MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
674
AQLI ZAIFLIKNI O
ʻ
RGANISH TARIXI
Andijon davlat pedagogika instituti
Maxsus pedagogika Logopediya yo
ʻ
nalishi talabasi
Karimova Sarvinoz Ergash qizi
sarvinozk177@gmail.com
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15258339
Annotatsiya.
Mazkur maqolada aqli zaiflik tushunchasining tarixiy taraqqiyoti, uni
o
ʻ
rganish bosqichlari hamda ilmiy yondashuvlarning shakllanishi haqida so‘z yuritilgan. Aqli
zaiflikni tibbiyot, psixologiya va pedagogika fanlari doirasida tadqiq etish, uni aniqlash va unga
mos reabilitatsiya yo‘llari izlanadi.
Kalit so‘zlar:
Aqli zaiflik, tarixiy taraqqiyot, tibbiyot, psixologiya, pedagogika,
reabilitatsiya.
Aqli zaiflik insoniyat tarixida uzoq vaqt davomida noto‘g‘ri tushunilgan bo‘lsa-da,
zamonaviy ilm-fan rivoji bilan uni o‘rganish tizimli va chuqur tahlil asosida olib borilmoqda. Bu
holatni psixologik, pedagogik va tibbiy jihatdan chuqur o‘rganish jamiyatda ijtimoiy moslashuv
imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) aqli
zaiflikni “muayyan aqliy funksiyalarning (xotira, tafakkur, tushunish) rivojlanishidagi cheklovlar
bilan ifodalanadigan holat” deb belgilaydi. Antik davrda aqli zaiflar “jin urgan” yoki “ilohiy jazoga
uchragan” deb hisoblangan. XIX asrda fransuz olimi Jan Itar va uning shogirdi Eduard Seguin
birinchi marotaba aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o‘qitish metodlarini ishlab chiqishdi. XX
asrning boshlarida Alfred Bine va Teodor Simon aqliy rivojlanish darajasini aniqlovchi testlarni
ishlab chiqdilar (Bine-Simon testi). Bugungi kunda aqli zaiflik biologik, ijtimoiy va pedagogik
omillarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv orqali tahlil qilinadi. Aqli zaiflik 3 darajaga
bo‘linadi: yengil, o‘rtacha va og‘ir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Amerika
Psixiatriya Assotsiatsiyasi (DSM-5) mezonlariga quyidagicha tavsif beradi. 1. Yengil darajadagi
aqli zaiflik(IQ: 50–69)— Bola oddiy maktab dasturini o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch keladi,
biroq oddiy suhbatlarni tushuna oladi va muloqotga kirisha oladi. Mustaqil hayot faoliyatining
ko‘pchilik jihatlarini o‘zlashtirishi mumkin (kiyinish, ovqatlanish, transportdan foydalanish).
Axloqiy va ijtimoiy normalarni sekin o‘zlashtiradi, ammo oddiy mehnat faoliyatini bajarishi
mumkin. Maxsus yordam bilan oddiy ish joylarida faoliyat yuritishi mumkin. 2. O‘rtacha
darajadagi aqli zaiflik(IQ: 35–49)— Nutq rivojlanishi sust, murakkab fikrlarni tushunish qiyin.
O‘qish, yozish va hisoblash kabi ko‘nikmalarni faqat oddiy darajada egallashi mumkin.
Kattalarning doimiy kuzatuvi va yordami talab etiladi. Hayotiy oddiy ko‘nikmalar (shaxsiy
gigiyena, ovqatlanish)ni o‘rganishi mumkin, ammo murakkab vazifalarni bajara olmaydi. Ijtimoiy
faoliyatda ishtiroki cheklangan, ammo soddalashtirilgan muhitda moslashuvi mumkin. 3. Og‘ir va
chuqur darajadagi aqli zaiflik(IQ: 20–34 og‘ir; IQ: <20 chuqur)— Nutq deyarli rivojlanmagan
yoki mutlaqo yo‘q. Tushunish va fikrlash qobiliyati sezilarli darajada cheklangan. Doimiy
parvarish va nazorat zarur, mustaqil yashay olmaydi.Har bir darajaga mos reabilitatsiya, maxsus
ta’lim va ijtimoiy moslashuv dasturlari ishlab chiqilgan. Harakatlanish, ovqatlanish, kiyinish kabi
asosiy ehtiyojlar uchun ham yordamga muhtoj. Ijtimoiy aloqalari cheklangan, hissiy holatni
ifodalash darajasi past. Bu darajalar intellektual ko‘rsatkich (IQ) asosida belgilanadi, lekin
zamonaviy yondashuvlar faqat IQ bilan cheklanmay, moslashuvchanlik darajasi, muomala
ko‘nikmalari, kundalik hayot faoliyati va ijtimoiy xatti-harakatlarni ham hisobga oladi. Maxsus
pedagogika va defektologiya fanlari aqli zaif bolalarni o‘qitish, rivojlantirish va ularni jamiyatga
moslashtirishga qaratilgan metodlarni ishlab chiqadi.
Aqli zaiflik insoniyat tarixida uzoq vaqt mobaynida noto‘g‘ri tushunilgan, ijtimoiy ajratish
va hatto kamsitishlarga sabab bo‘lgan holat bo‘lsa-da, hozirgi kunga kelib bu muammo ilmiy
asosda tahlil qilinmoqda. Tibbiy, psixologik va pedagogik yondashuvlar orqali aqli zaif shaxslar
uchun mos reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuv imkoniyatlari yaratilmoqda. Aqli zaiflikni erta
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
675
aniqlash, individual yondashuv asosida ta’lim va tarbiya berish, ularning jamiyatga
integratsiyasini ta’minlash bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO). International Classification of
Diseases 11th Revision (ICD-11) – Geneva, 2018.
2.
American Psychiatric Association. Diagnostic and Statistical Manual of
Mental Disorders (DSM-5) – 5th Edition, Washington, 2013.
3.
Камалова
С
.,
Ахмедова
Ш
.
Коррекционная
педагогика
и
психология
–
Тошкент
: O‘qituvchi, 2020.
4.
Валиева
М
.
Р
.
Аҳолининг
ногиронлиги
ва
коррекцион
таълим
тизими
–
Тошкент
:
Илм
, 2021.
5.
Жан
Итар
.
Заметки
о
воспитании
дикого
ребенка
из
Авейрона
–
Франция
, 1801.
6.
Тиллауова
Ш
.
Олигофренияга
чалинган
болаларни
ўрганиш
методлари
–
Тошкент
, 2018.
