MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
148
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK JARAYONNI
TASHKIL ETISH
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim fakulteti
1-bosqich talabasi
Maxmudjonova Gulzoda Eldorbek qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15226963
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni
tashkil etish, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish borasida
amalga oshirilayotgan islohotlar, estetik, jismoniy, ma’naviy salohiyatni oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni takomillashtirish masalalari xususida fikrlar bildirilgan.
Kalit so’zlar:
Pedagogik jarayon, uni tashkil etish tamoyillari, pedagogik jarayonga
zamonaviy yondashuvlar, yosh avlod, maktabga tayyorlash, takomillashtirish.
Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi
davrida maktabgacha ta’limni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, ularga zamonaviy ta’lim
berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo‘lgan muammo hisoblanadi. 2017-2021-
yillariga mo‘ljallangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi
xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini
ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, amaliyotga joriy etish, pedagog
xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishni
taqozo etadi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish Maktabgacha ta’lim
tashkilotlaridagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq.
Maktabgacha ta’lim tashkilotning pedagogik jarayonda ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va u
kundalik hayotda , o‘yinda, mehnatda, mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish tamoyillari:
1)
maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshini, individual xususiyatlarini
xisobga olish;
2)
faoliyatning har xil turlaridan kompleks foydalanish;
3)
bolalarning butun hayotini estetikasi;
4)
qo‘shma turmush tarzi;
5)
insonparvarlik;
6)
demokratiya;
7)
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv;
8)
tizimlilik va yaxlitlik;
9)
etnik-madaniy yashash sharoitlarini hisobga olgan holda.
Maktabgacha ta’limning moslashuvchan, o‘zgaruvchan tizimini yaratish pedagogik
jarayonni tashkil etishga turli yondashuvlar asosli ekanligini isbotladi. Zamonaviy sharoitda u
muayyan tushunchalar, dasturiy va uslubiy materiallar asosida qurilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tarbiyachidan
tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik-
fiziologik rivojlanish darajasini, “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan
talablari”ni hamda u asosida yaratilgan ta’lim–tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak.Reja
tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta’lim-
tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o‘ylab olish, maqsadni aniqroq ko‘rish
imkonini beradi. Reja bo‘lsa tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi
qo‘llanmalardan foydalanishni biladi.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
149
Shunday qilib, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish jarayonida yangi mazmun va
mohiyatiga ega bo’lgan insonparvarlik tamoyillariga asoslangan, yaratuvchanlik, ijodkorlikka
intilish hissi bilan ta’lim komil inson shaxsini yetuklikka yo‘naltiradi.
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan islohotlar ta’lim-
tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishga burdi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay
yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir.
Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli shaxs manfaatlarini
ta’minlashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Мудрик А.В. Социальная педагогика: Учебник для студентов педвузов/ Под ред.
В.А.Сластенина. –М.:Академия, Академия, 2005, -200 c.
2. Khalilova Dilnoza Furkatovna. Formation of social competence of future educators in
preschool educational organizations. Science and innovation international scientific journal
Volume 2 issue 3 march 2023. 174-177.
3. Ilhomjon Oxunov Abdunabiyevich. “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish”. Dotsent
4. Dilnoza Furqatovna Xalilova. (2023). Bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyalarni
rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish. Conferencea, 115-117.
