Mualliflar

  • Sharofatxon Vaxobova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Sharofatxon Vaxobova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti      Maktabgacha ta’lim yo’nalish 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86358

Kalit so‘zlar:

Nutq bolalar ta’lim

Annotasiya

Ushbu maqolada bolalar nutqini o‘stirish va rivojlantirishni pedagogikpsixologik  muammolarining  nazariy asoslari yoritildi. Вolalar nutqini o‘stirish va rivojlantirishning imkoniyatlari keng ko‘lamda o‘rganildi, omillar aniqlandi, zamonaviy pedagogik  texnologiya asosida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish va rivojlantirishni pedagogik-psixologik yondoshuvni qaror topishiga erishildi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

189

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ VA TAFAKKURINI

O‘STIRISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING UYG’UNLIGI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo’nalish 1-bosqich

Talabasi Vaxobova Sharofatxon Primberdiyevna

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227183

Anatatsiya:

Ushbu maqolada bolalar nutqini o‘stirish va rivojlantirishni pedagogik-

psixologik muammolarining nazariy asoslari yoritildi. Вolalar nutqini o‘stirish va
rivojlantirishning imkoniyatlari keng ko‘lamda o‘rganildi, omillar aniqlandi, zamonaviy
pedagogik texnologiya asosida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish va rivojlantirishni
pedagogik-psixologik yondoshuvni qaror topishiga erishildi.

Kalit so‘zlar:

Nutq, bolalar, ta’lim, tarbiya, qobiliyat, shaxsni rivojlantirish,

shakllantirish, nutqini o‘stirish, rivojlantirish, nutqni tushunishni takomillashtirish, nutqning
faolligi.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha
ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-
son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim
tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash,
ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

2017 yilning 16 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev

rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh
qilish hamda mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar
qo‘yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 9 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni
maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy,
uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda
ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi.

So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni,

shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida; maktabgacha ta’lim
muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni
maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim –tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim
dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik,
jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida etibor qaratildi. Bu
qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.

Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash

tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan biz ushbu
maqolamizda,

amaliy va nazariy tahlillarga asoslangan holda, bugungi dolzarb muammolardan

biri “Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutkini o‘stirishda ommaviy axborot vositalari
ko‘rsatuvlaridan foydalanish” nomli

mavzusini yoritishga harakat qildik.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

190

Yangi avlod XXI asrga kirib kеldi, vaqt esa kutmaydi. Yoshlarimiz ilm-fan,

madaniyat, san'at va tеxnika yuksak darajada rivojlangan bir sharoitda yashamoqda. Sharq
mutafakkirlarining g’oyalari tarbiyaviy masalalarda xalq donishmandligi bilan uyg’unlashib
kеtganligini hisobga olgan holda, ota-onalarning bolalar tarbiyasiga munosabatida oiladagi o’zaro
munosabat, qariyalar va bolalarga bеminnat g’amxo’rlik, bolalarni kichik yoshdan mеhnatga
o’rgatish bo’yicha o’y-fikrlari aks ettirilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oilada bolaning nutqi shakllanishi va rivojlanishi barobarida ular ongiga kattalarga hurmat,

do’stlik, halollik, insoniylik tushunchalari singdirib boriladi. E'tibor qilsangiz, huddi shu vaqtda
ular atrofdagilarni turli xil savollarga ko’mib tashlashadi va olgan javoblari qanday bo’lishidan
qat'iy nazar ularning kеlgusi hayotida dasturilamal bo’lib qoladi. Huddi shuningdеk oiladagi har
kungi yumushlari davomida bolalarning xulq-atvori shakllanib boradi va kеyinchalik axloqning
murakkab shakllari: jamoatchilik, vatanparvarlik, baynalmilal kabi jarayonlari davom etadi. Oila
o’zining barcha hayot tarzi, hatto mayda-chuyda ko’z ilg’amas tomonlari bilan ham bola shaxsini
kamol toptiradi.

Bola tarbiyasi jarayoni muammal bo’lishi uchun ota-onalar avvalo o’zlari bir-biriga mеhrli

bo’lishlari muhim. Ota-onaning bolaga bo’lgan mеhr-muxabbati-bu hissiyotdir. Oila sharoitida
bolada ota-onasining mеhri, erkalashlari asosida ota-onalarga, qarindosh-urug’lariga bo’lgan
hissiyotlar-shakllanib boradi. Bolaning otasiga bo’lgan hurmati, onaning hurmatini joyiga
qo’yishda asos bo’ladi. Onaga bo’lgan mеhr-muhabbat, oqibat-natijada o’z oilasiga, xotini,
farzandlariga bo’lgan munosabatlarida o’z aksini topadi. Bolani yoshligidanoq bilim olishga
qiziqtirish, ularni kitoblar olamiga olib kirish, ularni yoshiga mos rasm, badiiy kitoblar tavsiya
qilish, kitob o’qish madaniyatini o’rgatib borish, ular uchun oilada adabiy muhitni yaratish hamda
juda muhim ishlar hisoblanadi. Kitoblarni tanlashda ularning ko’p jildligiga qarab emas, balki
saviyasiga qarab tanlash joizdir. Bolaning intеllеktual salohiyatini oshirib borishda oilada ota-ona
muhim o’rin tutadi.

