Mualliflar

  • Shaxnozaxon Nurmatova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Muallif biografiyasi

  • Shaxnozaxon Nurmatova, Chirchiq davlat pedagogika universiteti

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti  “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86359

Kalit so‘zlar:

monitoring tahlil kvalimetriya

Annotasiya

Ushbu maqolada mmonitoring tushunchasi keng yoritilgan bo‘lib, ta’limda monitoring haqida ma’lumot berilgan. Hozirgi kunda ta’lim sifatini baholash, uni monitoring qilish takomillashib borayotganligi, ta’lim sifati menejmenti haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

187

TA’LIM SIFATINI MONITORING QILISH ORQALI NUTQIY

KOMPETENSIYALARNI BAHOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi

Nurmatova Shaxnozaxon Shavkatbek qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227168

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mmonitoring tushunchasi keng yoritilgan bo‘lib, ta’limda

monitoring haqida ma’lumot berilgan. Hozirgi kunda ta’lim sifatini baholash, uni monitoring
qilish takomillashib borayotganligi, ta’lim sifati menejmenti haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

monitoring, tahlil, kvalimetriya, menejment, attestatsiya, akkreditatsiya,

statistika, ekspert.

Ta’lim sifatini tahlil va monitoring qilish murakkab tashkiliy hamda ilmiy-metodik jarayon

bo‘lib, ushbu tadbir bevosita o‘quv jarayonini sinchiklab o‘rganish, uni har tomonlama chuqur
tahlil qilish va sifat jihatdan baho berish hamda baholashning qayta aloqasini ta’minlashni o‘z
ichiga oladi.

Pedagogika ensiklopediyasida “monitoring” tushunchasiga shunday ta’rif beriladi:

“monitoring (inglizcha, – kuzatish, nazorat qilish) – 1) biron-bir jarayonni uning kutilgan natija
yoki dastlabki taxminga muvofiqligini aniqlash maqsadida doimiy kuzatib borish; 2) muayyan
voqelikni tekshiruvchi, nazorat etuvchi va uning natijalarini umumlashtiruvchi jarayon”[1].

Ta’lim sifatini baholash, uning monitoringini olib borish, indikatorlarni doimiy

takomillashtirib borish bugungi kundagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sanalib, ta’lim sifatining
zaruriy darajasini ta’minlash, ta’lim sifati menejmenti va kvalimetriyasining samarali metodlarini
ishlab chiqishga nisbatan metodologik yondashuvni shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi [2].

Ta’lim sifatini baholovchi nisbatan taniqli tizimlar Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyada

qo‘llanilmoqda. Buyuk Britaniyada bu kabi tizimlar 1948 - yildan, AQShda 1969 yildan,
Fransiyada esa, 1979 - yildan buyon mavjud. Ta’lim sifatini baholash milliy tizimi Chilida 1978 -
yildan amalda qo‘llanilib kelinmoqda. Ushbu tizimlarning barchasi muntazam ravishda kerakli
axborotlarni yig‘ish imkonini beradi. [3]

Ta’limda monitoring – milliy ta’lim tizimining yutuqlarini, ta’lim dasturlari va o‘qitish

kontentlari (darslik, multimedia vositalari va boshqalar)ning samaradorligini, maktabdagi ta’lim
sifati va muhitini, o‘qituvchilar salohiyatini, o‘quvchilarning shaxsiy muvaffaqiyatlarini aniqlash
orqali ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyadan o‘tkazish, ularda javobgarliklarni oshirish va
o‘zini-o‘zi takomillashtirish choralarini tavsiya etish jarayonidir. Bunda ta’lim jarayonining
borishi, uning uslubiy va tashkiliy jihatdan ta’minlanganligi kuzatiladi, tahlil qilinadi, baho
beriladi va sifat ko‘rsatkichlari aniqlanib, qarorlar qabul qilinadi.

Ta’lim tizimida monitoring o‘tkazish va baholashning qayta aloqasini ta’minlash.

