagogik yondashuv kombinatsiyasi muvofiqligini yuzaga chiqaradi. Individual
yondashuv ta’lim oluvchini har jihatdan o‘rganish va unga pedagogik ta’sir ko‘rsatishni
ta’minlaydigan omildir. U ta’lim oluvchiga o‘zini anglash, individual yo‘nalganligini
aniqlashtirish, yetakchi o‘quv faoliyatini motivlashtirish, o‘z imkoniyatlarini baholash, ta’limga
bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Pedagogik ta’limning jamiyat barqaror
rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyati bilan bog‘liq zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar
va ularni hal qilishda ta’lim, fan va ishlab chiqarish bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro yakdillikning
yetishmasligi bugungi kunda uzluksiz konsentrlashtirilgan ta’lim rivojlanish modeliga o‘tkazish
zaruriyatini taqozo etmoqda. Konsentrlashtirilgan ta’lim innovatsion klasteri muayyan geografik
hududning raqobatbardosh pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida bir-biri
bilan uzviy aloqadagi teng huquqli alohida ta’lim subyektlarining, texnolagiyalarning va inson
resurslarining integratsiyalashuvini kuchaytiruvchi mexanizm bo‘lib, u innovatsiya va integratsiya
jarayonlari bilan bog‘liq.

A.A.Verblskiy, V.A.Tokyarevalar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish talabalar uchun

juda qiyin kechadi, chunki, bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, xislatlari, sifatlari
takomillashish bosqichida bo‘ladi. Mazkur yosh davrdagi ijtimoiy psixologik o‘sishning
xususiyatlaridan biri o‘qish faoliyatining ongli motivlari kuchayishidir. Talabalarda axloqiy
jarayonlarning o‘sishi sust amalga oshsa-da, lekin xulqining eng muhim sifatlari-mustaqillik,
tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va hakozolar takomillashib boradi. Shuningdek, ularda
ijtimoiy holatlarga, voqelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish, ularni amalga oshirishga intilish toboro
kuchayadi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

214

Oliy ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, talabalarda

kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish orqali ularning kelajakda zamon talablariga javob
beradigan pedagog kadrlar bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Kelajak o‘qituvchi konsepsiyasi”
ishlab chiqildi. Unda kelajak o‘qituvchilarini tayyorlashga oid yaxlit ta’lim-tarbiya tizimining
uzviy va ajralmas qismi sifatida qaralib, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy
o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor berilgan.
Zamonaviy talablarga javob beradigan, hayotiy va kasbiy kompetensiyalarga ega, kreativ hamda
nostandart fikrlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan, dars mashg‘ulotiga ijobiy munosabatda
yondashuvchi, sohaga doir ilg‘or xorijiy tajribalar bilan tanish tanish bo‘lgan, real sharoit va
vaziyatlarga tezlik bilan professional moslasha oladigan o‘qituvchi shaxsini tarbiyalash
konsepsiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Mamlakatimiz psixologlarining tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda o‘zligini

anglash vujudga kelishini ko‘rsatadi. Shaxsning o‘z hayot mazmunini anglashi, aniq kundalik
turmush rejalarini tuzishi, kelajak hayot yo‘lini belgilash shular jumlasidandir. Talaba o‘zining
o‘quv faoliyati davomida mikroguruhlarning notanish sharoitlariga ko‘nikib boradi, o‘zining haq-
huquqlari va majburiyatlarini bilan boshlaydi, shaxslararo munosabatlarining yangicha
ko‘rinishini o‘rnatadi, turmushdagi ijtimoiy rollarni amalda shaxsan sinab ko‘rishga intiladi.
Ulardagi romantik his-tuyg‘ular voqelikka muayyan yondashishga birmuncha halaqit beradi.
Chunki ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatlarning ijtimoiy psixologik ildizlari nimadan
ekanligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmaydilar. Yosh fizologiyasi va psixologiyasi fanlarida
to‘plangan materiallar taxlilidan ko‘rinadiki, talaba 17-19 yoshda ham o‘z xulqi va bilim
qobiliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi va shunga ko‘ra xulq motivlarining
asoslanmagani, uzoqni ko‘ra olmaslik, ehtiyojsizlik kabi hollar ro‘y beradi. Talabalik yillarda
yoshlarning hayoti va faoliyatida o‘zini o‘zi kamolotga yetkazish jarayoni muhim rol o‘ynaydi,
lekin o‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari(o‘zini o‘zi tahlil qilish, nazorat etish, baholash,
tekshirish va boshqalar) ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal(yuksak, barqaror, barkamol)
“Men”ni real (aniq voqea) “Men” bilan taqqoslash orqali o‘zini o‘zi boshqarishning tarkibiy
qismlari amaliy ifodaga ega bo‘ladi. Talabaning nuqtai nazaricha, ideal “Men” ham muayyan
mezon asosida yetarli darajada tekshirib ko‘rilmagan, shuning uchun ular gaho tasodifiy,
g‘ayritabiiy his etishini muqarrar, real “Men” ham shaxsining takomillashuvida bunday obyektiv
qarama-qarshiliklar o‘z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlikni, o‘qishga nisbatan salbiy
munosabatni vujudga keltiradi. O‘quv yili boshida talabada ko‘tarinki kayfiyat, oliy o‘quv yurtiga
kirganidan zavq-shavq tuyg‘usi kuzatilsa, ta’limning shart-sharoiti, mazmuni, mohiyati, kun
tartibi, muayyan qonun va qoidalar bilan yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida keskin
tushkunlik ro‘y beradi. Yuqorida aytilgan ichki va tashqi vositalar, omillar ta’sir oqibatida uning
ruhiy dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqbolga ishonchsizlik,
ikkinchisi hadiksirash kabi salbiy his tuyg‘ular namoyon bo‘ladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yigit va qizlar oliy o‘quv yurtiga qabul qilish ularda

o‘z kuchlari, qobiliyatlari, aql zakovatlari, ichki imkoniyatlari va irodalariga qat’iy ishonch
bildiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori O‘zbekistonda yoshlarga oid

davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.18.01.2021
yildagi 23-son.

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.06.2022 yildagi 312-son.

Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida.

3.Davletshin M.G. Jalilova S.X. “Oliy maktabda ta’lim jarayonini samaradorligining

psixologik tomonlari”.-T.,2001.-10b.

4.Davletshin M.G. “Yosh davrlar va pedagogik psixologiya” T.TDPU.2009.
5.Nishonova Z.T.,Ergasheva P.S. “Oliy maktab psixologiyasi”.-T.,2012.-67b.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.18.01.2021 yildagi 23-son.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.06.2022 yildagi 312-son. Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

Davletshin M.G. Jalilova S.X. “Oliy maktabda ta’lim jarayonini samaradorligining psixologik tomonlari”.-T.,2001.-10b.

Davletshin M.G. “Yosh davrlar va pedagogik psixologiya” T.TDPU.2009.

Nishonova Z.T.,Ergasheva P.S. “Oliy maktab psixologiyasi”.-T.,2012.-67b.