MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
676
OLIY TA’LIMDA MUSTAQIL TA’LIM KO‘NIKMALARI MUVAFFAQIYATGA
ERISHISHNING ASOSIY KAFOLATI
Andijon davlat pedagogika instituti
Mahkamov Maxammadjon Dadajonovich
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15258353
Annotatsiya.
Ushbu maqola oliy ta’lim tizimida talabaning muvaffaqiyatga erishishida
mustaqil ta’lim ko‘nikmalarining o‘rni haqida ma’lumot beradi. Ya’ni bu ko‘nikmalarning
zarurligi, ularni rivojlantirish yo‘llari va samaradorlikni oshirish uchun qanday yondashuvlar
kerakligi muhokama qilinadi. Shuningdek, mustaqil ta’lim ko‘nikmalari bilan bog‘liq bo‘lgan
motivatsiya, vaqtni boshqarish, maqsad qo‘yish kabi jihatlar ham yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
mustaqil ta’lim ko‘nikmalari, o‘quvchi mustaqilligi, motivatsiya, vaqtni
boshqarish, muvaffaqiyat, maqsad qo‘yish.
Oliy ta’limda talabalarning muvaffaqiyatga erishishida mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
ahamiyatlidir. Ushbu ko‘nikmalar nafaqat o‘qish jarayonini samarali tashkil etishga yordam
beradi, balki kelajakdagi professional hayotda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hayotda samarali
bo‘lish uchun talabada qat’iyatlilik, ya’ni kuchli iroda va sinovlarga bardoshlilik bo‘lishi kerak.
O‘zini ijtimoiy va akademik jihatdan yetarli deb his qilgan shaxsda bu fazilatlar shakllanadi.
Oliy ta’lim bosqichida talabalarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalari shakllanmagan bo‘lsa, ular
stress, bosim va charchoqqa duch kelishlari mumkin. Bu esa o‘qishdagi samaradorlikni
pasaytiradi.
O‘quvchilarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini (MTK) rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab olimlar
qimmatli ilmiy ishlanmalar olib borganlari ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan. Mustaqil
ta’lim ko‘nikmalari — bu talabaning o‘qish jarayonini mustaqil, samarali va ongli ravishda tashkil
qilishiga yordam beradigan malakalardir. Ya’ni ular hayot davomida ishlatiladigan universal,
ko‘chiriladigan ko‘nikmalarning majmuasidir.
A.Pritchard fikriga ko‘ra, oliy ta’limda o‘qish bilan maktabdagi ta’lim jarayoni o‘rtasida bir
qancha muhim farqlar mavjud. Eng asosiy farqlardan biri bu – o‘quvchilarga ko‘rsatiladigan
rag‘batlantirish, yo‘naltirish va nazorat darajasidir. Maktabda o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan tez-
tez muloqotda bo‘ladilar, uyga vazifalar muntazam beriladi va ularning bajarilishi qat’iy nazorat
qilinadi. Universitetda esa bu jarayon ancha mustaqil tarzda tashkil etiladi. Talabalar o‘z
ustozlarini har kuni ko‘rmasliklari mumkin – bu holat o‘qituvchining metodiga yoki o‘qitilayotgan
fan tabiatiga qarab o‘zgaradi.
Ba’zida talabalar butun semestr davomida bir-ikki marta uchrashadigan darslar ham bo‘lishi
mumkin. Universitetda o‘quv jarayoni asosan ma’ruzalar va seminarlar orqali tashkil etiladi.
Baholash esa ko‘pincha bitta topshiriq yoki yakuniy imtihon asosida amalga oshiriladi. Bunday
holatlarda talabalar quyidagi muhim ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari kerak:
1. Rejalashtirish va topshiriqlarni bajarish strategiyalari.
2. Maqsad qo‘yish va unga intilish.
3. Vaqtni to‘g‘ri boshqarish.
4. Til va nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Ushbu ko‘nikmalar talabalarga yangi muhitga moslashish, o‘zini ishonchli tutish va
muvaffaqiyat sari yo‘l olish imkonini beradi. Mustaqil ta’limni tashkil etish – nafaqat o‘qishdagi,
balki keyinchalik professional hayotdagi muhim bosqichlardan biridir. Bunda o‘qish
ko‘nikmalarini rivojlantirish, insonning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ta’sir etuvchi asosiy
omillardan hisoblanadi.
Demak, mustaqil ta’lim ko‘nikmalari oliy ta’limda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur
bo‘lgan asosiy vosita hisoblanadi. Talabalar o‘zlarining o‘qish uslublarini rivojlantirib,
motivatsiyani oshirish, vaqtni samarali boshqarish va maqsad qo‘yish kabi ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish orqali muvaffaqiyatga erishishlari mumkin.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
677
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Cottrell, S. 2003. Skills For Success. The Personal Development Planning
Handbook, Palgrave Macmillan.
2. Wilson, E. Bedford, D (2009) Study Skills for Part-Time Students, London:
Pearson, Longman.
3. Pritchard A, (2008) Studying and Learning at University Vital Skills for Success in Your
Degree, SAGE Publications Ltd, London EC1Y 1SP.
4. Little, D. 1991. Learner Autonomy. 1: Definitions, Issues and Problems. Dublin:
Authentik.