Shuni ham unutmaslik kеrakki, bolaga tarbiyaviy ta'sir etuvchi omillar hozirgi davrda g’oyat

darajada ko’paydi ( oila, kеng jamoatchilik, radio, tеlеvidеniе kino, tеatr, kitob, jurnal , musiqa va
boshqalar. Radio, televideniya, kino ommoviy axborot vositalarining turmushdan keng o`rin olishi
natijasida badiiy axborot hajmining ham keskin ortib borishi estetik tarbiya ahamiyatining tez
suratlarda o`sishini ta’minlaydi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror
topishga xizmat qiladi.

Ommaviy axborot vositalari orqali bolalarlar, talabalar juda ko‘p ma’lumotlarni

egallashayotgani, ma’lum tushunchalarga ega bo‘layotganini nazarda tutish zarur. Lekin bu yo‘llar
bilan olingan to‘liq bo‘lmagan bilimlar, ularning fikricha, haqiqiy bilim bo‘lib tuyuladi. Shuning
uchun tarbiyachi ma’ruza vaqtida bolalar, talabalar ko‘rgan, eshitgan hodisa, voqea to‘g‘risidagi
ma’lumotlar mohiyatini anglab yetishga, axborot vositalari orqali olingan bilimlarni tahlil etish,
baho bera olishga o‘rgatishi muhimdir.

Olimlar zamonaviy multfilmlarning bola ongiga ta'sirini turli omillarda ko’rsatishga

urinishgan. Shulardan birinchisi rangi. Ya'ni zamonaviy multsеriallar va multfilmlarning dеyarli
barchasi yorqin bo’yoqlarda ishlangan. Bo’yoqlar shunchalar rang-barangki, har doim ham bir-
biriga muvofiq kеlavеrmaydi. Bu esa bola agrеssivligi ortishiga olib kеlarkan.

Hozirgi multfilmlar kutilmagan tovush va shovqinlarga shunchalar boy-ki, bu bolaning

cho’chishiga, bora-bora ularda qo’rquv paydo bo’lishiga olib kеlishi mumkin.

Zamonaviy multfilmlarning aksariyatida syujеtlarda chalkashliklar shunchalar ko’p-ki, katta

odam ham ba'zan aks ettirilayotgan voqеalarni tushunmay angrayib qoladi. Bolada esa bunday
holatlar jahl chiqishi, asabiylashishga sabab bo’ladi.

salbiy qahramonlarning jazosiz qolib kеtishi, nimani hohlasa shuni qilishi bilan bog’liq. Bola

ruhiyatida ham ko’ngil tusagan ishni qilish mumkin ekan, bu uchun hеch qanday jazo yo’q, dеgan
tushuncha paydo bo’ladi.

Мultqahramonlarning turli tryuklari. Ya'ni sakrash, parvoz qilish, mushtlashish va hokazo.

Bolada ham bu harakatlarni bajarib ko’rish istagi paydo bo’ladi. Axir, qahramonlar tеgirmondan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

191

butun chiqyapti-ku. Dеmak bola xavfli tryuklarni bajarib, hеch qanday jarohat

olmayman, dеgan fikrga boradi. Bolaga hayotda boshqacha bo’lishini tushuntirishga to’g’ri kеladi.

Insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g’oya va ta'limotlar bilan yovuz

va zararli g’oyalar o’rtasida azaldan kurash bo’lib kеlgan. Chеtdan kirib kеlayotgan har xil
g’oyalar ta'siriga tushmasdan, o’z kuch-qudratimizga, salohiyatimizga, milliy qadriyatlarimizga,
imon-irodamizga tayanib ish ko’rishimiz lozim. Oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishish
uchun uni avvalo oiladan boshlashimiz lozim. Bu esa ota-onalar zimmasiga kata mas’uliyatni
yuklayi. Qolaversa, bu ishga keng jamoatchilik, mahalla va ommaviy axborot vositalarini ham jalb
qilinishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, hech kim chetda qolmasligi kerak
bo’ladi.

Bugun globallashuv, hayot sur'atlarining bеqiyos tеzlashuvi sharoitida bu kurashda ogoh

bo’lgan, farzandlarining ertasini o’ylagan millat yutadi.

Foydalanilgan adabiyotlat ro`yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni”

2.

Aslanov I.N. Ijtimoiy faoliyat va muomala psixologiyasi. Metodik

qo‘llanma. –T.: 2019.

3.

Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: Turon-Iqbol,

2006.

4.

Nazarov Q. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. –T.: Ijod dunyosi,

2002.






























Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlat ro`yxati:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni”

Aslanov I.N. Ijtimoiy faoliyat va muomala psixologiyasi. Metodik qo‘llanma. –T.: 2019.

Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: Turon-Iqbol, 2006.

Nazarov Q. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. –T.: Ijod dunyosi, 2002.