Muayyan

davlatning ta’lim tizimi sifati va samaradorligini aniqlash odatda ikki usulda amalga oshiriladi:

1.

Attestatsiya va davlat akkreditatsiya monitoring

.

2.

Xalqaro benchmarkinglar.

1.

Attestatsiya va davlat akkreditatsiya monitoringlari

ta’lim muassasalarining faoliyatini

baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanadi va ta’lim tashkilotlarida kadrlar
tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlan hamda davlat ta’lim talablariga
hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligini aniqlash. Natijalar asosida mazkur tashkilotlarning
bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlami
topshirish huquqini beradi.

2.

Xalqaro benchmarkinglar.

Bu turli nufuzli tashkilotlar tomonidan xalqaro miqyosda

o‘tkaziladigan baholash dasturlariga ishtirok etish orqali amalga oshiriladi. Jumladan, PIRLS,
PISA va TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlarida qatnashish. Ushbu tadqiqotlar ishtirokchi
davlatlarga ta’lim tizimini boshqa davlatlar ta’lim tizimi bilan benchmarking qilish imkonini


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

188

beradi. Shuningdek, empirik ma’lumotlar asosida respublika darajasida ta’lim

tizimining yutuqlari va yaxshilanishi kerak o‘rinlarni aniqlashga imkon beradi.

Ta’lim jarayonini monitoring qilish va uni baholashning asosiy funksiyalari quyidagilardan

iborat:

- attestatsiya va akkreditatsiya qilish;

- javobgarlikni oshirish;

- о‘zini-o‘zi takomillashtirish.

Monitoringda ta’lim jarayonining borishi, uning uslubiy va tashkiliy jihatdan

ta’minlanganlik holati kuzatiladi, tahlil qilinadi, baho beriladi va sifat ko‘rsatkichlari aniqlanib,
kerakli ilmiy-amaliy va metodik xulosa beriladi.

Monitoring uni o‘tkazish vakolati berilgan tashkilot tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Dunyo pedagogik ekspertiza tajribasiga ko‘ra, monitoring natijalari quyidagi uchta asosiy
ma’lumot orqali shakllantiriladi:

- ta’lim oluvchilarning yutuqlari va baholash natijalari;
- tashkiliy-boshqaruvga oid ma’lumotlar va tavsiflovchi statistikalar;
- ekspert tekshiruvi yoki tizimli so‘rovnomalar natijalari [4].

Monitoring natijalari asosida ta’lim samaradorligiga ta’sir qiluvchi quyidagilar haqida

xulosaviy qarorlar qabul qilinadi:

-

standart va dasturlar samaradorligi haqida;

-

о‘qitish usullarining samaradorligi haqida;

-

ta ’lim kontentlarning samaradorligi haqida;

-

о‘rgatuvchilarning salohiyati haqida;

-

ta’lim muhitining sifatga ta’siri haqida.

Bu xulosalar ta’lim siyosatchilariga, o‘qituvchilarga, o‘quvchilarga hamda maktab

ma’muriyati va ota-onalarga yetkaziladi. Monitoring – ta’limda xulosalar, qarorlar qabul qilish
uchun asos hamda takomillashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Pedagogika ensiklopediyasi. I jild. - Toshkent, “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2015. – 318 b

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. Qonun hujjatlari

ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son.

3.

Mayorov A.N. Monitoring v obrazovanii. – M.: Intellekt Sentr, 2005 – 424

s.

4.

Jaap Scheerens. Cees Glas, Sally M.Thomas. Educational evaluation, assessment,

and monitoring. A systemic approach. Lisse abingdon exton (pa) Tokyo.















Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Pedagogika ensiklopediyasi. I jild. - Toshkent, “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2015. – 318 b

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son.

Mayorov A.N. Monitoring v obrazovanii. – M.: Intellekt Sentr, 2005 – 424 s.

Jaap Scheerens. Cees Glas, Sally M.Thomas. Educational evaluation, assessment, and monitoring. A systemic approach. Lisse abingdon exton (pa) Tokyo